|
![](/i/favi32.png) O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti
|
səhifə | 41/46 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 0,55 Mb. | | #140241 |
| O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.orgdushanba va juma kunlari ko`chib kirish xayrli deyilgan.
Yangi qurilgan uyga ko`chib kirish jarayonida ham ko`plab magik urf-odat va marosimlar
bajarilgan. Namangan viloyati CHortoq tumani Oqsuv G’ovozon qishlog’i o`zbeklarida yangi
uyga ko`chganda «ushbu uyda yashovchilarning kelgusidagi hayotlari misoli do`lanaday
mustahkam bo`lsin», deb uyning to`rt burchagiga do`lana shoxi qoqib qo`yish odati bo`lgan.
SHuningdek, ushbu uy doimo rizqli barakali bo`lsin, degan niyatda YAngiqo`rg’on tumani
Oqsuv G’ovozon qishlog’ida uyga dastlab tuz olib kirilgan. Andijon viloyati Buloqboshi tumani
SHirmonbuloq qishlog’ida yashovchi o`zbek turklarda yangi uyga ko`chib kirishda uyga doimo
xizmat qilsin, degan niyatda ushbu uyga birinchi marta kapgir-cho`mich olib kirilgan. Qolaversa,
uy egalarining o`zlari uydagi dastlabki kechasini yolg’iz o`tkazmagan. Ular bilan birga doimo
keksa yoshli qariyalar birga tunaganlar. Ushbu uyda to`kin-sochinchilik bo`lsin, degan niyatda
xudoyi sumalak qilinib, qo`ni-qo`shnilar va qarindosh-urug’larga tarqatilgan. Umuman olganda,
ushbu afsungarlik ko`rinishidagi marosimlardan ko`zlangan asosiy maqsad kelgusida mazkur
uyda yashovchi oilaning farovon hayot kechirishidir.
Xullas, yangi uyga ko`chib kelish bilan bog’liq yuqoridagi urf-odatlarga magik qarashlar
asos bo`lgan. Uyning to`rt burchagiga do`lana qoqib qo`yishda o`xshash afsungarlik, ya`ni
do`lanaga xos xususiyatlar magik yo`l bilan ushbu uy a`zolariga o`tishi hamda kapkir-
cho`michni uyga birinchi bo`lib olib kirilishida esa ushbu xonadonni rizqli bo`lishiga qaratilgan
magiq niyat asos bo`lgan bo`lsa, ikkinchisida o`xshash afsungarlik serpushtlilik afsungarligi
bilan o`zaro qorishgan holda uchraydi. Keksalarning serfarzandlilik xususiyati hamda tuz va
sumalakning odamlar tasavvvuridagi rizq-baraka ramziga oid xususiyatlari kelgusida mazkur
oilaga ham doimo hamroh bo`lsin, degan niyat aynan mazkur urfni bajarilishiga sabab bo`lgan
bo`lsa ajab emas.
O`zbeklarda uyning turli joylari, ayniqsa, ostonasi, o`chog’i eng muqaddas joylardan biri
hisoblangan va u bilan bog’liq qator diniy-afsungarlik urf-odatlari hamda irimlari bajarilgan. Bu
o`rinda, avvalo shuni ham ta`kidlash kerakki, halqning kundalik turmush tarzida ostona bilan
bog’liq qator naqllar ham mavjud. CHunonchi «Ostonada turmushga chiqmagan qiz o`tirsa
baxtsiz bo`ladi», «ostonda turib bo`lmaydi, chunki biror bir kishisidan judo bo`lgan odam
ostonada turadi», «ostonada quloch kerib turib bo`lmaydi, baraka to`siladi», «ostonada turgan
holda salomlashilsa, o`rtaga sovuqlik tushadi», degan naqllar bugungi kungacha xalqimizda
saqlanib kelmoqda va ular hozirda ham omma orasida o`z ahamiyatini yo`qotgan emas.
Qolaversa o`zbek xalqi lirikasida ham ostona obrazi muhim ahamiyat kasb etgan va hatto bu
obraz maxsus tadqiq ham qilingan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|