O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə31/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

lashkarlar, chiltonlar kabi ruhlar bilan muloqot qila oladigan kishilar hozirda ham uchrab turadi.
Aslida ruhlar bilan muloqot qilish bilan bog’liq tasavvurlar qadimiy shamanlik e`tiqodi bilan 



70


bog’liqdir. o`zbeklarda ko`pincha kasalliklar sababini yomon ruhlarning makr-hiylasidan
ko`rilgan bo`lib, hali ham xalqimiz orasida ruhlar hokimiyati odamlar taqdirini, tabiat 
ko`rinishlarini aytib berishiga ishonuvchi insonlar mavjud. CHildirma sadosi va marosim
aytimlari ba`zi zamondoshlarimizni kasalliklardan forig’ bo`lishiga ishonishga olib kelmoqda. 
SHaman-baxshilarga asosan ayollar yaqinlari kasal bo`lib yotib qolganda, oilaviy hayotlarida
o`zaro kelishmovchiliklar yuz berganda, biror buyumi yoki jonivorlari yuqolganda, farzandsizlik 
holatida, umuman, oila turmush-tarzida og’ir vaziyatlardagina murojaat qiladilar.
Turkiy xalqlar shamanlik tizimida shaman bo`lish jarayonidagi tashabbus homiy 
ruhlarning o`zlaridan chiqqan bo`lib, ba`zida majburiy kuch bilan ham da`vat qilingan.
Tanlangan nomzod - haqiqiy shaman odamlar va ruhlar olami o`rtasida vositachi bo`lguniga 
qadar uch muhim bosqichni bosib o`tadi. YA`ni:
1. Tanlanganlik (ruhlar tomonidan tanlangan). 
2. SHamanlik dardiga yo`liqish.
3. Homiy ruhlar tomonidan shaman sifatida qayta yaralish. 
Keksa yoshli momolarning aytishlaricha, odamlar orasidan shaman baxshilarni homiy
ruhlarning o`zi tanlaydi va ularga dastlab olov, kuchli shamol, qush, ot yoki boshqa narsalar 
timsolida namoyon bo`lib uni shamanlik faoliyati bilan shug’ullanishga da`vat qiladi. Jumladan,
Lola baxshiga homiy ruhlar dastlab 13-14 yoshli paytida oq kiyimli ayol ko`rinishida, Saodat 
baxshiga 40 yoshida homiladorlik vaqtida qora kiyimli odamlar ko`rinishida namoyon bo`lgan
bo`lsa, o`ng’ol baxshiga 25 yoshida qo`lida emizikli chaqalog’i bor vaqtda besh chiroq tarzida 
ko`ringan bo`lsa, Farg’ona vodiysi hududi xududida joylashgan Xo`jand tumanida yashovchi
Norboy baxshi homiy ruhlarini dastlab etti yoshli paytida otlar uyuri ko`rinishida ko`rgan va 
otlar uni doimo muqaddas qadamjolarga, g’aroyib joylarga boshlab borib turgan, Turdijon
baxshiga esa ruhlar dastlab ilon va baliq ko`rinishida ko`ringan ekan. Bu holatlarda homiy ruhlar 
tomonidan bo`lg’usi baxshiga shamanlik quroli va belgilari childirma, qamchi, dutor, qo`biz,
tasbeh va hokazolarni ko`rsatishgan. Ba`zida bo`lg’usi shaman tushida nafaqat shamanlik 
anjomlarini va belgilarni ko`rgan, balki fotiha ham olgan. O`z o`rnida shuni ham aytib o`tish
kerakki vodiy o`zbeklarida shaman bo`lish boshqa turkiy xalqlar singari doimo ham nasldan-
naslga o`tmagan. SHamanlar asosan xomiy ruhlar tomonidan tanlangan bo`lib, bunda qon-
qarindoshlik unchalik ahamiyat kasb etmagan. 
Odatda bo`lg’usi shaman (baxshi, parixon) tutinib shaman bo`lguniga qadar bir qator
sinov bosqichlarini bosib o`tgan va g’ayritabiiy holat

"shaman kasali"ga chalinadi. Bu o`rinda 

«shaman kasali» qanday kasallik?-degan savol tug’ilishi tabiiydir. Axborotchilarimizni


ta`kidlashlaricha, shaman kasaliga chalingan odamlar aql-idrokini yo`qotgan kishidek turli-
tuman harakatlar qiladi. Agar tanlangan kishi ruhlar da`vatini qabul qilmasa yoki ruhlarning
majburlashidan xoli bo`lish uchun baxshilikni nomigagina bajarsa yoki amallarni bajarishda 
beparvolik qilsa ruhlar jazosiga uchrab, ruhiy behalovat bo`lib turli kasalliklarga duchor bo`lgan
va aksar hollarda bu og’ir oqibatlarga olib kelgan. Umuman olganda «shaman kasalligi» bu qator 
patologik holatlarning bir butun majmuidan iborat bo`lib, bu xolatni homiy ruhlar tomonidan
tanlangan kishi boshidan o`tkazadi. "SHaman kasalliligi" ko`pincha uyquda bezovtalanish 
holatida, muttasil bosh og’rishi tarzida, eshitish va ko`rish gallyutsinatsiyalari ko`rinishida va
boshqa qator patologik holatlarda namoyon bo`ladi. Kasal kishi turli-tuman ruhlar ovozini 
eshitadi va uni ko`ziga tur-tuman qiyofada homiy ruhlar namoyon bo`ladi. SHamanlikning chilla
davrini o`tagandan va shamanlikni bo`yniga olgandan keyingina bu simptomlar yo`qoladi va u 
sog’ayib ketadi.
SHamanlar bajaradigan amallar juda xilma-xil va keng qamrovli bo`lib, ushbu vazifalarni 
muvaffaqiyatli bajarishda shamanlar benihoyat ulkan g’ayritabiiy qobiliyat sohiblari bo`lmog’i
lozim deyilgan. Umuman olganda Farg’ona vodiysi shamonlari xomiy ruxlar yordamida asosan 
quyidagi turtta muhim vazifani bajargan. Birinchidan, kasallik sababini va uni davolash
yo`llarini bilish. Ikkinchidan, turli-tuman marosimlar asosida kasallarni davolash. Uchinchidan, 
kelajakni va inson taqdirni oldindan tadbir qilish», shu jumladan, uzoq masafada yashovchi
kishilar taqdirini xam aytib bashorat qilish va nixoyat turtinchidan yo`qolgan odamlar, hayvonlar 
va narsa-buyumlarni qidirib topish. SHuningdek o`g’irlangan buyumlarni kim tomonidan




71


o`g’irlanganligini xomiy ruhlar ko`magida aniqlashtirgan holda qidirib topish kabi vazifalarni
bajarganlar. SHamanlar bu vazifalarni bajarishlari uchun maxsus qobilayatga ega bo`lishlari 
zarur bo`lgan bo`lib, bu qobiliyatlar ko`pincha tug’ma ravishda bo`lmasdan, balki ma`lum
tayyorgarlik natijasidagina egallangan. Buning uchun tanlangan nomzod qirq kun davomida o`z 
xonadonida tashqi dunyodan ajralgan holda chillada o`tirgan. Bu davr shamanlikning "chilla
davri" deyiladi. CHust tumani SHo`raqo`rg’on qishlog’ida yashovchi Ziyoda baxshini 
ta`kidlashicha shamanlar tomonidan tutiladigan chilla xar-xil bo`lib, ularning ichida eng og’iri va
xavflisi baxshilar tomonidan tutiladigan «qora chilla« hisoblangan. «Qora chilla» da o`tiradigan 
kishi 40 kun mobaynida bir uyning ichidan tashqariga chiqmagan holda chimildiqning ichida
o`tirishi lozim bo`lgan. U bu davrda boshqa odamlar bilan gaplashmasligi va faqat o`z uyida 
yaqin kishisi tomonidan pok holda pishirib bergan ovqatni eyishi lozim bo`lgan. Bu davrda
bo`lg’usi baxshini qabristonga borishi, o`lik ko`rishi, ariqdan oqayotgan suvdan o`tishi qat`iy 
ta`qiqlangan. Ziyoda baxshi xam «qora chilla»da o`tirgan. Kosonsoylik Saodat baxshi, Meyli
baxshi, Muniba baxshi, Farida baxshilar baxshilikni bo`yniga olishlaridan oldin qirq kun 
davomida bir uydan tashqariga chiqmagan holda chillada o`tirganlar. Ba`zida baxshilarning
chilla davri qirq kundan kam yoki ko`p muddat ham bo`lib turgan. Masalan, Xo`jandlik Sora 
baxshi etti oy chillada o`tirgan bo`lsa, Kosonsoylik Lola baxshi uch kun, Narziya baxshi o`n uch
kun chillada o`tirganlar. Ularga bu paytda begona odamlarni, ayniqsa begona erkakni ko`rish 
qat`iy ta`qiqlangan. Bu paytda bo`lg’usi baxshi doimiy ravishda eng yaqin kishisi yoki ustoz
baxshi nazoratida bo`lgan. CHunki, bu paytda chillada o`tirgan odam o`zi bilmagan holda 
tashqariga chikib ketishi mumkin deyiladi. Agar bo`lg’usi baxshi bu holatda tashqariga chiqib
ketsa ruhiy kasal - jinni bo`lib qolar ekan. 
Farg’ona vodiysida shamanlikni bo`yniga olgan har bir baxshi yoki parixon marosimlarni
o`tkazish bilan birga vaqti-vaqti bilan homiy ruhlarga atab qurbonliklar qilib turgan. Farg’ona 
viloyati Oxunboboev tumani SHomirza qishlog’ida yashovchi Xovoxon baxshi bir yilda to`rt
marta chillada o`tirgan va xar yili to`rt martadan xomiy ruhlariga atab qo`y so`yib qurbonlik 
qilgan.
Parilarning yaratilishi haqida Nosiruddin Burhonuddin Rabg’uziy uzining 1310 yilda 
yozib tugatgan "Qisasi Rabg’uziy" asarining "Sifat al arazini" bobida shunday ma`lumotlarni
keltirib utgan: "Bilgil, Al-qavlu fim xalqi al maloikati va al-jinni va al-insi izi azza va jalla 
farishtalarni o`tnung yoruqligidin yaratti, parilarni o`tnung yolinidin yaratti. Asllari biruk turur,
ammo uch narsa birla tofovutlari bor. Biri ul tururkim, farishtalar nurdin, parilar yolindin turur. 
Ikkinchi, farishtalar malak atandi, parilar jin atandi. Uchunchi, farishtalar o`rni adiz ko`kda
bo`ldi, parilar erda bo`ldi" [Nosiruddin Burxonuddin Rabg’uziy., 1990.B.13]. Rabg’uziy 
fikricha, parilar Alloh tomonidan yaratilgan bo`lib, erda yashaydi.
YUqorida Rabg’uziy parilar bilan farishtalar o`rtasidagi uch farqni ta`kidlab, "Farishta 
malak atandi, parilar - jin atandi" - deb jin va parilarning asli bir ekanini yozadi. Farishtalar o`t
(olov)ning yorug’ligidan, parilar uning yolqinidan [shu`lasidan] yaratilgan. 
Tadqiqotlar davomida shu narsa ma`lum bo`ldiki, xalqimiz orasida parilarga ishonch hali
ham uchrab turadi. Jumladan, CHust tumanining Dam qishlog’ida yashovchi Rustam baxshining 
ta`kidlashicha, parilar qachonki rozi bo`lsalar, yo`l bersalargina, ularning nomini aytish mumkin.
Parilar


Musulmon parisi, Kofir parisi, Tarso parisi, Juhud parisi kabi guruhlarga bo`lingan 


bo`lib, har bir parining o`z vazifasi bo`lgan. Masalan, ilon pari kishini aqldan ozdirib, yovuzlikka
boshlaydi. Behisht parilar ilon pari aqldan ozdirgan kishini davolaydi. Kosonsoylik Saodat 
baxshi, "parilar juda uzun kiyinishadi. ertalab oq rangda, tunda qora rangda, ulardagi beg’ubor
ranglarni ta`riflash qiyin. Ularning chiroyiga qarab to`ymaysan" - deydi. 
Parilar asli olovdan yaralganligi bois o`zbek xalqi kulni muqaddas xisoblaydi. Vodiyning
Pop, CHust, YAngiqo`rg’on tumanlarida kul bilan o`ynashgan kishining og’zi qiyshayishi, kulga 
siygan bolaning ko`zi og’rishi kabi holatlarda Kulrang parilarning qo`li bor deyilgan.
Vodiyda ham shamanlarning asosiy faoliyati kasallarni davolash, ya`ni kasal tanasidan 
yovuz ruhlarni quvishdan iborat. CHunki kasallarni davolash shamanlarning qadimdan meros
bo`lib kelayotgan asosiy vazifasidir. Ular ruhlar yordamida kasallik sababini va davolash 
yo`llarini izlaydilar. SHamanlikka doir adabiyotlarda shamanlar asosan ruhiy kasallarni




72


davolaydi, degan fikrlarni uchratamiz. Haqiqatdan ham shundaymi.
Vodiyda yashovchi ko`plab o`zbek va tojik shamanlari esa kasallik xuruj qilganda 
uqalash orqali tanani qizdirib, bemorni terlashga majbur qilishgan. Saodat baxshi ko`kyo`tal,
bosh og’rig’i, bepusht ayolarni davolagan bo`lsa, Meyli baxshi, Lola baxshi, Rustam baxshilar 
shol bo`lib o`tirib qolgan, soqov bo`lib qolgan, turli toshmalar toshgan kishilarni, ruhiy kasal-
jinni bo`lib qolgan odamlarni davolar emish. Baxshi oldiga kelgan bemorning qaysi a`zosi 
og’riyotganligi bemor tashrifi bilan uning o`zining ham o`sha organizmi og’rishidan bilib olar
ekan.

Vodiydagi shaman baxshilarning davolash jarayoni ko`pincha bir-biriga o`xshaydi.


Baxshilar dastlab fol ochib, kasalni davolash yo`lini aniqlab olgan. Fol ochishda ko`pincha 
kosadagi suvga paxta bo`lagini tashlab, uning uchidan aylantirishgan. SHuningdek, vodiyda fol
tasbeh yoki muqaddas kitoblar orqali ham ochilgan. Vodiydagi aksariyat baxshilar tasbeh orqali 
fol ochgan. Jumladan, Zulfiya baxshi, Lola baxshi, O`ng’ol baxshi, Meyli baxshi, Muniba baxshi
tasbeh orqali fol ochsa, Zebi baxshi kosadagi suvga paxta bo`lagini tashlab aylantirish orqali, 
Saodat baxshi esa qamchi orqali fol ochgan. SHomirza qishlog’ida yashovchi Xovoxon baxshi
fol ochishidan avval 3 marta «Alloh, Alloh, Alloh» deb aytgan, lekin u «Akbar» demagan. 
CHunki uning aytishicha agar u «Akbar» desa fol to`silib qolar ekan. Zulfiya baxshi fol ochishda
ishlatiladigan tasbexi 105 ta tasbex toshlaridan iborat bo`lgan. SHuningdek, uning tasbexida 
bo`ri tishi, ko`zmunchoq va do`lana xam bo`lib, bular baxshini turli-tuman balo-qazolardan,
yoon ko`zlardan saqlar ekan. o`ng’ol baxshi fol ochishdan oldin xomiy ruhlariga: Hulkarlarim, 
eshon otam, Qambar otam, buvalarim, momolarim, o`zimning otaxonlarim, o`zim bilan kelgan
lashkarlarim, oq bo`ram, qorabo`ram, olchinlarim-lochinlarim, oq ilonlar, oftobda o`tganlar, 
barcha o`tgan momolarim Falonchini (masalan, Sobirni) ko`r-chi, deb murojaat qiladi.
Fol ochish jarayonida davolash usuli bilan birga bemorga qanday ins-jinlar, parilar ziyon 
etkazganligini va buning evaziga qanday qurbonlik qilish lozimligi ayon bo`lgan. Qurbonlik
sifatida qo`y-qo`zi, echki, tovuq kabi jonivorlar so`yilgan. Qurbonlikdan maqsad parilarni, ya`ni 
xomiy ruhlarni rozi qilish va bemor vujudiga kirib olgan yomon ruhlarni haydash edi. Ba`zi
xalqlarda ruhlarga atab haqiqiy ovqatlarni turli but, sanamlar oldiga qo`yib qo`yiladi yoki 
ularning og’ziga surkab qo`yiladi. Umuman qurbonlik qilish dinning dastlabki ko`rinishlaridan
tortib to jahon dinlarigacha xos bo`lgan marosimdir. Masalan, shumerlar ho`kiz, sigir, qo`y kabi 
hayvonlar bilan birga ba`zan qushlarni ham so`yishgan, egulik nematlar ham Tangrilariga ehson
etishgan bo`lsa zardushtiylikning qurbonlik marosimlarida qadimda ho`kiz va qo`y so`yilgan. 
Qadimgi turkiy xalqlar shamanchiligida oq shaman ko`k (osmon) bilan, qora shaman er
osti bilan bog’lanadi. SHu sababli oltoyliklar Ulgen (Qadimgi turkiylarning yaxshilik va ezgulik 
Tangrisi)ga oq qo`y, erlik(Kadimgi turkiylarning er osti olami-jahannam va yomonlik
Tangrisi)ga qora qo`y so`yib qurbonlik qilishgan. O`z navbatida aytish kerakki, zardushtiylikda 
nafaqat qurbonlik tarzida so`yilayotgan jonivor turiga, balki so`yilayotgan jonivor ranggiga ham
alohida e`tibor berilgan. Jumladan, «Avesta«ning «YAsht« qismida Tishtiriyaga bag’ishlab 
qurbonlik tarzida oq va qora qo`y so`yish mumkinligi lekin xech qachon qurbonlik tarzida
so`yiladigan jonivor ola rangda bo`lmasligi lozimligi ta`kidlangan. 
SHamanlik marosimlarida ko`pincha ziyon etkazgan ruhlarga bag’ishlab qurbonliklar
qilingan. Qurbonlik qilinayotgan hayvonning rangi "ziyon etkazgan" ruhlar bilan bevosita 
bog’liq bo`ladi. Agar kasalik sababchisi oq devlar yo oq pari bo`lsa, oq rangli qo`y yoki qora
dev, qora momolar bo`lsa qora qo`y, echki, tovuq so`yilgan. Odatda qurbonlikka atalgan hayvon 
erkak kishi tomonidan ziyon etkazgan momolar, ins-jinslarning nomi aytilib so`yiladi. Farg’ona
vodiysida ko`pincha qora va sariq rangli qo`y so`yilgan. Qolaversa qurbonlik uchun urg’ochi 
hayvon so`yish ham rasm bo`lmagan. Qurbonlik sifatida so`yilgan jonivorning qonidan
bemorning tanasiga surtilar va bu ruhlar uchun go`yo oziqa hisoblanar ekan. SHomirza 
qishlog’ilik Xavoxon baxshi devlar ziyon qilib iligi qurib qolgan odamga qo`y qurbonlik qilishni
buyurgan. Qora qiz momolar ziyon qilgan kasallarga esa tovuq qurbonlik qilgan. 
Markaziy Osiyo shamanlari, jumladan Farg’ona vodiysi shamanlari Sibir’ shamanlari
kabi marosimlarni maxsus kiyimlarda o`tkazishmaydi, boshqa olamga sayohat qilmasdan faqat 
yordamchi ruhlar bilan muloqotga kirishadilar, xolos. Lekin tadqiqot jarayonida shu narsa




73


ma`lum bo`ldiki, vodiyda yashovchi aksar qirg’iz baxshilar baxshilikni bo`yinlariga olishdan
oldin baxshilik kasaliga chalingan paytida uzoq erlarga, bir daraxtdan ikkinchi daraxtga uchib 
yurgan ekanlar.
Baxshilar davolash jarayonida childirma (doira)dan foydalanganlar. CHildirma tovushlari 
ostida shaman ruhlarni chaqirar, childirmaning musiqiy ohangi marosim ruhiga ko`tarinki
kayfiyat bag’ishlar, go`yoki u sehrli xislatga ega edi. Biz shaman marosimlarida childirmaning 
paydo bo`lishi va yoyilishi davrini aniq bilmaymiz, lekin Sibir’ shamanlari bilan SHimoliy
Amerika hindularining childirmalarining o`zaro o`xshashligi bizni Osiyodan Amerikaga yalpi 
ko`chishimizdan 20 ming yillar oldin ham bo`lgan degan xulosaga olib keladi. Mashhur
dinshunos olim M. eliade "Markaziy Osiyo shamanlari jumladan turkiy xalqlarda childirmadan 
foydalanilmaydi. Ularga bu narsa ma`lum emas" - deb yozadi. Aslida bu xato fikr bo`lib biz
tadqiqot davomida turkiy xalqlarda, jumladan o`zbek xalqi shaman marosimlarida baxshining 
childirma chalib ruhlarni chaqirish odati juda qadimiy ekanligiga amin bo`ldik. Qolaversa, turkiy
xalqlar orasida keng tarqalgan afsonaga ko`ra, erlikxon teridan bir dovul yasab, ilk shamanlik 
marosimini o`tkazgan ekan. o`rta Osiyodan tashqarida yashovchi turkiy xalqlar - uyg’ur,
oltoylik, xakas shamanlari qadimda childirma sadolari ostida fol ochadilar. 
Yurtimizga islom dini kirib kelgach, shamanlik e`tiqodi tubdan o`zgargan, shaman
e`tiqodlari islom aqidalari bilan singishib ketadi. Har bir marosimni boshlashdan oldin shamanlar 
dastlab xudoga, payg’ambarlarga va musulmon avliyolarga, so`ngra o`zlarining homiy ruhlariga:
Alvon ko`ylak kiyganlar, 
Engi erga tekkanlar
Menga madad beringlar,-deb murojaat qiladigan bo`ldi. Ko`plab shamanlar an`anaviy 
childirmadan voz kechib, tasbeh bilan ishlatganlar. Jumladan, Lola baxshi, o`ng’ol baxshi,
Muniba baxshilar tasbeh bilan o`z amallarini bajarganlar. Homiy ruhlar musulmon ruhoniylar 
Bahovaddin Balogardon, Hazrati Xizr, Hazrati Sulaymon, Bibi Fotima, Bibi Zuhra qiyofasida
ko`ringan. Lola baxshiga ruhlar oq ro`molli ayol qiyofasida, Rustam baxshiga esa Hazrati Xizr, 
ya`ni, oq soqolli nuroniy kishi qiyofasida namoyon bo`lgan. Vodiydagi aksariyat baxshilar
payshanba, juma kunlari odamlarni qabul qilmaydi. Ularning asosiy ish kunlari seshanba, 
chorshanba va shanba kunlari bo`lgan. Namangan viloyati CHust shahrida yashovchi Zulfiya
baxshi tomonidan o`ziga xos kun tarbiga amal qilingan va odamlarni qabul qiladigan xonasining 
kiraverishiga maxsus kun tartibi osib qo`yilgan. Bu kun tarbiga ko`ra baxshi asosiy ish kunlari
tarzida keluvchilarni dushanba, seshanba, chorshanba va shanba kunlari qabul qilar ekan. 
Payshanba va juma kunlari xomiy ruhlar hajga ketganligi, yakshanba esa baxshining o`zining
dam olish kuni bo`lganligi bois tashrif buyuradigan odamlar ko`rilmas ekan. Mingbuloq tumani 
Amir Temur jamoa xo`jaligida yashovchi Sobirjon Musulmonov har payshanba kuni o`z
parilarini hajga jo`natganligi bois odamlarni ko`rmaydi. 
Farg’ona vodiysi shaman-baxshilari dafn marosimlariga qatnashmaydilar. Ularga
murdani ko`rish ta`qiqlangan. Agar qandaydir tasodif bilan murdani ko`rib qolsalar yoki dafn 
marosimiga qatnashsalar, ularning homiy ruxlari ketib qolar ekan. SHuning uchun baxshilar
murdani ko`rgan vaqtida marosimiy qurbonlik qilib fotihalarini yangilar ekanlar. Biz bunday 
qarash ildizlarini Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy mahalliy an`analari bilan bog’liq bo`lsa
kerak. Zardushtiylik kontseptsiyasiga ko`ra marxum jasadi atrofni nopok qiladi deyilgan. SHu 
bois XX asr boshlarida marxumlar bilan aloqada bo`ladigan g’assollardan odamlar o`zlarini olib
qochganlar va ular bilan doimiy aloqada bo`lishga harakat qilmaganlar. Boshqa tomondan 
qadimgi turk asotirlarida ta`kidlanishicha, oltoyliklar inson o`lganidan keyin, uning uyi ichida
Oldoji degan yomon va nopok o`lim ruhlari ma`lum bir mahalgacha qolishiga ishonishgan. 
SHamanlar o`zlarini toza hisoblaganlari uchun bu nopok ruhlar tomonidan ifloslanmaylik, deya
o`lik chiqqan uyga kirmaydilar. Qolaversa yoqutlar orasida xam «oq» shamanlarni dafn 
marosimlarida qatnashishlari ta`qiqlangan.
Endi esa vodiyda yashovchi shaman baxshilar tomonidan bajariladigan marosimlarning 
ayrimlariga to`xtalib o`tsak. Baxshilar tomonidan o`tkaziladigan eng mas`uliyatli va eng qiziqarli
marosimlardan biri - ko`chirma marosimidir. Ko`chirma marosimi Farg’ona vodiysida 
"ko`chirma", "ko`chirik", "ko`churuv", "ko`chru" deyiladi. Ko`chirma marosimini asosan ruhan




74


baquvvat, katta yoshli baxshilargina o`tkazadilar. Jumladan, Saodat, Meyli, Lola baxshilar
ko`chirma qilganlar. Odatda og’ir holatdagi kasallar ko`chirma qilingan. Ko`chirmadan maqsad 
kasal tanasiga kirib olgan yoki ziyon etkazgan ins-jins, devlar, parilarni haydash bo`lgan. Ushbu
marosim ko`p hollarda kasal kishining xonadonida o`tkaziladi. Marosim o`tkaziladigan kuni 
baxshi kasal xonadoniga olib kelinadi va ziyon etkazgan ruhlarga atab qurbonlik so`yiladi.
Qurbonlikka asosan qo`y-qo`zi, echki, uloq ba`zan tovuq ham so`yilgan. Kosonsoylik Lola 
baxshi ko`chirma marosimini quyidagicha olib borgan: avval bemorni ko`chirik o`tkaziladigan
xonaga o`tqazadi va uning oldiga oq, qizil va qora matolar solinib, suv, quruq choy, tuz va 
xamirturush singari narsalar qo`yyadi. Baxshining ta`kidlashicha, parilar kelib solingan matoning
ustiga o`tirib, go`yo bu narsalarga dam solar ekan. Ba`zida momolar, otaxonlar buyrug’iga ko`ra 
kasal hech kimni ko`rmasligi, ya`ni chilla saqlashi lozim bo`lgan paytda chimildiqqa olingan.
Marosim boshlanishida baxshi turli ruhlarga bag’ishlab chiroq qo`yadi. CHust tumani 
Fova qishlog’ida yashagan Toshmat baxshi qizil, oq va qora lattalar o`ralgan chiroq qo`ygan.
Toshmat baxshi chiroqni yoqishdan oldin kasalga tegizib olgan. Kosonsoylik Lola baxshi esa 
odatda dastlab xudo yo`liga bitta, qirq chiltonlarga atab qirqta, so`ngra momolarga uchta,
qorovulga bitta, o`n bir rahmatga atab o`n bitta chiroq qo`yadi. So`ngra baxshi xonadon 
suprasidagi undan olib ikki joyga to`plagan va unga chiroqlarni suqib qo`ygan. Baxshi pilikni
yoqib "supra ulug’ narsa, un oqlik, peshonangiz oq bo`lsin, baxtingizga bemor tuzalib ketsin", 
deb aytib turgan paytda marosim qatnashchilari kasalning qarindoshlari (asosan ayollar) navbat
bilan supra oldiga kelib supraga ta`zim qilib, lablari bilan un uyumini o`pganlar. SHundan keyin 
kasal yotgan uyda marosim qatnashchilari ishtirokida "ko`chirma" marosimining asosiy qismi
bajarilgan. Bunda kasal xona o`rtasida qiblaga qarab o`tqizilgan va uning yuzi doka yoki engil 
mato bilan yopib qo`yilgan. Qurbonlik qilingan hayvon qonidan bir piyolaga olingan va
kasalning peshonasiga, chakkasiga, ko`kragiga, qorniga, kaftiga, tovonining yuqori qismiga, 
ya`ni, muchcha-muchchalariga baxshi tomonidan surtilgan. Agar kasalga qora devlar ziyon
etkazgan bo`lsa to`qqizta bo`g’imigina qonlangan. Axborotchilarimizning ta`kidlashlaricha, 
bemorning tuzalishi kasal tanasidagi surtilgan qonning yo`qolishi bilan bog’liq bo`lgan. Agar
surtilgan qonni ruhlar so`rib olsa, kasal juda tez suratda tuzalar ekan. Baxshi piyoladagi qonni 
kasalga surtish paytida "Bismillohir rahmonir rahim, qoni-qoniga, joni-joniga davo bo`lsin",
degan. SHunday qilib, qurbonlik qilinayotgan hayvonning qoni va joni bilan kasalning qoni va 
joni go`yoki almashtirilgan. Farg’ona viloyati Oxunboboev tumani SHomirza qishlog’ilik Farida
baxshi ko`chirma marosimi uchun so`yilgan hayvon qonini kosaga olib qolgan va bemorning 
oldi hamda orqa ko`krak qimiga surtgan. Bemor qonlangandan so`ng uni uyiga ketgan. SHundan
keyin baxshining o`zi qon quyilgan kosaga 7 kun davomida kuniga «YOsin surasi»ni o`qigan. 
Surani birinchi marta o`qilishida 7 marta o`qilgan xar kuniga qisqartirilib borilgan va oxirgi
ettinchi kun 1 marta o`qilgan. Ettinchi kundan so`ng baxshi kosada qotib qolgan qonni va 
qurbonlik tarzida so`yilgan hayvonning oyoq suyagini oq matoga o`rab bemor uyiga keladi.
So`ngra u suyakni olib qabristonga olib borib ko`madi va bemor qonlanganda kiygan kiyimini 
olib tez oqar suvga oqizadi. Bu amallarda unga ziyon etkazgan balo-qazolar va ziyon-zahmatlar
ushbu suyak bilan ergan ko`milsin hamda suv bilan qo`lilib oqib ketsin degan magik niyat 
mujassamlashganini ko`rishimiz mumkin. O`z o`rnida shuni aytib o`tish kerakki agar ko`chirma
marosimiga qurbonlik so`yishning iloji bo`lmasa, yangi so`yilgan qo`yning kalla-pochasi, 
yuragi, terisi sotib olingan. Bunday holatda kasalning ustiga qora mato yopilib, hayvon
yuragining qoni bilan qonlangan. 
Baxshi esa childirma sadolari ostida kasalni aylanib, yovuz ruhlarni quvgan. Bunda
shamanlar ko`pincha "Oblo xaq" deb baqirganda qolgan marosim qatnashchilari ham qaytarib 
turganlar. Ushbu marosimda shaman bilan birga kasalning yonida o`tirganlarning o`zlari ham
ba`zida jazava holatiga tushganlar. SHundan so`ng baxshi bemorni ettita yoki to`qqizta tol va 
jiyda xivchinlari bilan o`ng tarafidan boshlab urgan va jinlarni chap tarafdan haydab chiqargan.
Odatda tol xivchinlari yoki mevali daraxt shoxlari kasalning holatiga qarab ishlatilgan. Agar 
bemor nisbatan engilroq kasal bo`lsa mevali daraxt shoxidan, og’ir kasal bo`lsa mevasiz daraxt
tol xivchinlaridan foydalanilgan. Tol yoki mevali daraxt xivchinlari ishlatilishiga sabab, go`yoki 
yovuz ruhlarni kasal tanasidan yakuniy haydash bo`lgan. Ko`chirma yakunida baxshi bemorning




75


elkasi, qo`llarini silab, tanglayini ko`tarib qo`ygan.
So`yilgan hayvonning go`shtidan bir qismi baxshilarga berilib, qolgan asosiy qismidan 
sho`rva tayyorlangan va marosim ishtirokchilariga tarqatilgan. Terisini esa bemor yotgan uyga
osib qo`yilgan. Baxshining ta`kidlashicha, yovuz ruhlar ko`chirmadan so`ng xonaga osib 
qo`yilgan qo`y terisiga borib o`tirgan. SHuning uchun ham marosim yakunida so`yilgan
qo`yning suyaklari yig’ilib, terisiga o`ralgan va qabristonga yoki qishloqdan uzoqroq joyga 
ko`mib kelingan yo bo`lmasa yoqib yuborilgan. Ba`zida esa yirtqich hayvonlarga emish sifatida
tashlangan. Lekin marosimda so`yilgan qurbonlikning go`shti aslo itga berilmagan. 
Ko`chirma marosimida shaman va ba`zi qatnashchilarning jazava holatiga tushishi
asoslari uzoq o`tmish davriga borib taqaladi. YUnon tarixchisi Gerodot Araks (Amudaryo 
nazarda tutilgan) bo`yi aholisining yonayotgan meva hididan jo`shishi va oxiri o`yinga tushib
ashula aytishi haqida yozib qoldirgan [Gerodot., 1988.S.201-205]. 
Farg’ona vodiysi shaman-baxshilari «yuragi tushgan» odamlarni ham davolaydilar.
Bunga ko`ra biror bir voqea yoki xodisadan qattiq qo`rqib yuragi joyidan siljib qolgan odamlarni 
yuragi ko`tarib qo`yiladi. Jumladan, Osh viloyati Qorasuv tumanilik Xadicha baxshi biror bir
kishining yuragi tushgan yoki tushmagan ekanligini qo`rg’oshinni eritib kosadagi suvga solish 
orqali aniqlar ekan. Qo`rg’oshin kosadagi suvga solinganda kosa tubiga misoli yurak kabi
yig’ilib to`planib qolsa u odamning yuragi tushgan hisoblanar va bu kishini xo`roz yoki tovuq 
so`yib qonlash orqali yuragi joyiga tushirilar ekan. YUrak ko`tarish jarayonida so`yilgan
parranda qonini bir piyolaga olib yuragi tushgan odamning yuragi atrofini qonlanar va unga 
toshbaqa qoni yalatilar ekan. SHundan keyin uning yuragi joyiga tushar ekan.
Baxshilar faoliyatiga issiq-sovuq qilish amali ham kirgan. Odatda issiq-sovuq ya`ni 
isitma-sovutma qilish ko`pincha oilada er-xotin, ona va bola, ota-o`g’il, qarindoshlar, qo`shnilar
o`rtasiga sovuqchilik solish yoki aksincha solingan sovuqchilikni bartaraf etish maqsadida 
bajariladi. Bunda, masalan, erni xotindan yoki ayolni eridan sovutish yoki aksincha isitish uchun
uning kiyadigan kiyimlari, eydigan ovqati, ichadigan choyiga, sepadigan atiriga maxsus dam-duo 
o`qiladi. Agar isitma amali qilingan bo`lsa, qilingan amalni echish uchun o`qilgan dam-duoni
pichoq bilan go`yoki kesilgan va turli xil iplardan band va tumor qilib berilgan. 
Farg’ona vodiysi shamanlarining davolash marosimida yana bir keng tarqalgan
ko`rinishlardan biri, kasalga "ziyon etkazgan" ruhlarni bog’lab "band" yoki "tumor"lar qilib 
berishdir. Chustlik Bo`ta baxshi band qilish jarayonini quyidagicha tushuntiradi: Band qilishdan
oldin tovuq so`yilib, uning qonidan piyolaga olinadi va bemorning tanasiga surtiladi. So`ngra 
baxshi tovuqni pishirib sho`rva tayyorlashni buyuradi va ruhlarga atab chiroq yoqadi. SHundan
so`ng u childirma chalib xudoga, avliyoyu-anbiyolarga va yordamchi ruhlarga murojaat qiladi. 
Baxshining oldida suv to`ldirilgan piyola bir tutam paxta solingan holda turadi. Baxshi suvga
qarab, childirma chalgan holda: "To`rt ko`zli jin keldi, bog’lang! Oq pari keldi, bog’lang! Oq it 
keldi, bog’lang!" deb aytib turgan. Bunda har gal baxshi bog’lang, deb aytganida bemorning
yaqinlari yoki baxshining o`zi ipni tugun qilib bog’lagan. Odatda iplar har xil ranglarda bo`lib, 
ular 7, 9 yoki 11 xil rangda bo`lgan. Kosonsoylik Farida baxshi esa bandga olishda etti xil ip va
ot yolidan foydalangan. Band qilishda baxshi duolar o`qib ipga "suf-suf" deb dam solib turgan. 
Band qilib bo`lingandan so`ng baxshi bemorga sening ins-jinslaringni bog’lab qo`ydim, deb
aytgan. Band yana oilada o`zaro sovuqchilik tushib eridan nolib borgan ayollarga, turli 
buyumlari yo`qolgan kishilarga, ishi yurishmayotgan odamlarga qilib berilgan. Baxshi
tomonidan qilingan bandni bemor yoki bandga muxtoj bo`lgan kishi baxshi aytgan kungacha 
taqib yurgan. So`ngra uni suvga tashlab yuborgan yoki o`tda yoqib yuborgan. Biz bunga
o`xshash ip tugunlarni bog’lash odatini Sibir’, Evropa va Old Osiyo xalqlarida keng 
tarqalganligini ko`ramiz. D.Frezer tugunlarning afsungarlik kuchi va qulflar to`g’risidagi
asotirlarga batafsil to`xtalgan. 
Umuman olganda Markaziy Osiyoning ko`plab boshqa xududlari singari Farg’ona 

vodiysida ham shamanlik e`tiqodini islomlashuvi o`ziga xos lokal ko`rinish kasb etishiga sabab


bo`ldi

deb
aytishimiz 


mumkin.
Qolaversa 
shamanlik
e`tiqodiga 
oid
bildirgan 

mulohazalarimizning ko`plari afsungarlik ko`rinishidagi marosimlarga oid bo`lib, g’ayri ilmiy,


g’ayri-tabiiy ko`rinishlarda bo`lsada, lekin ular zamirida haqiqat zarralari mavjud emas, deb ayta 



76


olmaymiz. Ilmiy bilimning bugungi taraqqiyoti avval inkor qilingan yoki haqiqat deb qabul
qilingan ko`plab sir-sinoatlarga, turli hodisalarga aql bilan yondoshib, ularga oz bo`lsada, shubha 
bilan qarab, haqiqiy mohiyatini ochishni, bu orqali inson bilimini musaffolashtirib, yangi
bosqichga ko`tarishni talab qilmoqda. Bugungi kunda shamanlikning ko`plab ochilmagan 
qirralari namoyon bo`lmoqda. Biz buni yuqorida shaman baxshilarning davolash jarayonida,
ularning ruhlar bilan muloqotida, baxshilarning kasallarini davolash jarayonida, ruhlar 
yordamida yo`qolgan buyum, narsa, jonivor va odamlarni topish jarayonlarida ko`rib o`tdik.
SHamanlarning shaman bo`lishdagi o`ziga xos "shaman kasali" ham o`ziga xos ko`rinishga 
egadir. Lekin bugungi kunda shamanlik e`tiqodiga oid ko`plab echilishi zarur bo`lgan
muammolar turibdi. Biz buni shamanlarning shaman kasaliga chalinib, so`ngra shamanlikni 
bo`yniga olganidan so`ng tuzalib ketish jarayonida, shamanlarning homiy ruhlar bilan
muloqotida va shu kabi shamanlik e`tiqodi bilan bog’liq ko`plab ko`rinishlarda uchratamiz. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə