O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/124
tarix23.06.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#118658
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

191 
Agrosanoat majmuasi
– bu qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, 
ularni saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish bilan 
shug’ullanuvchi tarmoqlar va majmua tarmoqlariga xizmat ko’rsatuvchi sohalar 
yig’indisidir. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlar uchun ishlab chiqarish vositalari 
ishlab chiqaruvchi tarmoqlar va xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma ham kiradi. Agrosanoat 
majmuasi tarmoqlari 4 ta sohaga bo’linadi. Agrosanoat majmuasi birinchi sohasiga ishlab 
chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, ikkinchi sohasiga qishloq xo’jaligi, 
uchinchi sohasiga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorovchi, qayta ishlovchi va tayyor 
mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar, to’rtinchi sohasiga infratuzilma 
kiradi. Infratuzilma o’zi ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga, ishlab chiqarish 
infratuzilmasi ikkinchi guruhga esa ijtimoiy infratuzilma kiradi. 
Aylanma vositalar (mablag’lar)
- korxona (xo’jalikning) xo’jalik faoliyatini 
moliyalashtirish uchun foydalananiladigan pul mablag’lari; aylanma vositalar aylanma 
ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi. 
Aylanma kapital
– kapital (ishlab chiqarish fondlari) ning har bir ishlab chiqarish 
tsiklida sarf etiladigan va qiymati ishlab chiqarilgan tovarga to’liq o’tadigan qismi. 
Aylanma mablag’lar
– ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotni sotish 
maqsadida zarur aylanma fondlarni va muomala fondini tashkil etish uchun 
avanslashtirilgan pul mablag’lari yig’indisidir.
Aktiv 
(lotincha 
aktivus
- faol, ta’sirchan, ishchan) – 1)buxgalteriya balansining chap 
qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi 
va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul mablag’lari, kapital sarflar, 
qarzdorlik talabnomalari va b.) aks etadi; 2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki 
resurslari (bino, mashina, naqd pul, qimmatbaho qog’ozlar va b.). Pulga tez sotilishi 
(aylanishi) mumkin bo’lgan, bozori chaqqon aktiv (veksellar, qimmatbaho qog’ozlar, oltin, 
naqd pul, va b.) likvid aktivlar deyiladi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə