Mavzu – Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalashda loyiha
yechimlarini baholash
Reja
1.
Loyiha yechimini baholash uchun ko’rsatkichlar tizimi.
2.
Hisoblash uslublari.
3.
CREDO kompleks dasturida tizimida loyiha yechimini baholash.
4.
Ekologik tadbirlarni loyihalash.
Tayanch so’zlari
: loyiha echimi, avtomatlashgan loyiha, ekologik tadbir,
xarakat tezligi, xavfsizlik koeffitsienti.
Avtomobil yo’llarini loyihalash jarayonida loyiha echimlari variantlarini
taqqoslashda qurilish uchun tavsiya etiladigan variantni aniqlash quyidagi gurux
ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi:
1. texnik ko’rsatkichlar: trasa uzunligi, uzayish koeffitsienti, vertikal va
gorizontal egrilar radiusi, bo’ylama nishablik, yo’l poyi va qatnov qismining kengligi,
asosiy qurilish ishlarining hajmi, yo’l to’shamasining tuzilmasi, sun’iy inshootlarning
soni va o’lchamlari, kesishishlar va tutashishlar soni va turi, vaqtinchali va doimiy
yo’l uchun ajratilgan joy yuzasi;
2. iqtisodiy ko’rsatkichlar: yo’l va yo’l ayrim inshootlari va elementlari
qurilish bahosi;
3. yo’l-transport foydalanish sifat ko’rsatkichlari: yuk va yo’lovchi tashish
hajmi, yuk aylanish jadalligi va transport oqimining tarkibi, o’tkazuvchanlik
qobiliyati va aloxida yo’l uchastkalarining oqim bilan yuklanganlik koeffitsienti,
yakka avtomobil va transport oqimining xarakat tezligi, yo’l tushamasining
mustamlik koeffitsienti, ko’rinish cheklangan yo’l uchastkalari uzunligi, sun’iy
inshshotlarda ruxsat etilgan yuklar va boshqalar.
4. harakat xavfsizlik ko’rsatkichi: yo’lning turli uchastkalardagi avariyalik va
xavfsizlik ko’rsatkichi, yo’l transport hodisalaridan bo’lishi mumkin bo’lgangan
zararlar.
5. Ekologik ko’rsatkichlar: transportdan chiqayotgan shovqin va zaxarli
gazlarning darajasi, yo’l yon tasmasiga transportdan chiqayotgan gazlarning va
undagi qurg’oshin birikmasining miqdori, atrof manzaraga, hayvonot va o’simlik
dunyosiga, tabiiy va madaniy yodgorliklarga yo’lning noxush ta’siri bo’ladigan
chegaradagi uchastkalar uzunligi.
6. iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari: kapital mablag’larni iqtisodiy
samaradorligi koeffitsienti yoki ularning oqlash muddati, sarflangan xarajatlar
yig’indisi.
Texnik ko’rsatkichlarning sezilarli qismi CREDO kompleks dasturidan
foydalanib loyihalashda aniqlaniladi, masalan trassa rejasini, bo’ylama kesimni, yo’l
poyini, yo’l tushamasini va sun’iy inshootlarni. Yo’lning transport-ekspluatatsion
ko’rsatkichlarini, xarakat xavfsizligini aniqlash uchun CREDO-CAD tizimida
«Оценка проектных решений» dasturidan foydalaniladi. Uning yordamida
aniqlanilishi mumkin:
48
-
yo’l ustki yuzasi ko’rinish masofasi;
-
transport oqimi tezligi;
-
yakka avtomobil harakat tezligi;
-
harakat xavfsizligi;
-
avariyalik koeffitsienti;
-
avtomobillar yoqilg’i sarfi;
-
yuk tashish tan narxi;
-
transport oqimi avtomobillari dvigatellaridan chiqadigan zaharli vositalar.
Berilgan ma’lumotlarni kiritish ketma ketligi quyidagi rasmda keltirilgan:
24-rasm. «Оценка проектных решений» menyusi
Nazorat savollari
1.
CREDO-CAD tizimida loyiha echimini baholash haqida nimalarni bilasiz?
2.
Loyiha echimini qaysi ko’rsatkichlar yordamida baholaymiz?
3.
Ekologik tadbirlarni loyihalash?
|