Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

Mini kompyuterlar
– oʻlchami va bajaradigan amallar hajmi 
jihatidan kichik hisoblanadi. Bu turdagi kompyuterlarni ekrani 
orqali boshqariladi. Ekran klaviatura vazifasini bajaradi. Bu turdagi 
kompyuterlardan har xil ilovalar bilan ishlash, Internet tarmogʻdan 
foydalanish uchun keng qoʻllaniladi. 
2.1-rasm. Mini kompyuter 
Portativ kompyuterlar
(Notebook, Netbook) – bunday turdagi 
kompyuterlaning ekrani va asosiy bloki birlashgan boʻlib mobil 
foydalanishga juda qulay hisoblanadi. Portativ kompyuterlar hajmi 
ancha ixcham boʻlib, u ekran, klaviatura va sichqoncha vazifasini 
bajaruvchi qurilmadan iborat. Ularning qulaylik tomonlaridan biri 
ham elektr energiyasidan va ichiga oʻrnatilgan batareyalarda ham 
uzluksiz 
(batareyani 
har 
safar 
almashtirmasdan) 
ishlash 
mumkinligidir. 
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan oʻzi zaryad 
ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga moʻljallangan 
boʻladi. Hozirda bunday noutbuklarni Apple, Acer, Toshiba, Asus, 
Samsung, Lenovo va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. 
26


2.2-rasm. Nootebook kompyuter 
Shaxsiy kompyuterlar
– uyda va ish joyida turli masalalarni 
yechishda foydalaniladigan kompyuterlar. Axborotlarga ishlov 
berish tezligi va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy 
masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi. 
2.3-rasm. Shaxsiy kompyuter 
Server kompyuterlar 
– bu turdagi kompyuterlar tarmoqdagi 
foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish va tarmoqdagi boshqa 
kompyuterlarga oʻz resurslarini taqdim etish uchun moʻljallangan. 
Koʻp tarmoqlar serverlardan foydalanadilar. Server kompyuterlar 
katta va yuqori quvvatli boʻlib, katta hajmdagi axborotlarni 
ma’lumotlarni qayta ishlash uchun moʻljallangan. Server 
kompyuterlar katta xonalarda yoki binolarda saqlanadi va moʻtadil 
havo harorati sovutish tizimlari orqali nazorat qilib turiladi.
27


2.4-rasm. Server kompyuter 
2.5-rasm. Super kompyuter 
Super kompyuter
– katta va eng kuchli kompyuter turi boʻlib, 
katta xonalarni va ba’zida bir nechta qavvatlarni tashkil etadi. 
Superkompyuterlar kriptoanaliz, molekulalarni modellashtirish, ob-
havo ma’lumotlarini bashoratlash va iqlim kartografiyasi sohasida 
keng qoʻllaniladi. Superkompyuterlar hukumat ishlarida va 
akademik ilmiy tadqiqotlarda yuqori texnologiyalar asosida keng 
foydalaniladi
7
.
7
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
Ltd, United Kingdom. 2014. P 13-16. 
28


Superkompyuterlar juda katta tezlikni talab qiladigan va katta 
hajmdagi masalalarni yechish uchun moʻljallangan tizimdir. 
Hozirgi kunda Xitoy davlati tomonidan yaratilgan “Sunway 
TaihuLight” nomli superkompyuter dunyodagi eng tezkor 
hisoblanadi. Bu superkompyuter 93 petaflops (
15
93*10 ) hisoblash 
tezligiga ega.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə