O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə33/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y.
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y. 
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y.
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y. 
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y.
Mavzu: An`anaviy oila - turmush marosimlarda qadimiy diniy e`tiqodlar. 

REJA: 
1. Oila va turmush marosimlarida diniy e’tiqodlar. 
2. Farzand tugilishi bilan bog’liq marosimlar
O`tgan ХX asr so`nggi choragidan boshlab dunyo miqiyosida etnolog va sotsial 

antropologlar tomonidan marosimlarni хalq madaniyatining fenomeni tarzida o`rganishga


alohida e`tibor qaratildi va aynan mazkur mavzu doirasida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar fandagi 
dolzarb mavzulardan biri tarzida e`tirof etila boshlandi. Ayniqsa so`nggi o`n yilliklarda dunyo
miqiyosida kechayotgan globalizatsion jarayonlar etnik хususiyatlarning saqlab qolish omillarini 
va milliy marosimlarni tadqiq etish muammosini dolzarb muammolar tarzida kun tartibiga
qo`yilishiga sabab bo`lmoqda. 
Fanda qabul qilingan o`ziga хos mezonlarga ko`ra insoniyat hayotining muhim burilish
nuqtalari bilan bog’liq holda o`tkaziladigan tadbirlar oilaviy marosimlar deb yuritiladi. Oila va 
oilaviy marosimlar etnosga oid madaniy va maishiy an`analar uzatuvchisi hamda davomchisi
hisoblanadi. 
Qadimgi an`analarga ko`ra chaqaloq bilan bog’liq ba`zi urf-odatlar tug’ilajak bolani turli
xavf-xatarlardan saqlash maqsadida ayol kishining homiladorlik davridanoq o`tkazilgan. SHuni 
alohida ta`kidlash joizki, umuman olganda homiladorlik bilan bog’liq turli magik marosimlar va
rasm-rusumlar dunyo xalqlari orasida keng tarqalgan bo`lib, tadqiqotchilar tomonidan ancha 
yaxshi o`rganilgan.
Kishilarga ism qo`yish tarixi qadimgi e`tiqod va topinishlar hisoblanmish, totemizm, 
shamanlik, afsungarlik animizm kabilar bilan bog’liq. Ba`zi ismlar bolaga og’irlik qiladi, degan
mulohazaga ham borilgan. Hatto bola bu ulug’, og’ir nomni ko`tara olmay baxtsizlikka uchrashi 
mumkin, deya irim qilingan. Umuman bunda mutanosiblik-munosiblik nuqtai nazariga amal
qilingan. SHu bilan birga juda qadim zamonlardan bolaning sog’ bo`lishi, yashab ketishi, kelgusi 
baxti unga qo`yiladigan ism bilan bog’liq bo`ladi, deb hisoblashgan. Binobarin, chaqaloqqa
muvafaqiyatli tanlab berilgan nom uning taqdirini o`zida mujassam qiladi, kishi o`z ismiga 
o`xshaydi, deb ishonilgan. Natijada odamlar "xosiyatli" (qutli) va "xosiyatsiz", yaxshi va yomon
ismlar bor, deb hisoblaganlar. Shu sababli chaqaloqning turli kasallarga chalinaverishi yoki 
oilada bolalarning turmasdan nobud bo`laverishi, bola badanida turli nuqsonlarning mavjud
bo`lishi, qolaversa farzandning kelgusi baxti uning ismiga bog’liq deb bilganlar. Mana shunday 
tasavvurlar tufayli zamonlar o`tishi bilan chaqaloqqa beriluvchi ism odamni o`zaro farqlash,
atashgina emas, balki uni turli balo-qazolardan asraydigan, muhofaza qiladigan, qutqaradigan 



80


vositaga aylana borgan. Shu tufayli Farg’ona vodiysida ham kishilar qadim davrlardan bolaga
ism berish ishiga mas`uliyat bilan yondashganlar. 
Oilada farzand birin-ketin nobud bo`laversa o`z farzandiga Tursun, To`xtasin, O`lmas,
Turdi, Turg’un, Turg’unoy, ergash, Mahkam kabi ismlar qo`yilgan. Qadimiy diniy e`tiqodlarga 
asoslanib ko`kka (osmonga) -Oy, Kun [Quyosh] va boshqa osmoniy jismlar qudratiga sig’inish
asosida Oyxon, Oyqiz, Yulduz, Hulkaroy, CHo`lponoy, Quyoshbek, Tangriberdi kabi ismlar 
paydo bo`lgan. Ba`zi hollarda qadimda muqaddas deb ulug’langan hamda sig’inilgan ayrim
hayvon va qushlarning nomlaridan ham ismlar yasalgan. Bunday ismlar guruhiga Bo`rivoy, 
Arslon, Lochin, Burgut, Qo`chqor, SHerzod kabi ismlar kiradi.
Ba`zi chaqaloqlar badanidagi biror bir ortiqcha belgilar, masalan, xol, toj, qizil tamg’a, 
ortiqcha barmoq va boshqa belgilar bilan tug’ilgan. Bu nuqson va belgilar bolalarga ism berishda
hisobga olinmasa ular bolaning sog’ligiga, hayotiga, kelajak turmushiga xavf tug’diradi, deb 
tushunilgan. Bunday norasidalarni o`z nomi bilan tug’ilgan bola, deb hisoblashgan va ularga
o`sha ortiqcha belgilar nomidan yasalgan ismlar qo`yilgan. CHunonchi Xolboy, Xolbibi, Anor, 
Anorvoy, Anorxon, Toji, Tojixon, Tojigul, Ortiqvoy, Norboy, Norjon, Ochil va boshqalar.
Farg’ona vodiysi o`zbeklarida ham boshqa mintaqalarda yashovchi o`zbeklar va 
tojiklarda bo`lgani kabi singari muqadas ziyoratgohlar va qadamjolarga nazr-niyoz qilinishi
natijasida tug’ilgan chaqoloqlarga ham maxsus ism qo`ylgan bo`lib, ularga qo`yilgan ism bolani 
kelgusidagi hayotida turli balo-qazolardan himoya qilar ekan. Bunday tarzda tug’ilgan
chaqoloqlarga ko`pincha Hazratqul, Pirimqul, Xo`jamberdi, To`ra qul, Pirniyoz, Ishonberdi, 
Xo`jamberdi kabi ismlar qo`yilgan. Yuqorida ko`rib o`tilganidek, o`zbek tilidagi ismlarning
aksariyatida dunyoga kelgan go`dakni turli ins-jinslardan himoya qilish g’oyasi, niyati 
mujassamlashgan.
Bu odat yovuz ruhlarni adashtirish maqsadiga qaratilgan, bolani yashirish yoki yovuz 
ruhlarni aldash afsungarligi bilan bog’liq.
Xalq tassavvurida chaqaloq bilan uning onasini ins-jinslar ta`siridan eson-omon saqlash 
ularning chilla davri tartib qoidalariga qanchalik rioya qilishlariga bog’liq bo`lgan. CHilla inson
hayotidagi xatarli, eng og’ir va eng mas`ulyatli davrni anglatuvchi so`z hisoblanadi. Odatda 
farzand tug’ilganda va kelin-kuyov turmushining nikohdan, marhumning vafotidan keyingi 40-
kunlik davriga nisbatan chilla atamasi qo`llaniladi va bu davrda ma`lum tartib-qoidalar, magik 
rasm-rusumlar, cheklashlar va tabularga amal qilinadi. Umuman chilla davri va u bilan bog’liq
rasm-rusumlar va urf-odatlar ham ba`zi tadqiqotchilar tomonidan keng o`rganilganki, bu 
to`g’risida batafsil to`xtalmaymiz. Biz bu o`rinda inson hayotining uch davri bilan bog’liq chilla
davri urf-odatlaridagi o`xshashliklarga e`tiborni qaratmoqchimiz. Avvalo shuni aytish kerakki, 
har uch davrdagi chillada ham asosiy maqsad chillali odamni va ushbu uyni yovuz kuchlar,
yomon ko`zlar hamda turli ins-jinslar ta`qibidan himoya qilish bo`lgan. An`anaga ko`ra har uch 
chilla davrida ham chillali xonodonda qirq kun mobaynida ushbu uy chirog’i o`chirilmaydi va
chillali odam yolg’iz qoldirilmaydi. Shuningdek har uch chillaning ham aynan bir xil kunlari 
(ko`pincha uchinchi, ettinchi, yigirmanchi, qirqinchi)ga ko`proq e`tibor berilgan va bu davrda
chillali uyga isiriq tutatib turish doimiy shartlardan biri hisoblangan. Qolaversa, aynan chillaa 
davrida marosimiy cho`miltirish va kiyim kiydirish kabi urf-odatlar bajarilishi ham mazkur
jarayonni initsiatsion xarakterga ega bo`lgan deyishimizga asos bo`ladi. 
Chillali xonadonlarga kirib-chiqish qat`iy nazorat qilinadi. Begona kishilar ona-bola
yotgan xonaga kirgizilmaydi. Ajdodlarimiz chaqaloq organizmining nozikligi va kasalga 
chalinuvchanligi tufayli chilla davrida ins-jinslar xurujidan kattalar yordamisiz o`zini himoya
qila olmaydi, deb o`ylaganlar. Yovuz kuchlar yo`liqishining oldini olish, ularni chaqaloqli uy 
ostonasiga yaqinlashtirmasdan chalg’itib yuborish maqsadida bir qator afsungarlik harakatlari,
irimlar, tabular bajarilgan. Ayniqsa, chillali uyga bolasi chala tug’ilib yoki boshqa sabablarga 
ko`ra nobud bo`lgan yoxud bepusht ayollar hamda nopok kishilar kiritilmagan. Samarqandda
chillali xonadonni yovuz kuchlardan himoya qilish maqsadida bola yotgan uyga mevali daraxt 
shoxidan qoqib qo`yilgan. CHaqaloqni ko`rgani kirgan har bir kishi ushbu shoxni qo`li bilan
ushlab ichkariga kirgan. 
Kosonsoy tumani axolisida chaqaloqni ko`rgani kelgan mehmonlar chillali ayol bilan qo`l




81


berib ko`rishmaganlar. Bizningcha, ushbu tabu zaminida qo`l berib so`rashish orqali ona va
bolani ko`rgani kelgan odamlarning ziyonidan saqlanish, muloqotli afsungarlik (magiya) g’oyasi 
mujassamlashgan. Ona-bola yotgan joyga yomon kuchlar, yovuz ko`zlardan himoya vositasi
sifatida pichoq, ko`zgu (oyna), qalampir, kulcha turli-tuman diniy kitoblar qo`yilgan. YAg’nob 
tojiklari esa chaqaloqni yovuz ruhlar, jumladan, alvasti ziyonidan asrash maqsadida xonadon
ostonasiga katta pichoq qo`yishgan.
CHaqaloqning chilla davri ikkiga bo`lingan bo`lib, dastlabki yigirma kun kichik chilla,
keyingisi esa katta chilla deyilgan. 
Vodiy xalklarida chaqaloq yigirma kunlik bo`lgach, uning kichkina chillasi chiqdi, bir
xavf-xatardan eson-omon o`tib oldi, xudo xohlasa bundan buyog’iga yashab ketadi deyilgan va 
kichkina chilla chiqqan kuni ona va bolani yaqin qarindoshlarinikiga "chilla qochdi" qilib
mehmondorchilikka olib borganlar.
Namangan axolisi orasida ko`z yorgan ayolning ma`lum paytgacha tevarak atrofdagilar
bilan bo`ladigan o`zaro muloqoti cheklangan. Bu davrda tuqqan ayol o`z oila a`zolari bilan bir 
dasturxonda o`tirmagan, ovqat pishirish, non yopmish, hovli supurish, sigir sog’mish kabi
ro`zg’or yumushlariga aralashtirilmagan. Bu davr tuqqan ayolning nopoklik muddati deb ham 
atalgan. Odatda bu davr farzand tug’ilgandan so`ng etti-to`qqiz kun, ba`zan esa kichik chillasi
tugaguncha davom etgan.
Bizningcha chilla davrida o`tkaziladigan tabular zaminida quyidagi ikki xil ma`no yotadi:
-birinchidan, bu davrda ayol kishi yomon ruhlar ta`siriga tez chalinadi; 
-ikkinchidan, «ko`z yorgan» ayol bu davrda marosimiy jihatdan pokiza bo`lmaganligi
sababli suv, non, o`choq olovi, taom va sigir sutini nopoklashi mumkin deyilgan. 
CHaqaloq chillasi chiqqunicha qorong’ulikdan qattiq muhofaza qilinadi va bu davrda
vodiyda oldinlari xonadon o`chog’idagi olov, hozirda esa elektr chirog’i o`chirilmaydi. Bunday 
odat Toshkent o`zbeklari va Zarafshon vodiysi tojiklarida ham uchraydi. Nazarimizda bu odat
yovuz kuchlarning yorug’likdan qochib qorong’ulikda faollashadi, degan qadimiy e`tiqodga 
asoslanadi. CHunki, Farg’ona vodiysida olib borilgan shaxsiy kuzatuvlarimiz shuni ko`rsatdiki,
chaqaloq chillasi bilan bog’liq rasm-rusumlarda olov, chiroq va yorug’likka e`tiqod qilish, ularni 
yovuz kuchlarni quvish xususiyatiga ega bo`lgan magik vosita, aniqrog’i himoya vositasi deb
tushunish alohida o`rinni egallar ekan. Bu irimlar va e`tiqodlar qoldig’i ajdodlarimizning 
yorug’lik va olovni muqaddaslashtirish bilan bog’liq mifologik tasavurlari zaminida shakllangan
an`analar sirasiga kiradi. Qolaversa, chilla davri bilan bog’liq marosimlardagi turli tabular va 
cheklashlar ildizlari qadimgi zardushtiylik marosimlariga borib taqalishi mumikn. Zero
zardushtiylar e`tiqodiga ko`ra tug’ish, kasalliklar, hattoki inson farzandining tug’ilishi ham 
organizmning murdor, makruh bo`lishiga, insonning barkamol jismoniy holati buzilishiga olib
kelgan. Poklanish marosimlariga oid zardushtiylik yozuvlarida ta`kidlanishicha, hayz ko`rgan, 
tuqqan va kasal bo`lgan ayollar ma`lum tabularga amal qilganlar. Ya`ni ular tashqariga chiqib oy
va quyoshni ko`rishlari, bog’da ishlashlari, o`choq boshiga borib ovqat tayyorlashlari 
ta`qiqlangan. Zardushtiylarda marosimiy poklanish davri og’ir, mashaqqatli bo`lib, qirq kun
davom etgan. 
Demak, bundan kelib chiqib, chilla davridagi ko`plab odatlar va ta`qiqlar qadimgi
zardushtiylik marosimlari bilan bog’liq, deyish mumkin.
Farg’ona vodiysida bolani birinchi marta cho`miltirishda tajribali, ko`p bolali ayollar
ishtirok etganlar. Bu marosimda ona bolasi oldiga bormagan, aksincha bolani onaning oldiga 
ko`tarib olib kelishgan. Bunda farzand butun umri davomida ota-onasiga xizmat qilsin, degan
magik niyat mujassamlashgan. Bolani cho`miltirishda afsungarlik maqsadida suvga ozgina tuz 
va bir siqim tuproq tashlangan. Xalq ishonchiga ko`ra bu solingan ashyolarning xususiyatlari suv
orqali chaqaloqqa o`tib uni yovuz kuchlar ta`siridan himoya qilgan. Shu maqsadda janubiy 
Xorazm o`zbeklarida tuz, tuproq va tuxum po`chog’i, Toshkentda yigirma tiyinlik kumush
tanga], Andijonda esa chaqaloq qiz bo`lsa, onasi va momosining barcha taqinchoqlarini suvga 
solib cho`miltirilgan. Bu ashyolar ichidagi sho`r suvdan insonlar antik davrdan boshlab
foydalanganliklari bizga ma`lum. 
Sunnat to`ylari Farg’ona vodiysida ham bolaning toq yoshlarida, ya`ni uch, besh, etti,




82


to`qqiz yoshlarida katta to`y - tomoshalar bilan o`tkazilgan. Buning sababi, xatna juft yoshlarda
qilinsa, bolaga baxtsizlik keltirar emish. Sunnat to`ylaridagi yoshning toq bo`lishi, birinchidan, 
bola umrining uzoq bo`lishini, ikkinchidan, farzandni sunnat qildirishdek baxt ota-ona uchun
davomli bo`lishini anglatadi. CHunki toq narsa juftlikka to`lishga intiladi. Juftlikka to`lish esa 
kamolot va narsaning ma`lum ma`noda intihosini anglatadi.
Sunnat to`ylaridagi afsungarlik usullari boshqa marosim majmualaridan bizga yaxshi 
ma`lum. Sunnat to`ylarida ham to`yni o`tkazish tayyorgarliklari asosan piru badavlat odamlarga
yuklatilgan. Buning sababi ularning yaxshi fazilatlari marosimiy tarzda bolaga o`tsin deb niyat 
qilingan.
Sunnat to`yi va u bilan bog’liq marosimlar adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Bu mavzu 
bizning tadqiqotimiz asosini tashkil qilmagaligi uchun unga keng to`xtalmasdan sunnat to`yi
munosabati bilan o`tkaziladigan xatna marosimi va u bilan bog’liq bajariladigan afsungarlik 
usullarigagina qisqacha to`xtalib utamiz.
Xatna qilish, ya`ni bola olatining uchidan ma`lum teri qismini kesib olish odatining 
genezisi juda qadimiy va uzoq tarixga borib takaladi. Bu odat va u bilan boglik bajariladigan
rasm-rusumlar ibtidoiy-jamoa tuzumi davrida yuzaga kelgan bo`lib, ba`zi xalqlarda sinov 
tariqasida, boshqa xalqlarda esa bir yosh boskichiga ikkinchi yosh chegarasiga o`tish belgisi
sifatida amalga oshirilgan. Tarixiy manbalardan ma`lum bo`lishicha, eramizdan ikki, ikki yarim 
ming yil muaddam Misr kohinlarida oddiy odamlardan ajralib turish uchun xatna qilish odati
mavjud bo`lgan. 
Farg’ona vodiysi axolisida xatna qilish daraxtlar uyg’onmasdan burun maxsus usta-
sartarosh tomonidan amalga oshirilgan. Ustalar ustoz-shogird munosabatlari orqali o`z kasblari 
davom ettirganlar. Ularning ham o`z pirlari bo`lgan bo`lib, vodiydagi sartarosh-ustalarning piri
Salmonu pok bo`lgan. 
Usta bolaning a`zosi uchiga g’arov (yog’ochdan yasalgan qisqich) qistirib, a`zoning
chilpinadigan qismini ustara tig’i bilan kesib olgan. Kesish vaqtida bolaga umri uzoq, rizqi butun 
bo`lsin degan niyatda non tishlatilgan. Bu udumning o`tkazilishi og’riq paytida bolani chalg’itish
uchun ham xizmat qilgan. Xatna jarayonida biz yana ko`plab qadimiy udumlarni uchratamiz. 
Axborotchilarimizning aytishicha, bolani xatna qilayotgan paytda onasi bolasi moyday yoqimli,
dasturxoni to`kin bo`lsin degan niyatda bir barmog’ini unga, ikkinchi barmog’ini yog’ga botirib 
turgan. Ona bunday afsungarlik amali bilan go`yo farzandi og’rig’ining engillashishiga
yordamlashgan. 
Bolaning sunnatisi onasi tomonidan ramziy sotib olingan va juda ehtiyotkorlik bilan
yashirin ravishda mevali daraxtning, masalan, tut tagiga ko`mib qo`yilgan. Bunday qilinishiga 
sabab, yuqorida ta`kidlaganimizdek befarzand ayollarning xurujidan himoyalanish bo`lgan.
Bola tug’ilishi va tarbiyasi bilan bog’liq marosimlar yuzasidagi tadqiqot ishimizni 
yakunlar ekanmiz, xulosa qilib shuni ta`kidlaymizki, biz ushbu turkum marosimlarda totemizm,
animizm, fetishizm, afsungarlik, shomonlik, zardushtiylik kabi ko`plab qadimiy e`tiqodlar 
izlarini uchratdik.
Ushbu turkum marosimlardagi afsungarliklar avvalo bo`lg’usi avlodni, ya`ni tug’ilgan 
chaqaloqning sog’ligini saqlashga qaratilganligini kuzatdik. Zarar etkazuvchi afsungarlik
to`g’risida gapirganda ko`pincha u yoki bu kishiga yovuz kuchlar ta`siri bilan emas, balki 
odamning "kasalligi" (masalan, bepushtligi] o`zi xohlamagan holda boshqaga o`tishi mumkin
deyilgan. Lekin biz Farg’ona vodiysi bo`yicha to`plagan dala etnografik materiallarimizda zarar 
keltiruvchi afsungarliklar kuchsiz ko`rinishga ega ekanligini ko`rdik.
CHaqaloqning dunyoga kelishi va undan keyingi chilla davri to`g’risida ayollarning 
marosimiy "makruh" sanalganligini, ona va bola chilla davrida yomon ruhlar, yomon ko`zli
kishilar nigoha vaa yomon niyatli kishilarning zararli afsunlaridan marosimiy tarzda himoya 
qilinganligini hamda bu davrda ko`plab afsungarlik urf-odati va marosimlariga amal
qilinganligini kuzatdik. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə