O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə36/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

"pichoq" yoki "pichoq puli" talab qilingan. Bu odat CHortoq tumani Qoromurt qishlog’i
o`zbeklarida shop berish deb nomlangan. Kuyov tomonidan tayyorlab qo`yilgan pichoq, agar 
pichoq tayyorlanmagan bo`lsa pichoq puli berilgan va kelinni qaynonasi ko`tarib tushirgan.
So`ngra uni olov atrofida uch marta aylantirilib ichkariga olib kirilgan. Bunday odat nafaqat 
Farg’ona vodiysi o`zbeklari orasida balki Respublikamizning boshqa mintaqalarida yashovchi
o`zbeklarda, qolaversa tojik, qirg’iz va turkmanlar orasida ham keng tarqalgan. 
Kelin kuyovning uyiga olib kirilgach kelin tomonidan va kuyov tarafidan bittadan
yangalar uyning o`ng tarafining yuqori burchagida chimildiq bog’lagan. CHimildiq kelinni 
yovuz kuchlardan va yomon ko`zlardan saqlovchi o`ziga xos afsungarlik vositasi bo`lgan.
Nikoh to`yida kelin uchun maxsus chimildiq tutish odati nafaqat o`zbeklarda balki boshqa 
xalqlar orasida ham ma`lum bo`lgan. CHimildiq kelinni ramziy himoya qilish funktsiyani
bajargan. SHu bois Marg’ilonda kelin-kuyov chimildig’iga oshiq (qo`yning oshig’i)ni osib 
qo`yish odati bo`lgan. Bu o`rinda shuni aytish kerakki oshiq qadimgi turkiylar ilohi
Umayning simvol(ramz)laridan biri bo`lgan. SHu bois oltoyliklar qo`yning oshig’ini 
chaqaloqni yovuz ruxlardan himoya qilsin, deb uning beshigiga kindigi bilan birga osib
qo`yganlar. Marg’ilonda nikoh to`yi marosimlarida kelin-kuyov chimildig’iga oshiq osib 
qo`yish odati zamirida ham yangi kelin-kuyovlarni Umay ona himoya qilsin degan magik
niyat mujasamlashgan bo`lsa kerak. Darvoqe, vodiyda chimildiqni bog’lagan yangalarning 
o`zlari ham kelin va kuyovga daxl qilishi mumkin deb tasavvur qilingan yovuz kuchlar va ins-
jinslardan himoya qiluvchi ramziy xomiy hisoblangan. SHuning uchun to`yning boshidan 
oxirigacha yangalarning vazifasi juda ko`p bo`ladi. Farg’ona vodiysida yangalarni yanga,
checha, oya, jengacha, kelinoyi deb atalgan. YAngalarni tanlashda ma`lum tartib qoidalarga 
amal qilingan. YAngalar odatda bir nikohli, serfarzand bo`lishi bilan birga uddaburon,
so`zamol, hayot tajribalariga boy bo`lishlari shart bo`lgan. Nikoh marosimlari boshlanishidan 
to oxirigacha yangalar bir nechta afsungarlik vazifalarini bajaradilar. Qizni nikohga yangalar
tayorlaydi. Kuyov kuyovnavkarlar bilan yangalar muomala qiladi. Kelinni olov atrofida 
yangalar aylantiradi.
To`y kuni serfarzand bir ayol yoki yangalardan biri kelinchakning sochini ikki o`rim 
qilib o`rib qo`yadi. Taniqli etnograf olim K.SHoniyozovni yozishicha, o`zbeklarda qizlar
an`anaga ko`ra sochlarini maydalab, kelinchaklar va juvonlar esa juft qilib o`raganlar. 
Farg’ona viloyati Farg’ona tumani Kaptarxona qishlog’i tojiklarida nikoh kechasi kelin sut
bilan boshini yuvgan. 
Qizig’i shundaki jahonning ko`pgina xalqlarida, shu jumladan Evropada ham qizlar
turmush qurmay, maishiy buzilgan juvonlar ham soch o`rimlaridan farqlanganlar. Bizningcha, 
bu tarixiy tipologik odat soch magiyasining mohiyatiga ko`ra turkiy xalqlar va qolaversa




86


butun jahondagi soch va jon to`g’risidagi qarashlarning o`zaro uyg’unligi natijasi bo`lsa
kerak.

Soch o`rimlarining oilaviy hayot, maishiy turmush bilan bog’liqligi turli ma`nolarni


anglatishi bizning kunlarimizda ham ma`lum darajada saqlanib qolgan. Qizlarning ma`lum 
yosh guruhidan boshqa pog’onalariga o`tishlarida, ya`ni yoshlikdan qizlikka, qizlikdan
xotinlikka-juvonlikka o`tish pallasida, so`ng o`rta yoshli davriga va nihoyat qarilikda o`tish 
pallasida har biriga mos soch o`rimi tartibi saqlangan va shu bilan birga o`zining qaysi yoshda
ekanligini ham namoyish etgan. Boshka ijtimoiy guruhga o`tish g’oyasi kelinning yangi 
faoliyatiga tayyorlash bilan bog’liq «supra soldi», eshik iluv», «tuynuk ochar» kabi urf
odatlarda ham namayon bo`lgan. Bunda kelinning ro`zg’or ishlariga nechog’lik tayyor 
ekanligi, uning uquvliligi, ishchanligi, epchilligi, ovqat pishirishga kabi fazilatlari sinovdan
o`tkazilgandir. To`yda kelin-kuyovning yangi ijtimoiy statusga (bu mavjud terminlarda 
aytiladi: Masalan, o`zbeklarda «qiz bola»-«kelin», «xotin», «yigit»-«kuyov») o`tganligidan
qadimgi jins jamoalariga tegishli o`tmishdagi yosh initsiatsiya qoldig’ini ko`rish mumkin. 
Farg’ona vodiysida yangalar kelin-kuyovlarga nikoh suvidan bir qultimdan ichirgan,
qolganini olovga sepib, ularga to`shak solib bergan va ma`lum muddat ularning yonida 
yotganlar. Ko`rinib turibdiki, biz tilga olgan marosimlar majmuida soch magiyasi, suv kul’ti,
shamanlik va zardushtiylik e`tiqodlari sinkretik tarzda qo`shilib ketgan. YAnganing nikoh 
kechasi kelin-kuyov yonida yotishi odati hozirda ham ma`lum darajada saqlanib qolgan. Bu
shubxasiz chillalik kelin-kuyovni yovuz ruhlar, yomon niyatli kishilarning turli afsunlaridan 
himoya qilishga qaratilgan.
Pichoq yoki yopilgan qulf bilan bog’liq ziyon keltiruvchi afsungarliklar dunyoning 
ko`plab xalqlarida uchraydi. D.Frezer o`z tadqiqotlarida bu to`g’rida qiziqarli ma`lumotlar
keltirgan. Uning yozishicha, XVIII asrgacha Evropada nikoh marosimi vaqtida qulfni kalit bilan 
berkitish yoki ipni tugun qilib suvga tashlash orqali yosh kelin-kuyovlarni baxtsiz qilib qo`yish
mumkin, deyilgan. Ularning baxtlari toki qulflar topib ochilmagunicha, ip tugunlari 
echilmagunicha ochilmas ekan.
Xalqimizda nikoh to`yidan so`ng o`tkaziladigan "bet ochar" marosimida "Supra soldi" 
odati bajarilgan. Bu odat Farg’ona vodiysining barcha xududlari bo`ylab keng tarqalgan. Bu
tadbirda qatnashganlar davrasiga supra yozib bir tovoq un solinadi. Qaynona supradagi undan bir 
hovuch olib, kelinning qo`liga to`kadi. Kelin esa unni supraga to`kadi. Bu hol uch marta
takrorlanadi. Buning sababi o`zbeklarda un oqli, yorug’lik hisoblanadi. SHu sababdan "supra 


soldi" udumida yaxshi niyat bilan kelin-kuyovning hayoti yorqin bo`lsin, mo`l ko`lchilikda
ro`zg’or tutsin degan tilakda o`tkaziladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Farg’ona vodiysi nikoh to`y marosimlari bilan
bog’liq afsungarliklarning ko`plari o`xshash afsungarlikdan tashkil topgan bo`lib nikoh to`yi 
marosimlarida bajariladigan afsungarliklarda asosiy maqsad serfarzand, mustahkam, farovon
oilani yaratishga qaratilgan. Vodiyda ham Markaziy Osiyoning boshqa xududlari singari 
bepushtlik katta baxtsizlik deb qaralgan. Qolaversa xalqda bepushtlik Ollohning bergan jazosi
ham xisoblangan. SHu boisdan nikoh to`yi marosimlarining eng mas`uliyatli vazifalarida 
serfarzandli ayollar ishtirokining o`zi ham afsungarlik ko`rinishlarining biridir. Umuman
olganda nikoh marosimlaridagi afsungarlik usullarini taxlil qilish jarayonida biz shunga amin 
bo`ldikki nikoh tan`talari bilan bog’liq tarzda o`tkazilukvchi marosimlarda o`tkaziluvchi
afsungarliklar xilma -xil bo`lib ularni ikkita katta guruhga -apotropeik afsungarlik, yoki 
boshqacha tarzda aytadigan bo`lsak himoyalovchi afsungarlikkka va progropeik, ya`ni
uyg’otuvchi va birlashtiruvchi afsungarlik kabi guruhlarga bo`lish mumkin. Birinchi guruh, ya`ni 
ximoyalovchi afsungarliklarda kelin-kuyov turli yovuz kuchlar va yomon niyatli kishilarning
turli ilmiy-amallaridan himoya qilingan va bunga bo`lg’usi oilani himoya qilishga qaratilgan 
harakatlar va urf-odatlar kirgan. Ikkinchi guruh afsungarlik usullarida kelin kuyovni o`zaro
birlashtirish yo`lida bajariladigan qator urf-odatlardan iborat ekanligigini kuzatdik.. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə