Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

Klaviatura
– buyruq va axborotlarni operator yoki 
foydalanuvchi 
yordamida 
kompyuter 
xotirasiga 
kiritish va tahrirlash uchun moʻljallan- 
gan. Kompyuterning standart klaviaturasida tugmalar soni 105 
ta boʻlib, u quyidagi qismlardan iboratdir: 

Harf-raqam tugmalari

Kursorni boshqarish tugmalari; 
31



Qoʻshimcha tugmalar; 

Funksional tugmalar; 

Maxsus tugmalar; 

Indikator chiroqchalari. 
Sichqoncha
– (ingl. mouse – 
sichqon
) manipulyator boʻlib, 
biror tekislik boʻylab yurgʻizilganda ostidagi lazer nuri harakat 
haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor 
mos yoʻnalishlarda harakatlanadi.
2.3. Kompyuterning qoʻshimcha qurilmalari 
Kompyuterning asosiy qurilmalaridan tashqari qoʻshimcha 
qurilmalari ham mavjud. Kompyuterning qoʻshimcha qurilmalari 
quyidagilar: 
1. Modem
– (abbr. modulyator, demodulyator) 
kompyuter 
signallarini 
telefon 
signallariga 
aylantiruvchi va aksincha telefon signallarini 
kompyuter signallariga aylantiruvchi qurilma. Ya’ni 
modem telefon
tarmoqlari 
orqali 
kompyuterlarni 
oʻzaro 
bogʻlashni 
ta’minlovchi qurilmadir.
2. Skaner
– axborotlarni ya’ni, rasm, 
grafika va boshqa axborotlarni kompyuter 
xotirasiga kiritish va saqlash uchun 
ishlatiladi.
Hewlard Packard, Epson, 
Canon firmalarining skanerlari dunyoga 
mashhur. 
4. Printer
– kompyuter xotirasidagi 
oldindan belgilingan axborotni qogʻozga 
bosib 
chiqarish 
uchun 
moʻljallangan. 
Hamma bosib chiqarish qurilmalari matnli 
axborotlarni, 
chizma 
koʻrinishdagi 
axborotlarni, ya’ni rasmlar, grafiklar va
boshqa axborotlarni ham chiqara oladi.
Printerlarning 3 xil koʻrinishi mavjud: 

Matritsali; 
32



Purkagichli (siyohli); 

Lazerli; 
Matritsali printer bosib chiqarish qurilmasi boʻlib, uning yozish 
qoidasi quyidagichadir: bosib chiqarish qurilmasini yozuv 
qalpoqchasi ingichka metall sterjen (igna)lar vertikal qatoridan 
iborat boʻlib, qalpoqcha yozilayotgan qator boʻyicha harakat qiladi, 
ignachalar esa boʻyaydigan tasma orqali kerakli lahzada qogʻozga 
uriladi.
Purkagichli (siyohli) – bunday printerlar maxsus (rangli va 
rangsiz) siyohlarni purkash yoʻli bilan ishlagani uchun ular siyohli 
deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq 
va ravshan boʻlib, ularning kamchiligi siyohining tez tamom boʻlib 
qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez
grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi. 
 
Lazerli printer hozirgi paytda eng koʻp foydalaniladigan bosib 
chiqarish qurilmasi boʻlib, kundalik hayotda ishlatish uchun qulay 
hisoblanadi. Bu turdagi printer ma’lumotlarni katta haroratda 
siyohni kuydirish yoʻli bilan qogʻozga tushiradi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə