O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi maktabgacha va boshlang‛ich ta’lim fakulteti


Test: 2.Berilgan gaplarning qay birida murakkab va shaxsga qaratilgan undalma qatnashgan?



Yüklə 335,78 Kb.
səhifə43/84
tarix05.09.2023
ölçüsü335,78 Kb.
#121335
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84
Mаvzu boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan-fayllar.org

Test:
2.Berilgan gaplarning qay birida murakkab va shaxsga qaratilgan undalma qatnashgan?
A) Ey aziz bolalar , Vatanga munosib posbon bo‘lib yetishing
B) Bahor , ketma bizning bog‘lardan.
D) Quyosh , nurlaringni to‘ka ber tinmay.
E) O‘g‘lim , dadangning ishi ko‘payib ketdi.


3. So‘z birikmasi ustida ishlash.
O‘quvchilarda gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko‘nikmalar qatoriga kiradi. So‘z birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang‘ich sinflarni uning muhim belgilari idrok qilinadi.”So‘z birikmasi” atamasi darsliklarga kiritilmagan, ta’rifi berilmaydi. Ammo kichik yoshdagi o‘quvchilar uning quyidagi muhim belgilarini amaliy bilib olishlari zarur:

1. So‘z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog‘langan ikki so‘z. Masalan, Dunyo xalqlari tinchlik uchun kurashadilar gapida ikki so‘z birikmasi bor:


1) dunyo xalqlari; 2) tinchlik uchun kurashadilar.
2. So‘z birikmasida bir so‘z hokim ikkinchi so‘z tobe bo‘ladi. Hokim so‘zdan tobe so‘zga so‘roq beriladi, tobe so‘z shu so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zdir. Masalan, (qanday?) iqtidorli o‘quvchilar (qayerga?) to‘garakka a’zo bo‘ldilar. Ega va kesim so‘z birikmasi emas, ular gapning asosini tashkil qiladi.
Gap tarkibida so‘z birikmalarni ajratish ko‘nikmasi uzoq mashq davomida shakllantirib boriladi. Buning uchun o‘quvchilarning so‘z birikmasidan bir so‘zning boshqa so‘zga tobeligini tushunishga qaratilgan mashqlar tizimidan foydalaniladi.
1. Gaplarni yoyish. Buning uchun gapning qaysi bo‘lagi yoyishni talab qilishini aniqlash. Masalan, Daraxtlar gullabdi gapini tahlil qilish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi)ajratiladi, daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qanday so‘zni qo‘shish kerak? Bu so‘z gapning qaysi bo‘lagi bo‘ladi? (Ikkinchi darajali bo‘lak). U gapning qaysi bo‘lagiga bog‘lanadi? (tobelanadi?) (Kesimga bog‘lanadi) Qachon gullaydi? (aprelda gullaydi) Gapga egani izohlaydigan yana bitta so‘z qo‘ying. Qanday gap hosil bo‘ldi? (Mevali daraxtlar apreldv gullaydi.
2. So‘zlar aralash berilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asoslari (ega va kesim) tiklandi (aniqlanadi), so‘ng so‘roqdar yordamida ikkinchi darajali bo‘laklar (so‘z birikmalari) “topiladi”, tiklanadi. Masalan, Mashinada terimchi, teradi, paxtani.
-Gap kim haqida aytilgan?
(Terimchi haqida, Kim? terimchi)
U haqda nima deyilgan? (Teradi. Terimchi teradi-bosh bo‘laklar).
-so‘roqlar yordamida so‘z birikmasini toping. Nimani teradi?(Paxtani teradi) Nimada teradi? (Mashinada teradi).
Keyin gapda so‘zlarning qo‘lay tartibi aniqlanadi. (Terimchi paxtani mashinada teradi). Gap ohangi ustida ishlanadi.
3. Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashqning bu turi ongli bo‘lishi uchun har bir gapning bosh bo‘laklarini va so‘z birikmalarini ajratish lozim.
4.Gapni tahlil qilish va sxemani tuzish. Gap tahlil qilinayotganda dastlab uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak, boshqa ikkinchi darajali bo‘lakni izohlovchi ikkinchi darajali bo‘lak ajratiladi. Shunday qilib, asta-sekin so‘z birikmalari aniqlana boradi.
5. O‘qituvchi bergan sxema yoki so‘roqlar asosida gap tuzish: kim? kimlarni? Nima qiladi? (Shifokorlar kasallarni davolaydi).
So‘z birikmasi ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1) So‘z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi;
2) So‘z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat-so‘z, oltinsoat, qo‘l soat, osma soat, elektron soat-so‘z birikmalari.
Quyida gapning bosh bo‘laklarini o‘rganish mavzusi namunasini keltiramiz.



Yüklə 335,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə