O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


V MAVZU. Inson va fuqaro huquq va erkinliklar va burchlarning konstitutsiyaviy asoslari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə30/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

V MAVZU. Inson va fuqaro huquq va erkinliklar va burchlarning konstitutsiyaviy asoslari
1. Inson huquqlarining xalqaro-huquqiy asoslari. O`zbekiston Respublikasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarn tushunchasi va ularning turkumlanishi
2. Fuqarolik tushunchasi. O`zbekiston Respublikasida fuqarolik
3. Shaxsiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari
4. Fuqarolarning siyosiy huquqlari va demokratik erkinliklari
5. Iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy asoslari
6. Fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari. Fuqarolarning burchlari
1 Inson huquqlarining xalqaro-huquqiy asoslari. O`zbekiston Respublikasida fuqarolarning konstituyiyaviy huquq va erkinliklarn tushunchasi va ularning turkumlanishi
Insoniyat tarixida yangi davr - inson huquqlari davri boshlandi. Inson huquqlari, eng avvalo umuminsoniy kadriyatlarga. Umumjahon sivilizatsiyasiga, bu soxada boshqa xalqaro erishilgan tajribalarga hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlariga asoslangan.
“Inson huquqlariga asoslangan demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan tamoyillari bor. Tenglik, erkinlik, birodarlik xalqlar va millatlararo do`stlik, insonning uz xoxish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi. Ozchilikning ko`pchilikka buysunishi va ozchilikning manfaatlarini ham ruyobga chiqarish, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlatning asosiy idoralariga saylanishi, ularning saylovchilar oldida xisob berishi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi, tayinlash yuli bilan shakllanadigan davlat idoralarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi”1
Inson huquqlari doir xalqaro hujjatlarga BMTning 1948 yilgi “Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasi”, 1966 yilgi “Iktisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risida”gi, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida”gi Xalkaro paktlar kiradi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasi”ning barcha asosiy g`oya va qoidalarini o`zida singdirgan. Tarixda sinalgan umuminsoniy qadriyatlarni o`zida mujassamlashtirgan, eng rivojlangan taraqqiy etgan davlatlarning huquqiy tajribasiga tayangan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti insoniyat tarixida inson omilining yangi bosqichini boshladi va 1995-2005 yillarni kurramizda “inson huquqlari o`n yilligi “deb e'lon qildi,
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida zikr etilgan inson asosiy huquqlari va erkinliklari ifodasini O`zbekiston Konstitutsiyasining quyidagi moddalarida yaqqol ko`rish mumkin:

  1. 1. Teng fuqarolik huquqi (21 modda);

  2. 2. Yashash huquqini himoya qilish (24 modda);

  3. 3. Har kimning erkinlik va shaxsiy dahlsizlik huquqiga egaligi, qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emasligi (25 modda);

  4. 4. Hech kimning qiynoqqa solinmaslik va aybi aniqlanmaguncha aybdor hisoblanmaslik holati (26 modda);

  5. 5. Fuqarolar turar joyi, telefon yozishmalari dahlsizligi (27 modda);

  6. 6. So`z, fikr va e'tiqod erkinligi va uni tarqatish huquqi (29 modda);

  7. 7. Din va vijdon erkinligi (31 modda);

  8. 8. Fuqarolar uchun jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi (32 modda);

  9. 9. Mulkdorlik huquqi va erkin kasb tanlash (38-39 moddalari);

  10. 10. Qonunga muvofiq siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari tashkil eitsh (56 modda)

  11. 11. Saylash va saylanish huquqi (117 modda), va shuningdek boshqa ko`p moddalarda xalqaro miqyosda e'tirof etilgan insonning asosiy huquqlari va erkinliklari o`z munosib o`rnida har tomonlama aks ettirilib, konstitutsiya va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.2

Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlarning o`ziga xos xususiyati shundaki, qonun chiqaruvchi hokimiyat Konstitutsiyada asosiy huquq, erkinlik va burchlarni mustahkamlaydi, qonun va qonun osti hujjatlarida esa, ular asosida vujudga keladigan hosila huquq, erkinlik va burchlarni belgilash bilan birga ular mazmunini keng yoritish imkonini beradi. Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlarning yuridik xususiyatlari qatoriga, Konstitutsiyada mustahkamlangan har qanday qoida singari, ular oliy yuridik kuchga va o`zgartirishning maxsus tartibiga ega ekanligini, shuningdek uning asosida ishlab chiqiladigan boshqa sohalar qonunchiligi uchun asosiy yo`nalishlarni belgilashini ta'kidlash joiz. 3
Konstitutsiyaviy huquq, erkinliklarni yuridik jihatdan mustahkamlash shakllari turli davlatlarda turlicha bo`lib, bu har bir davlatning iqtisodiy, siyosiy rivojlanish darajasiga bog`liq. Huquq va erkinliklar mazmun jihatdan o`rganish hamda huquqiy tomondan tartibga solish, ularni ma'lum guruhlarga ajratishni talab qiladi. Bu esa yurisprudensiyada huquq institutlari bilan bog`liq muammolarni o`rganish va ularni yechishni osonlashtiradi. Tasniflash har doim shartli ravishda kechadi, chunki ko`p hollarda biror huquq yoki erkinlik yoxud burch bir paytda ikki yoki undan ko`p tasnifiy guruhlarga tegishli bo`lib qolishi mumkin.
Huquq va erkinliklarni mohiyatiga ko`ra, XVI-XVII asrlarda vujudga kelgan ta'limotlarga asosan tabiiy huquq va erkinliklar va pozitiv huquq va erkinliklarga ajratiladi.
Tabiiy huquq va erkinliklar insonning uzviy, ajralmas huquq va erkinligi bo`lib, tug`ilgandan boshlab, vafot etguniga qadar mavjud bo`ladi. Tabiiy huquq va erkinliklarga har qanday inson (fuqaroligi yo`q shaxslar hamda chet el fuqarolari) hech qanday moneliksiz ega bo`ladi. Tabiiy huquq va erkinliklar jumlasiga: yashash huquqi, shaxsiy erkinlik va daxlsizlik huquqi, fikr va so`z erkinligi va hokazolar kiradi.
Pozitiv huquq va erkinliklar faqat biror bir davlatga tegishli fuqarolarda mavjud bo`lib, ular usha davlat bilan o`zaro huquqiy aloqada bo`ladi. Masalan, fuqaro o`z davlati oldida konstitutsiyaviy burchlarni bajarishga majburligi.
Subyektga tegishliligiga ko`ra:
-individual (masalan, bilim olish huquqi);
-jamoa(kollektiv) turlariga ajratish mumkin. Masalan, ish tashlash huquqi – jamoa huquqidir. Individual tartibda ish tashlash – ish tashlash hisoblanmasdan, balki u ishga kelmaslik deb baholanishi mumkin.
Shuningdek, huquq, erkinlik va burchlarni, asosiy va qo`shimcha turlarga ajratish mumkin. Masalan, davlatni boshqarishda ishtirok etish asosiy huquq hisoblansa, saylov huquqi undagi hosila huquq bo`lib, uning mazmunini ifodalash shakli hisoblanadi.
Huquq, erkinlik va burchlarning mazmuni va mohiyati bo`yicha tasniflash juda muhim ahamiyatga ega bo`lib, umumjahon miqyosida tan olingan ko`rinishi quyidagicha:.
- shaxsiy huquqlari, erkinliklari va burchlari: ya'ni yashash huquqi, shaxsiy erkinlik va daxlsizlik hamda turar-joy dahlsizligi kabi huquq, erkinlik va burchlar.
- siyosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari: davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish, ovoz berish, yig`ilish huquqi, vatanni himoya qilish bilan bog`liq qator siyosiy huquq, erkinlik va burchlar.
- iqtisodiy-ijtimoiy huquqlari, erkinliklari va burchlari: mehnat huquqi, mehnat erkinligi, mulk huquqi, soliq to`lash burchi, ta'lim olish huquqi, ijod erkinligi va shu kabilar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq erkinlik va burchlar guruhini tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham huquq, erkinliklar xuddi shunday guruhlarga ajratiladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə