O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/113
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145571
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

X – M = Xn = Y-(S+I+G); b
u yerda: X - eksport; M - import; Xn - sof eksport;


279 
S + I + G -YaIMning bir qismi (absorbsiya) 
Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo‘yicha barcha xalqaro operatsiyalar 
ko‘rsatiladi. 
Kapital harakati balansi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha 
tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga qilingan xarajatlar. 
Shunday qilib, balansning bu ikki bo‘limi bir-biri bilan tenglashib boradi. 
To‘lov balansi qoldig‘i= Joriy operatsiyalar + Kapital harakati balansi 
Biroq, amalda to‘lov balansining bu qismida ham ko‘pincha kamomad yoki 
ortiqchalik yuzaga keladi. Barcha mamlakatlarning Markaziy banklari rasmiy 
zaxiralar deb ataluvchi xorijiy valyuta zaxiralariga ega bo‘lib, bu zaxiralar joriy 
operatsiyalar bo‘yicha balans va kapital harakati bo‘yicha balans nomutanosibligini 
bartaraf etishda qo‘llaniladi.
Rasmiy zaxiralarning qisqarishi (+) kamomad miqdorini ifodalaydi, rasmiy 
zaxiralarning o‘sishi (-) esa to‘lov balansining musbat qoldig‘i miqdorini ko‘rsatadi. 
Natijada uning barcha uch bo‘limi summasi «0»ni tashkil etishi lozim. Bu esa xorijiy 
valyuta taklifini va unga mamlakatda bo‘lgan talab tengligini bildiradi. 
Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o‘zaro aloqalarini 
umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 
Y=C+I+G+Xn; 
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G); 
Sn = I+Xn
(I-S)+Xn=0 ( egiluvchan valyuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan 
sharoitda), bu yerda: Sn – milliy jamg‘arish; 
(I-S) – miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg‘armalardan ortiqchaligini 
ko‘rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig‘ini bildiradi. 
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko‘ra joriy operatsiyalar va kapital harakati 
hisoblari bir-biriga tenglashadi: 


280 
X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans
Bu shuni bildiradiki, to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘ycha kamomadi 
kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə