Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


I BOB. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSLARI



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

 
5


I BOB. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSLARI 
 
Tayanch soʻzlar:
axborot, axborot texnologiyalari, sintaktik 
adekvatlilik, semantik adekvatlilik, pragmatik adekvatlilik, axborot 
oʻlchov birliklari, dastur, algoritm, axborotlashgan jamiyat, 
axborot tizimlari 
 
1.1. Axborot texnologiyalari faniga kirish 
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan 
yanada yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
sifatini va mehnat unumdorligini oshirishga, iqtisodiyotni 
boshqarishni 
takomillashtirish, 
hamda 
istiqbolli 
ilmiy 
yoʻnalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi. Bunday 
jamiyatni barpo etish ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlari va axborot-
kommunikatsiya 
texnologayalarini 
ilgʻor 
ishlab 
chiqarish 
sohalarida qoʻllash, hamda materiallar va xomashyo yaratish bilan 
chambarchas bogʻlangan. 
Texnologiya – soʻzi yunonchadan «techno» – san’at, hunar, 
mahorat, moxirlik vа «logos» – fan, ta’lim degan ma’noni bildiradi. 
Ya’ni texnologiya – sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va 
boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni 
qayta ishlash usullarini tartibga solingan tizimidir. Shu bilan birga 
usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomilashtirishdan iborat, 
hamda ma’lum jarayonlar asosida xom-ashyoni tayyor mahsulotga 
aylantirish usullari hisoblanadi. 
Axborot texnologiyasi bu texnik vositalar va dasturiy 
ta’minotlar majmui boʻlib, korxonalar tayyor mahsulot ishlab 
chiqarishlari uchun uning barcha imkoniyatlaridan foydalaniladi. 
Axborot texnologiyalari kompyuter tizimlari, axborot saqlash 
qurilmalari, mobil qurilmalarni hamda dasturiy ta’minotlarni, ya’ni 
Windows yoki Linux amaliyot tizimlarini, Microsoft office amaliy 
dasturlarini va boshqa koʻplab dasturlarni oʻz ichiga oladi
1

1
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems: 
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 44-45. 
6


Kompyuter tizimi – ma’lumotlarga ishlov berish, kiritish va 
chiqarish, hamda xotirani oʻz ichiga olgan tizimdir. 
Axborot texnologiyalari – axborotni yigʻishni, qayta ishlashni
uzatishni, kompyuter yoki boshqa texnik vositalar yordamida 
avtomatik 
tarzda 
amalga 
oshirishni 
oʻrganishga 
bagʻishlangan fandir.
Axborotlashgan jamiyat – bu axborot resurslarini shakllantirish 
va ulardan foydalanish asosida tashkilot, davlat boshqaruv 
organlari, 
fuqarolarning 
huquqini 
amalga 
oshirish 
va 
iste’molchilarning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun optimal 
sharoitlarni yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik 
jarayonidir. 
Jamiyatda axborot va bilim manbai eng asosiy muloqot vositasi 
boʻlib hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirishda ommaviy-axborot 
vositalari va Internet tizimining ahamiyati juda yuqoridir. 
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari – bu insoniyat 
faoliyatining bir sohasi boʻlib, u axborotni hosil qilish, saqlash va 
kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda 
tatbiq muhiti bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan jarayonlarning 
aloqadorliklarini oʻz ichiga oladigan, koʻnikma va vositalar 
tizimidir. 
“Axborot texnologiyalari” fani matematika, fizika, informatika 
vа boshqa qator fanlar bilan bevosita bogʻliq. Axborot 
texnologiyalarining vujudga kelishi vа rivojlanishini belgilovchi 
ichki vа tashqi omillar mavjud boʻlib, ularni quyidagicha 
tavsif1ash mumkin: 
Ichki omillar – bu axborotlarning paydo boʻlishi (yaratilishi), 
turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni 
jamlash, uzatish, saqlash vа h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik, 
uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni аmalga 
oshirishni bildiradi.
“Axborot texnologiyalari” faning asosiy vazifasi – axborotni 
qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish, hamda 
ularni amaliyotda qoʻllashdan iboratdir. 
Axborot texnologiyalari fani quyidagi masalalarni yechadi: 
7



ixtiyoriy informatsion jarayonlarni tekshirish; 

informatsion jarayonlarni tekshirish natijasida olingan 
ma’lumotlar bazasini qayta ishlash uchun eng yangi texnika 
texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish; 

jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va 
texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muhandislik 
muammolarini yechish. 
Axborot texnologiyalari – rivojlanish uchun zamonaviy 
vositalarni oʻz ichiga oladi va quyidagilardan tashkil topadi: 
Kompyuter apparat vositalari (hardware) – fizik qurilma boʻlib, 
axborotlarni kiritish, qayta ishlash va axborot tizimlarida tayyor 
mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladi. Kompyuter apparat 
vositalari oʻz ichiga quyidagilarni oladi: turli xil oʻlchamdagi va 
formadagi komyuterlar (mobil qurilmalar); kiritish va saqlash 
qurilmalari; kompyuterlarni oʻzaro birlashtiruvchi telekommuni-
katsiya qurilmalari. 
Dasturiy ta’minot (software) axborot tizimlarini tashkil etuvchi 
kompyuterning apparat vositalarini boshqarish va muvofiq-
lashtirish uchun xizmat qiladi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi – dasturiy 
ta’minotdan iborat boʻlib, axborotlarni saqlovchi va uzatuvchi fizik 
qurilmalarni boshqaradi. 
Telekommunikatsiya va tarmoq texnologiyasi – dasturiy 
ta’minot va fizik qurilmalardan tashkil topgan boʻlib, apparat 
qurilmalarni birlashtiradi hamda ma’lumotlarni bir joydan boshqa 
joyga uzatish imkonini yaratadi. Kompyuter va kommunikatsiya 
qurilmalari tarmoq yordamida birlashtiriladi va rasmli, ovozli, 
video ma’lumotlarini uzatishda foydalaniladi
2
.
Axborot texnologiyalari keng ma’noda insoniyat faoliyatining 
barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar 
yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bogʻliq boʻlgan 
sohadir. 
Axborotning eng asosiy turlaridan biri – iqtisodiy axborot. 
Uning farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, 
2
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems: 
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 51-52. 
8


tashkilotlar bilan, korxonalar va shu singari boshqa iqtisodiy 
strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bogʻliqligidadir. 
Iqtisodiy 
axborot 
– bu ishlab chiqaradigan va ishlab 
chiqarmaydigan sohalardagi, odamlar jamoasidagi ijtimoiy – 
iqtisodiy jarayonlarni aks ettiruvchi va ularni boshqarish uchun 
xizmat qiluvchi axborotlar toʻplamidir.
Axborotning amalda qoʻllanilishi zarur sharti uning oʻz 
vaqtidaligi va adekvatligidir. Adekvatlik bu olingan axborot 
asosida qurilgan obrazning haqiqiy obyektga qanchalik mosligini 
beradi va u uchta formada ifodalanadi: 

Sintaktik adekvatlilik – bu axborotni uzatish tezligi, 
aniqligi, kodlashtirish tizimi, tashqi ta’sirlarning mavjudligi va shu 
kabi jarayonlardan iborat. 

Semantik adekvatliligi – uzatiladigan axborotning ma’naviy 
tarkibi, obyekt obraziga va haqiqiy koʻrinishiga mos kelishligi 
hisobga olinadi. 

Pragmatik adekvatliligi – olingan axborotning asosiy 
boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi. 
Bularni yanada yaxshiroq tasavvur etish uchun hayotiy bir 
misol olamiz. Faraz qilaylik, siz avtomobil bozorida ishlovchi 
firmada menejer boʻlib ishlaysiz va avtomobil texnikasini 
namoyish 
etuvchi 
koʻrgazmaga 
taklifnoma 
oldingiz. 
Bu 
taklifnomada koʻrgazma boʻladigan vaqt, joyi, ishtirokchilar tarkibi 
toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi mumkin. Agar koʻrgazma 
yopilgandan soʻng bu taklifnomani olganingizda u sizga kerak 
boʻlmay qolardi. Oʻz vaqtida emasligi sababli foydalanib 
boʻlmaydi. 
Sintaktik adekvatlik talablarini bajarish uchun taklifnoma 
blankasi butun boʻlishi, qattiq qogʻozdan tayyorlanganligi, 
shriftlarning oson oʻqiladiganligini ta’minlaymiz. Ya’ni bu yerda 
biz faqat axborotni uzatish jarayoni toʻgʻrisida bosh qotiramiz va 
unda nima yozilganligi dolzarb emas, ya’ni xatolari yoʻq deb qabul 
qilamiz. Semantik adekvatlik bizdan taklifnomadagi xabarning 
haqiqatga mos kelishini talab qiladi. Bu ma’noda pavillion tartib 
raqamlari, ishtirokchilar nomlari, tadbirning boʻlish vaqti kabilar 
mos kelishi tekshiriladi. 
9


Pragmatik 
adekvatlik 
taklifnomadagi 
ma’lumotlarning 
foydaliligi bilan aniqlanadi. Ya’ni, taklifnomadan foydalanib, 
kerakli koʻrgazma zalini tez va vaqtida topa olsangiz – oʻz 
vaqtingizni tejagan va asablaringizni asragan boʻlasiz.
Oldinlari qoʻlda bajariladigan amallar ya’ni mijozning kreditini 
tekshirish, buyurtmalarni qabul qilish, hisoblarni amalga oshirish 
kabi ishlar hozirda axborot texnologiyalari yordamida bu 
jarayonlarni avtomatlashtirish imkonini yaratmoqda. Axborot 
texnologiyalari 
axborot 
oqimlarini 
oʻzgartirib 
koʻpchilik 
foydalanuvchilarga ma’lumotlardan foydalanish va boshqalar bilan 
boʻlishish imkoniyatini yaratmoqda. Bu esa qaror qabul qilishni 
tezlashtirmoqda. Yangi axborot texnologiyalari biznes modellarni 
qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Amazon saytidan elektron kitoblarni 
onlayn oʻqish va sotib olish, iTunes yordamida musiqalarni 
koʻchirib olish hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari 
vositalari hisoblanadi
3
.
Ishlab chiqarish kuchlari imkoniyatlari, hamda fan-texnika 
yuqori choʻqqilarga koʻtarilgan zamonida ham axborot oʻta muhim 
ahamiyatga ega tovar sifatida namoyon boʻladi. Endi yangi 
ma’lumot yoki bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxassisliklar 
mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq xatto davlatlar taqdiri 
va salohiyati ulardan oʻz vaqtida olingan sifatli ma’lumotlarga 
bogʻliq desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bu mutaxassislarni kuch-
qudrati bir tomondan oʻz sohalaridagi yuqori malakasi bilan 
belgilansa, ikkinchi tomondan kompyuterlar zamonaviy axborot 
texnologiyalarni oʻzlashtirganliklarida namoyon boʻladi. Haqiqatan 
ham kompyuter zamonaviy axborot texnologiyalarni qayta 
ishlashda katta ahamiyatga ega boʻlib, uning imkoniyatlarini 
kengaytirishda yordamchi qurilmalardan foydalaniladi. Koʻp 
hollarda kompyuterga kiritiladigan axborot bilimlar yoki 
ma’lumotlar bazasi sifatida namoyon boʻladi, unda hosil qilingan 
axborot esa oʻz iste’molchisiga ega boʻlgan yuqori baholarga ega 
tovar sifatida qadrlanadi. 
3
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems: 
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 75-76. 
10


Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi, hamda ishlab 
chiqarish va hayotni turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi 
mos fan sohasini, ya’ni “Axborot texnologiyalari” fani predmetini 
bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda 
kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu 
fanni oʻqitishda har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va 
koʻnikmalar majmuasini belgilash imkonini beradi va taqozo 
qiladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə