O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə35/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

sirg’a olib kel" - deyishgan. Ayollar qulog’iga taqadigan sirg’alar dastlab afsungarlik
ahamiyatiga ega bo`lgan. SHu bois hozir ham ayrim xalqlarda erkaklarning sirg’a taqish 



84


odatlarini uchratamiz.
Fotiha to`yi marosimida ham ko`plab afsungarliklarni uchratamiz. CHunonchi, kuyov 
tarafidan kelinning xonadoniga kelgan mehmonlarga dastlab "shirin suv" olib kelinadi. Bu odat
har ikki tomon boshlagan ishning yakuni ham xuddi shirin suv kabi o`tsin, yoshlarning turmushi 
shirin, totli bo`lsin, degan niyatda qilinadi. Aynan fotiha to`yidan boshlab, bo`lg’usi kelin-
kuyovlar bir-birlarining qarindoshlariga uchrashib qolmaslikka harakat qilishib, ulardan o`zlarini 
tortib yuradilar. Ushbu odat ibtidoiy jamoa davri nikoh munosabatlarning qoldig’idir. Farg’ona
viloyati Dang’ara tumani Tumor qishlog’i o`zbeklari orasida fotiha to`yi jarayonidan boshqa 
joylarda uchramaydigan «qovurg’a sindirish» nomi bilan yuritiluvchi uziga xos rasm-rusm
mavjud. Bunga kura kuyov tomondan uch-to`rt ayol bo`lg’usi kelinning uyiga maxsus «kelin 


kuchi»ni olgani boradilar. Bunda ushbu kun uchun marosimiy tarzda pishirilgan sho`rvada qo`y
qovurg’asi solingan bo`ladi va ushbu kun ikki ayol qolishadi va «kelin kuchi»ni olib qaytadilar. 
To`y marosimlarida keksa yoshli, ko`p farzandli kishilarning ishtiroki zarur va uta muxim
hisoblangan. Ular to`y marosimining ma`lum bosqichlarida o`ziga xos afsungarlik 
funktsiyalarini bajarganlar. Biz buni bo`lg’usi kelinning sepini tayyorlash jarayonidan boshlab
kuzatishimiz mumkin. Odatda bulgusi kelin-kuyovlar uchun ko`rpa-to`shaklarni tikish, ya`ni, 
"ko`rpa soldi" marosimda tikish-bichish ishlarini keksa yoshli ayollar tomonidan boshlab
berilgan. Bunda keksa yoshli, ko`p farzandli ayollarning xususiyatlari bo`lg’usi kelin-kuyovga 
ham o`tsin degan afsungarlik niyati mujassamlashgan.
"Ko`rpa soldi" marosimida biz nafaqat keksa yoshli kishilarning afsungarlik 
xususiyatlarini, balki narsalarning ham afsungarlik xossalariga bo`lgan ishonchni uchratamiz.
Marosim oldidan keksa yoshli onaxonlarimiz kelin-kuyovning dastlabki ko`rpalari orasiga turli-
tuman turli-tuman qand qog’ozlarini qo`shib tikkanlar. Bunda bo`lg’usi oilaning hayoti qanday
shirin dasturxoni qut-barakali, to`kin-sochin bo`lsin degan niyat mujassamlashgan. 
Nikoh kuni kechki payt kuyov o`z yaqin do`stlari bilan yasan-tusan qilib, qutlovlar ostida
to`yxonadagi oqsaqollarning duoi-fotihalarini olib, kelinning uyiga "kuyovnavkar" ga boradi. 
Kuyov o`z do`stlar qurshovida, karnay-surnaylar va turli qiyqiriqlar ostida yo`lga tushadi. Ushbu
amallar nafaqat to`y shodiyonasinigina anglatadi balki yomon kuchlardan saqlovchi afsungarlik 
vositasi ham sanalgan.
Kuyovnavkarlar yo`l bo`yi kuyovni eltayotganliklarini bildirish maqsadida jo`shib-
jo`shib, ustma-ust hayqirib jar solib borganlar. Ayrim hollarda qadimgi tasavvurlar ta`sirida
ko`zikishdan saqlanish maqsadida kuyov boshiga chopon yopganlar. Kuyovnavkarlar kelin 
xonadoniga etib kelganlaridan so`ng maxsus tayyorlab kuyilgan uyga kirganlar. Uy
ostonasiga poyandoz (oq rangli mato va qizil rangli belbog’ni bir-biriga qo`shib tikilgan) 
solingan. Poyandozni kuyov bosib ichkariga kirganidan so`ng, uning do`stlari shunday
kuyovlik bizga ham nasib qilsin degan niyatda poyandozni o`zaro tortishadilar. Biz bunda 
poyandozni o`ziga xos muqaddaslik xossasini ko`ramiz. Kuyovnavkarlar dasturxoniga turli
noz-ne`matlar bilan birga bo`lg’usi oila serfarzand bo`lsin deb tuxum ham qo`yiladi. Ular 
dasturxon atrofida o`tirganlaridan so`ng xonadonning keksasi duoi-fotiha qilgan. SHundan
so`ng kuyovga atalgan shirinchoy olib kelingan, shirinchoyni dastlab kuyov, so`ngra uning 
do`stlari hayotlari shu shirinchoy kabi shirin bo`lsin, degan magik niyatda ichganlar.
Kuyovnavkarlar dasturxon atrofida o`tirgan vaqtda mezbonlardan biri kuyovni yomon 
ko`zdan, yovuz kuchlardan himoya qilish maqsadida isiriq tutatadi. o`z novbatida kuyov va
uning sheriklari minatdorchilik ramzi sifatida isiriqchiga pul berganlar. Biz bunda isiriqning 
o`ziga xos marosimiy afsungarlik xossasini ko`ramiz. Kuyovning do`stlari ziyofatni eb
bo`lganlaridan so`ng kuyovga kuyovlik belbog’larini bog’laganlar.
Vodiy axolisi nikoh to`ylaridagi "yo`l to`sish" udumini ommalashuvi ham ana shu
tushunchalar bilan bog’liq bo`lsa kerak. CHunki kuyovnikiga tushirib ketilayotgan kelin ham 
ramziy ma`noda qizlik olamidan ayollik dunyosiga o`tadi. YA`ni, nikoh yigit-qizlarni bir
pog’onaga ko`tarib, er-xotinlikka o`tkazuvchi ramziy marosim deb sanalgan. SHu bois 
kuyovning uyiga borayotganda yo`lda duch kelingan ko`prik - majoziy ma`noda ana shu ikki
olam chegarasi ham hisoblanadi.Kelin tushgan arava yoki mashina yo`liga arqon tutib yo`l 



85


to`sish esa ramziy to`siq, ya`ni sinov elementidir.
Nikoh to`yi kuni kechga yaqin kelinni ayollarning o`ziga xos «karvoni» bilan kuyovning 
uyiga olib kelinadi. «Kelin karvoni» oldida albatta kichk yoshli o`g’il bolalaning bo`lishi va
kelinni butun tana qismi bekitilgan kiyim yoki paranji kiygan kelin kelgan. Kelinni bunday 
tarzda kiyinib kelishi Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan odat hisoblanadi. Bu
odatning tarqalish geografiyasi borasida R. Rahimov o`z asarida ma`lumot bergan. Kelinni 
olib kelayotganlar kuyovning uyi oldiga yaqinlashgach eshik oldida katta olov yoqiladi va
kuyovning yangalari shakar solingan sut yoki qatiq va bir kiyimlik mato olib chiqqanlar. Sutni 
kelinchakka yaxshi niyatlar bilan ichkizilgan. Kelinga sut berishda sutday yo`li oydin,
zurriyotli va zotli bo`lsin, degan magik niyat mujassamlashgan. Qolaversa qadimdan sut va 
sutli mahsulotlar turkiy xalqlarda eng muqaddas ashyolardan biri va aynan ma`lum bir
guruhni ramzi hisoblangan. SHu bois uni begona urug’ vakllalariga berish qat`iyan 
ta`qiqlangan. Inchinun vodiy o`zbek-qipchoqlari orasidagi nikoh to`yi tan`tanalarida kelinni
sut bilan kutib olish uni, ya`ni bo`lg’usi kelinni kuyov urug’i vakillariga o`z urug’lariga 
qo`shganliklarini ramziy alomati bo`lsa kerak. SHundan so`ng «kelin karvon»iga qiz
tomondan hamrohlik qilib kelgan kelinning kichik yoshli o`g’il ukasi, yoki jiyani tomonidan 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə