O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


birinchidan, o`zining milliy-davlatchilik manfaatlarining ustuvorligi sharoitida o`zaro manfaatlarni to`liq hisobga olish; ikkinchidan



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə24/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

birinchidan, o`zining milliy-davlatchilik manfaatlarining ustuvorligi sharoitida o`zaro manfaatlarni to`liq hisobga olish;
ikkinchidan, insonlar va davlatlar orasidagi o`zaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini tan olgan holda O`zbekiston xalqaro aloqalarda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo`l bilan bartaraf etishni yoqlab chiqmoqda. O`zbekiston yadro qurolidan ozod hudud bo`lib qoladi, agressiv tabiatdagi harbiy bloklar va ittifoqlarga a'zo bo`lmaydi, inson huquqlari bo`yicha xalqaro standartlarni tan oladi va muttasil ularga sodiqlikni isbotlaydi;
uchinchidan, O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati o`zaro tinchlik, o`zaro foyda, ichki ishlarga aralashmaslik prinsiplariga, mustaqillikni va suverenitetni chegaralovchi hamda davlatlararo munosabatlarni mafkuralashtirishga qaratilgan harakatlarga yo`l qo`yilmaydigan prinsiplarga quriladi;
to`rtinchidan, O`zbekiston tashqi siyosatda ochiqlik prinsipini turli xil mafkuraviy qarashlardan xoli ravishda amalga oshirib, barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalarni o`rnatmoqda;
beshinchidan, O`zbekiston xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikdan ustunligini tan oladi, xalqaro-huquqiy standartlarni hurmat qiladi.
Konstitutsiyaning davlatni rivojlantirish bilan bog`liq ichki masalalarni xal etishga qaratilgan qoidalarigagina emas, balki O`zbekistonning jaxon xamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta'min etadigan qoidalariga xam taalluqlidir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlab o`tganidek, «Ochiq demokratik davlatni qurish, bozor munosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e'tirof etilgan konstitutsiyaviy xamda huquqiy asosda amalga oshirilmoqda. Bu asos iqtisodiyotni islox qilish, uning keng ko`lamda jaxon xamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli xuquqiy kafolatlar va shart — sharoitlarni ta'minlab beradi».14[14]
Asosiy Qonun huquqiy davlatni shakllantirish sharoitida demokratiya prinsiplarini, inson xuquqlarini, xokimiyatning tashkil etilishi, ichki va tashqi siyosat asoslarini mustaxkamlay borib, davlat organlarining xuquqni muxofaza etish borasidagi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy — madaniy sohadagi faoliyatinigina emas, balki tashqi siyosatini ham inson manfaatlariga xizmat qildiradi. Huquqiy davlatda tashqi siyosatga taalluqli eng mas'uliyatli qarorlar xokimiyatning oliy davlat organlari tomonidan eng avvalo Konstitutsiyaga muvofiq ravishda qabul qilinadi. Tashqi siyosat sohasini tartibga soluvchi qonunchilik normalari butun tizimini shakllantirish tashqi siyosat konstitutsiyaviy-xuquqiy institutidan boshlanadi. Xalqaro xuquqning umume'tirof normalari tamoyillari milliy xuquqqa nisbatan etilgan maqomi, shuningdek davlatning ko`p tamonlama va ikki tomonlama diplomatiya soxasidagi faoliyati tegishli konstitutsiyaviy qoidalarga bog`liqdir. Bu konstitutsiyaviy- xuquqiy institut ayrim normalarni, shuningdek xokimiyat oliy organlarining tegishli vakolatlarini to`g`ridan-to`g`ri belgilay borib, davlat tashqi siyosiy faoliyatining real masalalariga boshqalarga nisbatan yaqinroq turadi. Bu xol tashqi aloqalar mexanizmi faoliyat olib borishining sharoitlari va tartibini belgilashda muxim axamiyat kasb etadi.
Dunyo hamjamiyati tomonidan yaratilgan huquqiy normalar asosida o`zining konstitutsiyasini yaratgan Respublikamiz tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishlarini asosiy prinsiplar sifatida asosiy qonunda e'tirof etdi. Xalqaro hamjamiyatning teng huquqli subyektiga aylangan O`zbekiston tashqi siyosiy faoliyatni hamda iqtisodiy aloqalarni amalga oshiruvchi institutlarni shakllantirdi. Ular asosida xalqaro tashkilotlar, iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari, davlat tuzilmalari va boshqa davlat organlari bilan birinchi navbatda umuminsoniy qadriyatlarga hamda milliy manfaatlarimizni hisobga olib munosabatga kirishildi.
O`zbekiston Respublikasi suverenitetini, havfsizligini, siyosiy va iqtisodiy erkinligini mustahkamlashda, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal qilishda O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz milliy manfaatlarimiz mos keladigan barcha mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilishga tayyormiz. Ayni paytda xalqaro hayotning muayyan prinsipial masalalari bo`yicha qarashlarimizda tafovut bo`lgan davlatlar bilan ham ochiq muloqot olib borishga hozir ekanligimizni bildiramiz”1-deb muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta'kidlangan edi.
O`zbekiston mustaqillik yillarida xalqaro aloqalarda boy tajriba to`plagan xolda, o`z mustaqil tashqi siyosatini yuritib, jahon hamjamiyatiga qo`shilishning o`ziga xos yo`nalishlarini ishlab chiqdi, davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo`nalishlarini belgiladi va ularning rivojlanishini ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlarlarni jadal suratlar bilan amalga oshirib kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli subyekti sifatida xalqaro xamjamiyatda o`z obro`-e'tiboriga ega bo`lib bir qancha yutuqlarni qo`lga kiritmoqda.
Tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida O`zbekiston quyidagi asosiy prinsiplarga amal qilib kelmoqda:
Birinchidan, tomonlar manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda, o`z milliy manfaatlarining ustunligmni ta'mmnlash; Ikkinchidan, teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik ;
Uchinchidan, mafkuraviy qarash-arga qaram bo`lmagan hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarni tan olish, tinchlik va xavfsizlikni asrash;
To`rtinchidan, xalqaro huquq normalarini ichki huquq normalaridan ustunligini e'tirof etish;
Beshinchidan, tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama hamda ko`p tomonlama shartnomalar asosida rivojlantirish.
Shuni ta'kidlash lozimki, mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasida ilk marotaba tashqi siyosatni tartibga soluvchi normaning kiritilishi katta siyosiy va huquqiy ahamiyatga ega bo`ldi. Bu o`z navbatida, O`zbekistonning jahon hamjamiyatining a'zolaridan biri sifatida qanday maqsadda xarakat qilishini belgilab beradi. Ma'lumki, sobiq sho`rolar davrida xom ashyo bazasi bo`lib kelgan O`zbekiston mustaqil tashqi siyosat yuritish imkoniyatidan mahrum edi. Xuddi shuning uchun O`zbekmston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O`zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish - davlat faoliyatining davlat va amalda qo`llanilmagan yo`nalishlaridan biridir. Yakka-hokimlik tizimi sharoitida O`zbekiston xalqaro maydonga to`g`ridan-to`g`ri va ochiq chiqish imkoniyatidan mahrum etilgan bo`lib, o`zining tashqi siyosiy davlat idoralariga «ega emas edi» deb hisoblaydi115[15].
«O`zbekisgon Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida»gi qonun va boshqa hujjatlarning qabul qilganishi O`zbekistonning o`z tashqi siyosatini mustaqil amalga oshiriga zamin yaratdi.
Mazkur qonunlarning qabul qilinishi o`zbek xalqining daxlsiz huquqi - o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini amalga oshirishini belgilab berdi. Bu tabiiy holdir, chunki davlatimizning o`z milliy mustaqiligini qo`lga kiritishi uning tashqi siyosiy faoliyatini mustaqil amalga oshirishida muhim belgilovchi omil bo`lib xizmat qiladi.
O`zbekistonning xalqaro huquqning to`la huquqli subyektliligi, xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi, uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tashkilotlariga, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kabi boshqa xalqaro tashkilotlarga a'zo bo`lishi hamda ularning faoliyatida qatnashishida yaqqol namoyon bo`ladi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganigi shuni bildiradiki, bundan buyon respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech kimning vositachiligisiz o`zaro manfaatli munosabatlarni o`rnatadi. Respublikani haqiqatan ham, uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda yuksaltirish amalda mumkin bo`lib qoldi»1 degan edi.
Shuni qayd etish zarurki, respublikada tashqi siyosatining vujudga kelishi va rivojlanishi muammolariga chuqur e'tibor berilmoqda, jumladan Prezidentimiz «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» asarida tashqi siyosatning asosiy tamoyillarini quyidagicha ta'riflagan:
-o`zining milliy-davlat manfaatlari ustun bo`lgani holda o`zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
-tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga a'zo bo`lmaslik;
-boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
-oshkora tashqi siyosat olib borish; xalqaro huquq normalari ustuvorligini tan olish;
-xalqaro tashqi aloqalarni to`la ishonch tamoyili asosida o`rnatish ".
O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyektidir" degan jumlalar bilan boshlangan ushbu normaning tub ma'nosi mohiyatan, o`zbek xalqining butun tarixiy yutug`ini o`zida ifodalagan desak mubolag`a bo`lmaydi. Xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti sifatida O`zbekiston Respublikasining dunyo xamjamiyati tomonidan e'tirof etilishi shunday huquqni qo`lga kiritishga harakat qilgan, ma'lum tarixiy davrlarda minglab azob-uqubatlarni hamda mustamlakachilik siyosatini boshidan kechirgan xalqimiz uchun ulkan yutuq hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan tashqi siyosat borasidagi barcha tamoyillar xalqaro huquqning asosiy qoidalariga to`la muvofiqdir.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə