O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti


Farg’ona vodiysi o`zbelari orasida ham asrlar mobaynida o`ziga xos kiyinish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə43/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Farg’ona vodiysi o`zbelari orasida ham asrlar mobaynida o`ziga xos kiyinish 

madaniyati va an`analari shaklangan bo`lib, bu an`analarda vodiy aholisining bir necha 

ming yillik milliy va diniy qadriyatlari ham o`z aksini topgan. Kiyimlar va ularning ayrim 

qismlari bilan bog’liq e`tiqodiy qarashlar hamda urf-odatlarni tahlili qilishdan avval 

aynan kiyimlarni bichib-tikish bilan bog’liq diniy-afsungarlik ahamiyatiga ega bo`lgan 

ba`zi rasm-rasumlarga to`xtalib o`tsak. 
Vodiy o`zbeklari orasida asrlar davomida saqlanib kelayotgan asriy an`anaga ko`ra 
kiyimlarni bichib-tikishda bichiqchilar matoni qaychi bilan kesishmagan, balki qo`l bilan yirtib,
ayrim qiyiq joylarini pichoq bilan kesishgan. Kiyimlar asosan bo`y, eng va yon qiyiqlardan 
iborat bo`lib, oldinlari aksariyati qo`lda tikilgan. Bichiqchi va tikuvchilar u yoki bu kiyimlik
uchun olinadigan matodan iloji boricha qiyqim chiqarmaslikka harakat qilishgan. CHunki 
qadimgi matolarning eni shuni taqoza etgan. SHu bilan birga, qadimgi urf-odatlarga ko`ra, kiyim
bichishda yoki uning qiyqimlariga yomon ko`zli yoki «nazari bor» kishilarning nigohi tushsa, 
o`sha kiyimni kiygan kishi kasallanadi, hattoki vafot etishi ham mumkin, degan e`tiqodlar
mavjud bo`lgan.
Kiyimlar yuqorida ta`kidlab o`tilgan funktsiyalardan tashqari insonning bir yosh
bosqichidan ikkinchisiga o`tishini, ya`ni initsion ahamiyat ham kasb etgan. O`z navbatida bu 
bilan bog’liq qator urf-odatlar bajarilgan. Jumladan, bola tug’ilganda chaqoloqqa, nikox
marosimida bo`lg’usi kelinga va motamda marxumga maxsus ko`ylak kiydirilgan va bu 
ko`ylaklar o`ziga xos umumiyliklarga ega bo`lgan. Quyida biz bu o`xshashliklarga birmuncha
batafsilroq to`xtalib o`tishga harakat qilamiz. 
Nikoh marosimida ham kelin maxsus tikilgan oq rangdagi kelinlik libosini kiygan.
Xalqimizda oq rang poklik, pokizalik ramzi hisoblanishi bilan birga ramziy ma`noda bo`lg’usi 
kelinni qizlik olamidan «ayollar» dunyosiga o`tayotganligini anglatgan.




95


. Markaziy Osiyo xalqlarida bo`lgani singari o`zbeklarda ham marhumga maxsus libos-
kafan kiydirilib dorulbaqodan dorulfanoga kuzatiladi. Kafan asosan oq bo`z matodan 
tayyorlanadi. Kafan o`ralayotganda avval chap, so`ng o`ng tomonidan boshlab o`raladi, o`ng
tomon ustida bo`lishiga alohida e`tibor qilinadi. Demak biz ushbu fikr-mulohazalardan shunday 
xulosoga kelish mumkinki, o`zbeklarda inson hayotining muhim uch bosqichida ham maxsus
libos kiydirilgan. Ikkinchidan, ushbu xar uch libos doimo oq rangda bo`lgan va uning ham pastki 
qismi umuman qaytarilmagan. Uchinchidan, chaqaloqqa va kelinga hamda mayitga
kiydiriladigan birinchi kiyim doimo marosimiy tarzda kiydirilgan. Demak, chaqaloqqa va 
kelinga hamda mayitga kiydiriladigan ushbu kiyimlarni insonni bir bosqichdan ikkichi bosqichga
o`tayotganini ramziy ifodalovchi kiyim deb aytish mumkin. Darvoqe, bu borada ayollarning 
ro`mollari ham ranggi, holatiga ko`ra ularning yoshi, oiladagi o`rniga ko`ra ham o`ziga xos
tarzda o`zgarib borgan. Qizlar turmush qurganda, juvonlar birinchi farzand ko`rganda, o`g’lini 
xatna qildirganda va nevaralik bo`lishganda bosh kiyim holati va rangini o`zgartirishgan. O`z
navbatida bu jarayon, ya`ni yangi ijtimoiy guruhiga o`tishi bilan bog’liq qator holatlar urf-odatlar 
tarzida aks etgan. Qadimgi odatga ko`ra, qizlar turmushga chiqqanlarida nikoh kunlari yoki
to`ydan so`ng uchinchi kuni qizlik ko`ylaklarini xotinlik ko`ylaklariga almashtirgan. 
Vodiy o`zbeklarining an`anaviy kiyimlarini ilmiy asosda tahlil qilish jarayonida biz milliy
kiyimlar va ularning ayrim qismlari, jumladan, ko`ylaklarga tikiladigan turli kashtalar, chirozlar 
ham kiyim egasini yomon ko`zlardan asraydi degan magik tasavvurlar asosida shaklanganligiga
amin bo`ldik. Darhaqiqat, qadimgi odamlar tasavvurida kiyimning va zeb-ziynatning magik 
qudrati, uni yovuz ruhlardan himoya fazilatlariga ega bo`lib, bu borada ilmiy etnografik
adabiyotlarda ham ayrim mulohazalar bildirilgan. Shuningdek marosimiy kiyimlarda raqamlarlar 
magiyasiga bo`lgan e`tiqod ham yaqqol aks etgan. Jumladan, nikoh to`yi marosimlari uchun
tikib kiyiladigan kiyimlar doimo juft qilingan. O`z navbatida motam uchun qilinadigan kiyimlar 
toq bo`lgan bo`lib, ushbu amallar raqam magiyasi bilan bog’liqdir.
Vodiy qipchoqlarida yosh bolalarni turli balo 

qazolardan yomon niyatli kishilar 

nigohidan saqlash maqsadida atrofdagi qo`shnilardan yoki uyning o`zidan turli mato bo`laklari


yiqqan va matolar qiyqimidan quroqi ko`ylaklar tikib kiydirish rasm bo`lgan. SHuningdek 
bunday «quroqi»dan yangi kelin-kuyovlar uchun yostiqlar ham tikilgan. Xalqona qarashga ko`ra
«quroq» yomon ko`zlardan saqlovchi himoya vositasi hisoblangan. Qadimgi davrlardan saqlanib 
kelayotgan tasavvurga ko`ra o`zgalarning muvofaqqiyatini, yaxshi narsalarga xasad bilan
qaraydigan shaxslarni ko`zi, ko`rish iqtidori bor deyiladi. Shuning uchun ham xalq tomonidan 
ularga nisbatan xalq tomonidan ularga nisbatan «ko`zlik» iborasi ishlatiladi.
Endi esa bevosita kiyimlarning ayrim qismlari bilan bog’liq e`tiqodiy qarashlar borasida 
birmuncha batafsilroq to`xtalib o`tsak. Avalo bu o`rinda Farg’ona vodiysidagi o`zbeklarida ham
boshqa mintaqalarda yashovchi o`zbeklar singari an`anaviy milliy kiyim tarzda yozda 

do`ppi 

yaktak, belbog’, ishton, chorig’, qishda esa



telpak, chopon, belbog’, shim, maxsi-kovush 

kiyganligini ta`kidlab o`tish joiz. erkaklarga xos muhim kiyim-kechak elementlaridan


xisoblanadigan belbog’ va do`ppilar ham milliy kiyimlar tasnifida o`z o`rniga va marosimiy 
ma`nosiga ega bo`lgan kiyimlar hisoblangan.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə