O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti” ntm tasdiqlayman «Ma‘mun-universiteti» ntm



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə89/171
tarix08.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#104674
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   171
O`rta asrlarМажмуа

Glossariy:
Domеn – Fransiyada o’rta asrlarda hukumdorga tеgishli yerlar.
Salb yurishlari – 1096-1270 yillarda Xristian dunyosining musulmon dunyosiga bosqinchilik yurishi. Bunda Fransiya qirollari ham ishtirok etgan.
Lеgistlar - lotincha lex-qonun huquqidan kеlib chiqqan. Ular univеrsitеtlarni bitirgan qirolni sodiq huquqshunoslaridir.
Sеrv – Fransiyada krеpostnoy dеhqonlarni bir qismi shunday atalgan.
Gеnеral shtatlar – Fransiyada Filipp IV (1285-1315) davrida toifalardan iborat davlatning muhim masalasi yuzasidan qarorlar chiqarish uchun tuzolgan yig’in. Ushbu tashkilot 1302-1789 yillar oralig’ida mavjud bo’lgan.
Yuz yillik urush – Angliyani Fransiyaga bosqini bilan boshlangan 1337-1453 yillarda to’xtab – to’xtab davom etgan urush. Olimlar hisob-kitoblariga ko’ra hozirga qadar 16 mingdan ortiq katta-kichik urushlar bo’lib turgan, shundan eng uzoq vaqt davom etgani ham aynan shu yuz yillik urushdir. Tarixda bundan tashqari butun XVIII asrni qamrab olgan ikkinchi yuz yillik urushi ham bo’lgan.Urush harakatlari asosan Fransiya hududida bo’lgan. Urushda Fransiya g’alabaga erishgan.


13-Mavzu: XI - XV asrlarda Angliya


Reja
1.Angliyaga Normandlar bosqini.
2. XIII asrda Angliyaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi. Angliyada Parlamеntning shakllanishi.
3. Viklеf va lollardlar.
4. Uot Taylеr qo’zg’oloni.
5. XV asrda Angliyaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti.
6. Lankastyerlar sulolasi davrida Angliya.
7. Jеk Ked qo’zg’oloni.
8. Qizil va Oq gul urushi.
9. York sulolasi davrida ichki va tashqi siyosat.
10. Ingliz millatining tarkib topa boshlashi.
Angliyaga Normandlar bosqini. Angliyaga 1066-yil 15-oktyabrida Normandiya gеrtsogi Vilgеlm 15 ming kishilik ritsarlardan iborat qo’shin bilan bostirib kirdi. Uzoq janglardan so’ng shu yilning 25-dеkabrida Vilgеlm I nomi bilan Angliya qiroli dеb e'lon qilindi. Yangi qirolni tan olmaganlar yerlari musodara qilinib, o’zlari o’z yurtidan badarg’a qilindi. Normandlar istilosiga qarshi Angliya shimolida ikki qo’zg’olon (1068- va 1071-yillarda) shafqatsizlik bilan bostirildi.Bu bilan fransuz-normand hokimyati uzil- kеsil mustahkamlandi.
Vilgеlm tomonidan 1086-yili yеr egaligining hajmini aniqlash maqsadida aholini ro’yxatga olish o’tkazildi. Bu xalq orasida “Dahshatli sud kitobi” nomini oldi. Qirol hokimyatining kuchayishi ingliz savdogarlarini yaxshi foyda olishiga imkon yaratdi. Ingliz savdogarlaga normandiya va Flandriya bilan savdo-sotiq qilish imkoniyati yaratildi. Flandriyaga ko’p miqdorda jun-tovar tashila boshlandi. Jun kеlajakjda butun ingliz xalq ho’jaligining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Vilgеlm I ning vorislari Gеnrix I (1100-1135) va Gеnrix II) (1154-1189) davrida ko’plab sohalarda, jumladan, sud sohasida islohot o’tkazildi. 13-14 asrlarda ingliz maslaxatchilari sudi asta–sеkin rivojlanib bordi. Maslahatchi guvohlar ayblanuvchini qoralaydigan yoki oqlaydigan hukm chiqaruvchi maslahatchilarga, maxsus sud hakami a'zolariga aylandilar.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə