O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə40/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y. 
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y. 
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y.
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y. 
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y.
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y. 
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2000.
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y. 


Mavzu: O`ZBEK XALQI MODDIY MADANIYATIDA QADIMIY DINIY 

TASAVVURLAR VA E’TIQODIY QARASHLARNING ARXAIK IZLARI. 

REJA: 
1.Turar joylar bilan bog’liq urf-odatlar va rasm-rusumlarda qadimiy diniy e`tiqodlar. 
2. O’zbek xalqining moddiy madaniyatida qadimiy diniy tasavvurlar.
Etnologik yo`nalishda bajarilgan tadqiqotlarda moddiy madaniyat (turar joylar, kiyimlar, 

taqinchoqlar, oziq ovqatlar)ni odatda grafik tasvirlar, planlar, chertyojlar, rasmlar, fotosuratlar






92


yordamida batafsil tavsiflash va ilmiy tahlil qilish o`ziga xos an`anaga aylangan. Lekin aslida
ushbu ma`lumotlar etnologik tadqiqotlarning bosh maqsadi emas, balki asosiy maqsadni 
isbotlashga ko`maklashuvchi tavsifiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Moddiy madaniyatning
etnologik yo`nalishda tadqiq eqilishda ko`zlangan asosiy maqsad o`rganilayotgan ob`ektning 
xalq ijtimoiy turmush-tarzi bilan aloqadorligini yoritishdan iborat. CHunki an`anaviy moddiy
madaniyat namunalari insoniyat mehnati va ehtiyoji asosida yaratilsa-da, lekin uning ongli 
tafakkuri natijasi o`laroq u yoki bu ko`rinishni oladi. SHubhasiz, bu o`rinda moddiy madaniyat
na`mnunalarida aks etuvchi ramz, belgi g’oya ko`rinishida ham qiziqarli bo`lib, bu bevosita u 
bilan bog’liq tasavvurlar, e`iqodiy qarashlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqacha tarzda aytadigan bo`lsak, etnologlar uchun moddiy madaniyat namunalarining tavsifi 
emas, balki ularning inson bilan aloqadorligi qiziqarli hisoblanadi.
Tarixdan ma`lumki, turar-joylar inson uchun makon, boshpana tarzda foydalana boshlangan 
davrlardan boshlab u bilan bog’liq ilk tassavurlar ham shakllana boshlagan. Qadimgi uy-
joylarning eng muhim xususiyatlaridan biri - uning o`ziga xos xavfvsizlik xalqasiga ega 
ekanligidir. Insoniyatning ilk ajdodlari uy-joylarni yovuz kuchlar xurujidan muhofaza qiladigan
o`ziga xos yopiq makon deb xisoblangan va u bilan bog’liq ilohiy tushunchalar tarqalgan. 
Endi esa bevosita tadqiqotimiz xududi xisoblangan Farg’ona vodiysi o`zbeklari an`anaviy
turmush-tarzidagi turar-joylar bilan bog’liq qarashlarda hamda uy-joylar bilan bog’liq urf-
odatlardagi qadimiy diniy e`tiqodlar bilan bog’liq ko`rinishlarni birmuncha batafsilroq tahlil
etishga harakat qilamiz. O`zbeklarda ota makon hisoblangan ota-bobolar joyi muqaddas dargoh 
hisoblangan va unga mehr qo`yishgan hamda mehr-muruvvat ko`rsatishgan. Qolaversa, ota-
bobolar erining muqaddasligi borasida ko`p maqol va rivoyatlar yaratilgan. 
O`zbeklar orasida ham boshqa ko`plab xalqlarda bo`lgani singari uy qurish ishlari dastlab uy
poydevorini qurishdan boshlangan. Xalqona tasavvurga ko`ra, poydevorni qurishga haftaning 
xayrli va omadli kunlarida kirishilgan. Farg’ona vodiysi o`zbeklari orasida dushanba,
chorshanba, payshanba va shanba kunlari uy qurilishidagi dastlabki ishlar boshlangan. CHunki 
aynan mazkur kunlar xosiyatli kunlar hisoblangan.
YAngi uyni qurish jarayonida uning dastlabki yog’ochlari ko`tarilgandan so`ng uy to`sini 
yoki xarisini ko`tarishda ajoyib bir udum bajarilgan. Odatda, usta sinch uylarning to`sin yoki
xarisini o`rnatish chog’ida uy egasidan biror bir narsa (odatda ko`ylak, qiyiq va shu kabilar)ni 
ehson qilishni so`ragan. Bu narsa aholi orasida keskilik deb atalgan. Agar ustaga keskilik
berilmasa, keyinchalik u(usta)ning ishi yurishmay, og’ir kasalga chalinar ekan. 
Axborotchilarimizning ta`kidlashlaricha, har bir hunarmandchilik sohasining o`z asoschisi (piru
murshidi) bo`lgani kabi, ustachilikning ham asoschisi - piri bo`lgan. To`sin (yoki xari) ko`tarish 
paytida beriladigan keskilik o`sha pirning haqqi uchun ustaga berilgan. Usta esa o`zi ishlab pul
topayotgan ushbu hunar asoschisining haqqiga duoi fotiha qilib turishi lozim bo`lgan. 
Farg’ona vodiysining azaliy o`troq o`zbek va tojik xalqlari orasida uyning ayrim qismlari-
to`sin, ustun, eshiklarini qo`yilishida qator ramziy ma`nolarga ega bo`lgan va aynan mazkur 
qismlar bilan bog’liq qator diniy-semantik urf-odatlarga amal qilingan. Jumladan, vodiy
o`zbeklarida ham, respublikamizning boshqa mintaqalarida bo`lgani singari, xona shiftiga 
qo`yiladigan to`sinlar soni doimo toq, ya`ni 5, 7, 9, 11 tadan bo`lib, xona turi va hajmini
belgilovchi o`lchov bo`lib kelgan. Xalqona qarashlarga ko`ra, ayrim joylarda to`sinlardan 
bittasini, ya`ni juft bo`lmagani Allohga bag’ishlangan deyilsa, boshqa joylarda bitta to`sin
vazifasini xonadon erkagi o`tagan, deb tushinishgan. SHu o`rinda uy to`sini bilan bog’liq 
Xorazmda o`ziga xos ramziy odatga amal qilinganligini ta`kidlab o`tish joiz. Taniqli etnograf
olima M.V. Sazonovaning yozishicha, Xorazmning ayrim tumanlarida biror xonadonda ketma-
ket o`lim bo`lsa, shu oila a`zolaridan qolganlarining umrini saqlab qolish uchun xonaning o`lim
sodir bo`lgan qismidagi tomning ikki to`sinini yoki tomning to`g’ri kelgan joyidan ikkita 
to`sinni, ayrim tumanlarda esa shiftning barcha to`sinlari butunlay almashtirilgan. Yangi
qurilayotgan uyning devorini ko`tarish, tom yopish bilan bog’liq ishlar, shuningdek, ayni vaqtda 
ko`plab ishchi kuchini talab etadigan ishlarda mahalla erkaklari ishtirokida maxsus hashar
uyushtirilgan. YAngi uyni o`urilishida hashar tashkillashtirish odati ilmiy etnografik 



93


adabiyotlarda birmuncha yaxshi yoritilgan. Shu bois biz bu o`rinda ushbu odat to`g’risida
batafsil to`xtalmagan holda hasharning vodiyga xos lokal xususiyatlarigagina to`xtalib o`tishga 
harakat qildik. Namangan viloyati Xo`jamushkent qishlog’ida yashovchi o`zbeklarda bu tadbir
«hokandozon» deyilgan. Hokondozon ko`pincha uyning tomini yopish paytida uyushtirilgan 
bo`lib, mahalla erkaklari va yigitlari uyning tomini yopish jarayonida maxsus belgilangan kunda
hashar o`tkaziladigan uyga yig’ilishgan va uyning tomiga qoplarda tuproq olib chiqqanlar. 
Hashardagi eng katta qop polvon qop deyilgan. Mazkur qopni ko`tarib tuproq olib chiqan
odamga sovg’a tariqasida uy egasi tomonidan belbog’ berilgan. 
Uy-joylar bilan bog’liq urf-odat va rasm-rusmlarning talay qismi yangi uy tiklab
bo`linganidan so`ng ham o`tkazilgan. CHortoq tumani Qoramurt o`zbeklarida yangi uyga 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə