Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


Axborot tizimlari va unda boshqaruv tuzilmasining oʻrni



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/149
tarix22.03.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#180393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149
O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

 
1.4. Axborot tizimlari va unda boshqaruv tuzilmasining oʻrni 
Axborot tizimlari jamiyat paydo boʻlgan paytdan boshlab 
mavjud boʻlgan, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat oʻz 
boshqaruvi 
uchun 
tizimlashtirilgan, 
oldindan 
tayyorlangan 
axborotni talab etgan. Bu ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari – 
moddiy va madaniy nе’matlarni ishlab chiqarish bilan bogʻlik 
jarayonlarga tеgishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy 
muhim ahamiyatga ega.
Axborot tizimi – qoʻyilgan maqsadlarga erishish yoʻlida 
axborotni toʻplash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda 
foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning oʻzaro bogʻliq 
majmui. 
Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat 
bilan bogʻliq boʻlgan professional axborot ishlab chiqarish. 
Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish 
jarayonida zarur boʻladigan axborotni toʻplash, saqlash, ishlov 
berish, chiqarib berishni ta’minlaydi. 
Axborot tizimini texnik jihatdan tashkilotni boshqarish va 
qarorlarni qabul qilishni quvvatlashda axborotlarni taqsimlash, 
saqlash va jarayonni tashkillashtirishning oʻzaro bogʻliq majmui 
sifatida ta’riflash mumkin. Axborot tizimlari qarorlarni qabul 
qilishni 
quvvatlash, 
muvofiqlashtirish 
va 
boshqarishni 
tashkilashtirishdan tashqari qoʻshimcha sifatida menejerlarga ish 
16


jarayonlarini tahlil qilish, murakkab sohalarni vizuallashtirish va 
yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda koʻmak beradi. 
Axborot tizimlari tashkilotning tasarufiga va umumiy muhitiga 
kiruvchi insonlar, joylar va narsalar haqidagi axborotlardan tashkil 
topadi. Axborot sifatida insonlarga foydali va kerakli boʻlgan 
ma’lumotlarni shaklantirilgan holati tushuniladi. Ma’lumotlar 
boshlangʻich holatida xom ashyo koʻrinishida boʻlib, u kerakli 
shaklga keltirilganidan soʻng tashkilotdagi xodimlar uchun 
tushunarli 
koʻrinishga 
ega 
boʻladi. 
Misol 
sifatida, 
supermarketlarning 
kassalarini 
keltirish 
mumkin. 
Supermarketlarning kassalarida millionlab mahsulotlarning shtrix 
kodlari koʻriladi, sababi shtrix kod qaysi mahsulotga tegishliligini 
bilish maqsadida. Bu esa mahsulotlarni sonini sanashda va tahlil 
qilishda katta yordam beradi. Masalan qaysi doʻkonda va savdo 
territoriyasida qancha idish yuvush vositasi k’op sotilganini bilish, 
qancha summada pul tushgani haqidagi axborotlarni yigʻish 
imkonini beradi.
1.3-rasm. Axborot tizimida ma’lumot va axborotlar
Axborot tizimlari uch bosqichda axborotni ishlab chiqaradi, shu 
asosida 
tashkilotdan 
qarorlarni 
qabul 
qilish, 
jarayonlarni 
boshqarish, muommolarni tahlil qilish va yangi mahsulotlarni 
17


ishlab chiqish talab etiladi. Bu bosqichlar kiritish, qayta ishlash va 
chiqarish
4

1.4-rasm. Axborot tizimining funksiyalari 
Kiritish qismi tashkilotning oʻrab turuvchi ichki yoki tashqi 
muhitidan xom ashyoni yigʻish jarayoni oʻz ichiga oladi. Xom 
ashoyoni qayta ishlash kerakli shaklga keltirish holatiga nisbatan 
tushiniladi. Tayyor mahsulot qayta ishlangan axborotni kerakli 
foydalanuvchilarga beradi. Axborot tizimlari qayta aloqa boʻlishini 
talab etadi, chunki ishlab chiqilgan mahsulotni tahlil qilish va 
xatolarini tuzatish maqsadida tashkilot xodimlariga qaytarish 
imkoni boʻlishi talab etiladi. 
Misol sifatida Disney tizimlarini keltirish mumkin. Disney 
tizimlari olomonni boshqarish uchun foydalaniladi. Xom ashyo 
ma’lumotlari sifatida aviyaliniya buyurtmalari, mehmonxonadan 
joylarni band qilib qoʻyish, sanalar boʻyicha ma’lumotlar va parkda 
oʻrnatilaga videokameradagi yozuvlarni tahlil etish jarayonlari 
4
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems: 
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 45-46. 
18


kiradi. Kompyuterlar ushbu ma’lumotlarni saqlab turadi va qayta 
ishlaydi, sababi tashrif buyuruvchilarni sonini bilish, restorandagi 
va koʻngil ochar joylardagi boʻsh oʻrinlarni hisoblab borishda 
qoʻllaniladi. Tizim qancha mijozlarni kelayotganini, joylarning 
toʻlib ketishini oldini olish imkoniyatlarini koʻrsatib turadi. Tizim 
mehmonlarning sonini, kutib turganlar sonini, mijozlarning 
doʻkonlarda va restoranlarda ishlatgan oʻrtacha pullari toʻgʻrisidagi 
muhim axborotlarni yetkazib beradi. Bu ma’lumotlarni qayta 
ishlash tizimlari Disney kompaniyasiga parklarni boshqarishda 
katta yordam beradi. 
Axborot tizimlari xom ashyo axborotlarni qayta ishlashda 
kompyuter texnologiyalaridan foydalanadi. Elektron hisoblash 
mashinalari va dasturiy vositalar zamonaviy axborot tizimlarining 
texnik fondi hisoblanadi. Kompyuter axborotlarni saqlash va qayta 
ishlash uchun xizmat qiladi. Kompyuter dasturlari yoki dasturiy 
ta’minotlar komyuterlarda qayta ishlashda amaliy qoʻllanmalar 
hisoblanadi. Kompyuter dasturlarini yaxshi bilish tashkiliy 
muammolarni 
loyihalashda 
katta 
yordam 
beradi, 
lekin 
kompyuterlar axborot tizimlarining bir qismi hisoblanadi 
xolos.Axborot tizimlarini toʻliq tushunish uchun, ish muhitidagi 
muammolarni hal qilishda tashkillashtirish, boshqarish va 
axborotlarni hisoblash texnologiyalari tizimlarini yaxshilab 
tushunib olish talab etiladi
5


Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə