O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


 Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish zaruriyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/113
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145571
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
15.2 Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish zaruriyati 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, umumjamiyat miqyosida ishlab chiqarilgan 
tovarlarning katta qismi tashqi bozorlarda ayirbosh qilinadi. Bu esa, mamlakatlar 
uchun tashqi savdoni yanada rivojlantirish zarurligini taqozo etadi. Ushbu holat, 
asosan, Belgiya, Malayziya, Slovakiya, Chexiya va Estoniya singari mamlakatlarga 
tegishli bo‘lib, ular yalpi ichki mahsulotida eksport ulushi 50foiz dan ortiqroqni 
tashkil etadi. 
Har qanday mamlakat uchun tashqi savdo roliga ortiqcha baho berish qiyin, 
albatta. Biroq J.Saks ta’biri bilan aytganda: “Dunyoning xohlagan mamlakati 
iqtisodiy o‘sishi tashqi savdo asosidadir. Hali hech bir mamlakat jahon 
iqtisodiyotidan ajralgan holda sog‘lom iqtisodiyotni yarata olmagan”
75

Hozirgi paytda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim omillaridan 
biri davlatlarning xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlariga ko‘proq tortilishidir. 
Mutaxassislarning fikricha, xalqaro mehnat taqsimoti tobora chuqurlashib borgani 
sari xalqaro tovarlar va xizmatlar ayirboshlash jarayonlarining ham ma’lum darajada 
o‘sishi kuzatiladi. Kelajakda iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar ishlab 
chiqarishining ko‘proq tashqi bozorlarga tomon qaratilishi, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda esa ichki bozorlarning tez va ekstensiv ravishda kengayib borishi 
taxmin qilinmoqda. Xalqaro savdoning erkin tamoyillar asosida rivojlanib borishi 
unda qatnashuvchi mamlakatlar uchun teng shart-sharoitlar yaratilishi zarurligini 
taqozo etadi. Jahon savdosida qatnashuvchi barcha mamlakatlar o‘z milliy 
ishlab chiqarishini rivojlantirish orqali tashqi savdoni doimiy ravishda 
takomillashtirib borishni maqsad qilib qo‘yadilar. Zaruriy hollarda esa u davlat 
75
Сергеев П.В. Мировая экономика. М.: Юристпруденция. 2009., с 93 


282 
tomonidan ma’muriy-iqtisodiy dastaklar orqali faol tartibga solib turiladi. Tashqi 
savdoni tartibga solish, aynan umum iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga 
solish tamoyillaridan kelib chiqadi.
Tashqi savdoni rivojlantirish va doimiy ravishda takomillashtirib borish davlat 
tomonidan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini talab etadi: 
• tashqi savdoni rivojlantirishning aniq dasturlarini ishlab chiqish; 
• tashqi savdo faoliyatini rivojlantirishning axborot tizimini yaxshilash; 

tashqi savdo faoliyati rivojlanishiga qo‘l keladigan zaruriy chora- 
tadbirlar tizimini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish; 

tashqi savdo statistikasini doimiy tarzda yuritib borish; 

tashqi savdo faoliyati sohasida davlatlararo munosabatlarni keng yo‘lga 
qo‘yish; 
• tashqi savdo faoliyati qatnashchilarini kredit mablag‘lari bilan 
ta’minlash; 

eksport kreditlarini kafolatlash va sug‘urtalash bilan shug‘ullanadigan 
tizimlar faoliyatini yaxshilash; 

savdo ko‘rgazmalari, yarmarkalari, maxsus simpozium va konferensiyalar 
tashkil etilishini yo‘lga qo‘yish; 
• tovarlar va xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha reklama 
kompaniyalarini amalga oshirish. 
Ma’lumki, mamlakatlar tashqi savdosining rivojlanishi dunyo bozori 
konyunkturasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Dunyo bozori konyukturasi tovarlar va 
xizmatlarning talabi va taklifi ta’sirida shakllanadi va o‘zgarib turadi.
Dunyo bozori milliy doiradaga bozorlarga nisbatan o‘zining bir qator jihatlari 
bilan farq qiladi. 
Birinchidan, agar milliy bozor mamlakatdagi korxonalar o‘rtasidagi ishlab 
chiqarish aloqalariga bog‘liq bo‘lsa, dunyo bozori mamlakatlar tashqi iqtisodiy 
strategiyasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan, jahon bozorida xalqaro narxlar 
tizimi amal qiladi. 


283 
Davlatlar orasida tovarlar ayirboshlash jarayonlari ning tezlashuvida, 
shuningdek savdoning globallashuvi va xalqaro integratsiya jarayonlari ham muhim rol 
o‘ynaydi. Globallashuv milliy iqtisodiyot barcha ishlab chiqarish sohalarini jahon 
iqtisodiy tizimi bilan yanada kuchliroq bog‘lanishi uchun yangi imkoniyatlarni 
yaratib beradi. Bunday vaziyat, ayrim hollarda kichik va o‘rta biznes subyektlari, 
shuningdek yirik milliy tadbirkorlar faoliyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ham 
ko‘rsatishi mumkin. Biroq, aksariyat hollarda globalizatsiya jarayonlari milliy 
iqtisodiyotni erkinlashtirish va uni yanada rivojlantirishshning muhim omili bo‘lib 
xizmat qiladi
1
.
Globallashgan jahon iqtisodiyotida maqsadga muvofiq va samarali tashqi savdo 
siyosatini olib borish eng asosiy masalalardan biriga aylanadi. Ana shunday 
bnr sharoitda mamlakatlar oldida tashqi savdoni takomillashtirish orqali milliy 
iqtisodiyot eksport salohiyatini yuksaltirish va dunyo bozoridan munosib o‘rinni 
egallash eng muhim vazifa hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə