O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti


Tabiat bayramlarini shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə26/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Tabiat bayramlarini shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin: 
Birinchi tur bayramlar tabiatning qonuniyatlariga bevosita boqliq bo’lib, o’zi bayram 
holatini yarata oladi. Bahorda dalalarga chiqib uyushtiriladigan lola sayli, yoz mavsumidagi
"oltin yoz" va ko’zni tarannum etuvchi "oltin kuz", qish faslidagi "kumush qish" kabi bayramlar 
bevosita tabiatdagi o’zgarishlar bilan boqliq.
Ikkinchi tur tabiat bayramlari inson mehnatiga asoslanadi. Ular insonning tabiatdan 
foydalanishi, uni o’zlashtirish uchun qilinadigan mehnati natijasida hosil bo’ladi. Dehqonlar o’z




56


mehnatlari samaralarini yiqib bo’lganlaridan keyin nishonlanadigan "qovun sayli", "uzum sayli",
"olma sayli", "hosil bayrami" kabi an'analarda tabiat inson mehnati bilan chambarchas boqlanib 
ketadi. Respublikamiz hududida ayniqsa bahorni kutish, hosil yiqishga oid mehnat va tabiat
bayramlari qadim zamonlardan rivoj topgan. Shuningdek, odamlar hayoti va mehnati bilan 
bevosita boqliq bo’lgan ovchilik, chorvachilik, va tabiatni o’zlashtirishga oid marosim va
bayramlar shakllana boshlagan. Biroq ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning tabiat mo’'jizalarini 
tushunmasligi va tabiat sirlarining iloxiy kuchlarga boqlashi nataijasida mehnat bayramlari bilan
bir qatorda "tabiatning ilohiy kuchiga siqinishi", "yomqir tilash kabi diniy marosimlar ham 
vujudga kela boshladi" .
O’zbekiston hududidagi xalqlarning yil fasllariga baqishlangan ko’plab kalendar 
bayramlari bo’lganligi haqida Abu Rayhon Beruniy asarlarida ma'lumotlar bor. An'anaviy tabiat
bayramlari orasida, ayniqsa, bahor bayramlari O’zbekiston hududida keng nishonlanadi. Ular 
o’rtasida tabiatning eng go’zal mahsuli - gulga baqishlangan sayillar alohida o’rin tutadi. Navoiy
oblastining Nurota rayonida qir-adirlarda gullar ochilgan mahalda "qizil gul sayli", Farqona 
vodiysida "lola sayli", Samarqandda mevali daraxtlar, jumladan, beqi gullaganda "beqi guli
sayli" ("sayli guli beqi"), Zarafsqon vodiysida "boychechak gulgardoni", Buxoroda gullar 
ochilib, bulbullar sayraydigan vaqtda - "gulgardoni bulbulxon" ("bul-bul qo’shiqi") kabi
bayram sayillari uyushtirilgan . 
O’rta Osiyo xalqlarining qadimdan to hozirgi kungacha nishonlanib kelayotgan
bayramlaridan biri, bu -hosil mavsumining boshlanishi, ya'ni yangi yil kirishi, kecha va 
kunduzning tenglashgan vaqtida o’tkaziladigan eng yirik bayram "Navro’z"dir. Navro’z qachon,
qanday vujudga kelgan va kim tomonidan joriy qilinganligini aniq aytish qiyin bo’lsada, bu 
bayramni buyuk va dono xalqimiz o’ylab topgani ravsqandir. Chunki Navro’z koinot va tabiat
qonuniyatlarini hisobga olingan holda joriy etilgan. Chunonchi, quyoshning hamal burjiga
kirishi, kecha va kunduzning vaqt jihatdan barobar bo’lishi, kunduzning uzaya bosqlashi,
yoruqlikning ko’payishi, bahorning boshlanishi, tabiatning jonlanishi navro’z deb qabul
qilingan Navro’z -"yangi kun" degan ma'noni bildiradi .
Navro’z eski quyosh kalendari hisobida Farvardin oyining boshlanishiga (hozirgi 22 
martga) to’qri keladi. Bu kun "Kichik Navro’z" deb atalgan va shu kundan boshlab, tabiatdagi
hamma narsa hamalga kiradi, deb hisoblangan. Beruniy "qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar" nomli kitobida qimmatli ma'lumotlar qoldirib, unda kichik bayram farvardin
oyining oltinchi kunigacha davom etganligi
ta'kidlanadi. Farvardin oyining oltinchi kunidan "Katta Navro’z" boshlangan .Ba'zi
tarixiy manbalarda Navro’z bayrami Ahmoniylar davridan (mil. av. 530-330 yillar) boshlab 
butun O’rta Osiyo, Eron va Afqonistonga keng tarqalgan va an'anaga kirgan, degan taxminlar
bor. Grek-Makedon va Arab istilosi davrlarida Navro’z nishonlansada, u podsho saroylarida, 
amaldorlar va din ahli davralarida rasmiy bayram hisoblanmagan.
Arablar VII asrda, mo’qullar XIII asrda O’rta Osiyo xalqlariga o’z ideologiyasini 
singdirisq bilan bir qatorda xalq an'analari, jumladan, Navro’zni ham ta'qiqlashga harakat qilib,
uni nisqonlashga qarshi qattiq kurash olib borishgan. Boy tarixi va xalqda bayramni 
o’tkazishning o’ziga xos tartib-qoidalariga ega bo’lganligi uchun Navro’zni ta'qiqlash mustabid
hukmdorlarning qo’lidan kelmagan . qovlijoylarni tozalash, ko’kat va gullar ekish, ota-ona, yoru 
do’stlarni yo’qlash, marhumlarning qabrini ziyorat qilish kabi odatlar Navro’z bayramining
tarkibiy qismiga kirgan.
Ma'lumki, o’rta asrlarda O’zbekiston hududining turli joylarida Navro’z har xil tarzda
uyushtirilgan. U 3 kundan to 15 kungacha nishonlangan. Navro’z odatda bozorga yaqin 
joylarda, katta maydonlarda, shahar chekkalaridagi sayilgohlarda uyushtirilgan. Bayramning
birinchi kuni quyidagicha bo’lgan: ertalab dorbozlar va polvonlarning chiqishlari, kun o’rtasida - 
muzikachilar, hofizlar va boshqa san'at-korlarning ijrolari, kechki payt esa sayillar, xalq
o’yinlari, bazmlar uyushtirilgan. Navro’z bayrami tarixi qiziqarli o’tadigan xalq tomoshalariga 
bilan boqliq bo’lgan. Masxaraboz va qiziqchilar tomonidan ijro etiladigan o’zbek milliy o’yinlari
orasida minglab kishilarga mo’ljallangan, maydonlarda o’tkaziladigan katta tomoshalar bo’lgan. 
Bunday tomoshalar Farqonada - "Katta masxarabozlik", Buxoroda - "Chavqi", Xorazm-da -




57


"Xatarli o’yin" nomi bilan yuritilgan. Navro’z kunlari katta bozorlarda savdo-sotiqlar tashkil
qilingan va eng shirin taomlar tayyorlangan. Navro’z taomlari orasida sumalak alohida o’rin 
tutadi. Chunki sumalakni tayyorlash sayil sifatida shakllanib, bahor bayramining muhim tarkibiy
qismlaridan biriga aylanib ketgan.
Sumalak sayli kishilarda qadimdan o’zaro ahillik qissiyotini tarbiyalab kelgan. Chunki
sumalak tayyorlanadigan joyga barcqa kishilar bir-bir xovuchdan don olib kelishgan, birgalikda 
taom pishirishgan, bir qozondan tayyorlangan ovqatdan hammalari baham ko’rishgan. Sumalak
sayli asosan ikki marosimdan tarkib topadi: 1) sumalakni tayyorlash; 2) sumalakxo’rlik qilish. 
Sumalak sayli an'anaviy marosim bo’lib, asrlar osha nishonlanib, mazmunan boyitib
kelinayotgan xalq bayramlaridan biridir. U hozirgi kunda ham kishilar o’zaro hamkorlik, do’stlik 
va birodarlikka chorlaydi. Navro’z dalalarda mehnat mavsumining boshlanishiga baqishlangan
bayram hamdir. Uning oxirgi kuni - dehqonlarning yerga uruq qadashlari munosabati tufayli 
o’tkaziladign marosim, tantanalar bilan yakunlangan. Bu marosim turli joylarda turlicha: "qamal
sayli", "Ekin sayli", "qo’sh oshi" deb nomlangan. O’zbekistonda qadimdan tabiatning uyhonishi, 
dalalarda mehnat mavsumining boshlanishidan dalolat beruvchi va xalq tomonidan keng
nishonlanuvchi Navro’z sovet hukmroligi davrida ta'qiqlarga uchradi .
80- yillar o’rtalarida Navro’z sun'iy tarzda "Navbahor" bayramiga aylantirildi.
O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan "Navro’z" bayramini umumxalq shodiyonasiga 
aylantirisq borasida bir qator tadbirlar ko’rildi. 1991 yildan boshlab mamlakatda Prezident
Farmoniga ko’ra, 21 mart -Navro’z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. 
Navro’zning yana bir ajoyib xislati bor: uning ochilisq marosimini ko’rish mumkinu, ammo
bayramning yopilishini sezish amri mahol, chunki u ko’chalar va uylarda uzoq davom etadi. 
Navro’z har bir kishining qalbida bir yilga yetadigan yorqin taassurot, tetiklik qoldiradi. Navro’z
bayramidan keyin odamlar bardamlashgan va kuch-quvvatga to’lgan qolda ishga kirishadilar.
Dunyodagi barcha xalqlarda ham tabiatning mo’jizasi gul-go’zallik, do’stlik, muhabbat
ramzini bildiradi. Insoniyat bayramlarining hecq biri gulsiz o’tmaydi va gul bilan boqliq urf-
odatlar deyarli barcha xalqlarda bor. Qadimdan respublikamizning turli xududlarida gul
sayillarini -"Lola sayli", "Sumbula sayli", "qizil gul sayli" kabi nomlar bilan nishonlab 
keladilar.
An'anaviy gul (lola) sayillari va zamonaviy gul bayramlari kelib chiqishi jiqatidan 
ma'lum ma'noda bir-biridan farq qiladi. An'anaviy gul (lola) sayillari bahor faslida tabiat
qo’ynida uyushtiriladi, zamonaviy gul bayramlari yozda, shahar va qishloqlar gullarga 
burkangan bir paytda, madaniyat va istirohat boqlarida o’tkaziladi. Gul sayillari qadimdan
an'anaviy tarzda o’tkazilib kelingan.
Qizil gul sayli. Bu asosan mart oyining oxirlarida Xorazm va Buxoro oblastlarida o’ziga
xos qiziqarli shakllarda uyushtiriladi. Sayil o’tkazilayotgan qishloqlar va sayilgoqlarda odamlar 
ko’tarinki kayfiyatda bo’lib, u yerda kuy va qo’shiqlar yangraydi, raqsga tushishadi. Keng
maydonlarda masxarabozlar, dorbozlar tomosha ko’rsatishadi, ishqibozlar xo’roz, qo’chqor, 
tuyalar urishtirishadi, uloq o’yinlari tashkil qilishadi. Buxoro va Xorazmda o’tkaziladigan gul
sayillaridan shu narsa yaqqol ma'lum bo’ladiki, ular deyarli diniy elementlardan xoli bo’lib, 
haqiqiy xalq sayillari sifatida uyushtirilgan. Hozirgi kunda qizil gul sayli ma'lum ma'noda
zamonaviylashib, xalqning dalalarga chiqib mazmunli dam olishi va ma'naviy hordiq chiqarish 
shakliga aylangan.
Sumbula sayli. Bu bayram ham bahorda, toq yonbaqirlarida turli gullar, jumladan, 
sumbullar yashnagan vaqtda o’tkaziladi. Tabiat go’zalliklarining birlashgan joyi: bir tomoni toq,
ikkinchi tomoni suv (ko’l, daryo, soy), uchinchi tomoni o’rmondan iborat sayilgohlar dam olish, 
tabiat chiroyidan bahramand bo’lish uchun qulay joy hisoblanadi. O’zbekistonda bunday
manzilgoqlar kam emas. Masalan, Chust rayonidagi Toshqo’rqon ana shunday tabiny 
go’zalliklari tutashgan joy. Baland toqlar, oppoq qorlardan hosil bo’lgan q’ova soyi va uning
atrofidagi yovvoyi mevali daraxtlar, turli qushlar va hayvonlar yashaydigan o’rmonzorlar sayil 
qilish uchun eng qulay joydir. Qadimdan o’tkazib kelinayotgan sumbula sayli hozirgi kunda
yangi, zamonaviy tarzda may bayramlariga boqlab o’tkazilmoqda.
Lola sayli. Bu qir-adirlarda lola qiyqos ochilgan paytlarda shahar va qishloqlar aqli




58


dalalar va boq-roqlarga jamoa bo’lib chiqib nishonlaydigan bayram (o’ziga xos "mayovka")dir.
Lola sayli gul sayillari orasida keng tarqalgan. Qadimdan mavjud bu bayramlarda progressiv 
fazilatlar ko’p, diniy elementlar esa kam bo’lganligi bilan xarakterlidir. Etnograflarning
ma'lumotlariga qaraganda, "Lola sayli" bayramini xalq tomonidan saylangan "Lolachilar" 
boshqarganlar. Bu o’ziga xos marosim maxsus aytiladigan qo’shiqlar, tomoshalar, o’yinlarga
boy bo’lib, butun aholini sayilgoh tomon yo’llashdan boshlangan. Xalqdan meros bo’lib 
kelayotgan an'anaviy gul sayillariga munosabat hozirgi kunda yangicha mazmun bilan boyidi.
80 -yillarda "Lola sayli" aprel oyining ikkincqi yarmida O’zbekistonning ko’pgina 
joylari, jumladan, Toshkent viloyatining Bo’stonliq, Parkent, Keles rayonlarida, shuningdek,
Farqona vodiysi, Samarqand oblastining toqli rayonlarida shanba va yakshanba kunlari 
uyushtirilgan."Yomqir chaqirisq" marosimida odamlarning hayotiy istaklari aks etsada,
kishilarning tabiat injiqliklarining tub sabablarini bilmasliklari, ularning oldini olisqh cqoralarini 
topishga ojizliklari tufayli paydo bo’lgan. Suv bilan boqliq xalq an'analaridan yana biri bahor
payti kunlar isib, soylar, daryolar, ariqlar suvga to’lganda ilk bor cho’milisq munosabati bilan 
vujudga keladigan marosim diqqatimizni tortadi. Maxsus adabiyotlarni o’rganish natijasida "suv
sayli"ning ko’pgina Sharq xalqlari, jumladan, Kavkaz xalqlari (arman, adjar va boshqalar)da 
keng tarqalgani ma'lum bo’ldi.
Keyingi vaqtlarda O’zbekiston territoriyasining ba'zi toqli va suv havzalari bor joylarida 
qadimdan utkaziladigan "suv sayli" haqidagi qiziqarli ma'lumotlar topilmoqda .qishloq xo’jalik
ishlari bilan mashqul barcha kasb egalari - paxtakoru boqbon, qallakor, sabzavotkoru 
pillakorlarning hayoti va mehnatiga baqishlangan an'analar ichida qosilniyiqisqtirib olish
munosabati bilan o’tkaziladigan alohida marosim va bayramlar bo’lgan. O’zbek mirishkor 
dehqonlarining ma'lum qismi qadimdan poliz ekinlari bilan shuqullanganligi tufayli, ularning
hayoti va mehnati bilan boqliq, o’ziga an'analari va bayramlari bo’lgan. Xususan, poliz 
mahsulotlari pishganda yillik hosilni yiqisqtirib olish munosabati bilan o’tkaziladigan qovun
sayli bunda aloqida o’rin tutadi. Oktyabr inqilobidan keyin, qovun sayllari yirik umumxalq 
bayramlari sifatida nishonlandi. 60- yillarda Toshkentda madaniyat va istiroqat boqi
xodimlarining tashabbusi bilan qovun saylining zamonaviy an'analariga boy yangi shaklda 
uyushtirildi va bu tajriba respublikamizning ko’pchilik oblastlariga keng yoyildi .
Zamonaviy qovun sayli O’zbekistondagi hosil bayramlarida o’ziga xos o’rin tutib, poliz 
mahsulotlari pishganda (avgust oyining oxirlarida) keng nishonlana boshlandi. Shuni alohida
qayd etish kerakki, agar poliz mahsulotlari - qovun, tarvuzlardan mo’l hosil etisqtiriladigan 
joylarda qovun sayli o’tkazisq an'ana tusini olgan bo’lsa, asosiy mahsulot sifatida uzum
yetisqtiriladigan joylarda "Uzum sayli" (masalan, Urgutda), anor yetisqtiriladigan territoriyalarda 
"Anor sayli" (masalan, quvada), boqdorchilik, xususan olma yetishtirish bilan mashur bo’lgan
rayonlarda "Olma sayli" (masalan, Namanganda) va hokazo bayramlar o’tkazish odat tusiga 
kirgan. Mirishkorlar hosil yiqim - terimi so’ngida yoki erta kuzda ishni tugatib, o’z bayramlarini
o’tkazadilar. Dehqonlarning asosiy qismi - paxtakorlar paxtadan mo’l hosil yiqibolganlarida 
tantanavor ziyofatlar va o’yin-kulgilar uyushtirishgan, yaxsqi ishlaganlarga sovqa salom
berisqgan va hokazo. Paxta hosili tantanalari har xil regionlarda turlicha: "xirmon to’yi", "hosil 
to’yi", "paxta sayli" kabi shakllarda nishonlangan. Ilgari mahalliy xarakterga ega bo’lgan bunday
tantanalar hozirgi kunda respublika ahamiyatiga molik katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb 
etuvchi paxta bayramiga aylangan. Sovet davriga kelib kommunistik pariya manfaatlari va
qarashlariga asosida an'anaviy xalq bayramlari rivojlanib, zamon ruhiga moslashtirildi. Qish 
tantanalari. O’rta Osiyoda, shimoliy regionlarga qaraganda qish fasli qisqaroq bo’lib, qattiq
sovuqsiz o’tadi. Yoz bo’yi qishloq xo’jalik ishlari bilan band bo’lgan o’zbek dehqonlarining qish 
mavsumida bo’sh vaqtlari ko’p bo’ladi. Shu sababli, mehnatkashlarning bo’sh vaqtini unumli
o’tkazish an'analari ular hayotida alohida o’rin tutmoqi lozim. Qish vaqtida gap-gashtaklar avjga 
chiqqan, doston kechalari, ertak aytishlar, topishmoq aytish o’yinlari va boshqa qishki dam olish
shakllari aholining hayotiga o’zgacha mazmun baxsh etishi aniq. Qish faslida odamlarning bo’sh 
vaqti ko’p bo’lsada, biroq boshqa fasllarga qaraganda, bu mavsumda bayramlar kam bo’ladi.
"Gul bayrami" davr talabiga ko’ra yangi internasional hodisa sifatida 50- yillarning 
oxirlarida, tabiat go’zalliklarini himoya qilish dolzarb masalalarga aylangan bir vaqtda shahar va




59


qishloqlarni gulzor boq-roqlarga aylantirishga ko’mak beruvchi ijtimoiy - madaniy tadbir sifatida
tashkil topdi. Gul bayramlari dunyoda keng tarqalgan an'analardan biridir. Barcha joylardagi gul 
bayramlarini mohiyati va mazmuni bir-biri-ga yaqin bo’lsada, biroq ular o’ziga xos usul, rang-
barang shaklda, milliy va mahalliy xususiyatlar bilan uyushtiriladi. An'anaviy gul sayillari va 
zamonaviy gul bayramlari kelib chiqishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ba'zi tadqiqotchilar bu
ikki o’ziga xos sayil bayramlarni bir-biridan ajratolmay umumiy tarzda izoh beradilar. An'anaviy 
gul (lola, sunbula, boychechak) sayillari bahor fasli dala gullari ochilganda tabiat qo’yni -
saylgohlarida uyushtirilgan bo’lsa, zamonaviy gul bayramlari yoz fasli shahar va qishloqlar 
gullarga burkangan bir paytda madaniyat va istirohat boqlarida o’tkaziladi. Gul sayllari
qadimdan an'anaviy tarzda uyushtirilib kelingan bo’lsa, gul bayramlari keyingi davrlarda (50- 
yillarda) shakllangan yangi bayramdir. U bizga Yevropadan o’tib, mahalliy va milliy an'analarga
boqlanib ketgan. U qisqa muddat ichida sobiq ittifoqdagi barcha respublikalarga keng tarqaldi. 
Bunday "gul bayram"larining mohiyati va mazmuni bir-biriga yaqin bo’lsada, ular har joyda
o’ziga xos tartibda, rang-barang shakllarda milliy va mahalliy xususiyatlari bilan chambarchas 
boqliq. "Gul bayrami" boshqa zamonaviy an'analar singari asta-sekin O’zbekiston bayramlari
orasida ham mustahkam o’rin egallay bosqladi. hatto, keyingi yillarda u yangi xalq bayramlariga 
ham aylanib ketdi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bu yangi an'ananing rivojlanisqi uchun o’zbek
xalqi hayotida uzoq tarixga ega bo’lgan va tabiat qo’ynida o’tkaziladigan "Lola sayli", "Sumbula 
sayli", "qizil gul sayli" kabi yuqorida tilga olingan an'analar muhim omil bo’lgan edi. Gul
bayramining asosiy maqsadi, shahar, ko’cha, hovli, muassasalar, korxonalar, maktablar, 
boqchalar va xiyobonlarni ko’kalamzorlashtirib, manzarali va chiroyli gul navlarini
ko’paytirishga yordam berish hisoblanadi. 
Namanganda o’tkaziladigan gul bayrami paxta yiqim - terimiga kirishisqdan avval -
shanba -yakshanba kunlari tashkil qilinadi. U an'anaviy tarzda ertalab, karnay-surnay sadolari 
bilan boshlanadi. Tabiat bayramlari ichida "Mehrjon" bayramining ham o’z o’rni bor. Abu
Rayhon Beruniy o’zining mashqur "qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar" nomli asarida 
"Mehrjon" so’zini "quyosh" va "jon sevgisi" degan ma'nolar bilan boqlab talqin qilgan. O’rta
Osiyoliklarda ham quyoshga siqinish elementlari mavjud bo’lgan . 
Zardushtiylarning muqaddas "Avesto" kitobida Mitra (quyosh tangrisi) ga baqishlangan
ajoyib so’zlar bor. Ulardan ma'lum bo’lishicha, zardushtiylar quyosh va uning tangrisi - "Mitra" 
ni ilohiy darajaga ko’tarishgan. Ajdodlarimiz quyosh - dunyodagi eng buyuk kuch, hayot
chashmasi, yoruqlik va issiqlik bunyodkori deb tan olishgan. Ko’pgina qadimiy xalqlarda 
jumladan turkiy qavmlarda quyoshga siqinish politeistik qarashlarning muhim va tarkibiy
qismiga aylanib ketgan . Miloddan avvagi (1 ming yilliklar boshida) kuzgi bayramlar turli 
joylarda, masalan, Eronda va boshqa joylarda "Mehrjon" (yoki "Mehrgon"), ko’hna Xorazmda -
"Chiri-ruj", So’qdda esa "Nim-sarda" nomi bilan mashqur bo’lgan. "Navro’z" bahorgi kunu-tun 
tengligini qayd qilsa, "Mehrjon" kuzdagi o’sha holatdan nishona bergan. "Mehrjon" bayrami, bir
tomondan, koinot va yerga jon ato etib turgan quyosqni qadrlashga, o’z nuri va qarorati bilan 
hosil yetkazishga bergan yordami uchun minnatdorchilik bildirishga imkon yaratgan bo’lsa,
ikkinchidan barchani qish qamini yeyishga undagan.Asrlar o’tib, zardushtiylik o’rniga yangi din 
(islom) joriy qilingandan so’ng, go’yoki "Mehrjon" endi odamlar qalbiga ko’chib, inson mehriga
aylana boradi.
Ajdodlarimiz tarixida asosiy bayramlardan biriga aylangan "Mehrjon" keyingi ming yil
icqida alohida bayram sifatida nishonlanmay qo’yilgan bo’lsada, u butunlay yo’qolib ketmadi. 
Aniqroqi, u turli - kuz va hosil bayramlariga bo’linib ketgan edi .
Mehnat bayramlari. Dehqonlarning hayotida eng quvonchli voqea - bu hosilni yiqish va 
yangi noz ne'matlarni tatib ko’rish jarayoni bo’lgan yil bo’yi kutilgan bunday jarayon, tabiiyki,
dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan. Bundan ko’tarinki kayfiyatni harakatlarda aks 
ettirish maqsadida kisqilar o’yinlar va marosimlarni tashkil qilgan. "Mehnat o’yinlari" yaxshi
kayfiyat, bayram holatini vujudga keltirgan. Bronza davrilaridan boshlab o’troq 
dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez rivojlanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga
kirishish, kuzda hosilni yiqib olish yakuniga bagishlangan bayramlar shu tariqa yuzaga kelib, 
ular yillar o’tishi bilan an'anaga aylana boshlagan. Insonning "birinchi kasbi"-ovchilik asosida-




60


"ovchilik o’yinlari" vujudga kelgan bo’lsa, uning dehqonchilikka o’tishi va u bilan shuqullanishi
natijasida "mehnat o’yinlari" shakllanib, yangi mehnat bayramlari uchun zamin yaratgan. 
Mehnat- bu bayramning bosh manbai, asl zamiri hamda ilk chashmasi sanalib, bayram (yoki
"bayram holati") ibtidoiy davrdan boshlab "yashash uchun kurash"- mehnatning natijasi shaklida 
vujudga kela boshlagan. Bunday holat bayramning sodda shakli sifatida namoyon bo’lishiga
qaramay, keyinchalik u inson madaniyati va san'atini rivojlantirish uchun zamin yaratib bergan. 
Chunonchi, bunday bayram holati jarayonida turli o’yinlar (teatr va raqs, pantomima
san'atlarining primitiv ko’rinishlari) va maxsus marosimlar rivojlanadi. 
Mehnat tufayli inson hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan va taraqqiy etgan. Odamzod
o’z taraqqiyoti jarayonida erishgan barcha yutuqlar - bu mehnat tufaylidir. Xalqimizda 
"Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik", "Mehnatning tagi rohat", "Mehnat qilgan
dur keltirar" kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Kishi o’z mehnatidan hursand bo’la olsa, u 
boshqalar uchun ham zarracha foyda bera olishni his qilsa, mehnatidan faxrlanish tuyqusini his
qiladi. Aynan qadimgi avlodlarning o’z mehnatidan shodlanish, faxrlanishlari natijasida mehnat 
bayramlari vujudga kelgan. Mehnatni sevgan, mehnatdan yaxshi natijalarga erishgan xalqlarning
aynan mehnat bayrami ko’p bo’lgan va ular yaxshi o’tgan. Azaldan mehnatkash o’zbek xalqi 
hayotida mehnat bilan boqliq bo’lgan turli marosimlar va bayramlarning mavjudligi tasodifiy
emas. Hozirgi davrda ham O’zbekiston bayramlarining asosiy qismini mehnat bilan bevosita 
boqliq bayramlar tasqkil qiladi. Hozirgi kunda mehnat sohalarida kasblarning ko’payisqi
natijasida mehnat bayramlari va marosimlarining ham turlari ko’payib, mazmunan boyib 
bormoqda. Ular ichida ishchilar va qishloq xo’jaligi xodimlarining mehnat bayramlari, jumladan,
mehnat jarayonining (yangi mehnat mavsumi yoki yangi mehnat boshichining) boshlanisqiga 
yoki mehnat jarayonining (ma'lum boshichining) yakunlanishiga, reja, majburiyatlarning
bajarilisqiga baqishlangan tantanalar hamda davlat tomonidan joriy etilgan kasbkorlik kunlari 
alohida o’rin tutadi. Respublika aholisining 60 foiziga yaqinini qishloq mehnatkasqlari tashkil
qiladi. Shu sababli, qishloq mehnatkasqlarining hayoti va mehnati bilan boqliq bo’lgan 
bayramlar va marosimlarni o’rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizning asosiy faxri bo’lmish - paxtakorlarning hayotini yanada farovon 
qilish, yangi mehnat zafarlari sari ruhlantirish, turmushni go’zallashtirish, madaniy dam olishini
samarali tashkil qilishda bayram va marosimlarning roli katta. Hozirgi davrda paxtakorlarning 
hayoti, mehnati va bo’sh vaqti bilan boqliq bo’lgan ko’plab marosim va bayramlar hayot
taqozosi asosida vujudga kelgan. Keyingi davrlarda mehnatkasqlarning sobiq ittifoq va milliy 
bay-ramlari taraqqiy etishi bilan birga, qar bir ijtimoiy guruqning, ma'lum kasb egalarining,
mehnat kollektivlarining o’ziga xos xususiy yangi bayramlari va an'analari ham vujudga kelgan. 
Taraqqiyot natijasida har bir mehnat kollektivining dam olishini tashkil qilish bilan bir qatorda
ularning hayoti, mehnati va bo’sh vaqtlari maroqli, mazmunli o’tishi uchun maxsus tantanalar, 
marosimlar va bayramlar tashkil qilish zaruriyati vujudga keldi. Sobiq ittifoq davrida muayyan
kasb egalarining, mehnat kollektivlarining xususiy marosim va bayram kalendari va ularni 
tashkil qilish metodikasini yaratish bo’yicha tajribalar vujudga kelgan. Masalan, Rossiya
Federasiyasida qallakorlar, Latviyada baliqchilar, Leningrad Kirov zavodi birlashmasida va 
boshqa joylarda ishchilar bayram kalendarlari tuzilgan. Respublikamiz aholisining ko’pchilik
qismini tashkil qiladigan va uning faxri bo’lgan o’zbek paxtakorlari ham mehnati, dam olisqi va 
turmushi bilan boqliq bo’lgan, muntazam uyushtirilib turiladigan xususiy bayramlariga ega
bo’lishlari tabiiydir. Ayni vaqtda paxtakorlarning bunday bayram va an'analari shakllana 
bosqlagan. Paxtakorlar hayotidagi birinchi katta anjuman, fevral oyining oxirida - mart
oylarining boshlarida bo’lib o’tadigan, hosil yilining yakunlari va yangi mehnat mavsumining 
boshlanisqiga baqishlangan qishloq xo’jalik xodimlari kengashi bilan boshlanadi. Qurultoyni
kalendarga kiritishimizdan maqsad, u qishloq xo’jaligi xodimlari va paxtakorlarning eng yirik va 
tantanali bayrami bo’lib qolmoqi kerak. Ma'lumki, paxtakorlar hayotida "Navro’z" ("Bahor -
bayrami) alohida o’rin tutadi. U paxtakorlarning yangi hosil mavsumiga yaxshi niyat bilan 
shaylanish bayrami sifatida ham xizmat qiladi.
"Uruq (chigit) qadash", "Birinchi gul", "qizil karvon" bayramlari ham o’ziga xos 
muayyan mehnat jarayonlarining boshlanishi, ya'ni cqigit ekishning birinchi kuni, ilk bor qo’za




61


gullashi va yetishtirilgan hosilning birinchi mahsulini davlatga topshirish munosabati bilan
uyushtirilgan.Yoz oylari maktabni, hunar-texnika bilim yurtlari va boshqa o’quv dargohlarini 
tugatgan yoshlar tanlangan kasbi bo’yicha isq bosqlaganlar. Yoshlarning paxtakorlar safiga kirib
kelishi, muxim hodisa hisoblanib, paxtachilik rivojida yetakchi rol o’ynagan. Paxtakorlar 
bayramlari kalendari-dekabr oyining birinchi dekadasida plan va majburiyatlarni bajarilishi
munosabati bilan avval xo’jaliklarda, rayonlarda, so’ng oblastlarda va oxiri respublika 
otchoparida uyushtiriladigan "hosil bayrami" bilan yakunlangan.
"Urug qadash" va "Birinchi gul" tantanalari. Xalqda qadimdan dalalarda ish boshlanishi, 
ilk bor yerga uruq qadash munosabati bilan maxsus marosimlar uyushtirish odati shakllanib,
davrlar o’tishi bilan keng ommalashgan edi. Bizning davrimizga kelib, bu xalq odatlari 
hayotdagi o’zgarishlar bilan ma'lum ma'noda o’z mavqeini, tantanavorligini yo’qotgan bo’lsada,
uning zaminida paxta yetishtiriladigan regionlarning ba'zi joylarida "uruq qadash" nomli 
zamonaviy marosim vujudga kelgan. Yerga cqigit qadash paxtakorlar hayotida eng muhim
yumusq bo’lib, shu kompaniyadan keyin haqiqiy mehnat mavsumi boshlanadi. Shuning uchun 
ham, chigit qadash ishlarining boshlanishi paxtakorlarda ko’tarinki ruh, yaxshi kayfiyat va
xursandchilikni vujudga keltiradi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə