O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyili



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə27/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyili BMT Nizomi qabul qilinishi bilan o`z tasdig`ini topgan, lekin mavzkur tamoyilning rivojlanish jarayoni davom etmoqda va bu tamoyilning nomlanishi oxirigacha o`z yechimini topgani yo`q. Shuning uchun huquqiy adabiyotlarda hududiy yaxlitlik, hududiy daxlsizlik, hududiy butunlik iboralarini uchratishimiz mumkin.
BMTning Nizomi kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid solishni davlatning hududiy butunligiga (daxlsizlik) va har qanday davlatnmng siyosiy mustaqilligiga qarshi qo`llanishini taqiqlab qo`ygan. Nizomning 2-modda, 4-bandida bu tamoyil alohida eslatmb o`tilmagan bo`lsa-da, uning ko`pgina elementlari o`z aksini topgan. mazmuni o`z aksini topgan. Xususan har bir davlat:
Birinchidan, boshqa davlatning milliy butunligi va hududiy daxlsizligini qisman yoki to`la buzilishiga qaratilgan har qanday xatti-harakatdan o`zini tiyib turishi kerak
Ikkinchidan, davlatning hududi Nizom qoidalarini buzish orqali kuch ishlatish natijasi harbiy bosib olish obyekti bo`lmasligi lozim;
Uchinchidan,davlat hududi kuch bilan tahdid qilish yoki uni ishlatish natijasida boshqa davlat tomonidan egallab olinish obyekti bo`lishi mumkin emas.
1975 yildagi YEXHT ning Yakunlovchm hujjatida hududiy yaxlitlik tamoyiliga shunday ta'rif beriladi. : "A'zo-davlatlar har birining hudu-diy yaxlitligini hurmat qiladi va bunga muvofiq, BMT ning Nmzomi maqsadlariga mos kelmaydigan har qanday harakatga, har qanday a'zo davlatning hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligiga qarshi qaratilgan harakatlarga karshidir." ,
Yakunlovchi hujjatga muvofiq, davlatlar bir-birlarining hududiy yaxligligini hurmat qilish majburiyatini olib, "BMT Nizomi maqsad va tamoyillariga mos kelmaydigan har qanday xatti-harakatga qarshi chikishlari lozim". Bu yerda gap hududiy yaxlitlik yokm daxlsizlikka qarshi har qanday xatti-harakat haqida bormoqda. Masalan, hududiy suveren davlatning ruxsatisiz xorijiy hududdan xar qanday transport vositasining tranzit olib o`tilishi nafaqat chegara daxlsizligi, balki davlat hududining daxlsizligiga xam xilofdir. Barcha tabiiy zahiralar davlat hududining tarkibiy qismlari hisoblanadi, agar hudud butunlay daxlsiz bo`lsa, uning qismlari ham daxlsiz bo`lishi lozim. Davlat o`zga mamlakat xududidan foydalanishi chog`ida ushbu davlatning tabiiy shart-sharoitlariga zarar yetkazmasligi lozim. :

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə