O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/124
tarix23.06.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#118658
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

Dehqonchilik tizimi
yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va 
oshirish, ekinlardan yuqori hosil olishga qaratilgan, o’zaro bir-biriga bog’liq texnologik 
(agrotexnik), meliorativ va tashkiliy iqtisodiy tadbirlar majmui.
Dotatsiya 
(lotincha 
dotaio
– tuhfa) – 1) ma’lum xarajatlarni qoplash uchun 
iqtisodiyotning bir sub’ekti tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul 
mablag’lari berilishi. Dotatsiya odatda davlat byudjeti tomonidan beriladi. 2) muayyan 
fuqaro va tashkilotlarga ko’rilgan zararni qoplash yoki belgilangan maqsadlar uchun davlat 
tomonidan pul mablag’laning ajratilishi (berilishi).
Er monitoringi
– bu yerning holatini doimiy nazorat qilib turish tizimidir. 
Er transformatsiyasi
– qishloq xo’jaligida yerlarning bir sifat holatidan ikkinchisiga 
o’tishi. Odatda yer transformatsiyasining ikki turi mavjud. Birinchisi ijobiy yer 
transformatsiyasi – nisbatan yomon yerlarning yaxshi yerlar safiga o’tishi. Ikkinchisi salbiy 
yer transformatsiyasi – yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o’tishi. 
Yilning sof foydasi -
u soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida 
qoladigan qismi. 


194 
Ixtisoslashtirish – 
mavjud tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar va boshqa omillar ta’sirida u 
yoki bu mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashuv. 
Investitsiya 
– bu foyda olish maqsadida moliyaviy resurslarni (kapitalni) 
iqtisodiyotning tarmoqlariga uzoq muddatga qo’yishdir. 
Kichik biznes
– manfaat (foyda) olish maqsadida ishlab chiqarishni, asosan xususiy 
tadbirkorlikni kichik miqdorda va shakllarda, tashkil etish. U ishlab chiqarish, xizmat 
ko’rsatish, savdoning ma’lum shakl va turlarida rivojlanadi. Xususiy tadbirkor o’z 
faoliyatini ma’lum xatar (raqobat tavakkalchiligi) asosida yuritadi. 
Motivatsiya
(sababni asoslash) – real mehnat hulqini tushuntirish, asoslab berish 
uchun sabablar (mulohazalar) tanlashga qaratilgan og’zaki xati-harakatdir.
Mehnat bozori
– ishchi kuchlarining mehnatga bo’lgan qobiliyatini sotish va sotib 
olish tizimi. Mehnat bozorining uchta sub’ekti mavjud. Bularga: o’z ishchi kuchini 
sotuvchilar, ish beruvchilar va davlat kiradi.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə