O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə32/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y.
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y. 
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y.
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y. 
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y.
Mavzu: Zardushtiylik dini bilan bog’liq an`ana va marosimlar. 

REJA: 
1. Zardushtiylik dinining paydo bolishi. 
2. Zardushtiylik dinidagi marosimlar.
Dunyoda yangi dinlarni insonlarga etkazuvchi, ijtimoiy-madaniy hayotda va tarixda 

o`chmas iz qoldirgan siymolar ko`p bo`lgan. Shulardan biri Zardushtdir. U eramizdan oldingi


VII asrning oxiri va VI asrning birinchi yarmida Axura-Mazdani yakka-yagona Ilox deb e`lon 
qilib, tarixda birinchi bor vahdoniyat g’oya siga tayangan - zardushtiylik diniga asos solgan.
Zardusht Spitama qavmidan (so`g’diycha Spitamen degan ism ham shundan kelib chiqqan) 
bo`lib, otasini - Purushasp, onasini - Dug’dova deb ataganlar.
Zardushtiylik ini bundan kariyib 3000 yil mukaddam Urta SHark, Urta Osiyodagi 
kupgina davlatlar xududiga yoyilgan va asosiy diniy e`tikodga aylangan. Eramizdan oldingi V-
IV asrlardagi qadimgi yunon olimlarining asarlarida ilk bor Zardushtning nomi uchraydi. 
YUnonlar uni Zoroastra, u asos solgan dinni esa "zoroastrizm" nomi bilan yuritishgan.
Zardushtiylik atamasi dinga nisbatan shartli ravishda ishlatilgan. Bu hol dinni uning 
payg’ambari nomi bilan boglashdir. Aslida Zardusht dini Mazda Yasna deb atalgan, ya`ni
Mazdaga, «Mutloq oqil» zotga sig’inish demakdir. 
Zardushtiylik ta`limotiga ko`ra bu dunyoning boshi bo`lganligi kabi oxiri ham
muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o`lchamida cheksiz emas. Hayot esa yaxshilik va yomonlik, 
rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat o`rtasidagi doimiy va kelishtirib bo`lmaydigan kurashlardan
iborat. Yo’rug’lik, yaxshilik va ezgulik kuchlarini Axura-Mazda va muqaddas ruh "Spenta-
Mayn", qora zulmat kuchlarini esa buzg’unchi ruh Angramanyu (keyinchalik Axriman deyilgan
A.A.) boshqaradi.. Axriman qo`shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik, 
yolg’onchilik kabi jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar kirgan bo`lib
ular olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. Axriman o`limni, qishni, 
sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va hasharotlarni yaratgan. Axura-Mazda esa




77


yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh hisoblangan. Zardusht "Biz Axura-Mazdani ulug’laymiz,
u chorvani, suvni, o`simliklarni va yorug’likni yaratgan" - deb aytadi. Axura-Mazda hayotni va 
dastlabki odamni yaratuvchi iloh deb faraz qilinadi.
Har bir e`tiqodli zardushtiy butun hayoti davomida yuqoridagi uchlikni o`ziga 
mujassam etmog’i kerak. Bu to`g’risida Zardusht: «Madh etaman ezgu fikrat, ezgu kalom ila
ezgu amalni. Jamiy ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalga bag’ishlanaman, jumla yovuz fikrat, 
yovuz kalom va yovuz amallardan yuz buraman" - deb ta`kidlaydi.
Tarixiy manbalar va adabiyotlardan ma`lumki, zardushtiylik dinining asosiy qonun-
qoidalari, axloqiy g’oyasi, falsafasi, urf-odatlari va an`analari ushbu dinning muqaddas kitobi -
»Avesta«da bayon qilingan. 
«Avesta«ning o`n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan yozilganligi to`g’risida qator
tarixiy manba va adabiyotlarda ma`lumotlar mavjud. Ushbu fikrlar hozirgacha qator ilmiy 
nashrlar va maqolalarda ko`p marotoba ta`kidlangan bo`lsada, biz uchun mazkur faktning uch
jihati juda muhimdir. Birinchidan, «Avesta»ning 12 ming qoramol terisiga yozilganligi o`sha 
davrlarda o`lkamizda chorvachilik xo`jaligi juda taraqqiy etganligidan dalolat beradi.
Ikkinchidan, biz bundan bir necha ming yillar oldin ham mamlakatimiz xududida yozuv 
madaniyati bo`lganligi va ajdodlarimizning yuksak rivojlangan hamda nozik hattotlik maktabi
bilimdonlari bo`lganligiga ikror bulamiz. Qolaversa ushbu faktning uchinchi muhim jihati 
shundan iboratki, aynan 12 ming qoramol terisiga muqaddas kitobning yozilganligi, bu davrda
teriga ishlov berish san`at darajasida taraqqqiy etganligidan dalolat beradi. 
«Avesta« nafaqat ko`hna SHarq dini, tarixi va ma`naviyatining ilk yozma merosi tarzida,
balki buyuk umuminsoniy qadriyati hamdir. Unda mazdoparastlik dinining asosiy qoidalari, farz 
va sunnatlari, YAzdoni pokning yakkayu yagona yaratuvchilik qudrati zikr qilinishi bilan birga
milloddan avvalgi ikkinchi ming yillik o`rtalaridan birinchi ming yillik boshlarigacha
o`lkamizda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar ilk davlatchilik an`anlari,
turli ijtimoiy tabaqalar, moddiy olam, xar-xil kasb sohiblarining turmushda tutgan o`rni, dunyo 
va insonning nokomilligi,oilaviy turmush-tarzi va u bilan bog’liq urf-odatlarga oid oid qimmatli
ma`lumotlar mavjud. Zardushtiylik ta`limotiga ko`ra bu dunyoning boshi bo`lganligi kabi oxiri 
ham muqarrar, ya`ni borliq, vaqt, zamon o`lchamida cheksiz emas. Hayot esa yaxshilik va
yomonlik, rost va yolg’on, yorug’lik va zulmat o`rtasidagi doimiy va kelishtirib bo`lmaydigan 
kurashlardan iborat. YOrug’lik, yaxshilik va ezgulik kuchlarini Axura-Mazda va muqaddas ruh
"Spenta-Mayn", qora zulmat kuchlarini esa buzg’unchi ruh Angramanyu (keyinchalik Axriman 
deyilgan) boshqaradi. Axriman qo`shinlariga devlar, oldingi xudolar, hasad, yalqovlik,
yolg’onchilik kabi jonlantirilgan yomon tushunchalar, yovuz kuchlar va jodugarlar kirgan bo`lib 
ular olovga, erga, suvga, chorvaga ziyon etkazishga harakat qilganlar. Axriman o`limni, qishni,
sovuqni, jazirama issiqni, zararli hayvonlarni va hasharotlarni yaratgan. Axura-Mazda esa 
yaxshilik, sog’lik, baxt keltiruvchi iloh hisoblangan. Zardusht "Biz Axura-Mazdani ulug’laymiz,
u chorvani, suvni, o`simliklarni va yorug’likni yaratgan" - deb aytadi. Axura-Mazda hayotni va 
dastlabki odamni yaratuvchi iloh deb faraz qilinadi.
Endi esa tadqiqotning asosiy muammosi zardushtiylik urf-odatlari va marosimlarini 
hada ularning o`zbek halqi an`anaviy turmush -tarzida islomiy an`analar bilan sinkretik tarzda
saqlanib kelayotgan ko`rinishlarini tahlil borasida kengroq to`xtalib o`tamiz. 
«Avesta« ning ko`p o`rinlarida oila, oila a`zolari va oila boshlig’ining vazifasi va
majburiyatlari, oilada nikoh munosobatlari turli o`rinlarda, har-xil munosabatlar bilan mahsus 
bayon qilingan.
Zardushtiylar bir necha asrlar davomida ruhoniylar kuzatuvi ostida o`zlarining urf-odat va 
marosimlarini shakllantirganlar. Zardushtiylar yil fasllari bilan bog’liq bayramlar, Navro`z, oylar
bayrami, ajdodlar e`tiqodi, turli duolar aytish, poklanish marosimlari, o`smirlarni zardushtiylikka 
qabul qilish (sidrapo`shlik
bog’lash) va boshqa zardushtiylik 
tantanalari muhim rol’ o`ynagan. Bundan tashqari zardushtiylarda nikoh marosimi, bola
tug’ilishi va dafn bilan boglik kator marosimlari ham mavjud bo`lib, bularda asosan yaqin 
qarindoshlari, shahar va qishloqning hurmatli kishilari bilan birga ruhoniy ham ishtirok etgan.




78


Zardushtiylik marosimlari sirasiga kundalik ibodat ham kirgan.
Zardushtiylar jamoasi orasida nikoh bir umrga muhrlangan, bir erkakka ikki ikki nikoh 
yoki vaqtincha nikoh mumkin bo`lgan emas. eru xotinning bir-biriga xiyonati qattiq qoralangan,
begona erkak bilan juftlashgan ayol badnom qilingan, jazolangan va nikohdagi eru uchun 
«harom« hisoblangan. «Avesta«ning Vendidot qismining to`rtinchi fargatida «kimning xotini
bo`lsa, u xotinsiz va dunyodan farzandsiz o`tayotgan kimsadan yaxshiroqdir».-deb ta`kidlanadi. 
Zardushtiylar tasavvuricha o`lim - bu yomonlik ifodasi, kasallik va o`limni keltiruvchi
serjahl xudo Axrimandir. Qazo qilgan odamning tanasi harom hisoblangan. SHu bois 
zardushtiylar o`zlarining dunyodan o`tgan yaqinlarini erga ko`mishmagan, olovda ham
kuydirishmagan, suvga ham tashlashmagan. Balki, zardushtiylik marosimlariga muvofiq 
o`limdan so`ng uch kechayu-kunduz o`likning ruhi narigi dunyoga etib borgunicha, maxsus
xonaga qo`yilib, pok narsalardan ma`lum masofa uzoqlikda saqlangan. Bunda olovdan o`ttiz 
qadam, suvdan o`ttiz qadam uzoqlashtirilgan va hatto yaqin qarindoshlaridan ham chetlatilgan.
SHu bois marhumlarga o`lik xizmatchilari - "nasasalar"gina (nasu - bu o`lim ifodasi, o`limni 
SHimoldan uchib kelgan pasha olib keladi, deb faraz qilingan) shug’ullanganlar Umuman
olganda zarudshtiylarning o`limdan keyingi ikkinchi hayot to`g’risidagi kontseptual qarashlari 
garchi Gohlar (gatlar) da uchramasada «Vendevdot» qismida juda yaxshi bayon qilingan.
«Vendidod»da bayon qilinishicha, marhumlarga tegib makruh bo`lgan kiyimlarni quyosh 
nurida poklash lozim bo`lgan. Farg’ona vodiysi bo`ylab olib borgan dala tadkiqotlarimiz
jarayonida biz shunga o`xshash odatni ko`plab kuzatdik. Jumladan, Namangan viloyatining 
Kosonsoy, CHust, Pop, Yangiqo`rg’on tumanlarida dafn marosimi vaqtida marhumni
qabristonga olib borishda ishlatilgan ko`rpa, yostiq, ko`rpacha, palak kabi narsalar qabristondan 
qaytib kelinganidan so`ng bir kecha-kunduz yulduz ko`rsin deb tashqariga osib qo`yilgan.
Vodiyga qo`shni bo`lgan Toshkent viloyatida shahrida esa marhumni qabristonga olib borishda 
ishlatilgan ko`rpa, ko`rpachalar bilan birga marhumning kiyimlari ham yulduz ko`rsin deb
tashqariga yoyib qo`yilgan. Biz bunda osmon yoritgichlari 

oy, yulduz va quyoshning 

poklovchilik xususiyatiga bo`lgan ishonchni kuzatamiz. Qolaversa, bu odat ham qaysidir


ma`noda zardushtiylik an`analari izlaridan bo`lsa kerak. 
Zardushtiylarning dafn marosimlarida koxinlar va marhumning qarindoshlari uch kecha-
kunduz davomida zardushtiylarning maxsus duolarini o`qib turganlar. Marosimlar davomida suv 
ichish va ovqatlanish ma`n etilgan. To`rtinchi kun boshlanishi bilan, o`likning ruhi narigi
dunyoga uchib ketganidan so`ng murda shahar, qishloq qo`rg’onlaridan chetdagi tepalik yoki 
tog’u toshlarga chiqarib, ochiq qo`yilgan. Murdalarning suyaklari qushlar, yirtqich hayvonlar
tomonidan etidan tozalangach, "nasasalar" zardushtiylarning ochiq qabristonlariga kelib, 
suyaklarni maxsus xumchalar yoki sopoldan yasalgan qutisimon idishlarga yig’ib, "naus" deb
ataluvchi maxsus maqbarada saqlashgan. Yilda ikki marotaba bahorgi Navro`z va kuzgi Mehrjon 
bayramlarida ota-bobolari arvohlariga atab, is chiqarib, sadaqa va qurbonliklar qilishgan.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek, zardushtiylar tasavvuriga ko`ra, inson vafotidan so`ng 
uning ruhi uch kun jasad atrofida bo`ladi va to`rtinchi kuni ertalab quyoshning zarrin nurlari
ostida mayin shabadalar bilan samoviy olamga parvoz etadi. U olamda CHinvot deb atalgan 
ko`prik bor. U jahannam ustidan o`tkazilgan bo`lib Mehr, Surush va Rashna nomli yazdonlar
(farishtalar) bu ko`prik yonida ko`z-quloq bo`lib turadilar.o`limdan so`ng marhum ruhi bilan 
o`tkaziladigan savol-javob jarayonida Haqiqat ilohi Roshnu ularni tarozida salmoqlab ko`radi.
Tarozining bir pallasiga ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amallar boshqa pallasiga esa yovuz fikrat, 
yovuz kalom, yovuz amallar qo`yiladi. Agar ezgulik yovuzlikdan ziyodlik qilsa, marhum ruhi
jannatga, Axura-Mazdaning yorug’lik maskaniga parvoz qiladi, aks holda tubanlikka 

Axriman 

va devlar jamiyatining mashaqqatli domiga tushib ketadi. Zardushtiylar tasavvurida do`zax


abadiy muzlik, sovuq joy ko`rinishida bo`lgan. Agar kishining yaxshi va yomon ishlari baravar 
kelsa ruh aralash joy "mivson tatu"ga ketadi. Bu erda na xafalik va na xursandlik bor, jon noxush
kun kechiradi. Ularning tasavvurlariga ko`ra ming yilliklardan so`ng hamma tiriladi va so`nggi 
sud bo`ladi. Ya`ni tog’dan oqib tushayotgan olovsimon erigan ma`dan daryosidan insonlar ruhi
birin - ketin o`tadilar, undan yaxshilar beziyon qutuladilar, hamma gunohkorlar, yomonlik va 
yovuzlik xudosi Axriman bilan birga halok bo`ladilar. Dunyoda abadiy baxtli hayot boshlanadi.




79


«Avesta«da doimiy badantarbiya bilan shug’ullanish, kunda yuz qo`lni bir necha marta
yuvish, qo`lni yuvmasdan turib tananing boshqa joyini ushlamaslik, sochni toza tutib tirnoqlarni 
tozalab turish maslahat berilgan. Chunonchi, «Vendidot«ning 17-bobida shaytonning najosati
to`planadigan va kesib tashlanadigan tirnoq va sochni nima qilish kerakligi to`g’risida yo`l-
yo`riq beriladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə