O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti


Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning 2001-yil 30-avgustda Toshkent



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə21/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning 2001-yil 30-avgustda Toshkent 

shahrida O`zbek davlat akademik drama teatri yangi binosining ochilishi marosimida 

so`zlagan nutqi. 
Assalomu alaykum, aziz do`stlar! 
Muhtaram san’atkorlar!
Qadrli mehmonlar! 
Avvalo, barchangizni bugungi unutilmas kun — azim poytaxtimiz Toshkent shahrida
ushbu ajoyib san’at saroyi — O`zbek davlat akademik drama teatrimizning yangi binosi ochilishi 
munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Hurmatli birodarlar! 
Bugun yurtimizdagi eng ulug` va eng aziz bayram arafasida mana shu betakror,
muhtasham, zamonaviy teatr koshonasi san’at muxlislari uchun o`z eshiklarini ochayotgani 
g`oyat quvonchlidir.




34


Bunday go`zal saroyning taqdimot marosimida ishtirok etishning o`zi har qanday odamni
ham quvontirib, uning ko`ngliga xush kayfiyat, yorug`lik bag`ishlaydi, desam, o`ylaymanki, 
barchangiz bu fikrga qo`shilasiz. O`zingiz bilasiz, o`zbekiston rahbari sifatida mening ko`p-ko`p
xalqaro miqyosdagi katta anjumanlarda, mahobati bilan ko`zni qamashtiradigan saroylarda, 
imperatorlar, qirol va podshohlarning qasrlarida, bugungi zamonning eng chiroyli, boy va
hashamatli binolarida bo`lishimga, u joylarda nutq so`zlashimga, muloqotlarda ishtirok 
etishimga to`g`ri keladi.
Lekin men mana shu daqiqalarda qalbimdan bir hayajon kechirayotganimni sizlarga 
ochiq aytishim kerak.
Bu hayajonning sababi shundaki, o`zbek madaniyatining ko`zgusi bo`lgan mana shu 
akademik teatrimiz sahnasida Mannon Uyg`ur, Etim Bobojonov, Abror Hidoyatov, SHukur
Burhonov, Olim Xo`jaev, Sora eshonto`raeva, Nabi Rahimov, Obid Jalilov, Zaynab Sadrieva, 
Toshxo`ja Xo`jaev, Aleksandr Ginzburg, G`ani A’zamov singari ne-ne buyuk san’at
namoyondalarining qutlug` izlari qolgan, ovozlari yangragan, ularning o`lmas ruhi bugun ham 
shu dargohda kezib yuribdi.
Necha yillar davomida o`zining beqiyos san’ati va mahorati, klassik asarlarning betakror 
ijrosi bilan bu teatr nafaqat milliy san’atimiz muxlislarini, balki dunyodagi manaman degan
teatrlarning mashhur rejissor va aktyorlarini, insonni o`ylantiradigan murakkab savollarga teatr 
ibrati orqali javob topishini istayman.
Sizlar o`zbek teatr san’atimizning eng yaxshi an’analarini asrab-avaylab, rivojlantirib, 
kelajak avlodlarga etkazasiz, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi etuk
asarlaringiz bilan xalqimiz madaniyatini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo`shasiz, deb 
ishonaman.
Barchangizga tilagim shuki, sizlar sahnada betakror obrazlar yaratib, xalqimiz mehriga 
sazovor bo`lishdan charchamang, bizga esa ajoyib mahoratingizga qoyil qolib, san’atingizni
olqishlab, sizlarga mana shunday hurmat-ehtirom, izzat-ikrom ko`rsatib yurish nasib etaversin. 
Hayot haqida, inson umrining ma’no-mazmuni haqida teatr ixlosmandlari bilan qizg`in va
jonli muloqotingiz davom etadigan, yurtimiz, millatimiz dovrug`ini tarannum qiladigan bu 
muazzam ijod maskani avvalo sizlarga, barcha san’atkorlarimizga buyursin, ezgulik va
go`zallikni yuksak qadrlaydigan tomoshabinlarga, butun xalqimizga muborak bo`lsin. 
Fursatdan foydalanib, ushbu madanivat qasrini bunyod etgan qo`li gul quruvchilarimizga,
me’moru muxandislarimizga, bu oliyjanob ishda qatnashgan barcha yurtdoshlarimizgi o`z 
nomidan, butun san’at muxlislari nomidan samimiy minnatdorlik izhor etaman.
Mana shu unutilmas daqiqalarda barchangizni Vatanimiz istiqlolining 10 yillik qutlug` 
to`yi bilan yana bir bor tabriklayman.
Sizlarga yangi-yangi ijodiy yutuqlar, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat 
tilayman. Ilhomiflgiz, iste’dodingiz yanada ziyoda bo`lsin, hamisha muxlislaringiz, xalqimiz
ardog`ida bo`ling. 
«Turon» teatr truppasi – birinchi o`zbek professional teatr jamoyasi va uning nizomi.
Birinchi o`zbek milliy teatr truppasi – «Turon» teatri 1913 yilning oxirida Toshkentda Turon 
oqartuv jamiyati qoshida havaskorlar truppasi tashkil topishi. Truppa rahbari Abdulla Avloniy va
uning faoliyati. «Turon» truppasining nizomi va uning davlat adliya idoralari tomonidan 
tasdiqlanishi, hamda uning o`lka teatrchilik harakatlaridagi o`rni. 1914-1918 yillar orasida
Turon teatri faoliyati va repertuari. Spektakl’ rejissyorlari va aktyorlar. Turon truppasi 1918 yil 3 
noyabrda Davlat teatri sifatida ochilishi. 1918-1920 yillar orasida teatr repertuari. Turon teatr
truppasining 1918-1924 yillar orasida havaskorlikdan milliy professional Davlat teatri darajasiga 
ko`tarilishi, hamda Turkistonda teatr san`atining etakchi kuchiga aylanishi.
Ozarbayjon va tatar teatrlarining Turkistondagi ijodiy safarlari va ularning o`zbek milliy 
teatrlari shakllanishidagi o`rni. Ozarbayjon, turk, tatar, hamda rus teatri dramaturgiyasi, ijodiy
safarlari o`zbek teatrining shakllanishida bosh omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbek teatrining 
rivojida 1915-1916 yillar sahnalashtirilgan qator tarjima asarlari katta ijobiy ahamiyat kasb
etgan. Ayniqsa, bu masalada ozarbayjon dramaturgiyasi muhim rol’ o`ynaydi.
H.H.Niyoziy va o`zbek teatri. H.H.Niyoziy va o`zbek milliy teatri. H.H.Niyoziyning




35


ma`rifatchilik borasidagi faoliyati, uning dramaturgiyadagi ijodiy faoliyati va teatr sohasidagi
harakatlari. «Boy ila xizmatchi», «Zaxarli hayot», «Maysaraning ishi» asarlari.
Mannon Uyg`ur birinchi o`zbek professional rejissyori. Mannon Uyg`ur o`zbek sahna
san`atini kamol topishi yo`lida serqirra faoliyati. Mannon Uyg`ur va Turon truppasida 
professional jarayonining shakllanishi a) milliy repertuarni yaratish uchun kurash yo`lida
teatrning ijodiy laboratoriyaga aylanishi; Mannon Uyg`ur 20 yildan e`tiboran teatr repertuarida 
katta hajmdagi tomoshabinni jalb etuvchi spektakllarining ko`payishi; b) Mannon Uyg`ur va
truppada zamonaviy rejissurani vujudga kelishi; v) aktyor talqin san`ati; truppada Mannon 
Uyg`ur boshliq barcha aktyorlarning truppani etakchi ijrochilariga aylanishi.
1917-20 yillar teatr o`lka musiqali drammatik truppasi Farg`ona vodiysi, Buxoro, 
Xorazm teatri. Karl Marks nomli teatr. O`lka «Namuna» teatri. O`zbek I-II teatr studiyalari
Moskvada, Bakuda. Turon, Namuna 1924 yildan O`zbek Davlat sayyor truppasi nomi bilan ish 
yuritgan respublika teatri. Uning sahna ustalari Moskva, Bakudan qaytgan O`zbek Davlat
drammatik truppasi nomi bilan qayta tashkil topishi. Qayta tashkil topgan teatr repertuarini 
Revizor, Xasis, Malikai Turandot, YOrqinoy singari spektakllar bilan boyishi.
O`zbek milliy teatri XX asrning 20-30 yillarida. 20 yillarning oxiri va 30 yillarning 
boshlaridan e`tiboran adabiyot va san`atda sho`ro voqealigini sinfiy kurash, sinfiy va partiyaviy
xushyorlik, mamlakatni sanoatlashtirish va qishloq xo`jaligini kollektivlashtirish nuqtai 
nazaridan yoritishni asosiy talab qilib qo`yilishini o`tkirlashuvi. P’esalarda o`tmish va bugungi
hayot muammolarining baxsi.
Hamza nomidagi O`zbek Davlat drama teatri, hozirgi O`zbek milliy akademik drama
teatri. Hamza nomidagi teatrni o`zbek dramaturgiyasi o`zbek jonli adabiy tilining markaziga 
aylanganligi xususida.
30 yillarning boshlaridan e`tiboran davlat teatr tizimlarining qayta tashkil etilishi. 
Markaziy davlat teatrlari: Hamza nomidagi o`zbek davlat drama teatri (1933 yildan e`tiboran
akademik drama teatri), O`zbek davlat musiqali teatri (1939 yildan e`tiboran o`zbek davlat opera 
va balet teatri), M.Gor’kiy nomidagi rus davlat drama teatri, respublika yosh tomoshabinlar
teatri, respublika o`zbek davlat qo`g`irchoq teatri (1939). Muqimiy nomidagi o`zbek davlat 
musiqali drama va komediya teatri (1939-40 yillar).
O`zbekistonda opera va balet teatrlarini shakllanishi va rivojlanishi. Ushbu murakkab 
san`at turlarini asoslari, ularning ijodiy faoliyatlari, madaniy hayotimizdagi o`rni haqida o`zbek
operasi va baleti rivojlanishi haqida. M.Qori YOqubov, H.Nosirova, S.YArashov, K.Zokirov, 
M.Razzoqova, G.Izmailova, B.Qorieva, G.Hamraeva – o`zbek milliy opera va balet san`ati
darg`alari.
O`zbekistonda bolalar va yoshlar teatri va boshqa millat teatrlari. Asosan 1 - Turon teatri
sahnasida drama, musiqali teatr, bolalar teatri shakllarining shakllanishi va 1928-1930 yillar 
oralig`ida davlat drama, o`zbek davlat musiqali teatr va o`zbek davlat bolalar teatrga ajralib
rivojlanishiga yuz tutishi.
Viloyat teatrlari o`zbek milliy teatrlarining ajralmas qismi. 20 yillarda O`zbekistonda
teatr san`atining faol shakllanishi munosabati bilan 30 yillarning boshlaridan e`tiboran viloyat 
teatrlarini qayta tashkil etish, tur va janrlarini aniqlash jarayoni, Farg`ona vodiysi, Andijon,
Farg`ona, Namangan, Qo`qon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo, Xorazm, 
Qoraqalpog`iston teatri.
O`zbek teatri ikkinchi jahon urushi yillarida (1945-41 yillar). Ikkinchi jahon urushining 
boshlanishi, hamma narsa front uchun shiori va Vatan himoyasi muammolarini adabiyot va
san`atning bosh mavzusiga aylanishi. Mavzuning ikki jihati: front, front orti hayoti. Har bir xalq 
tarixining yorqin sahifalari – bosqinchilarga qarshi, yurt mustaqilligi, ozodligi kurashda jon fido
etgan yorqin tarixiy siymolarni namunali badiiy obrazini yaratish san`atni, jumladan teatrning 
etakchi vazifasi qilib belgilanishi.
Hozirgi o`zbek dramaturglari.
Mustaqillikning ilk davridan e`tiboran O`zbekiston dramaturglari va teatrlarini o`tmish
qadriyatlarini xususan, o`zbek milliy davlatchiligi va uning buyuk namoyondalari obrazlarini 
adolat nazari bilan gavdalantirishiga qiziqishlarining kuchayishi. Zamonaviy mavzuni




36


dramaturgiya va sahnada aks ettirishda muxim muammolar, davr qahramonlari qiyofalarini
ta`riflash mezonlarini aniqlab olishdagi qiyinchiliklar. Respublika teatrlarida tarixiy va 
zamonaviy mavzudagi asarlarni istiqlol sharofati bilan qaytadan ijro etish jarayoni. Barcha
o`zbek etuk dramaturglar asarlari bilan tanishish.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə