O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə38/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y.
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y. 
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y.
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y 
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y.
Mavzu: O`ZBEKLARNING XO`JALIK AN`ANALARIDA DINIY -E`TIQODIY 

QARASHLAR SIMBIOZI. 

REJA: 
1. An’anaviy dehqonchilik mashg’ulotida tabiat etiqodlari 
2. Qadimgi urf-odat va marosimlari.
Qadimgi an`anaviy dehqonchilik xo`jaligi va u bilan bog’liq marosimlar hamda agrar 

kul’tlar tarixchi, arxeolog va etnolog olimlar uchun doimo dolzarb va qiziqarli


muammolardan biri bo`lib kelgan va bu borada mutaxassislar olib borgan ilmiy tadqiqotlar 



89


natijasida ma`lum amaliy natijalarga ham erishilgan.
Ayniqsa, O`zbekiston xududidagi dehqonchilik va dehqonchilik madaniyati tarixi
sug’orma dehqonchilikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda u bilan bog’liq
bo`lgan urbanistik jarayonlar doimo dolzarb muammolardan hisoblangan. Inchunun, 
vatanimiz xududidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati tarixi, dehqonchilik marosimlari
va ularning genezisini tadqiq qilish o`tmish ajdodlarimizning turmush-tarzini o`rganishda, 
tarixiy jarayonlarni rekonstruktsiya qilishda hamda xalqimizning qadimgi davlatchilik
an`analari va mintaqadagi qadimgi davrda yashagan xalqlarning xo`jalik yuritish an`analari va 
diniy e`tiqodlari tizimini ilmiy-asosli tarzda o`rganishda muhim ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari qatori vodiy o`zbeklarining ham an`anaviy 
dehqonchiligi sharq xalqlari taqvimi asosida olib borilgan bo`lib, bahorgi dala ishlari,
mahalliy taqvimga ko`ra, yangi yil - quyoshning Baliq (Hut) burjidan Qo`y (Hamal) burjiga 
o`tgan vaqtdan boshlangan. Hozir amaldagi oy kalendari bo`yicha bu 21 martdan boshlanib
21 aprelgacha bo`lgan davrni o`z ichiga olgan. Boshqacha kilib, aytganda dastlabki 
dehqonchilik yumushlari Navro`z tantanalari bilan bir vaqtda boshlangan.
Navro`z ayyomi dehqonlar uchun ayniqsa ahamiyatli bo`lgan. CHunki yuqorida 
ta`kidlaganimizdek, bu kunlarda ekin ekish, dala, bog’ yumushlari boshlangan. Dehqonlar,
bog’bonlar va chorvadorlar ayozli kunlardan omon-eson chiqib, bahorning issiq kunlarini 
intiqlik bilan kutib, katta dehqonchilik ishlariga jiddiy tayyorgarlik ko`rganlar, omoch-
bo`yinturuqlarni, molalarni sozlab, taxt qilganlar, otlar sovutilgan, aravalar tuzatilib ishga 
yaroqli holga keltirib qo`yilgan. Asosiy ishchi kuchi bo`lgan ho`kizlarni yaxshi parvarishlab,
ularni er haydashga olib chiqqanlar. SHu bois ham o`rta asrlarda Buxoroda bu dehqonchilik 
bayrami «Navro`zi kishavorzon» - «dehqonlar bayrami» deyilgan. Zahmatkash dehqonlar
aynan shu kuni dalaga qo`sh chiqarib dastlabki urug’ni erga qadaganlar. Andijon o`zbeklarida 
bahorgi er haydashni shanba kuni boshlash lozim deyilgan bo`lsa, Xorazm o`zbeklari orasida
hosil barakali bo`lishi uchun dushanba va chorshanba kunlari er haydab ekin ekish xayrli amal 
hisoblangan. Boshqa kunlarda er haydash xayrsiz deb hisoblangan va shu bois haftaning
boshqa kunlari er haydash taqiqlangan. Agar er haydash kunduz kuni bo`lsa shimolga, kechasi 
bo`lsa janubga qarab haydalgan.
XX asrda, an`anaviy dehqonchilik mashg’uloti zamonaviy texnika taraqqiyoti bilan 
uyg’unlashgan bir davrda ham bahorgi dehqonchilik yumushlarini boshlashdan avval marosimiy
qurbonlik qilish odati saqlanib qoldi va hatto bugungi kungacha davom etib kelmoqda. 
Jumladan, Namangan viloyati CHust tumani Dam qishlog’ida bahorgi dala ishlarini boshlashdan
avval jamoa xo`jaligidagi traktorchilar traktor parkida yig’ilishib Piri Dovudga bag’ishlab xo`roz 
so`yib qurbonlik qiladilar. Bu, birinchidan, bahorgi dala yumushlaridan boshlashdan avvalgi
marosimiy qurbonlik bo`lsa, ikkinchidan, traktorchilar marosimiy qurbonlik qilish orqali 
temirchilik piri hisoblanuvchi Hazrati Dovudga bo`lgan ehtiromlari ramzidir.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə