Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

 
2.1. Kompyuter va uning turlari 
Kompyuter – hisoblarni bajarish, shu jumladan elektron 
shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm boʻyicha qabul 
qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun moʻljallangan 
elektron mashinadir. Kompyuter soʻzi ingliz tilidagi “to compute”, 
“computer”, soʻzlarining hosilasi boʻlib, ular “hisoblash”, 
“hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu soʻz, 
mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning koʻmagisiz arifmetik 
hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning 
ma’nosi mashinalarning oʻziga koʻchirildi, biroq, zamonaviy 
kompyuterlar matematika bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan koʻplab 
masalalarni ham bajaradilar.Kompyuterning asosiy vazifasi turli 
ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. 
Zamonaviy kompyuterlarni yaratilguncha hisoblash mashinalari 
boʻlgan. Hozirgi vaqtda hisoblash mashinalarining rivojlanishining 
5ta avlodi bor: 
1 – avlod. Birinchi avlod hisoblash mashinalarining elementlar 
bazalari elektron lampalar ekanligi bilan xarakterlanadi. 
2 – avlod. Ikkinchi avlod hisoblash mashinalarining elementlar 
bazalari tranzistorlardan iborat edi. 
3 – avlod. Uchinchi avlod hisoblash mashinalarida yarim 
oʻtkazgichlarni ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashishi 
integral sxemalar deb nom olgan mikroelektron qurilmalarining 
yaratilishiga olib keldi. 
4 – avlod. Toʻrtinchi avlod hisoblash mashinalari hisoblash 
mashinalari kichik integral sxemalarda qurilgan, koʻp protsessorli 
mashinalardir. 
5 – avlod. Beshinchi avlod hisoblash mashinalari katta integral 
sxemalarda qurilgan, koʻp protsessorli mashinalardir. 
25


Kompyuterlarni sinflash 
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan 
amallar tezligiga qarab, besh guruhga boʻlish mumkin: 

Mini kompyuterlar (Mini Computers); 

Portativ kompyuterlar (Notebook, Netbook); 

Shaxsiy kompyuterlar (Personal Computers); 

Server kompyuterlar (Mainframe Computers); 

Super kompyuterlar (Super Computers); 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə