Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

 
 
5. Plotter
– katta hajmdagi printer boʻlib, 
yuqori sifatli rasmlarni, loyihalarni, kartalarni va 
texnik chizmalarni chop qilishga moʻljallangan 
qurilma
10

 
 
6. Videoproektor
– kompyuter va shunga 
oʻxshash namoyish vositalarining alohida 
qoʻshimcha monitori hisoblanib, tasvirlarni yirik 
hajmda tasvirlash uchun moʻljallangan.
 
 
7. Flesh disklar
– juda katta hajmdagi 
axborotni oʻz ichiga sigʻdira oladigan yarim 
oʻtkazgichli elementlardan qurilgan xotira.
10
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
Ltd, United Kingdom. 2014. p 86-87. 
33


 
8. CD disklar
– bu kompakt disk 
soʻzlarining bosh harflaridan olingan nomli 
disklar boʻlib, axborotlarni saqlash uchun optik 
yuzadan iborat, yumaloq disk koʻrinishidagi 
axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 
700 Mbayt hajmga ega boʻladi.
 
9. DVD disklar
– bu dijital video 
disk soʻzlarining bosh harfidan iborat 
nomli disklar hisoblanadi. Bu disklar 4.5 
Gbayt hajmga ega boʻladi. 
10. HD DVD
– optik disk boʻlib, 
axborotlarni saqlashga moʻljallangan. 1 
qatlamli disk 15 GB, 2 qatlamli disk 30 
Gb axborotni oʻzida saqlaydi. 
 
11. Blu-ray 
(koʻk nur) – optik disk 
boʻlib, raqamli axborotlarni saqlashga 
moʻljallangan. 1 qatlamli disk 25 GB, 2 
qatlamli disk 50 Gb axborotni oʻzida 
saqlaydi.
12. Vebkamera – kompyuterlararo videotasvirlarni uzatuvchi 
qurilmadir. Bu asosan halqaro Internet tarmogʻi bilan birgalikda 
ishlatiladi. 
 
2.4. Bulutli texnologiyalar 
Bulutli texnologiya bu – dasturiy va texnik majmua boʻlib, 
qulay tarzda tarmoqdagi axborotlarga murojaat qilish imkoniyatini 
yaratadi.
Bulutli texnologiya axborot texnologiyalarining alohida muhiti 
boʻlib, masshtablashgan va saqlanayotgan axborot resurslarini 
masofadan ishga tushurish uchun ishlab chiqilgan. Bu termin 
Internetga kinoya sifatida paydo boʻlgan boʻlib, tarmoq ichidagi 
tarmoq hisoblanadi, markazlashmagan axborot resurslariga 
masofadan murojaat etishni ta’minlab beradi. Bulutli hisoblashlar 
axborot texnologiyalari sanoatida oʻz rasmiy segmenti sifatida 
bulut ramzidan foydalanilgan. Bulut ramzi Internetda keng 
34


tarqalgan turli resurslarni va hujjatning asosiy web-arxitekturasi 
uchun ishlatiladi. Hozirda bu belgi bulutli muhitni chegarasini 
belgilash uchun foydalaniladi.
2.7-rasm. Bulut muhitida chegaralashni ifodalovchi ramz
Maxsus muhit sifatida undan axborot resurslariga murojaatni 
masofadan yetkazib berish uchun ishlatiladi. Internet orqali kirish 
imkoniyatiga ega boʻlgan alohida bulutlar mavjud. 
Internet koʻpgina axborot resurslariga ochiq foydalanish 
imkonini bersa, bulut texnologiyalar esa shaxsiy axborot 
resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internetning koʻpgina qismi axborot resurslari kontentlariga 
kirish uchun bagʻishlangan, ya’ni World Wide Web orqali chop 
etilgan. Bulut texnologiyalari foydalanuvchi xususiyatlari asosida 
kirish va boshqa qismlardan foydalanishga moʻljallangan. 
Protokollar standart usullarga kiradi va ular kompyuterlarga bir-biri 
bilan oldindan belgilangan tizimli tarzda muloqot qilish imkonini 
beradi. 
Bulut 
texnologiyalari 
har 
qanday 
protokollardan 
foydalanishga asoslangan boʻlishi mumkin va axborot resurslaridan 
masofadan erkin foydalanish imkonini beradi
11

Axborot resursi fizik yoki virtual koʻrinishda bogʻliq boʻlishi 
mumkin, ya’ni dasturiy ta’minotga asoslangan boʻlishi mumkin, 
bunda virtual server yoki foydalanuvchi dasturiy ta’minotidan 
foydalaniladi. Masalan, unda fizik server yoki tarmoq qurilmasidan 
foydalanish mumkin. 
Axborot resurslarini joylashuvi chegaralarini aniqlash uchun 
bulut texnologiyasi ramzidan foydalanish 2.9-rasmda koʻrsatilgan. 
Koʻrsatilgan resurslar bulutli axborot resurslari sifatida 
hisoblanadi. 
11
Thomas Erl. Cloud Computing: Concepts, Technology & Architecture. 
Arcitura Education Inc. USA 2013. p 33-34. 
35


2.8-rasm. Axborot resurslariga misollar va ularga mos belgilar 
2.9-rasm. Bulut xostingi 8 ta axborot resursidan foydalanilgan: 3 ta 
virtual serverlar, 2 ta bulut servisi va 3 ta axborot saqlash qurilmasi
12
Axborot resurslarini oʻzaro bogʻliqlik sxemasi va texnologiya 
arxitekturasi 2.9-rasmda koʻrsatilgan.
Bu sxemalarni oʻrganishda quyidagi masalalarni aytib oʻtish 
muhim: 

Bulut ramzi bilan chegaralangan qismi odatda shu berilagan 
bulutning barcha mavjud joylashgan resurslarini koʻrsatmaydi. 
Axborot resurslari odatda muayyan bir mavzuni namoyish qilish 
uchun ajratilgan. 
4
Thomas Erl. Cloud Computing: Concepts, Technology & Architecture. Arcitura 
Education Inc. USA 2013. p 34-35. 
36



mavzuni tegishli yoʻnalishlari boʻyicha koʻsatish uchun 
bazaviy arxitektura texnologiyasi talab qilanadi. Bunda haqiqiy 
texnik imkoniyatlarning bir qismi koʻrsatiladi.
Bulutli texnologiyani 
3 modeli mavjud boʻlib, ular 
quyidagilardan iborat: 
1. SaaS (Software as a Service) – Bulutli texnologiyalar asosida 
dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlash. Bunga misol sifatida Gmail, 
Google Docs, Netflix, Photoshop.com, Acrobat.com tizimlarini 
keltirish mumkin. 
2. PaaS (Platform as a Service) – Dasturiy tillar va provayder 
vositalari 
yordamida 
foydalanuvchiga 
oʻz 
faoliyatlarini 
kengaytirish uchun platformalar yaratish. Bunga misol sifatida 
IBM SmartCloud Application Services, Amazon Web Services, 
Windows Azure, Google App Engine tizimlarini keltirish mumkin. 
3. IaaS (Infrastructure as a Service) – foydalanuvchilar 
tomonidan yaratilgan dasturlarni saqlash, qayta ishlash imkonini 
beruvchi resusrlarni taqdim etish. Bunga misol sifatida IBM 
SmartCloud Enterprise, Amazon EC2, Windows Azure, Google 
Cloud Storage, Parallels Cloud Server, tizimlarini keltirish 
mumkin. 
Axborot resurslarini masshtablashtirish, axborot resurslarini 
qayta ishlashda talablarni oshirish yoki kamaytirish imkoniyatini 
yaratadi. Masshtablashtirishning quyidagi turlari mavjud
13


Gorizontal masshtablashtirish; 

Vertikal masshtablashtirish.
Gorizontal masshtablashtirish axborot resurlarini gorizontal 
taqsimlash yoki bir xil turda boʻlgan resurlarni qoʻshish uchun 
foydalaniladi. Gorizontal masshtablash bulutli texnologiyalarda 
masshtablashning keng tarqalgan turi hisoblanadi.
Vertikal masshtablashtirish mavjud axborot resursini boshqa 
yuqori yoki past oʻtkazuvchanlik xususiyatiga ega resurs bilan 
almashtiriladi. Axborot resursini yoqori oʻtkazuvchanlik 
xususiyatiga 
ega 
resurs 
bilan 
almashtirish 
masshtablarni 
kengaytirish deb ataladi. Axborot resursini past oʻtkazuvchanlik 
13
Thomas Erl. Cloud Computing: Concepts, Technology & Architecture. 
Arcitura Education Inc. USA 2013. p 37-38. 
37


xususiyatiga 
ega 
resurs 
bilan 
almashtirish 
masshtablarni 
qisqartirish deb ataladi. Vertikal masshtablashtirish bulutli 
muhitlarda nisbatan kam ishlatiladi. 
2.10-rasm. Axborot resurslarini (virtual server A) bir xil resurslarni 
qoʻshish yoʻli bilan masshtablashtirish (virtual serverlar B va C) 
2.11-rasm. Axborot resurslari 
(2 
prossesorli 
virtual 
server) 
masshtablashtirilmoqda, 
uning 
oʻrniga yuqori quvvatli axborot 
resurs oʻrnatilmoqda (4 prossesorli 
fizik server) 
2.1 jadvalda gorizontal va vertikal masshtablashtirishning 
imkoniyatlari va kamchiliklari koʻrib chiqilgan. 
2.1 jadval. Gorizontal va vertikal masshtablashtirishni 
solishtirish

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə