O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/124
tarix23.06.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#118658
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

Mehnat resurslari
– aholining mehnat qilish qobiliyatiga (jismoniy va aqliy 
faoliyatga) ega bo’lgan qismi. 
Mehnat unumdorligi
– Konkret sarflangan mehnatning samaradorligi
natijaviyligidir. Mehnat unumdorligi vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori 
yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi. 
Moliyaviy natijalar
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar shaklida 
ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakuni. 
Moliyaviy lizing
–amalda uzoq muddatli kreditlashtirishning o’ziga xos shakli 
hisoblanib, mulk uzoq muddatga, odatda, to’liq amortizatsiya muddatiga yoki uning katta 
qismiga ijara shartnomasi tuziladi. Moliyaviy lizingda ijara shartnomasi tugagach, lizing 
ob’ekti lizing oluvchi tomonidan sotib olinishi yoki yangi lizing shartnomasi ob’ekti 
bo’lishi mumkin.
Mahsulot tannarxi
- mahsulot birligini ishlab chiqarish, sotish uchun qilingan 
xarajatlarning puldagi ifodasidir. 
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda
. Bu sotishdan olingan sof tushumdan 
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini olish bilan aniqlanadi; 
Moddiy-texnika bazasi
- tarmoqlarda ishlab chiqarishni amalga oshirish jarayonida 
ishlatilayotgan asosiy vositalar, aylanma mablag’lar birgalikda ularning moddiy-texnika 
bazasi deb yuritiladi. 
Operativ lizing
– mulkni uning xizmat muddatida kam davrga ijaraga berishni 
nazarda tutadi. Ijara muddati tugagach, mulk egasiga qaytariladi yoki yangi lizing 
shartnomasi ob’ekti bo’lib qoladi. 
Paychilik munosabatlari
– sherikchilik asosida biznes yuritishga hissa qo’shish va 
shu hissaga qarab daromad ko’rish sohasidagi iqtisodiy munosabatlar. 
Pay fondi - 
shirkat xo’jaligi ustaviga muvofiq shirkat xo’jaligi a’zolarining qiymatda 
ifodalangan mulkiy paylari, har bir a’zoning shirkat xo’jaligi pay fondidagi ulushi. 
Rentabellik
– tarmoq yoki korxonaning foyda olib ishlashi, aktivlar, sotilgan mahsulot 
yoki ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan foydalilik darajasini ko’rsatadi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə