O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Fuqarolarning ko`chib yurish huquqi-



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə35/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Fuqarolarning ko`chib yurish huquqi- shaxs ushbu huquqqa muvofiq o`z xohishiga ko`ra, O`zbekiston hududi doirasida bir joydan ikkinchi joyga ko`chib o`tishi, undan chiqib ketishi va qaytib kelishi mumkin. Qonunda belgilangan cheklash hollari bundan mustasnodir.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 6 yanvardagi "O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish tartibi va O`zbekiston Respublikasi diplomatik pasporti to`g`risidagi qoidalarini tasdiqlash to`g`risida"gi qarori bilan Respublika hududidan chiqish va unga kirish tartibi belgilangan.
O`zbekistonda Konstitutsiyaning 29-moddasiga ko`ra: “Har kim fikrlash, so`z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin”.
Har kimning o`z fikrini erkin ifoda qilish huquqi o`z ichiga izlanish erkinligi, har qanday axborotni olish, tarqatish, yozma yoki nashr shaklida yohud badiiy shaklda ifodalash erkinligini amalga oshirish imkonini beradi.
Fikrlash va e'tiqod erkinligi so`z erkinligi orqali amalga oshiriladi, bu o`z fikrini ochiq so`zlash va boshqa shaxslarning e'tiboriga yetkazish deb tushuniladi. Ko`p holatlarda so`z erkinligi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshiriladi va ular har bir fuqaroning so`z erkinligini, ommaviy axborot vositalarida chiqish huquqini, o`z fikr va e'tirozlarini ochiq so`zlashni kafolatlaydigan "Ommaviy axborot vositalari to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni asosida faoliyat ko`rsatadilar.
Axborotlarni yig`ish, to`plash, qayta ishlash, uzatish va ruxsat etilmagan tanishuvdan himoya qilish bilan bog`liq bo`lgan hamda axborot tizimlarining ma'lumotlar bazalari va banklarini tashkil qilish, axborotlarni qayta ishlash va uzatishning boshqa tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Har turdagi ma'lumotlarni yig`ish va tarqatishga bo`lgan huquq konstitutsiyaviy tizimga qarshi yo`naltirilgan, insoniyatning tinchligi va himoyasiga zid ravishda, jamiyat manfaatlariga qarama-qarshi maqsadda yoki boshqa insonlarning huquq va erkiga zid holatlarda qonun tomonidan cheklanadi.
Fikrlash va so`zlash erkinligi qonun tomonidan davlat yoki boshqa ijtimoiy manfaatlarni himoya qilish nuqtai nazari bilan cheklanishi mumkin. Bunday cheklanishlar quyidagilar bilan izohlanadi: davlat sirlarini ovoza qilish davlatning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligiga, mudofaa qudratiga va davlat hamda jamiyatning boshqa manfaatlariga putur yetkazishi mumkin.
1993 yilning 7 mayida qabul qilingan "Davlat sirlarini saqlash to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida davlat tomonidan qo`riqlanadigan va maxsus ro`yxat bilan chegaralab qo`yiladigan alohida ahamiyatli mutlaqo maxfiy-harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o`zga xil ma'lumotlar Respublikaning davlat sirlari deb ko`rsatilgan bo`lib, ular haqida ma'lumotlar to`plash va tarqatish cheklanadi. Davlat, harbiy va xizmat sirlarini o`z ichiga olgan ma'lumotlar davlat sirlari safiga kiradi. 6
O`zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo`lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim. (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasi).
O`zbekistonning barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquqlari va manfaatlariga daxldor bo`lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligini qayd qilgan. Shaxsning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishda davlat organlari tomonidan qabul qilingan, fuqarolarning huquqi va manfaatiga daxldor huquqiy qoidalar bilan ularni tanishtirish muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari barcha ishlarni sudlarda ko`rib chiqayotganda fuqarolarni o`zlariga tegishli hujjatlar bilan tanishish huquqlari, barcha sudlarda ishlarni ko`rib chiqishning ochiq tarzda o`tkazilishi sud protsessi qatnashchilarining barchasiga o`z huquq va manfaatlarini, uning hujjatlari orqali himoya qilishga imkon yaratadi.7
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi” deyilgan.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə