O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/94
tarix08.06.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#116037
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

ATAMALARNING IZOHLI LUG`ATI 
Animatsiya
— bir nccha tasvir yoki kadrlarni ko`rsatish orqali yaratiladigan harakat 
majmuidir. Animatsiya turli xil vizual effektlar (harakatlanadigan kartinkalar, 
chizmalar, jadvallar va boshqalar) qo`llanilishiga asoslangan kompyuterning 
dinamik grafikasi, ekranda harakat illyuziyasini hosil qiladigan dinamik tasvirlar 
sintezidir.
Axborot butunligi
— axborot va uni tashuvchining hoiati. Butun axborot va uning 
alohida tarkibiy qismlari bo`linmasligini ta`minlash hamda ularni ruxsatsiz qasddan 
yo`q qilish. buzib taiqin qilish. sizib chiqib ketish, o`g`irlash, qalbakilashtirish va 
almashtirib qo`yishni, oldindan bartaraf qilishni nazarda tutiladi.
Axborot tizimi
— axborotni uzatish va qabul qilish tizimi. Axborot manbai, 
uzatkich. aloqa kanallari, axborotni qabul qiluvchilardan tarkib topgan bo`ladi.
Banner
— web-sahifadagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama 
beruvchining web-saytiga yoki mahsulot yoxud xizmat turi atrofilicha bayon 
qilingan sahifalarga giperhavoladan iborat.
Bilimlar bazasi (BB)
— aniq bir predmet sohasi bo`yicha dalillar va qoidalar 
shaklida rasmiylashtirilgan bilimlar to`plami. Inson tomonidan aniq predmet sohasi 
bo`yicha yig`ilgan bilimlarni kompyuterda ifodalash uchun mo`ljallangan semantik 
(ma’noli) model. Biror-bir predmet sohasiga oid tushuncha, qoida va dalillarning 
tizimlashgan majmuini saqlash uchun bitta fayl yoki maxsus tashkil qilingan fayllar 
to`plami. Bilimlar bazasi (BB) sun`iy tafakkur (intellekt) masalalarini yechishda 
keng qo`llaniladi.
Bosh sahifa
— asosiy sahifa. Ingliz tilidan to`g`ri tarjima qilinganligidan qat’iy 
nazar, bu muayyan insonning uy (shaxsiy) sahifasi emas, balki websaytning 
boshlang`ich sahifasidir. Odatda murojaatlar aynan web-saytning bosh sahifasiga 
qilinadi, shuning uchun ushbu sahifaga tashrif buyuruvchilar soni istalgan boshqa 
sahifaga qaraganda ko`proq. Bosh sahifa (web-sayt yuzi) bo`yicha foydalanuvchi 
qayerda ekanligi va saytning boshqa sahifalarida nimalarni ko`rish mumkinligi 
haqida tasavvur oladi (ba`zan bosh sahifa birinchi va yagona bo`ladi).


183 

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə