O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Shaxsiy erkinlik va daxslsizlik huquqi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə33/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Shaxsiy erkinlik va daxslsizlik huquqi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasiga ko`ra O`zbekistonda “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinish yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas”.
Fuqarolarni erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi konstitutsiyaviy huquq sifatida insonlarni tug`ilishi bilan qo`lga kiritilib, o`z ixtiyori bo`yicha harakat qilishi, boshqalarning shaxsiy erkinligi va daxlsizligiga ziyon yetmaydigan tarzda yurish-harakat qilishi lozim. Hech kim insonga qonunda nazarda tutilmagan yullar orqali ta'sir ko`rsatishi mumkin emas. Shaxsning erkinligi jamiyatdagi axloq me'yorlari doirasidan chiqmasligi va qonun asosida bo`lishi kerak. Fuqarolarni erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi O`zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi va boshqa muhofaza choralari nazarda tutilgan qonunlar bilan himoya qilinadi.
Masalan, Jinoyat-protsessual Kodeksining 18-moddasi 2-qismida: hech kim sud qaroriga asoslanmay yoki prokuror sanksiyasisiz hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas, deb belgilangan.
Shaxsning aybsizlik prezumpsiyasi. O`zbekiston Respublikasida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko`rib chiqilib, aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o`zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo`ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o`tkazilishi mumkin emas.
Aybsizlik prezumpsiyasi (aybi isbot qilinguncha shaxsni aybsiz deb faraz qilish) O`zbekiston Konstitutsiyasining 26-moddasida mustahkamlangan bo`lib, uning mazuni quyidagilarda ko`rinadi:

  1. 1) Shaxsning aybi isbot qilinmagunga radar u aybsiz deb topiladi;

  2. 2) Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi aybini isbot qilish faqat vakolatga ega tegishli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi, ya'ni shaxs o`z aybsizligini isbotlab berishga majbur emas;

  3. 3) Agar baracha gumonlar isbotlanmasa, bunda bu gumonlar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi foydasiga hal etiladi;

  4. 4) Shaxs faqat sudning hukmi, qororiga binoangina aybdor deb topiladi va qonunda ko`zda tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin;

O`zbekiston Respblikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi qarori bilan 1984 yil 10 dekabrdagi "Qiynoqlarga solishga va muomalada bo`lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya"ga qo`shildi.
Bu Konvensiyada alohida ta'kidlanadiki, yuqorida bayon etilgan ta'rif qonuniy choralar qo`llash natijasida paydo bo`ladigan og`riq va azoblarga taalluqli emasligi alohida ta'kidlanadi. Qiynoqlarga solish, shafqatsiz yoki insonning qadr-qimmatini tahqirlaydigan har qanday harakatga jinoyat qonunchiligida jinoyat sifatida qaraladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə