92
yordamida batafsil tavsiflash va ilmiy tahlil qilish o`ziga xos an`anaga aylangan. Lekin aslida
ushbu ma`lumotlar etnologik tadqiqotlarning bosh maqsadi emas,
balki asosiy maqsadni
isbotlashga ko`maklashuvchi tavsifiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Moddiy madaniyatning
etnologik yo`nalishda tadqiq eqilishda ko`zlangan asosiy maqsad o`rganilayotgan ob`ektning
xalq ijtimoiy turmush-tarzi bilan aloqadorligini yoritishdan iborat. CHunki an`anaviy moddiy
madaniyat namunalari insoniyat mehnati va ehtiyoji asosida yaratilsa-da, lekin uning ongli
tafakkuri natijasi o`laroq u yoki bu ko`rinishni oladi. SHubhasiz, bu o`rinda moddiy madaniyat
na`mnunalarida
aks etuvchi ramz, belgi g’oya ko`rinishida ham qiziqarli bo`lib, bu bevosita u
bilan bog’liq tasavvurlar, e`iqodiy qarashlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqacha tarzda aytadigan bo`lsak, etnologlar uchun moddiy madaniyat namunalarining tavsifi
emas, balki ularning inson bilan aloqadorligi qiziqarli hisoblanadi.
Tarixdan ma`lumki, turar-joylar inson uchun makon, boshpana tarzda foydalana boshlangan
davrlardan boshlab u bilan bog’liq ilk tassavurlar ham shakllana boshlagan.
Qadimgi uy-
joylarning eng muhim xususiyatlaridan biri - uning o`ziga xos xavfvsizlik xalqasiga ega
ekanligidir. Insoniyatning ilk ajdodlari uy-joylarni yovuz kuchlar xurujidan muhofaza qiladigan
o`ziga xos yopiq makon deb xisoblangan va u bilan bog’liq ilohiy tushunchalar tarqalgan.
Endi esa bevosita tadqiqotimiz xududi xisoblangan Farg’ona vodiysi o`zbeklari an`anaviy
turmush-tarzidagi turar-joylar bilan bog’liq qarashlarda hamda uy-joylar bilan bog’liq urf-
odatlardagi qadimiy diniy e`tiqodlar bilan bog’liq ko`rinishlarni birmuncha batafsilroq tahlil
etishga harakat qilamiz. O`zbeklarda ota makon hisoblangan ota-bobolar joyi muqaddas dargoh
hisoblangan va unga mehr qo`yishgan hamda mehr-muruvvat ko`rsatishgan. Qolaversa, ota-
bobolar erining muqaddasligi borasida ko`p maqol va rivoyatlar yaratilgan.
O`zbeklar orasida ham boshqa ko`plab xalqlarda bo`lgani singari uy qurish ishlari dastlab uy
poydevorini qurishdan boshlangan. Xalqona tasavvurga ko`ra, poydevorni qurishga haftaning
xayrli va omadli kunlarida kirishilgan. Farg’ona vodiysi o`zbeklari
orasida dushanba,
chorshanba, payshanba va shanba kunlari uy qurilishidagi dastlabki ishlar boshlangan. CHunki
aynan mazkur kunlar xosiyatli kunlar hisoblangan.
YAngi uyni qurish jarayonida uning dastlabki yog’ochlari ko`tarilgandan so`ng uy to`sini
yoki xarisini ko`tarishda ajoyib bir udum bajarilgan. Odatda, usta sinch uylarning to`sin yoki
xarisini o`rnatish chog’ida uy egasidan biror bir narsa (odatda ko`ylak, qiyiq va shu kabilar)ni
ehson qilishni so`ragan. Bu narsa aholi orasida
keskilik deb atalgan. Agar ustaga
keskilik
berilmasa, keyinchalik u(usta)ning ishi yurishmay, og’ir kasalga chalinar ekan.
Axborotchilarimizning ta`kidlashlaricha, har bir hunarmandchilik sohasining o`z asoschisi (piru
murshidi) bo`lgani kabi, ustachilikning ham asoschisi - piri bo`lgan. To`sin (yoki xari) ko`tarish
paytida beriladigan keskilik o`sha pirning haqqi uchun ustaga berilgan. Usta esa o`zi ishlab pul
topayotgan ushbu hunar asoschisining haqqiga duoi fotiha qilib turishi lozim bo`lgan.
Farg’ona vodiysining azaliy o`troq o`zbek va tojik xalqlari orasida
uyning ayrim qismlari-
to`sin, ustun, eshiklarini qo`yilishida qator ramziy ma`nolarga ega bo`lgan va aynan mazkur
qismlar bilan bog’liq qator diniy-semantik urf-odatlarga amal qilingan. Jumladan, vodiy
o`zbeklarida ham, respublikamizning boshqa mintaqalarida bo`lgani singari, xona shiftiga
qo`yiladigan to`sinlar
soni doimo toq, ya`ni 5, 7, 9, 11 tadan bo`lib, xona turi va hajmini
belgilovchi o`lchov bo`lib kelgan. Xalqona qarashlarga ko`ra, ayrim joylarda to`sinlardan
bittasini, ya`ni juft bo`lmagani Allohga bag’ishlangan deyilsa, boshqa joylarda bitta to`sin
vazifasini xonadon erkagi o`tagan, deb tushinishgan. SHu o`rinda uy to`sini bilan bog’liq
Xorazmda o`ziga xos ramziy odatga amal qilinganligini ta`kidlab o`tish joiz. Taniqli etnograf
olima M.V. Sazonovaning yozishicha, Xorazmning ayrim tumanlarida biror xonadonda ketma-
ket o`lim bo`lsa, shu oila a`zolaridan qolganlarining umrini saqlab qolish uchun xonaning o`lim
sodir bo`lgan qismidagi tomning ikki to`sinini yoki tomning to`g’ri
kelgan joyidan ikkita
to`sinni, ayrim tumanlarda esa shiftning barcha to`sinlari butunlay almashtirilgan. Yangi
qurilayotgan uyning devorini ko`tarish, tom yopish bilan bog’liq ishlar, shuningdek, ayni vaqtda
ko`plab ishchi kuchini talab etadigan ishlarda mahalla erkaklari ishtirokida maxsus hashar
uyushtirilgan. YAngi uyni o`urilishida hashar tashkillashtirish odati ilmiy etnografik
93
adabiyotlarda birmuncha yaxshi yoritilgan. Shu bois biz bu o`rinda ushbu odat to`g’risida
batafsil to`xtalmagan holda hasharning vodiyga xos lokal xususiyatlarigagina to`xtalib o`tishga
harakat qildik. Namangan viloyati Xo`jamushkent qishlog’ida yashovchi o`zbeklarda bu tadbir
«hokandozon» deyilgan. Hokondozon ko`pincha uyning tomini yopish
paytida uyushtirilgan
bo`lib, mahalla erkaklari va yigitlari uyning tomini yopish jarayonida maxsus belgilangan kunda
hashar o`tkaziladigan uyga yig’ilishgan va uyning tomiga qoplarda tuproq olib chiqqanlar.
Hashardagi eng katta qop
polvon qop deyilgan. Mazkur qopni ko`tarib tuproq olib chiqan
odamga sovg’a tariqasida uy egasi tomonidan belbog’ berilgan.
Uy-joylar bilan bog’liq urf-odat va rasm-rusmlarning talay qismi yangi uy tiklab
bo`linganidan so`ng ham o`tkazilgan. CHortoq tumani Qoramurt o`zbeklarida yangi uyga
Dostları ilə paylaş: