O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə28/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

bag’ish, bahrin, ovshin, bug’un, boybo`ri, guvalak, ilonli, kaltatoy, kojar, kerayit, kiyikchi, javli, 

olchin, sari, toyloq, tulki, tulga, to`pichoq, enaka, esaboy, yobi-yobu, chovgan, chuvalay, qarg’a, 

qiyg’ochli, qorabura, qoralochin, qoraqush, qoraqo`yli, qoraqursoq, quyin, qo`zichi, qo`zichi, 

qo`ng’irot, qo`chqorquloq kabi 40 yaqin turkiy etnonimlarning totemik e`tiqodlar bilan
aloqadorligi aniqlangan.
Darhaqiqat, qadimgi turkiy etnonimlarning ko`plari asosan qush, hayvon nomidan iborat
bo`lib, totemni bildirgan. Jumladan, qadimgi turkiy yodnomalarda bunday totemlarni ko`plab 
uchratish mumkin. Qadimgi turkiy urug’lardan biri barloslarning nomlanishi ham totem bilan
bogliq bo`lib, ham yo`lbars (sher), ham burgutni bildirgan. Barloslar Qashqadaryo viloyati 
Kitob, SHahrisabz, Sariosiyo tumanlarida Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov tumanlarida
yashashadi. SHuningdek, o`zbeklarda barqut degan urug ham bo`lgan. Qolaversa, mug’ullar 
orasida ham barga, barlag degan qabilalar borligi ma`lum.
Turkiy uruglardan yana biri bahrin urug’ining kelib chiqishi ham totem bilan bog’liq 
bo`lib, qush nomini, ya`ni lochinning bir turini anglatgan. Bahrinlar XII-XIV asrlarga qadar




63


Dashti qipchoqda yashaganlar va XVII-XIX asrlarda O`zbekistonning Gargona vodiysiga va
Zarag’shon vohasiga ko`chib o`rnashganlar. Qadimda bahrin urug’iga mansub kishilar uchun 
bahrin totem, qabilaning muqaddas jonzoti bo`lgan va unga sig’inilgan, keyinchalik esa qabila
nomiga aylangan]. 
Totemning tasviri uylarga, ashyolarga va mozorlarga qo`yiladi. Odamlar badanlariga
ham totemlarning rasmini solar edi. Bora-bora totem xisoblangan hayvonning yaratuvchi va 
asrovchisi haqidagi diniy e`tiqodlar zaig’lashgan va o`rnini milliy tushunchalar egallagan.
SHundan keyin u hayvonning butun tanasi yoxud bir a`zosi ko`plarning yalovlarida va 
tamg’alarida milliy ramz, tarixiy bir yodgorlik bo`lib o`rin oladi.
Qadimgi turkiy xalqlarda har bir urugning o`zini muqaddaslashtirilgan hayvoni - o`nguni 
bo`lgan. O`ngun deb topinilgan hayvonning go`shti eyilmagan, unga o`q otilmagan, aslo
ranjitilmagan. 
Totem bilan o`ngun o`rtasida g’arq shundaki, totemizmda qavmlar o`zlariga
totemlarning nomini beradilar, bu qavm ichida biri boshqasiga uylanmaydi. o`ngunlarda esa 
bu shartga amal qilinmaydi.
Xalqimiz hayotidagi totemizmning o`rni va salohiyatini, umuman xalqimizning totemistik 
qarashlarini tahlil qilar ekanmiz, shuni ham ta`kidlash lozimki, turkiy xalqlarning totemistik
qarashlari asosan ikki yo`nalishda taraqqiy etgan. Birinchisi, qondosh ajdod boshi bobokalon 
totemlar. Ikkinchisi, insonlarga homiy do`st, hayvon va o`simliklar to`g’risidigi qarashlar
majmuidan iborat. O`zbek asotir (mig’ologiya)larida keng tasvirlangan ajdod boshi totemlaridan 
biri bo`ridir.
Bo`ri. O`tmishda juda ko`p urug’ qabilalar bo`rini o`z totemi - ilk ajdodi deb bilganlar.
Jumladan, qadimiy ag’sonalarda bo`ri turkiy qabilalardan bir qismining buyuk ajdodi sig’atida 
ulug’langan va shu bois turkiy xalqlarda bo`ri muqaddas hayvon sanalgan. Bo`ri totem sig’atida
qabul qilingach, ota-ona kabi xaloskor, yo`l ko`rsatuvchi, qahramonlarga yordam beruvchi, 
shavkatli, jasoratli, yaxshiliksevar yaratiq sig’atida tanilgan. Bundan tashqari, xalqimizning bo`ri
bilan bog’liq ag’sona va rivoyatlarida bo`ri insonlarni barcha kulg’atlardan, kasalliklardan va 
yovuzliklardan saqlovchi homiy himoyachi sig’atida ham tasvirlanadi.
XI-XIII asrlarning noyob tarixiy obidasi "O’g’iznoma"da bo`riga sig’inish bilan bog’liq 
tasavvur va rivoyatlar talaygina. Undagi ma`lumotlarga ko`ra, O`gg’zxon kul rang bo`ridan
tug’ilgan turkiylarning agsonaviy bobokoloni hisoblangani bois o`g’izlar kul rang erkak bo`riga 
topinishgan. Shu bois O`g’izxonning jangovar chaqirig’i-uroni sig’atida ko`k bo`ri qabul
qilingan. Qolaversa aynan X-XI asrlarda o`g’iz-qipchoqlarning asosiy totemi oq bo`ri 
hisoblangan.
Qadimgi turkiy xalqlar ona bo`riga hurmat yuzasidan o`z yalovlarini oltin boshli bo`ri 
tasviri bilan bezaganlar. Bundan tashqari oltindan qilingan bo`ri boshi tamg’asi turkiylar
bayrog’ida ham aks etgan. Bayroqdagi tasvirning oltin sig’atida turkiylar ilk ajdodini o`zga olam 
- osmon bilan bog’laganliklari ramzidir. Boyko`l atrog’i, enasoy, Irtish daryolari atrogida
yashovchi turkiy xalqlar Mo`g’uliston, Manjuriya hududiga hujum qilib, u erlarni ham egallaydi. 
Bu tarqalish asosida keyinchalik bo`ri tasviri mog’ullar bayrogiga ham ko`chadi. Mog’ul
ag’sonasiga ko`ra, Chingizxon ham kulrang bo`ridan kelib chiqqan ekan. 
Bo`riga topinish izlari o`zbek halqining turli urg’-odatlarida, irimlarida bugungi kungacha
ma`lum darajada etib kelgan. O`zbek xalqi orasida yangi tug’ilgan chaqaloqning hayotini bevaqt 
o`limdan va turli balo-qazolardan asrash bilan bog’liq o`tkaziladigan qator urg’-odatlarda bo`ri
totemi bilan bogliq rasm-rusumlar qadimgi turkiy xalqlarning totemistik ko`rinishlaridagi 
qarashlari bilan to`la-to`kis mos keladi.
Bo`ri timsoli totemining oila va g’arzand tushunchalari bilan bog’liqligini Garg’ona 
vodiysida garzandsiz ayollarning bo`ri tishini taqib yurishida ko`ramiz. Andijonliklar tug’ilishni
osonlashtirish maqsadida bo`lg’usi onaga quritilgan bo`ri yuragidan oz miqdorda edirilgan yoki 
bo`ri payini to`lg’oq tutgan ayol ko`rpasining o`ng tomoniga qo`yishgan. Garzand dunyoga
kelgandan so`ng esa u etti kun davomida saqlab turilgan. So`ngra bo`ri payini olib uyga yoki 
chaqaloq beshigiga osib qo`yilgan. Agar oilada g’arzand turmasdan yoshligida vag’ot etaversa




64


bo`riga umr beruvchi sig’atida ishonilib, g’aarzandi vag’ot etgan ayolni bo`ri terisiga o`raganlar.
Bundan tashqari bo`ri tanasining turli a`zolari ham himoya vositasi sig’atida bolalar beshigiga 
osib qo`yilgan. Surxondaryo viloyatida yashovchi qo`ng’irot o`zbeklarida bo`ri tishi, tirnog’i va
etining parchasini bola boshiga himoya vositasi sig’atida osib qo`yish odati bo`lgan. Umuman 
olganda bo`ri tumorlaridan himoya vositasi sig’atidan g’oydalanish o`zbek xalki turmsh tarzida
keng tarqalgan. 
O`zbekistonda bo`ri tumorlarini nagaqat yosh bolalarga taqilgan, balki katta yoshdagilar
ham taqib yurganlar. Turkiy barloslar o`zlari bilan birga bo`ri oshig’ini olib yurganlar. Garg’ona 
vodiysi o`zbeklarida erkaklar bo`ri tirnogi va tishlarini osib yurish bilan birga yomon ko`zdan
asraydi deb bo`ri terisini taglariga solib o`tirganlar. 
Vodiy axolisi orasida bo`ri tanasidan qilingan tumorlarni sotish ta`qiqlangan bo`lib, uni
sovg’a qilish mumkin bo`lgan.
Bunday tumorni ayol kishiga sovga qilinsa, bu ayol ham sovg’a uchun sova bilan
siylagan. YA`ni, u buning evaziga sovg’a qilgan odamga belbog’ yoki do`ppi tikib bergan. 
Gikrimizcha, bu odat qadimgi egzogamik (o`z qabilasidagi, urug’idagi kishiga uylanish yoki
erga tegishni man qiluvchi) nikoh bilan bog’liq bo`lsa kerak. 
Andijonlik qipchoqlarda qo`rquvni, ruhiy hayajonni bo`ri oshigi solingan suvni ichish
bilan davolangan. Bu erlik qirg’izlarida esa bo`ri tirnog’idan yasalgan bilaguzuk taqish orqali 
badandagi toshmani (qichitqini) davolashgan. Qichituvchi toshmaga bo`ri dumini surtish bilan
davolash usuli qo`ng’irot o`zbeklarida, qozoqlarda va tatarlarda keng kullanilgan. Samarqandlik 
o`zbeklarda baxshilar kasallarni davolash jarayonida azoblangan shaytonni quvish maqsadida
kasalning boshiga bo`ri panjasi yoki tirnog’i bilan chiziq chizganlar
.
Bo`ri tishi tekkan jonivorlar go`shtini eyish kelin-kuyovlar, beg’arzand ayollar uchun 

g’oydali hisoblangan.


O`zbek xalki orasida azaldan bo`rini o`ldirish aslo yaxshilik keltirmaydi-degan qarash 
bo`lgan. Qolaversa islom dini ta`sirida turkiy xalqlarda o`rnashib qolgan bir e`tiqodga ko`ra,
"bo`ri Hazrati Alining itidir, uni o`ldirgan zarar ko`radi"-degan tasavvur bo`lgan]. Qolaversa 
o`zbeklar orasida ishi yurishgan odamga nisbatan «bo`ri ko`rgan» iborasi ishlatiladi.
Alpomishning otasi Boybo`ri kabi, Bo`ri nomini tashuvchi shaxslar qadimgi Urxun 
yozuvlarida ham uchraydi. XI asrning mashhur tilshunosi Mahmud Qoshgariy "boy" so`ziga
"
urug’", "qabila", "jamoa" deb izoh beradi. Demak, biz bundan shuni ko`ramizki "Boybo`ri" - 

"Bo`ri qabilasi", bo`riga topinuvchi urug’ degan ma`noni anglatadi. SHu sababli Boybo`ri


qadimgi turkiy urug’lardan birining nomi bo`lib, keyinchalik ismga, eponimga aylangan. 
Qolaversa, o`zbeklar orasida keng tarqalgan Bo`ri, Bo`rivoy, Bo`ritosh, Bo`rigul kabi ismlar ham
asli bo`ri totemi bilan bog’liq bo`lsa kerak. CHunki kishi ismlari tarixi insoniyat tarixi
etnograg’iyasi bilan bevosita bog’liqdir.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə