O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Birja  – mahsulotlarni sotish tizimlaridan biri. Talab va taklifga qarab mahsulotlar  narxi birjada muvozanatlashib turadi.  Veksel



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/124
tarix23.06.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#118658
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Сотволдиев Н. Агросаноат мажмуаси иктисодиёти УМК

Birja 
– mahsulotlarni sotish tizimlaridan biri. Talab va taklifga qarab mahsulotlar 
narxi birjada muvozanatlashib turadi. 
Veksel
(nemischa 
Wechsel
- ayirboshlash) – ko’rsatilgan muddatda muayyan 
miqdordagi pulni to’lash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat
qimmatli qog’oz. 
Daromadlar
- hisobot davrida aktivlarning ko’payishi yoxud majburiyatlarning 
kamayishi. 
Davlat buyurtmalari –
davlat tomonidan muayyan mahsulot turini (hozirgi kunda 
paxta va g’allani) yetkazib berish bo’yicha qishloq xo’jaligi korxonalari bilan tuzilgan 
shartnoma-topshiriq. 
Dividend
— sof foydaning soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar to’langanidan keyin 
shirkat xo’jaligi (aktsiyadorlar jamiyati) ixtiyorida qoladigan va a’zolar o’rtasida 
taqsimlanishi lozim bo’lgan qismi.
Dehqon xo’jaligi - 
oilaviy mayda tovar xo’jaligi, oila a’zolarining shaxsiy mehnati 
asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan 
tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi. 
Dehqonchilik_tizimi'>Dehqonchilik tizimi - 
dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish uchun yerdan to’la 
foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan, o’zaro bog’liq va bir-birini 
to’ldiradigan tashkiliy-agrotexnik tadbirlar yig’indisi. 
Davlat buyurtmasi
- davlat talabi bilan (shartnoma yoki kelishuv asosida) korxona, 
tashkilot, xo’jaliklarga muayyan mahsulot turini belgilangan muddatlarda ishlab chiqarish 
va yetkazib berish, davlat ehtiyojlari uchun tegishli xizmatlar ko’rsatish, shuningdek ishlab 
chiqarish, noishlab chiqarish va ilmiy texnikaviy ishlarini bajarish va boshqalar. 
Davlat byudjeti
– davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun mo’ljallangan pul 
daromadlari va xarajatlari majmui. 
Daromad
– keng ma’noda kirim bo’lgan har qanday pul mablag’lari yoki pul 
qiymatiga ega bo’lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o’z faoliyati natijasiga 
ko’ra oladigan pul va tovar – moddiy tushum. 
Dehqonchilik
– o’simlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy o’simliklar 
(qishloq xo’jalik ekinlari)ni yetishtirish; qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə