O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/124
tarix23.06.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#118658
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

Biznes – 
sohibkorlik – tijorat ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida biror 
ish bilan shug’ullanish. 
Bo’linmas fond
- qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) ustav fondi 
qiymatining bir qismi bo’lib, u shirkat xo’jaligi tasarrufida qoladi va paychi a’zolar 
o’rtasida taqsimlanmaydi. 
Bazis davr
– iqtisodiyotda joriy (hisobot) davri ma’lumotlari (ko’rsatkichlari) ni 
qiyoslash uchun qabul qilingan biror vaqt (oy, kvartal, yil va h.k.) yoki sana.
Bazis narx
- 1) rejali iqtisodiyotda doimiy deb qabul qilingan va xalq xo’jaligi 
ko’rsatkichlari (masalan, milliy daromad hajmi, sanoat, qishloq xo’jaligi, yalpi mahsuloti va 
b.) dagi o’zgarishlarni indekslarni hisoblashda asos qilib olingan narx. 2) sifat 
ko’rsatkichlari aniq bo’lgan tovarning kontrakt yoki preyskurant narxi. 
Balans
( lotincha 
balanx 
) – biron-bir faoliyatning bir-birini muvozanatlashi lozim 
bo’lgan tomonlari (masalan, daromadlar va xarajatlar) o’rtasidagi nisbatlarning miqdoriy 
ifodasi. Iqtisodiyotda buxgalteriya balansi, ijtimoiy mahsulot balansi, savdo balansi, mehnat 
resurslari balansi, daromad va xarajatlar balansi, to’lov balansi va boshqa balanslar mavjud. 
Bandlik 
– aholini ish bilan ta’minlash, mehnatga layoqotli aholining ijtimoiy foydali 
mehnat bilan mashg’ul bo’lishi; fuqarolarni shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog’liq bo’lgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati. 
Bank krediti
– banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun kapital berishi. 
Banklar qaytarishlik, bank foizi to’lovi va muddatlilik shartlarida o’z mablag’lari va jalb 
etilgan mablag’lar hisobidan kreditlari beradi. Turli ssudalar (savdo-sotiq, ko’chmas mulkni 
garovga oilsh, asosiy kapitalni kengaytirish va boshqalar), veksellar hisobi kabi shakllari 
bor. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə