O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə24/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 




45


1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y. 
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y. 
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y.
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y. 
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y.
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y. 
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y
10. etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y. 
Mavzu: BAYRAMLARNING VUJUDGA KELIShI. 

O’zbek xalq bayramlari tarixidan. 

Reja: 
1. O’zbek xalq bayramlari tarixidan. 
2. Zardushtiylik dini bilan bog’liq marosimlar.
3. Islomgacha bo’lgan davrdagi bayramlar. 
Bayramlar eng qadimiy davrlardan boshlab inson hayotining eng muhim va tarkibiy 

qismiga aylangan. Ularsiz insoniyat hayotini mutlaqo tasavvur qilib bo’lmaydi. Bayramlar xalq


hayotining eng yaxshi va go’zal tomonlarini aks ettiruvchi ko’zgudir. Bayramlar insoniyat 
hayotida shu qadar mustahkam o’rin egallaganki, ularni nishonlamaydigan hech bir shaxs, oila,
jamoa topilmaydi. Shuningdek, har bir millat va elat, xalqning o’z taraqqiyot tarixi jarayonida 
shakllangan bayramlari mavjud. O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqining ham eng
qadimiy davrlardan shakllana boshlagan, asrlar bo’yi avloddan avlodga o’tib, kamol topib, 
bebaho merosga aylangan bayramlari ko’p. Bu bayramlarning ma’lum qismi turli sabablar
tufayli yo’qotilgan, ayrim bayramlar esa qarama-qarshiliklarni yengib, ko’pgina fazilatlardan 
ajralsada, butunlay yo’qolib ketmagan, yana boshqalari esa xalq hayotida mustahkam o’rin olib,
bizning zamonamizgacha yetib kelgan. O’zbek xalqining bayramlari qon-qardosh xalqlarning 
tarixiy - madaniy aloqalari jarayonida shakllangan va rivoj topgan, boshqa xalqlar bayramlariga
ta’sir etgan va o’z navbatida qarama-qarshiliklar, to’siqlarni yengib, boshqa xalqlar tajribasi 
bilan boyib kelgan uzoq tarixga ega.
Arxeologlar, tarixchilar, etnograflar, san’atshunoslar bergan ma’lumotlarga qaraganda, 
bayramlar eng qadimiy davrlardayoq mavjud bo’lgan va ibtidoiy odamlar hayotida muhim rol
o’ynagan. Bayramlarning eng qadimiy davrlarda mavjud bo’lganligi umuman tan olingan. Inson 
o’z mehnati tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqqach, yashash uchun kurash jarayonida
qanchalik ongli mehnat qilsa, u shuncha muvaffaqiyatlarga erishgan. Kurash va mehnatda 
erishilgan muvaffaqiyatlar esa xursandchilikni vujudga keltirgan. Bu jarayon ibtidoiy odamlar
ovchilik bilan kun ko’rayotgan davrlarda yaqqol sodir bo’la boshlagan. Arxeologik qazilmalar va 
qorlardan topilgan topilmalar qadimiy odamlarning o’z mehnati (ovi) natijasini tantana
qilganliklaridan dalolat beradi. Ovdan o’lja bilan qaytish va o’z mehnatidan manfaatdor bo’lish 
xursandchilik, shodiyona kayfiyatni yaratgan va bu holatni ovchilar imo-ishora, maxsus
harakatlar hamda o’yin shaklida ifodalashga urinishgan. Shu tarzda "o’yin - mehnat farzandi" 
bo’lib vujudga kelgan .
Ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o’yinlari muhim o’rin tutgan. Ovchilik o’yinlari ovdan 
oldin ham, undan so’ng ham o’tkazilgan. Ovdan oldingi o’yinlar - ovoldi mashqi vazifasini
o’tagan hamda jiddiy o’ziga xos kichik marosim shaklida uyushtirilgan. o’yinlar jarayonida 
yoshlarni ham ov qilishga o’rgatishgan. Shu boisdan qam u o’ziga xos maktab vazifasini o’tab,
bir tomondan, ovchilar mahoratini o’stirishga yordam bergan bo’lsa, ikkinchi tomondai esa, 
ularda taqlid sano’atini shakllantirgan va rivojlantirgan. Ovdan so’nggi o’yinlar ov
muvaffaqiyatli tugagandagina uyushtirilgan deb taxmin qilish mumkin. Chunki ovdan o’lja bilan 
qaytish, bu ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram qilishiga imkon yaratgan.




46


Ovchilar o’yinlar yordamida "...kun bo’yi ov qilib, kechqurunlari o’z ao’zoi-badanlariga dam
berish, bugungi taassurotlarini, kayfiyat va tuyqularini, ovdan mamnunliklarini, to’qchilikni, 
sho’xliklarini ifodalashardi". Bu jarayonlar, ya’ni qar bir muvaffaqiyatli ovdan keyin o’yinning
an’ana bo’lib qolishi bayram kayfiyatida o’tadigan maxsus marosimni shakllantira 
boshlagan. O’rta Osiyo hududida ibtidoiy odamlar qayotida ham ovchilik o’yinlarini paleolit
davri Sheroboddagi Zarao’t Karamsoyning toshlariga tushirilgan tasvirlarda; miloddan oldingi 
II-I ming yilliklarda Farqona vodiysidagi Saymalitosh qorlarida aks ettirilgan devoriy rasmlarda
va boshqa arxeologik topilmalar toshidagi tasvirlarda mavjud. Ularda nafaqat totemlarga 
siqinish, balki ov jarayoni, ovdan keyingi shodiyonalik, hayvon niqobi va qiyofasidagi ovchi
o’yinlari aks ettirilgan.
Ilk bor maxsus uyushtirila boshlangan bayramlar totemlarga baqishlangan. Bu
bayramlarda turli joylarda totem hisoblangan turli hayvonlar - ayiq, yovvoyi echki, sigir, buqu, 
ot kabilarga siqinishgan. Totem hayvonlarga baqishlangan bayramlarda odamlar unga taqlid
qilishgan, ularning terisini kiyib o’yinga tushishgan. Shuningdek, totem qisoblangan hayvonlarni 
faqat tantanali marosimlarda o’ldirishgan va yeyishgan .
So’ngi paleolit davrida (taxminan miloddan 40-41 ming yil avval) yer yuzining shimoliy 
qismida totemga oid "ayiq bayramlari" bo’lgan. O’rta Osiyoda "Ayiq o’yini" (pantomimik raqs
sifatida) keyingi vaqtlargacha yetib kelgan. Mexnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati 
bilan qadimgi odamlarning chorvachilik va dehqonchilikka o’tishi (bu jarayon O’rta Osiyoda
miloddan oldingi III ming yillik oxiri - II ming yillik boshlariga to’qri keladi) ana shu yangi 
sohaga oid odat, marosim va bayramlarni vujudga keltira boshlagan. Dehqonlarning hayotida
eng quvonchli voqea - bu hosilni yiqish va yangi nozneo’matlarni tatib ko’rish jarayoni bo’lgan 
yil bo’yi kutilgan bunday jarayon, tabiiyki, dehqonlarda bayram kayfiyatini vujudga keltirgan.
Bundan ko’tarinki kayfiyatni harakatlarda aks ettirish maqsadida kishilar o’yinlar va 
marosimlarni tashkil qilgan. "Mehnat o’yinlari" yaxshi kayfiyat, bayram holatini vujudga
keltirgan.
Bronza davrilaridan boshlab o’troq dehqonchilikning vujudga kelishi va uning tez rivoj-
lanishi natijasida bahorda mehnat mavsumiga kirishish, kuzda hosilni yiqib olish yakuniga 
baqishlangan bayramlar shu tariqa yuzaga kelib, ular yillar o’tishi bilan an’anaga aylana
boshlagan. Insonning "birinchi kasbi"-ovchilik asosida-"ovchilik o’yinlari" vujudga kelgan 
bo’lsa, uning dehqonchilikka o’tishi va u bilan shuqullanishi natijasida "mehnat o’yinlari"
shakllanib, yangi mehnat bayramlari uchun zamin yaratgan. 
Mehnat- bu bayramning bosh manbai, asl zamiri hamda ilk chashmasi sanalib, bayram
(yoki "bayram holati") ibtidoiy davrdan boshlab "yashash uchun kurash"- mehnatning natijasi 
shaklida vujudga kela boshlagan. Bunday holat bayramning sodda shakli sifatida namoyon
bo’lishiga qaramay, keyinchalik u inson madaniyati va san’atini rivojlantirish uchun zamin 
yaratib bergan. Bunday bayram holati jarayonida turli o’yinlar (teatr va raqs, pantomima
sano’atlarining primitiv ko’rinishlari) va maxsus marosimlar rivojlanadi. Ibtidoiy jamiyatda ham 
jamoa va uning a’zolariga baqishlangan tantanalar asta-sekin shakllana borgan. Bu xildagi ilk
shakllarga -"Orgaist bayramlari"ni misol qilib olsak bo’ladi. Bu bayram o’tkaziladigan kunda 
barcha erkak va ayollarga o’zlari uchun juft tanlash erkinligi berilgan.
Qadimiy davrdagi bayram kayfiyatida o’tadigan marosimlardan yana biri -"erkaklikka 
o’tish" ("erkakka aylanish") edi. O’spirin unga uzoq tayyorgarlik ko’rib, o’zining hayotga
tayyorligi va kuchini namoyish qilishga intilgan. Bu marosimda o’spirin qiynalgan, sinalgan
xullas, imtihondan o’tkazilgan.
Ibtidoiy jamiyatda, muste paleolit davridan boshlab, odamlar atrofdagi hodisalarni 
anglashga intiladilar, lekin ularning tabiat sirlari oldida aqliy jiqatdan ojizligi natijasida turli
ilohiy kuchlarga siqinish, jumladan totemistik, animistik, politeistik, magik vujudga kelgan. 
Tabiiyki, kishilar bunday tushunchalar, qarashlar, orzularni muayyan marosim va bayramlarda
aks ettirishga uringanlar. Chunonchi qurqoqchilik davrida "yomqir tilash" ("Sust xotin"), shamol 
zarar keltirganda-"shamolni to’xtatish" ("Choy momo") va shamol kerak bo’lganda -"shamol
chaqirish", bevaqt sovuq tushganda -"quyoshga siqinish", omad kelmaganda, ofat bo’lganda 
qurbonlik qilish va hokazo marosimlar o’tkazilgan. Biroq bunday qodisalarni qali bayram deb




47


bo’lmaydi, albatta, chunki ular asosan tabiat injiqliklaridan odamlarga ortiqcha tashvish
kelgandagina o’tkazilgan. Biroq keyinchalik ibtidoiy odamlar bunday marosimlarni tabiiy 
ofatlarning go’yo oldini olish maqsadida o’tkaza boshlashadi. Bu esa ularning ba’zilarini
bayramga aylanib ketishiga sabab bo’ldi, jumladan qurbonlik qilish marosimi asosida-"qurbon 
xayiti" vujudga keldi. Ilohiy kuchga ishonishga baqishlangan marosimlar asosida keyinchalik
diniy bayramlar shakllana boshladi . 
Marosimlar kishilarning mehnat va kurashda erishgan yutuqi va xursandchiligi,
boshqacha qilib aytganda, bayram holati asosida vujudga kelgan. Bunga ovchilik va 
deqqonchilik marosim - bayramlari misol bo’la oladi. Buning ustiga mehnatga baqishlangan
tantanalar faqat marosimdan tashkil topib qolmay, balki unda o’yinlar, musobaqalar uyushtirilib, 
hatto shu tantana uchun maxsus taomlar tayyorlangan. Shunday qilib, ibtidoiy davrda qadimiy
odam-larning o’zlari kabi juda sodda bo’lgan mehnat, hayot va dinga oid turli bayramlar 
shakllari vujudga kela boshlagan. Ana shu oddiy shakllar keyingi tarixiy davrlardagi
bayramlarga asos va zamin bo’la oldi. 
Miloddan avvalgi I ming yilliklar boshida O’rta Osiyoda o’troq dehqonchilikning rivoj
topishi, ibtidoiy jamiyat yemirila borib, quldorlik tuzumining vujudga kelishi, So’qd, Xorazm, 
Baqtriya kabi davlatlarning paydo bo’la boshlashi, yangi diniy qarashlarning shakllana borishi
munosabati bilan yangi davrga xos turmush tarzini ifodalovchi an’ana, marosim va bayramlar 
ham yuzaga keldi. Miloddan avvalgi VII-V asrlarda zardushtiylik dini (zoroastrizm) O’rta
Osiyoda keng rivojlandi. Zardushtiylarning fikricha, dunyo asosini ikki qarama-qarshi narsa - 
yaxshilik va yomonlik, yoruqlik va qoronqilik, issiqlik va sovuqlik, hayot va o’lim o’rtasidagi
kurash tashkil qilgan. Shuning uchun dunyodagi barcha ijobiy hodisalarni yaxshilik xudosi - 
Axuramazda (Xurmuz) va hamma salbiy narsalarni yomonlik xudosi- Anxara-Manyu (Axriman)
irodasiga boqliq deb tushunishgan. Zardushtiylar yaxshilik xudosiga yaxshilik qilishini
yomonlik xudosiga yomonlik qilmasligini iltimos qilib siqinishgan. Shuningdek, zardushtiylar
yaxshilik xudosi Axuramzaning yordamchilari- Mitra (yigit qiyofasidagi quyosh va yoruqlik 
tangrisi), Anaxita (go’zal qiz siymosidagi unumdorlik, qosildorlik, farovonlik tangrisi), Xumo
(go’zal qush qiyofasidagi baxt, taqdir va boylik tangrisi), Xubbi (mard yigit qiyofasidagi suv 
tangrisi), Mirrix (yosh jangchi qiyofasidagi urush va qalaba tangrisi) kabilarga qam itoat
qilishgan . 
Zardushtiylar o’z marosimlarida koinotning to’rt unsuri - quyosh (olov), suv, yer, qavoni
uluqlashgan, ularni dunyodagi eng muqaddas narsalar deb tan olishgan. Olov quyoshning 
yerdagi shakli (zarrachasi) deb, unga aloqida sajda qilishgan. Olov barcha gunoqdan tozalovchi
seqrli kuch sanalgan va unga baqishlab maxsus otashxonalar qurishgan, unda turli bayram, 
marosimlar uyushtirishgan.O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston territoriyasida yashovchi
xalqlarning bayramlarini o’rganishda X-XI asrlarda yashagan buyuk ensiklopedist olim Abu 
Rayxon Beruniyning "qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari muhim rol o’ynaydi.
Beruniy o’zining bu asarida qadimiy eroniylar, xorazmiylar, so’qdiylar, rumliklar, yahudiylar, 
suriyaliklar, xristianlar, hindlar va boshqalarning kalendaridagi mashhur kunlar, qayitlar va
odatlar haqida tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo’lgan bebaqo fikrlar qoldirgan. Beruniy bergan 
ma’lumotlarga qaraganda, so’qdiylarda Mavsard oyining birinchi kuni-Navro’z va 28-kuni -
Romush odam (otashxonalarda to’planish qayiti); Nipsanj oyining 12-kuni - Moqirj; Basokanj 
oyining 7-kuni-Nikq oqam; 15-kuni - Amsxvora (olov tegmagan narsalarni yeyish qayiti);
Ashnxnda oyining 18-kuni- Boboxvora yoki bomixvora (uzumdan siqib olingan toza, xolis 
shirani ichish) qayiti; Nimsarda (yil yarmi); "Bod omkom"; o’lganlarga aza tutish kuni kabi qayit
(bayramlari) o’tkazilgan . 
Miloddan avvalgi Eron, So’qd va Xorazmda zardushtiylik ("zorastriy") kalendaridan
foydalanilgan. Yilning har fasli qar oyining o’z bayramlari va mashqur kunlari bo’lgan. Masalan, 
"farvardin moq - yoz boshi, tir moq -kuz boshi, meqr moq - qish boshi, diy moq - baqor boshi.
Ularning oylari ichida to’rt faslga qarab ishlatiladigan (qayit) kunlari bo’lgan . 
"Navro’z"ning kelib chiqishi haqida ko’plab fikrlar, afsonalar, miflar mavjud. Masalan,
zardushtiylar davridagi ba’zi bir tushunchalarga qaraganda, yaxshilik xudosi Axuramza 
(Xurmuz)-bahor yozda, yomonlik xudosi Anxara-maynyu (Axriman) - kuzda va qishda




48


hukmdorlik qiladi. Bahorning birinchi kunini yaxshilik xudosi yomonlik xudosi ustidan qolib
chiqqan muqaddas sana deb uni bayram qilishgan. Bu sana "Navro’z" kuniga aynan to’qri kelgan 
."Navro’z"ning yuzaga kelishi qar tomonlama ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari,
yao’ni quyoshning qamal burjiga kirishi, kecha va kunduzning vaqt jihatidan barobar bo’lishi, 
kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi, bahorning kelishi bilan boqliq
bo’lgan. Bu esa qar qanday jamiyatda "yil boshi" (qachon kelishidan qato’i nazar) "Navro’z"ni 
tabiat bayrami sifatida nishonlash uchun asos bo’lgan. "Navro’z"ning chuqur ildizlari eng
qadimiy davrlarda - ibtidoiy odamlarning dehqonchilikka o’tganidan so’ng dalalarda yangi ish 
mavsumi boshlanishidan oldin o’tkaziladigan bahor bayramlariga borib taqaladi.Vaqtlar o’tib, bu
bayram rivojlantirilgan, unga mos kun aniqlangan, u "yil boshi" vazifasini xam o’tay 
boshlaganda unga "Navro’z" (yao’ni "Yangi kun") degan nom ham berilgan deb taxmin qilish
mumkin.
Eron, O’rta Osiyo va Afqonistonda "Navro’z" bayramini o’tkazish Axmoniylar davrida
(miloddan avval 6-asrlarda) keng tarqalgani malum. Islomgacha bo’lgan "Navro’z"dagi oddiy 
xalqqa tegishli bo’lgan odatlar ham diqqatga sazovordir. Bayram kuni odamlarning bir-birlariga
shakar va shirinliklar hadya qilishi (hayotingiz shirin bo’lsin degan ma’noda), gullar taqdim 
qilishi (go’zal bo’ling ma’noda), bir-birlariga suv sepishlari (bu yil suv ko’p bo’lsin, mo’l hosil
bo’lsin mao’nosida) kabi va boshqa bir qator odatlar keng tarqalgan. "Navro’z"ga tayyorgarlik 
ko’rish odatlari orasida buqdoy yoki arpa donini yoqoch idishda o’stirib, bahor darakchisi
sifatida dasturxonning markaziga qo’yishgan. Bayram arafasida yetti xil don (buqdoy, arpa, 
no’xat, jo’xori, guruch, mosh, loviya)dan go’ja (bo’tqa) tayyorlanib, uni qo’ni-qo’shni,
qarindoshlarga tarqatishgan . Bundan tashqari eroniylarda "S" qarfi bilan boshlanadigan yetti xil 
ko’k o’simlik (seb-olma, sabzi, sir-sarimsoqpiyoz, sirka, satar-toshgul, siyoqdon-qora danak,
sindjid-yovvoyi zaytun kabilar uruqidan o’stirilgan ko’katlar bilan dasturxon bezatilgan. Unga 
turli quritilgan mevalardan qilingan sharbat, bo’yalgan tuxumlar va boshqa nozu ne’matlar
qo’yilgan. Arvohlar ruqini shod etmoq uchun shamlar yoqilgan. Bayramlar dasturxoniga yana bir 
narsa katta idishga suv to’ldirib, unga ko’k barg (ko’kat) solib qo’yishgan. Bu odat yangi yil
suvga va ekinga mo’l bo’lsin degan ma’noni bildirgan. 
Qadimdan O’rta Osiyo xalqlarining suvga bo’lgan e’tiqodi baland bo’lgan. Beruniy
uzining "qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobida suvga baqishlangan odatlar, qayitlar 
haqida ko’p to’xtalgan. Bunday odatlarning biri - bahor-yoz bayramlarida odamlar bu yil suvli,
hosildor bo’lsin deb, bir-birlariga suv sepishganlar. Beruniy qadimgi "Navro’z" odatlarining biri 
haqida shunday deb yozadi: "Odamlar shu kuni tong paytida o’rinlaridan turib kanal va
qovuzlarga boradilar. Ko’pincha oqib turgan suvlarga ro’para turib, barakali bo’lish va ofatlarni 
daf etish uchun ustilaridan suv quyadilar". O’zbekiston territoriyasining lalmikor (faqat yomqir
suvi bilan suqoriladigan) joylarida hatto suv sepish odati asosida qadimda maxsus 
uyushtiriladigan "Suv xotin ("Sust xotin") marosimi ham shakllangan. Bu marosim bahor-yoz
oylari yomqir yoqmay, ekinzorlar qovjirab, qurqoqchilik boshlanganda, "yomqir chaqirish" 
maqsadida tashkil qilingan. Oqsoqollarning ko’rsatmasiga binoan qishloq ayollari katta
qo’qirchoq yasashib, unga qari kampirning ko’ylagini kiydirishgan, so’ngra maxsus qo’shiqlar 
aytishib, qo’qirchoqni dalalardan, ko’chalardan ko’tarib o’tib, qar bir xonadonga olib kirishgan.
Marosim qatnashchilari "Suv xotin" qo’shiqini aytib, uylarga kirishganda uy egalari ularni 
xursandchilik bilan qarshilib, albatta qo’qirchoq ustidan suv sepishgan, o’z imkoni doirasida
qayr-ehson qilishgan . 
Suvga baqishlangan qadimiy odatlardan yana biri esa hatto bayram darajasigacha
ko’tarilgan. U yozning maxsus kunlari odamlarning daryo va suv havzalariga borib cho’milishi 
vaqtida vujudga kelgan. Bahor va yozda O’rta Osiyoning iqlim sharoitida suvga ehtiyoj kuchli
bo’lgani uchun suvga baqishlangan turli odat, bayramlarni paydo bo’lishi tabiiydir. Bayramlar, 
har bir fasl tabiati xususiyatini aks ettirishdan tashqari, asosan inson faoliyatini madh etishga
qaratilgan. Islomgacha bo’lgan kuzgi bayramlarning ikkitasi ayniqsa diqqatga sazovordir. 
Ularning biri -"Tirgon" ("yoki "ro’zi tir") dir. Beruniy "tir" so’zining ma’nosini "dahufaz-lik" va
"dehqonchilik" bilan boqlaydi. Bu haqda shunday deb yozadi: "Dahufazlik"- buning mao’nosi 
dunyoni saqlash, uni qo’riqlash va dunyoda hukmdor bo’lish, yana "dehqonchilik"- buning




49


ma’nosi dunyoni obod etish, ekin ekish va dunyoni taqsim etish - ikkisi egizak bo’lib, dunyo
shular bilan obod va doimo barqaror bo’ladi, uning buzuqligi tuzaladi". "Tirgon" katta bayram 
bo’lib, o’sha kuni barcha kotiblar va deqqonlar yangi kiyim kiyib yurishgan. Bu bayramda
buqdoy va mevalardan maxsus taom tayyorlanib, dasturxonlarga tortilgan. Bazi joylarda esa shu 
kuni cho’milish odati bo’lgan. "Tirgon"ning mazmuni va odatlariga ko’ra u "kuz boshi"da
yiqim-terim boshlanishidan oldin o’tkaziladigan bayramga o’xshaydi. 
Kuz mavsumida nishonlanadigan katta bayramlardan yana biri "Mehrjon" (yoki
"Mehrgoq", Xorazmda-"Chiri- ruj", suqdiylarda-"Nim-sarda") bo’lgan."Mehrjon" so’zining 
tavsifi - birinchisi "jon sevgisi", ikkinchisi -"quyosh".demakdir. "Navro’z" kuni tabiatda
jonlanish boshlansa, "Mehrjon" kuni o’suvchi narsalarning (etilishi - U. q.) chegarasiga yetib, 
o’sish modda-larining undan uzilishi va hayvonlarni nasllanishdan to’xtalishi..." sodir bo’lgan.
"Mehrjon" bayramidan so’ng odamlar qishga tayyorgarlik ko’ra boshlaganlar. "Xuroson 
podshoqliklarida shu kuni otliq askarlarga: kuzlik va qishlik kiyim berish rasm bo’ldi".Sugdiylar
ham bunday bayramni keng nishonlashgan. Faqat bayramning birinchi kunini "yil yarmi" 
ma’nosida "nim sarda" deb ataganlar.. Ikkinchi kun qayit bo’lib, uni "M-n-i-d-xvo-ra" deb
atagalgan. Bu kun odamlar "otashxonalarga yiqilib, qo’noq uni, yoq va shakardan tayyorlangan 
ovqat yeydilar". Xorazmliklar esa Umri oyining 12-kuni bu bayramni "Chiri-ruj"-nomi bilan
nishonlaganlar .Miloddan avvalgi davrlarda uzum-mevalar pishgan paytda O’zbekiston 
territoriyasida
(qadimgi 
yunonlarda
"Dionis"ga 
o’xshash)
maqalliy 
bayramlar
o’tkazilgan."Dionis" yoki "Vakxix" bayramlari O’rta Osiyoga Aleksandr Makedonskiy 
(Iskandar) istilosi bilan kirib kelgan, deb taxmin qilish mumkin. Lekin, akademik S. P. Tolstov
va boshqa tadqiqotchilarning ma’lumotlari hamda Xorazm, Kattaqo’rqon va Termiz atroflarida 
topilgan arxeologik manbalarga qaraganda, joylarda uzumchilikka baqishlangan bayram
qadimdan bo’lganligi qaqida mao’lumot bor. 
Beruniy bergan ma’lumotlarga qaraganda esa, suqdiylarning Ashixida oyining 18-kuni
"Bobaxvara" ("Bomixvora") nomli qayit bo’lib, uning ma’nosi, uzumdan siqib olingan xolis 
shirani ichishdir". Shu oyning 26-kuni "Garm-Xvara"- uzum yeyish qayiti bo’lgan. Yettinchi
oyning 15-kuni yana uzumga baqishlangan ko’p kunli bayram boshlanib, u navbatdagi oyning 9-
kuni yakunlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, boqdorchilik keng tarqalgan suqdiylarda uzumga
va uzum sharbatidan tayyorlangan musallasga baqishlangan butun bir sistemali qayitlar bo’lgan. 
Kech kuz, qish va erta baqorda uyushtiriladigan barcha bayram va marosimlarda olov yoki
gulxan yoqish mavjud bo’lgan. Zardushtiyliklar qayit yoki marosimlarini o’tkazish uchun doimo 
o’t yonib turadigan "otashxona"larga yiqilishgan. Masalan, Novsard oyining 28-kuni Buxoro
majusiylarining "Romush oqom" nomli qayitida odamlar otashxonalarga to’planishgan va 
qayitni yonib turgan gulxan atrofida nishonlashgan. Zardushtiylikning eng yirik bayramlaridan
biri Sada bo’lgan. "Sada" olovning kashf etilishiga baqishlangan bayram qisoblangan. "Sada" 
eron quyosh kalendarining 11-oy, baxmanning 10-kunida bayram qilingan. Firdavsiyning
"Shoqnoma" kitobida "Sada" bayramiga asos solingani qaqida maxsus bob bor . 
Islomgacha bo’lgan davrda diqqatga sazovor va qiziqarli bayramlar ko’p bo’lgan.
Ulardan biri ayollar bayrami. Bu bayram isfandormo’z oyining 5-kuni nishonlanib "ro’zi 
isfandarmo’z" deb atalgan. Isfandormo’z so’zining mao’nosi "aql" va "muloqaza" demakdir
("Isfandar-mo’z" yerga qamda soliqa, nomusli, yaxshi ishlar qiluvchi va eriga muqabbatli 
xotinga vakil qilingan farishtaning nomi qamdir).Hozirgi kun uchun qiziqarli va kerakli
bayramlardan biri - bu Murod oyining 7-kuni o’tkaziladigan -"Murdodangan" qayiti bo’lib, u 
o’ziga xos tinchlik bayrami qisoblangan. Beruniyning fikricha, bu bayramning luqaviy mao’nosi
"o’limsiz - mangu qayot" demakdir. Islomgacha bo’lgan bayramlar o’sha davrning o’ziga xos 
qonuniyatlari va ijtimoiy xususiyatlari asosida yuzaga kelgan bo’lib, ularni chuqurroq tushunish
uchun qar biriga o’sha davr nuqtai nazaridan yondashish kerak. Islomgacha bo’lgan qadimgi 
rang-barang bayramlarning qimmati va afzalliklaridan biri shunda ediki, ularni xukmdor sinflar
o’ylab topgan emas, balki tabiiy eqtiyojlar zaminida paydo bo’lgan. Shu boisdan qam ular tabiat 
bilan uzviy boqliq va qar biri mehnat jarayoni qamda turmushning muqim
Islomgacha bo’lgan davr O’rta Osiyo xalqlarida koinot, tabiat, yil fasllari bilan bevosita 
boqliq bo’lgan muayyan sistemadagi - bayram - qayitlar bo’lgan. 7-8 asrdagi o’zbek xalqi




50


bayramlarining rivojlanishi arablarning O’rta Osiyoga qilgan istilochilik yurishlari bilan
chambarchas boqliq. Arablarning O’rta Osiyoga harbiy yurishlarini ikki davrga bo’lish mumkin: 
birinchi davr 650-705 yillar, ikkinchi davr 705-715 yillar . Arablar istilochilik yurishlari birga
O’rta Osiyo hududiga o’z urf odatlarini ham olib kirganlar.
Islomda asosan ikkita rasmiy diniy bayram mavjud: Katta bayram "qurbon qayit"
(arabcha nomi - "iyd al kabir", "iyd al-adqo") yetti kun, qozir uch kun - qijriy zul-qijja oyining 
10-13-kunlarida va kichik bayram - "ro’za qayit" (arabcha nomi "iyd as-saqir", "iyd al-fitr") qam
uch kun - shavval oyining. 1-3-kunlarida nishonlangan. Bu bayramlarning asosiy diniy 
yo’nalishida - nomozgoqda ertalab nomoz o’qish, o’lganlarni yod etib xudoyi, duo-fotiqa
qilishlardan iborat. qurbon qayitida qaj va qurbonlik, qilish, ro’za qayitida esa ramazon oyi 
niqoyasida "oqiz ochish" marosimi, fitr-sadaqa berish kabi xususiy unsurlar bo’lgan. Islomda
keyinroq yana bir bayram - mavlid (mavlid an-nabiy)-Muqammad: payqambarning tuqilgan kuni 
(rabi ul-avval oyining 12-kuni) nishonlana boshlangan. Mavlid kuni duolar, payqambar
shao’niga madqiyalar aytiladi, diniy sheo’rlar o’qiladi, dindorlar yiqinlari uyushtiriladi, 
sadaqalar beriladi. Islom dini bayramiga maqalliy xalqlarning odatlari qam qo’shilib, ularni
boyitgan. Masalan arafa kuni qo’shnilarga osh ulashish, "qayitlik" berish, yaxshi maxsus libos - 
kiyimlar kiyish, yaqinlar, qariya, kasal, nochorlardan xabar olish, o’sha kunlar ishlamasdan dam
olish, sayil qilish kabi odatlar islom bayramlarining tarkibiy qismlariga aylanib ketgan. 
Masjidlari o’rta Osiyo feodal shaqarlarining muqim tarkibiy qismi bo’lib, ular "qurbon
qayit", "Ramazon" (iyd-al-fitr) bayramlari va musulmon ano’analarini o’tkazishda diniy markaz 
vazifasini o’tagan. Bu masjidlarning moqiyati bir xil bo’lsada, ular qar joyda turlicha
nomlangan: "Nomozgoh" (nomoz o’qish joyi), "Musalla al-iyd" (bayram kuni nomoz o’qish 
joyi), "Iydgoh" (bayram o’tkazish joyi) va hokazo. Ularning asosiy maqsadi - xalqni musulmon
dini asosida birlashtirish bo’lib, bu joylarda majlis, nomoz va qurbonlik kabi diniy anjumanlar 
uyushtirilgan. Lekin ba’zi vaqtlarda shohlar va hukmdorlar xalqqa o’z olijanobligini ko’rsatish
uchun bu yerda katta ziyofatlar qam berishgan. 
Dunyodagi barcha xalqlarning, jumladan, O’rta Osiyo xalqlarining an’ana va bayramlari
ularning kundalik mehnati, turmush sharoiti, madaniyati va shuningdek, yashayotgan iqlim 
sharoitiga xos xususiyatlar asosida shakllanib qamda rivojlanib borgan. Deyarli barcha xalqlarda
meqnat mavsumi va qar bir faslga mos, yao’ni erta baqorda - meqnat mavsumiga kirishdan oldin, 
yozda - hosilni yiqishtirishdan oldin, kuzda - hosil to’plangandan so’ng va qishda, ayniqsa,
dalalar uyquga ketgan vaqtda uyushtiriladigan mavsumiy marosim va bayramlar mavjud bo’lgan 
va ular zamonga mos o’zgarib borgan. Bu qodisaning o’rta asrlarda qozirgi o’zbekiston
territoriyasida yashovchi aholining yil fasllari va meqnat jarayoni bilan boqliq bo’lgan mavsumiy 
("kalendar") bayramlari misolida ham yaqqol ko’rish mumkin.
Bahor bayramlari yangi meqnat mavsumi boshlanishidan darak beruvchi bo’lib, u 
meqnatkash xalq qayotida muqim o’rin tutgan. Baqor kirib kelishini kutib olish bayramlari
qadimdan barcha xalqlarda mavjud bo’lgan. Bahor bayramlari insoniyat vujudga kelishi bilan 
paydo bo’lgan bayramlardan bo’lib, odamlarning dunyo bo’ylab tarqalishi natijasida ular ham
barcha yerlarga yoyilgan va keyinchalik bu ano’analar barcha xalqlarda turli nomlar va qar xil 
shaklda uyushtirilgan.
O’rta asrlarda "Navro’z" bayrami yanada rivojlanib, ommaviy tus olgan, bu bayram 
qaqida deyarli barcha o’sha davrning allomalari so’z yuritadi. o’rta asr va keyingi davrlarda
"Navro’z"ning xalq turmushi va mao’naviy qayotidagi mavqei, fayzu tarovati, fazilat va xosiyati 
qaqida qomusiy bilim egalari Abu Rayqon Beruniy, Firdavsiy, Mahmud qoshqariy, Umar
Xayyom, Alisher Navoiy, Fayziy-Fayyoziy, Muhammadali Soib, Mirzo Bedil, Kalim Koshoniy, 
Furqat, Muqimiy, Sadriddin Ayniy va qamza kabilar ajoyib fikr-muloqazalar bildirganlar, go’zal
she’rlar bitganlar. "Navro’z"ni Beruniy "Navro’z - olamning boshlanishi" desa, Firdavsiy 
""Navro’z"-bayramlar shohi". deydi. Navoiy odamlarga istak bildirib: "qar tuning qadr o’lubon,
qar kuning o’lsun navro’z" desa, Sadriddin Ayniy: "Navro’z"da, tabiat jonlanibgina qolmay 
inson tabiati qam uyqonar -edi" deydi.
Tarixda "Navro’z"ga qarshi shaxslar qam kam emas edi. Bu bayram eng avvalo 
bosqinchilarga qo’l kelmas edi. Bu hodisa arab istilosidan so’ng yaqqol namoyon bo’ldi. Islom




51


arboblari bu bayramni taqiqlashga ko’p uringanlar ."Navro’z" ularning diniga, siyosatiga, qonun-
qoidalariga nomuvofiq emasligini bilsalar qam, bu bayramda odamlarning ozodlik sari ruqan 
birlashishlari mumkinligidan qo’rqishar edi. Shuning uchun "Navro’z" istilochilar saroylarida,
amaldorlar va din aqli davralarida rasmiy bayram qisoblanmagan. Lekin bu tazyiqqa qaramay 
"Navro’z" xalq orasida nishonlana bergan. Bundan foydalangan ayrim podsholar va amirlar
keyingi asrlarda o’zini xalqparvar qilib ko’rsatish - maqsadida "Navro’z"ni tashkil qilishga bel 
boqlaganlar. S. Ayniy XIX asr Buxoroda uyushtirilgan bunday "Navro’z" qaqida quyidagilarni
yozgan: "Amir Muzaffar urushda (Rossiya bilan bo’lgan) yengilgandan so’ng, xalq oldida 
obro’siz bo’lib qolgan, ayniqsa urushda bo’shab qolgan xazinasini to’ldirmoqchi bo’lib, har bir
yerda "chavqiy" (umumiy bazm) uyushtirib, odamlarni uning tomoshasiga band qilar, shu yo’l 
bilan xalq ommasining diqqatini o’zining nojo’ya ishlaridan chetga tortar, yoki o’z kirdikorlarini
xaspo’shlardi". O’rta asrlarda hozirgi O’zbekiston territoriyasining turli joylarida "Navro’z" 
o’ziga xos usullarda uyushtiriladigan bo’ldi. Uni nishonlash vaqti 3 kundan tortib, to dalalarda
ekin-tekin boshlanguncha davom etgan. "Navro’z" odatda bozor qoshidagi maxsus maydonlarda 
va ko’proq shahar chekkalaridagi maxsus saylgoqlarda uyushtirilgan. "Navro’z" kunlari eng
katta bozorda savdo-sotiqlar tashkil qilingan va o’sha kuni eng shirin taomlar tayyorlangan. 
hovli-joylarni tozalash, ko’kat va gullar ekish, ota-ona, yaqin yoru-do’stlarni ziyorat etish,
marqumlarning qabrini ziyorat qilish kabi odatlar "Navro’z" bayramining tarkibiy qismiga 
aylangan."Navro’z" ko’p joylarda dala ishlari boshlangunga qadar nishon-langan. Bayram
so’nggida dehqonlar o’z ish qurollarini tayyorlab, xo’kizlarni yem bilan boqib, uning shoqi bilan 
bo’ynini moylab, dala tomon yo’l olishgan. Biroq ko’klam tantanalari arafasida yoki ular-dan
keyin, ya’ni to meqnat mavsumi kirgunga qadar qam baqor bilan boqliq bo’lgan bkr qancha xalq 
ano’analari o’tkazilib turilgan.
Bahorning boshlarida bu faslning "shohona" taomi - sumalakka baqishlangan sayl o’zbek 
xalqining eng yaxshi ano’analaridan sanalgan. Bahorda dehqonlar qayotndagi eng muqim voqea
- bu yangi meqnag mavsumiga kirishishdir. Shu boisdan dehqonlarning yerga uruq qadashlari 
munosabati bilan o’tkaziladigan maxsus marosimi-tantanala-ri mavjud bo’lgan. Ular turli
joylarda turlicha "Dalaga qo’sh chiqa-rish", "Shox moy", "Ekin sayli", "qo’sh oshi" kabi nomlar 
bilan-uyushtirilgan. Bahor bayramidan so’ng deqqonlar yangi meqnat mavsumiga kirishishgan.
Lekin toqli rayonlarda bahor boshqa yerlarga qa-raganda birmuncha kech boshlangani sababli bu 
joylarda yangi meqnat mavsumini sabrsizlik bilan kutishgan. Shu sababli uruq qadash payti yetib
kelganda bu daqiqa o’ziga xos bayram qolatini vujudga keltirgan.
O’rta Osiyo xalqlari orasida bahor fasli o’tkaziladigan yana bir tadbir" darvishona" deb
nomlangan. Har yili bahor faslida qishloqlarda va shahar mahallalarida 2-3 kishi uyma-uy yurib, 
pul yoki oziq-ovqat to’plagan, so’ngra biror kishining qovlisida yoki masjidda ovqat (halim)
pishirib, butun mahalla baham ko’rishgan. Bu marosim yurtda biror ofat bo’lganda undan xalos 
bo’lish yoki dehqonchilikda mo’l qosil tilash va boshqa niyatlarda xudoga siqinish, undan go’yo
madad so’rash mazmunida o’tkazilgan. Mazkur marosim darvishlar odatiga o’xshab uyma-uy 
yurib, oziq-ovqat yiqish bilan boqliq bo’lgani uchun Darvishona (darvishlarga o’xshab) deb nom
olgan .

O’zbekiston hududidagi bahor fasliga baqishlangan turli marosim va bayramlar orasida


tabiatning eng so’lim chechagi - gulga baqishlangan sayllar alohida o’rin tutgan. Xorazm va 
Buxoroda "qizil gul sayli", Farqona vodiysi, qo’qon va Toshkent atroflarida "Lola sayli", ba’zi
togli rayonlarda, jumladan Chust va Denov rayonlarida "Sumbula sanli", yana boshqa joylarda 
"Boychechak" kabi bayramlar uyushtirilgan. Nurota qir-adirlarida gullar ochilgan maqalda "qizil
gul sayli", Farqona vodiysida -"Lola sayli", Samarqandda mevali daraxtlar, behi gullaganda -
"Behi guli sayli" ("Sayl guli beqi"), Zarafshon vodiysida "Boychechak gul-gardoni", Buxoroda
gullar ochilib, bulbullar sayragan vaqtda - "Gulgardoni bulbulxon" ("Bulbul qo’shiqi") kabi 
bayram - sayillar uyushtirilgan .
Etnografik va tarixiy adabiyotlarda yil davomida ochiq bemalol yurolmagan xotin-
qizlarning gul sayllarida erkin qatnashishi qaqida ma’lumotlar mavjud. Q’adimgi gul sayllarini
tadqiq qilish shuni ko’rsatadiki, qabrlarni ziyorat qilish bu bayramning tarkibiy qismi bo’lgan. 
Gul sayllari (lola, qizil gul bayramlari)ni q’achon o’tkazilishi tabiatga, ob-havoga boqliq bo’lib,




52


ular gullar qiyqos ochilganda aprel boshidan to may o’rtalarigacha o’tkazilgan. Navro’z bir
oygacha nishonlanadigan joylarda esa bu ikki bayram bir-biriga qo’shilib ketgan. Shunday 
joylarda bahor tantanalari "Navro’z" bilan boshlanib "Gul sayllari" bilan yakunlangan. Keng va
go’zal lolazorlar bor joylarda esa "Gul sayllari" yanada tantanaliroq o’tkazilgan va bu baqor 
bayramlari bir-birini to’ldirib, o’zaro boyitib borgan. O’zbek dehqonlarining qayoti, mehnati va
hosilni yiqib olish munosabati bilan o’tkaziladigan bayramlari orasida bizning davrimizgacha 
kelganlaridan biri "qovun sayli"dir. Inqiobdan ilgari "qovun sayli" deqqonlarning polizlarida
qovun-tarvuzlarini yiqishdan boshlanib, bozor maydonlarida qam davom etgan.
Paxta yetishtiradigan dehqonlarning ham xosilni yiqib olganlaridan so’ng
nishonlanadigan bayramlari bo’lib, ular "Xirmon to’yi", keyinroq esa "Paxta bayrami"-deb 
nomlangan. Mo’l hosil etishtirgan yillari paxtakorlar katta ziyofatlar uyushtirishgan, o’yin-kulgi
qilishgan, yaxshi ishlaganlarga sovqa-salom berishgan, to’nlar kiydirishgan. Q’ish mavsumidagi 
bayramlar. qish faslida dehqonlarning bo’sh vaqti ko’p bo’lishiga qaramay, ammo bu mavsumga
ataluvchi bayramlar ancha kam. Shunga qaramay, qish fasli bilan boqliq bo’lgan "Birinchi: kor" 
("qor yoqdi", "qor xat") sayli o’zbek xalqi orasida keng tarqalgan edi. Bular birinchi qorga
baqishlangan, o’ziga xos bayram shakllaridir. 
Qadimdan birinchi qor yoqqan kun "qor xat" yozish ommaviy tus olgan, dalalarda qor
otishlar, o’yin-kulgilar, sovqa-salomlar va mehmondorchilik ziyofatlaridan tashkil topgan qishki 
xalq bayrami vujudga kelgan. Ilk bor qor yoqib dalalar, qir-adirlar va daraxtlarning oppoq
libosga burkanishi o’ziga xos go’zallik yaratgan. Qor yoqishi - yerni yaxshi oziqlanib, uning 
yaxshi hosildor bo’lishidan dalolat bergan. Shu sababli qor yoqishi kishi-larda ko’tarinki
kayfiyatni yaratgan. Xalqimizda "qor yoqdi - don yoqdi", "Er to’ysa, el to’yadi" degan maqollar 
bejiz yaratilgan emas. O’rta asrlardan qish faslining oxiri yoki erta bahorda o’tkazib
kelinayotgan "qurultoy" ham o’zbek yiqin-bayramlari qatoridan o’z o’rnini topgan. qurultoy 
o’rta asrda vujudga kelib, O’rta Osiyo xalqlarining chorvadorlari, dehqonlari orasida muntazam
ulkan yiqilish, majlis-sifatida har yili erta bahorda uyushtirilib, eng yirik bayramlardan biriga 
aylanib ketgan. qurultoyda mavsum kuni, shuningdek, eng dolzarb masalalar va kelajakdagi
rejalar haqida maslahatlashib olingan. o’zaro kelishuv va maslaqatlar tugagach, ommaviy xalq 
tomoshalari, ot o’yinlari - poyga, uloq ("Ko’pkari") xalq ommaviy sayllari uyushtirilgan.
XIX

asr oxiri - XX asrning boshlanishi o’zbek xalqi hayotiga katta o’zgarishlar olib


keldi. Chunonchi, O’rta Osiyo Rossiya davlati tomonidan bosib olingandan so’ng, bu yerga 
mustamlakachi to’ralarning kolonial siyosati bilan birga "inqilobiy qoyalar" ham yetib keldi.
1904 yil Toshkentda ilk bor revolyusionerlar boshchiligida "Mayovka" uyushtirildi. 1905 yildagi 
Peterburg "qonli yakshanba" voqeasidan keyin qalok bo’lganlar xotirasiga baqishlangan
namoyishlarning kuchayishi natijasida, Turkistondagi Toshkent va boshqa shaqarlarda birinchi 
may bayrami - chorizmga qarshi ulkan siyosiy tadbir sifatida tashkil etiladigan bo’ldi. Chor
samoderjaviesining aqdarilishini o’zbek xalqi ham mamnuniyat bilan kutib oldi. 
O’zbekistonning shaharlari va ko’pgina qishloqlarida revolyusiya sodir bo’lishi munosabati bilan
sayllar uyushtirilib ularga rus grajdanlari ham taklif qilindi.
XX asr boshida o’zbek madaniyati, bayramlari ham inqilobiy o’zgarishlar davrida
rivojlandi, o’zgarib bordi. G’oyaviy kurash bir necha siyosiy oqimni vujudga keltirib, ularning 
har biri kelajakda xalq hayoti, siyosati, iqtisod, madannyat, shu jumladan odat - bayramlar
qanday bo’lishini belgilash uchun o’zining afzalliklarini ko’rsatishga urinar edi. Biroq xalq 
hayoti, madaniyati va bayramlari taqdirini, u yoki bu qoyaviy-siyosiy oqim vakillarining istagi
bilan hal qilish qiyin. Ularning qaysisi qay darajada kerakligini xalqning bayramlarga bo’lgan 
eqtiyoji qal qiladi. Bayramlarning qanday o’zgarishi, boyishi hayot taraqqiyotiga boqliq. "Har bir
millatning urf-odatlari turli davrlarda, turli tarixiy va iqtisodiy sharoitlarda, madaniyatning turli 
bosqichlarida vujudga keladi. Jamiyat moddiy va ma’naviy hayotining o’sishiga qarab, ular
o’zgarib boradi, ya’ni ma’lum sharoitning talabiga javob bera olguncha "saqlanadi va aks holda 
yo’qolib ketadi".
Asrdan-asrga, avloddan-avlodga bebaho meros bo’lib o’tib kelayotgan, turmushga singib 
ketggn "Navro’z", "Lola sayli", "qovun sayli", "Xirmon to’yi" kabi ano’anaviy bayramning
zaminida tabiatni e’zozlash, mehnatni uluq’lash bo’lgani uchun qam u yangi zamon talabiga 



53


to’la javob bera olar edi. Shu bois ular qarama-qarshiliklar, taqiqlarga uchragan bo’lsa ham xalq
orasidan bugunlay yo’qolib ketmadi. Chunki bayramlar masalasi Hamza Hakimzoda 
Niyoziyning turli janrlardagi asarlarida o’z aksini topgan. She’riy ijodida "Ramazon" she’rini,
publisistik asarlari orasida "qurbon - bayrami kuni" nomli maqolasini, dramaturgiyasida "Bugun- 
8 mart" nomli pesasini va boshqalarni ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, uning amaliy
faoliyatida ham, bayramlarni uyushtirish muhim o’rin egallagan . 
Inqilobning dastlabki vaqtlaridanoq yangi tuzilgan davlat va partiya organlari mahalliy
xalq uchun yangi bo’lgan umumproletar bayramlar: 1- May (xalqaro birdamlik kuni), 8 - Mart 
(xotin-qizlar ozodligi kuni), 7- noyabr (Oktyabr revolyusiyasining qalaba kuni) kabilarni tashkil
qilishga katta e’tibor bera boshladi. Chunki bu bayramlar yangi tuzumning afzalliklarini ommaga 
tushuntirishda muhim vosita edi. Shuning uchun ham partiya va davlat organlari bu bayramlarni
ommaviy va qiziqarli qilib uyushtirish maqsadida unga madaniyat, sano’at va adabiyot 
xodimlarini jalb etishardi hamda o’sha vaqtda markaz bo’lmish Petrograd va Moskvada paydo
bo’lgan ilk tajribalardan foydalanishga intilishardi. Natijada ko’pgina joylarda, jumladan 
Toshkentda qam bayramlarning asosiy qismini tashkil qiladigan yangi shakllar: ommaviy
inssenirovkalar, teatrlashtirilgan miting - konsertlar, teatrlashtirilgan chiqishlar va karnaval - 
namoyishlar vujudga keldi. Bayramlarning mazmuni oddiy xalqqa tushunarli bo’lishi uchun
ularda ko’plab badiiy - obrazli va ta’sirchan vositalar qo’llanila boshlandi .
Sovet hokimiyatining birinchi yillari bayramlar ko’pincha teatrlashtirilgan miting-
konsertlar shaklida ham tashkil qilinar edi. Bu badiiy agitasiyaning muqim turi qisoblanib, uning 
badiiy - obrazli syujeti notiqlar nutqi va unga ilova shaklida revolyusion qo’shiqlar, she’rlar
dramatik lavqalar va hokazolar bilan yanada kuchaytirilar edi. Inqilobning borishi yillaridan 
yangi internasional bayramlar hisobiga boyib bordi. 20-yillar oxiri, 30-yillar boshlarida yangi
bayramlar "soyasida" xalq bayramlari e’tibordan chetda qola boshladi. Eskilik sarqitlari va dinga 
qarshi kurashlar jarayonida xalq urf-odat - bayramlarnning qaysilari ijobiy va qaysisi salbiy
ekanligi to’qrisida o’ylamay, ularning chuqur moqiyatiga etishmasdan, ularga (masalan, 
"Navro’z"ga) ba’zida ochiqdan-ochiq, ba’zida pinqona kurash olib borildi
Ana shu ko’rsatmalarga amal qilinib 80-yillar o’rtalarida o’zbek xalqi azaldan sevib, 
ardoqlab kelgan urf-odatlar va marosimlar, bayramlar cheklab qo’yildi, ba’zilarining o’rniga
boshqa bayramlar va marosimlar to’qib chiqarildi. Natijada avvallari nishonlanadigan "hosil 
bayrami", "qovun sayli", "Gul sayli" va boshqa xalq bayramlari unutib qo’yildi. "Navro’z"
bayrami esa avval ta’qiqlandi, so’ng suno’iy tarzda "Navbahor" bayramiga aylantirildi Xalq 
qo’llab-quvvatlamagan bu bayram moddiy zaminga ega bo’lmaganligi sababli uzoq yashay
olmadi. Xalq bayramlarini ta’qiqlab qo’yilishi 80-yillarning oxiriga kelib aholining ochiqdan-
ochiq va haqqoniy noroziligini uyqotadi. Buning zaminida milliy an’analar, marosimlar va
bayramlarni xalqqa qaytarish jiddiy masalaga aylandi. Natijada O’zbekiston jumhuriyatida "Xalq 
bayramlarini tiklash muammolari" yuzasidan ishchi gruppasini tuzilishi qamda bu gruppa
tomonidan qar yili 21 martdan 21 aprelgacha "Insoniylikni va tabiatni e’zozlash oyligida 
"Navro’z", "Xotira kuni", "Birinchn pushta", "Birinchi ekin", "Don, maysa va suv kuni", bolalar
"Boychechak" bayrami, "Lola sayli" va boshqa bayram marosimlarini o’tkazish tavsiya qilinishi 
xayrli ishlarning debochasi bo’ldi. Xalq marosimlari va bayramlarini tiklash juda murakkab
jarayon bo’ldi. Chunki xalq bayramlariga xos shakl va elementlar yo’qolib bordi. Xalq 
bayramlari kuni uyushtirilgan "Katta tomoshalar", masqarabozlar, qiziqchilar, qo’qirchoqbozlar,
dorbozlar, polvonlar ishtirokidagi azaliy xalq tomoshalari, askiyabozliklar, mushoiralar, xalq 
o’yinlari kabilar noyob qodisaga aylandi. Eng ayanchli qol shu bo’ldiki, shaxsga siqinish va
turqunlik yillarida o’zbek xalq bayramlariga xos yaxshi odatlar (bayram oldidan qariyalar, 
xastalar va nochorlardan xabar olish, savobli-xayrli ishlar qilish, kabilar) unutila bordi. Bu
borada shuni qato’iy ta’kidlash kerakki, bayramlar barcha xalqlarda eng yaxshi insoniy odatlar 
va an’analarni saqlaydigan muhim shakl bo’lgan. Shu sababli xalq marosimlari va bayramlari
bilan birga insoniylik an’analari qam yo’qola bordi. 
XX asrda an’anaviy o’zbek xalq bayramlari davr sinoviga bardosh berdi, ba’zi vaqtlarda
vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengib o’tdi, ularning safiga yangi bayramlar qo’shildi, boyidi. 
O’zbekistonda Sovet hokimiyati yillaridagi bayramlar taraqqiyotiga nazar soladigan bo’lsak, bir-




54


biri bilan boqliq yaqqol ikki yo’nalishning vujudga kelganini sezish mumkin:
1. An’anaviy xalq progressiv bayramlarini (zamonga mos) taraqqiy ettirish; 
2.
Xalqaro bayramlarni hayotga tadbiq etish va taraqqiy ettirish. 

Birinchi yo’nalishda o’zbek xalqi uchun qadim zamonlardan munosib bo’lgan milliy


marosimlar - bayramlar ("Navro’z", "Lola sayli", "qovun sayli" kabilar)ni yangi mazmun bilan 
rivojlantirish nazarda tutilsa, ikkinchi yo’nalishda esa butun dunyo xalqlarining kurashi va
mehnati jarayonida vujudga kelgan bayramlarni (1 May- xalqaro birdamlik kuni, 8 Mart - 
xalqaro xotin-qizlar kuni, I yanvar - yangi yil, 9 May - qalaba kuni, 7 noyabr - Oktyabr
revolyusiyasi kuni kabilarni) o’zbek xalqi qayotida milliy va maqalliy xususiyatlarini qisobga 
olib tashkil qilish ko’zda tutildi. Undagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy soqalarning taraqqiy
etishi bayramlar rivojiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada, zamon talabiga muvofiq yangi-
yangi bayramlar vujudga keldi. Shuningdek, o’zbek xalqi ijtimoiy-madaniy qayotining o’zgarishi
va yangi soqalar paydo bo’lishi natijasida mehnat, tabiat, madaniyat, sport, oilaviy-shaxsiy 
bayramlar yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Birinchidan, an’anaviy o’zbek xalq an’analari qatoriga o’lkamiz hayotiga mos, milliy va 
mahalliy xususiyatga ega bo’lgan yangi bayramlar qo’shilgan. Masalan, bunga "Tabiat
bayrami"" ("Ona yer sahovati"), "qishloq bayramlari", "Ko’cha bayramlari", "Mahalla 
bayramlari", "qariyalar bayrami", "Palov va obinon bayramlari", "Tabassum sayli", "Do’stlik
karnavali", "Sport bayrami" kabilarni kiritish mumkin. Bu bayramlarning ko’pi O’zbekiston 
sharoitida vujudga kelib, zamonaviy milliy bayramlar sifatida shakllangan.
Respublika rahbarligiga kelgan I.A.Karimov kishilarning ma’naviy boyishiga, milliy 
madaniyatlarning bir-biri bilan yaqinlashuvi va o’zaro rivojlanishiga yordam beradigan xalq
an’analari va bayramlarini tiklashga katta e’tibor berdi. Bu o’rinda xalqimizning azaliy qadriyati, 
sevimli bayrami hisoblanmish "Navro’z" bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat
tarixida katta voqea bo’ldi. Ma’lumki, O’zbekistonda Prezident tashabbusi bilan "Navro’z" 
bayramini umumxalq shodiyonasiga aylantirish borasida bir qator tadbirlar ko’rildi. 1991 yildan
boshlab mamlakatda Prezident Farmoniga ko’ra, 21 mart - Navro’z umumxalq bayrami sifatida 
nishonlanadigan bo’ldi.
Har bir jamoa, muassasada nishonlanadigan bunday bayramlar, kishilarda xalqimizning 
qadimiy an’analariga hurmat, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalaydi. Bundan tashqari
ma’naviy hayotdagi yana bir talay, aniqroqi diniy bayramlar, qayit kunlarining respublikada 
umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo’l ochilgani ham ma’naviy
poklanishning muhim ko’rinishidir. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə