O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə67/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

2. Saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari
Demokratik davlatning hokimiyat idoralarini shakllantirishda saylov muhim ahamiyatga ega. “Saylov” o`z mazmuniga ko`ra biron-bir organni (davlat, jamoatchilik, halqaro va hokazolar) ovoz berish yo`li bilan shakllantirish demakdir. Saylov o`zining mohiyatiga ko`ra shunday demokratik jarayonki, unda xalq hamda uning vakillari qonunda belgilangan tartibda hokimiyatni boshqarishga kimni qo`yish yoki chetlatish masalasini o`zi mustaqil hal etadi. Albatta, nodemokratik davlatlarda ham saylovlar o`tkaziladi, lekin odatda formal xarakterga ega bo`ladi. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 2-moddasiga ko`ra “davlatning asosiy hokimiyati bu halqning irodasidir.”
Saylov huquqi fuqarolarning o`z siyosiy huquqlarini amalga oshirishda yaqindan yordam beruvchi siyosiy holatdir. Saylov jarayonlarida yuzaga keladigan turli xil munosabatlarni tartibga solishda saylov huquqidan foydalanamiz. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasida: “O`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar” deb ko`rsatib o`tilgan.
Aktiv saylov huquqi, ya'ni saylash huquqi bevosita demokratiyaning bir ko`rinishi bo`lib, u har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o`z vakillarini saylash bilan ishtirok etishini ko`zda tutadi. Bu huquqqa qonunda belgilangan ma'lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli mamlakat fuqarolari ega bo`ladilar. O`zbekistonda saylash huquqiga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan 18 yoshga yetgan barcha O`zbekiston fuqarolari egadirlar.
Yosh chegarasi turli mamlakatlarda turlicha belgilanishi mumkin. Masalan, Ma­layziya, Marokash, Boliviyada fuqarolar 21 yoshga to`lganidan keyingina saylash huquqiga ega bo`lishadi. Rossiyada 2002 yil 20 dekabrda qabul qilingan Qonunga ko`ra saylov kunigacha 18 yoshga to`lgan Rossiya fuqarosi saylash huquqiga ega. Fransiyada ham saylov huquqiga ega bo`lish uchun belgilangan yosh 1974 yil 5 iyuldagi qonun bilan 18 yosh qilib belgilangan.
Fuqarolik senzi barcha davlatlarda odatiy shartga aylangan bo`lsa-da, ba'zi hollarda bunday senzning yo`qolib ketishini ham kuzatish mumkin. Masalan, o`ziga xos tuzilma bo`lgan Yevropa Ittifoqining Parlamentiga saylovlar paytida Fransiyada bo`lgan Germaniya fuqarosi Fransiyaning Yevropa Ittifoqi Parlamentiga vakili uchun ovoz berish huquqiga ega. Bu qoida Yevropa Ittifoqiga asos solgan 1992 yilgi Maastrixt Shartnomasida ko`zda tutilgan.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlar saylash huquqidan foydalana olmaydilar ya'ni, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi vaqtincha to`xtatiladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə