O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə19/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –T., 2008. 
2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. "Muloqot" 11. 5-son. 1998y.




25


3. Karimov.I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka taxdid.barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari. T.1997. 
4. Aminjonova I E. Qadimiy yodgorliklar qissasi. T. 1968.
5. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y. 
6. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y.
7. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y. 
5-MAVZU: Xalq og`zaki ijodi an’analari 

REJA:
1. Xalq og`zaki badiiy ijodi. 


2. Folklorning xalq pedagogikasi bilan aloqasi.
3. Folklorning boshqa fanlar bilan aloqasi. 
4. O`zbekiston Respublikasi hukumatining folklor haqidagi qarorlari.
5. Folklor asarlarining og`zaki usulda yaratilishida 
O`zbek xalq og`zaki badiiy ijodi o`zbek xalqining asrlar davomida ijodkor farzandlari 

tomonidan yaratilgan madaniy merosidir. Bu meros maqollar, matallar, latifalar, qo`shiqlar,


ertaklar, dostonlar va boshqa janrlardagi asarlardan iborat. Xalqimiz og`zaki ijodining tarixiy 
ildizlari Markaziy Osiyoda yashab o`tgan turkiy xalqlarning mifik dunyoqarashiga borib
taqaladi. Mazkur mifik qarashlar O`rxun - enasoy tosh bitiklari, «O`g`uznoma», «Kitobi dadam 
Qo`rqut», Koshg`ariy tuzgan «Devonu lug`atit-turk», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq»,
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» kabi adabiy asarlarida ham o`z ifodasini topgan.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng xalq og`zaki ijodiga milliy
qadriyatlarning ajralmas tarkibiy qismi sifatida munosabatda bo`la boshlandi. Mustaqillik zudlik 
bilan milliy mafkura asoslarini yaratish vazifasini kun tartibiga qo`ydi. Ayniqsa, Prezidentimiz I.
A. Karimovning 1997 yil 31 avgust kuni Oliy majlis I-chaqiriq IX sessiyasida so`zlangan 
«Barkamol avlod-O`zbekiston kelajagining poydevori» mavzuidagi nutqida og`zaki ijod
asarlariga milliy mafkura tamoyillari singdirilgan ma`naviy qadriyatlar sifatida munosabatda 
bo`lish masalasiga alohida e`tibor berildi.
1997 yil 6 oktyabr’ kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Kadrlar 
tayyorlashning milliy dasturi»ni qabul qildi. Mazkur dasturda ham xalq og`zaki ijodi namunalari
yosh avlodni milliy mafkura asosida tarbiyalashning asosiy manbalaridan biri sifatida baholandi. 
«Folklor» atamasi inglizcha so`zdan olingan bo`lib, «xalq donoligi», «xalq donishmandligi»
ma`nolarini anglatadi. Bu atama birinchi marotaba 1846 yilda Vil’yam Toms tomonidan 
qo`llangan va bugungi kunda jahon ilmu fanida xalq ijodi tushunchasini bildiradi. Masalan, biz
«folklor» so`zini qo`llaganda xalq og`zaki ijodini nazarda tutamiz. SHu bilan birga «folklor» 
so`zi xalq amaliy san`ati, xalq me`morchiligi va boshqa sohalarni ifodalaydigan atamadir. Faqat
har bir soha mutaxassisi folklor deganda o`z sohasini, masalan, biz xalq og`zaki ijodini, 
xoreograf xalq raqsini, musiqashunos esa xalq kuylarini nazarda tutadi.
Folklor asarlarida xalq hayoti badiiy aks etadi. SHuning uchun xalq og`zaki ijodi so`z 
san`atining - badiiy adabiyotning og`zaki shakli sifatida o`rganiladi. Xalq og`zaki ijodining
maqol, topishmoq, ertak, doston, tez aytish, sanamachoq, qo`shiq, askiya kabi janrlari bor. 
Xalqimiz tomonidan ming yillar davomida yaratilgan og`zaki ijod namunalari o`zbek xalqining
tarixiy va qimmatli madaniy merosidir. Ayni kunlarda o`rganish va asrab avaylash qayta-qayta 
ta`kidlanayotgan xalq qadriyatlari tarkibida xalq og`zaki ijodi ham mavjuddir. Xususan,
«To`maris», «SHiroq» kabi afsonalar, «Alpomish», «Go`ro`g`lining tug`ilishi», «Ravshan», 
«Oshiq G`arib va SHohsanam» kabi dostonlar, «Bulbuligo`yo», «Malikai Husnobod», «Uch
og`a-ini botirlar» kabi ertaklar, lirik qo`shiqlar, marosim va mehnat qo`shiqlari hamda boshqa 
og`zaki ijod namunalari xalqimiz qadriyatlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi»da xalq qadriyatlarining tarbiyaviy ahamiyati alohida qayd etilgan. Xususan,




26


«Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari» bobining «Ma`naviy-axloqiy
tarbiya va ma`rifiy ishlar» moddasida: «YOsh avlodni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning 
boy milliy, madaniy-tarixiy an`analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga
asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy 
etiladi»,- deyilgan. Ushbu muhim davlat hujjatida xalq og`zaki ijodining asrlar bo`yi yosh
avlodni tarbiyalash vositasi bo`lib kelganligi alohida ta`kidlangan. 
Bugungi kunda ma`lum bo`lyaptiki, shaxsni tarbiyalashda uning ruhiy holatiga ta`sir
kilmasdan samaraga erishib bo`lmaydi. Xalq og`zaki ijodida avlod tarbiyasi aynan ana shu 
usuldan foydalangan holda amalga oshiriladi. Jumladan, «Alpomish» dostonida Alpomishning
soddaligi va ishonuvchanligidan foydalangan dushman uni va sheriklarini tuzoqqa tushiradi. 
Qahramonning bir kun may ichib hushyorligining yo`qotishi 7 yil zindonda yotishiga sabab
bo`ladi. YOki dostonda aka-uka Boybo`ri va Boysarining murosasizligi tufayli o`n minglab 
qo`ng`irotliklarning boshiga misilsiz ko`rgiliklar tushadi.
Bundan ma`lum bo`ladiki, dono xalqimiz psixologiya fanining zamonaviy yutuqlaridan 
bexabar holda yoshlarni tarbiyalashda eng ma`qul yo`lni tanlagan ekan.
Pedagogikada yosh avlodni vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo`ylik ruhida 
tarbiyalash masalasiga alohida e`tibor beriladi. Bundan tashqari, xalq o`z farzandlarining ziyrak,
irodali, insonparvar bo`lib etishishini orzu qilgan. Xalq og`zaki badiiy ijodidagi asarlarda tanqid 
ostiga olingan qahramon o`z fe`lidagi kamchiliklarni tuzatadi va murod-maqsadiga etadi. Bu
misollar ham xalqimiz og`zaki ijodining muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.
Xalq og`zaki ijodi bilan yaqindan tanishish bu asarlarda inson tarbiyasiga oid hech qanday bo`sh
o`rin qolmaganligini ko`rsatadi. Xususan, ba`zi ertaklarda asar qahramonining ziyrakligini 
tekshiruvchi topishmoqlar mavjud. Bir qator epik asarlarda esa hayotda yomonlik qilgan
shaxsning jazosiz qolmasligi ta`kidlanadi. Bevosita yosh bolalarning tarbiyasiga oid masalalar 
ham xalq og`zaki ijodi namunalaridan sezilarli o`rin olgan. Bu o`rinda topishmoqlarda majoziy
fikr yuritilishini, tez aytishlarda nutq organlari shakllanishiga e`tibor berilganini, bolalar 
qo`shiqlarida estetik tarbiya bilan jismoniy tarbiyaning uyg`un ekanligini nazarda tutamiz.
Xalq og`zaki ijodi va xalq pedagogikasining aloqasi haqida maxsus fikr yuritilar ekan, 
o`rganilayotgan asarning ma`rifiy ahamiyatini ham e`tiborga olmoq maqsadga muvofiqdir.
CHunki xalq og`zaki ijodida katta o`rin tutuvchi doston va ertaklar orqali yosh avlodga qadim 
zamonlarda quyosh, er, suv, ot, tuya, yo`lbars, baliq, qaldirg`och, behi, chinor kabi
tushunchalarning muqaddasligi uqtirilgan. SHuningdek, bunday asarlarda to`y, aza kabi 
marosimlar qanday o`tkazilishi haqida aniq ma`lumotlar berilgan. Natijada doston va ertaklarni
tinglovchilar bir tomondan, hayot, ikkinchi tomondan, badiiy ijod namunalari orqali milliy 
qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalanganlar. Bu esa bugungi kunda davlatimiz tomonidan alohida
e`tibor berilayotgan umuminsoniylikni va milliylikni, mustaqillik mafkurasi asoslarini 
o`zlashtirish omili hisoblangan.
Akademik litsey talabalar yaqin kelajakda oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirishlarini va 
ko`plari maorif xodimlari bo`lib etishishini nazarda tutsak, og`zaki ijod asarlarini o`rganishlari
zarurligi aniq seziladi. Talabalar og`zaki ijod asarlarini o`qish jarayonida faqat asar mazmuniga 
emas, balki asar matnidagi mifik dunyoqarash elementlariga, rasm-rusum o`tkazish tartiblariga
ham e`tibor bermoqlari lozimdir. O`zbek xalq og`zaki ijodi namunalarida ilgari surilgan ezgu 
g`oyalar xalq pedagogikasi bilan chambarchas bog`liqligi katta ahamiyat kasb etadi. Bundan
tashqari o`zbek folklori elshunoslik (etnografiya), shevashunoslik (dialektologiya), til va 
adabiyot tarixi, madaniyatshunoslik, musiqa, adabiyot nazariyasi, tilshunoslik, tarix, arxeologiya
kabi yana bir qator fanlar bilan ham uzviy aloqada bo`ladi.
Qadimgi davr folklori manbai bo`lmish «Avesto», «O`g`uznoma», O`rxun-Enasoy
toshbitiklari, Mahmud Koshg`ariyning «Devoni lug`atit - turk» asari kabi yodgorliklar ayni 
paytda o`zbek adabiyoti tarixining ham o`rganish manbaidir. SHuni ham ta`kidlash zarurki,
folklor namunalari tilshunoslikning ham o`rganish manbai hisoblanadi. Folklor asarlarida tilga 



27


olingan ko`plab ma`lumotlar arxeologik topilmalar orqali isbotlanmoqda. Xalqimizning uzoq
yillik boy tarixi, urf – odatlari, ezgu fazilatlari folklor asarlarida badiiy in`ikosini topganligi 
vatanimiz tarixini o`rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Vatanimizda Istiqlol yillarida folklor
bilan bog`liq bir qancha qarorlar qabul qilindi va xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 1991 
yildan buyon Navro`z bayrami umumxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda. Keyingi yillarda
o`zbek folklori namunalarining ko`plab nashr etilayotgani ham og`zaki ijodimizga Davlat 
siyosati darajasida baho berilayotganini ko`rsatuvchi dalildir. 1998 yilning 13 yanvar’ kuni
Prezidentimiz I.A.Karimov «Alpomish» dostonining 1000 yilligini nishonlash haqidagi 
farmonga imzo chekdi. YUbiley tantanalari 1999 yil noyabr oyida Surxondaryoda keng
nishonlandi. 
YUNESKOning 1999 yil noyabrdagi 30-sessiyasida «Avesto» kitobining 2700 yillik
yubileyini nishonlash haqidagi qarori qabul qilingan edi. 2000 yil 23 martda esa bu ezgu 
tashabbusni qo`llab - quvvatlovchi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«Avesto»ning 2700 yilligini nishonlash to`g`risidagi qarori qabul qilindi. SHundan so`ng bu 
qadimiy kitob haqida o`nlab maqolalar, tadqiqotlar e`lon qilindi. SHoir Asqar Mahkam asarning
kattagina qismini o`zbek tiliga she`iy usulda, atoqli olim Mirsodiq Ishoqov esa nasriy yo`lda 
tarjima qilib nashr ettirdilar.
«Avesto» yubileyi tantanalari 2000 yil 3 noyabrda Zardusht va uning ulug` kitobi vatani 
hisoblanmish Xorazmda bo`lib o`tdi. «Avesto» eng qadimgi folklor namunalarini o`zida
mujassamlashtirgan va keyingi davrda yaratilgan folklor hamda yozma adabiyotga juda ko`plab 
mavzular bergan tarixiy va o`lmas kitobdir. Prezidentimiz I. Karimov deyarli har bir asarida
milliy va ma`naviy qadriyatlarimizga, jumladan, xalq og`zaki ijodi namunalarigi o`rganishga 
alohida e`tibor berib kelmoqda. Fikrimizga I. Karimovning «YUksak ma`naviyat – engilmas
kuch» nomli kitobidagi quyidagi so`zlari dalil bo`ladi: «O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini 
unutgan millatning kelajagi yo`q». Zero, xalq og`zaki ijodi namunalari ham ulug` va boy
tariximizning bir qismidir. 1999 yildan O`zR Vazirlar Mahkamasi «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» asosida Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini ochish haqida qaror qabul qildi.
Mazkur qarorning hayotga tatbiq etilishi natijasida xalq og`zaki ijodi fanini Akademik litseylarda 
alohida nazariy va amaliy kurs sifatida o`rganishga soatlar ajratilgan. Bu esa talabalar oldiga
o`zbek folklori namunalarini mukammal o`rganish hamda ularda ilgari surilgan ezgu g`oyalarni 
o`zlashtirib olish talabini qo`yadi. Xalq og`zaki ijodi badiiy adabiyotning eng qadimiy turi
hisoblanadi. O`zbek folklori jahondagi hamma xalqlar og`zaki ijodida bo`lgani kabi bir qator 
o`ziga xos belgilariga ega. Bu belgi-xususiyatlar asosan og`zaki shakldagi so`z san`ati
namunalarining yozma adabiyot asarlaridan farqlovchi xususiyatlar hisoblanadi. Ularning tartibi 
haqida folklorshunos olimlarning fikrlari turlicha. Masalan, O. Madev an`anaviylikni folklorning
birinchi xususiyati deb hisoblaydi. Biz quyidagi tartib tarafdorlarining fikriga qo`shilamiz:
1. Og`zakilik va badihago`ylik.
2. Jamoaviylik va ommaviylik. 
3. An`anaviylik.
4. Ko`p nusxalilik va tarmoqlilik.
5. Anonimlik.
Og`zakilik va badihago`ylik og`zaki ijod asarlarining shakliy ko`rinishi bilan bog`liqdir. Asrlar 
davomida bizgacha etib kelgan doston, ertak, qo`shiq, maqol va boshqa asarlar og`zaki tarzda
yaratilgan, og`zaki tarzda avloddan-avlodga o`tgan va xalq madaniyatining og`zaki merosiga 
aylangan. Ko`p yillardan buyon og`zaki ijod namunalarini o`rganish bo`yicha olib borilgan
kuzatuvlar og`zakilikning ijobiy va salbiy jihatlari borligini tasdiqlamoqda. Bizningcha, 
og`zakilik xalq ijodining omma orasiga tarqalishida va keng tus olishida ijobiy ahamiyatga ega.
CHunki asarlarning bu shaklda ijro etilishi ijrochi zimmasiga ortiqcha mas`uliyat yuklamaydi. 
Ammo masalaning ikkinchi tomonini ham qayd etmoq lozim, xususan, ayrim ijod namunalari




28


aynan og`zaki tarzda ijro etilganligi uchun ijrochining vafoti bilan asarning hayoti ham to`xtaydi,
unutiladi. Ayrim ijod namunalarining shogirdlar tomonidan o`zlashtirilmaganligi yoki olimlar 
tomonidan yozib olinmaganligi oqibatida vaqt o`tish bilan esdan chiqadi, asar yo`qolib ketadi.
Badihago`ylik xalq og`zaki ijodidagi bevosita og`zakilik xususiyatidan kelib chiqadigan belgidir. 
Badihago`ylik yozma ijodda yo`q, chunki yozma jarayon individual ijod bilan bog`langandir.
Badihago`ylik esa tinglovchi auditoriyasi bilan bog`langan holda namoyon bo`ladi. Xalq og`zaki 
ijodidagi askiya janrini badihago`yliksiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
SHuningdek, doston, ertak va boshqa folklor namunalarining ijrosi jarayonida ijrochi asar 
matniga yo`l-yo`lakay o`zgarish kiritishi, ba`zan yangi lavhalarni o`ylab topishi, ayrimlaridan
voz kechishi mumkin.
Jamoaviylik va ommaviylik tushunchasi ham xalq og`zaki ijodida muhim belgi hisoblanadi.
Bu o`rinda asarning yaratilishi jamoa bilan, uning tarqalishi xalq orasida yashashi ommaviylik 
bilan bog`liqligini ta`kidlab o`tish zarur. Xalq og`zaki ijodidagi har bir asarning vujudga kelishi,
janr sifatida takomillashuvi, so`z san`atining namunasi sifatida xalqqa ta`sir etishi unda 
jamoaviyning ishtiroki bilan belgilanadi. Folklordagi jamoaviylik tushunchasi bilan biron
jismoniy mehnatni amalga oshirishdagi jamoaviylik tushunchasi o`rtasida farq bor. 
Folklorshunos olimlarning ta`kidlashlariga ko`ra jamoa bo`lib paxta terish mumkin, imorat
qurish mumkin, lekin bevosita jamoa bo`lib asar yaratish mumkin emas. Doston, ertaklarning, 
shakllanishida jamoaviylik tushunchasi nisbiy ma`noga ega bo`ladi. CHunki folklor asarining
yaratilishida birinchi vazifani ijod qilish iqtidoriga ega bo`lgan shaxs bajaradi. Ammo shaxs 
yaratgan dastlabki asar ko`rinishi yillar davomida og`zaki usulda ijro etilishi natijasida, xalqning
boshqa iqtidorli farzandlari tomonidan unga qayta-qayta o`zgarishlar kiritiladi, natijada jamoa 
ijodi sifatida shakllanadi.Olimlarning kuzatishlari shuni tasdiqlayaptiki, hatto tinglovchilar ijro
davomida asardagi tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan o`zlarining qiziqishlarini bildirishlari 
orqali ham mazkur asar nusxasiga o`zgarishlar kiritar ekanlar. O`ylaymizki, ana shu jarayonni
ham folklordagi jamoaviylik belgisi bilan bog`lash mumkin bo`ladi. Binobarin, xalq og`zaki 
ijodida jamoaviylik va individual ijod tushunchasi bir-birini inkor etmaydi. Ommaviylik esa
yaratilgan folklor namunasining xalq vakillari istiqomat qiluvchi hamma hududlarda tarqalishi 
bilan bog`liqdir. To`g`ri, bu hududlar ba`zan tarixiy - etnografik jihatdan chegaralangan bo`lishi
mumkin. Masalan, doston, ertak, askiya va boshqa janrlardagi asarlar O`zbekistonning hamma 
viloyatlarida bir xil ijro etilmaydi. Ammo shunga qaramay, asarlar tarqalishidagi ommaviylik har
bir namunaning o`zbek xalqi madaniy merosiga taalluqli ekanini tasdiqlayveradi.
An`anaviylik xalq og`zaki badiiy ijodining asrlar davomida hayot tajribasida sinalgan asosiy
xususiyatlaridan biridir. YUqorida ta`kidlaganimizdek, folklorshunos olim Omonilla Madayev 
an`anaviylikni folklorninig asosiy va birinchi xususiyati, deb hisoblaydi. Gap shundaki, xalqning
hordiq chiqarishida, madaniy dam olishida asosiy vosita hisoblangan doston, ertak, qo`shiq, 
askiya, topishmoq ijrolari qadim zamonlardan buyon ma`lum an`anaga bo`ysunadi. Bu holatni
bir necha yo`nalishda qayd etish mumkin:
1. Folklor asarlarining og`zaki usulda yaratilishida.
2. Og`zaki ijod asarlarining matnida. 
3. Ijroning shaklida.
Folklorshunos olimlar B. Karimov, H. Zarifov, M. Afzalov, M. Alaviya, Z. Husainovalarning 
ma`lumot berishicha, og`zaki ijod asarlarini ijro etishda ijrochilar qat`iy odatlarga amal qilganlar.
Xususan, ertak aytuvchilar tinglovchilari yig`ilganidan so`ng o`z oldiga suv, kul, tuproq, isiriq, 
supurgi, taroq, cho`p va boshqalarni ma`lum tartibda qo`yib ertak aytishni boshlaganlar.
Topishmoq aytishda esa g`olib va mag`lub taraflarni belgilovchi shartlar e`lon qilingan. Doston 
ijrosida Samarqand, Xorazm, Farg`ona, (Namangan) an`analari mashhur bo`lgan. Demak, turli
janrlarga oid asarlar ijrosi davomida doimiy ravishda takrorlanuvchi an`analar muhim rol’ 
uynagan. SHubhasiz, folklorshunoslikda matniy an`analarga e`tibor berish muhimroq
hisoblanadi. Biz bu o`rinda doston, ertak janrlariga mansub asarlarning nasriy va nazmiy 
shakllarini, asar boshlanmasidagi an`anaviy o`rinlarni nazarda tutamiz. Adabiyotshunoslikda




29


obraz yaratish, konflikt badiiy tasvir vositalari kabi tushunchalar etakchi xususiyatlar sanaladi.
Xalq qo`shiqlaridan tortib dostonlarigacha, maqollardan tortib ertaklargacha obraz yaratish, 
voqeani bayon qilish, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish kabilar o`ziga xos ko`rinishlarga
egadir. SHuning uchun xalq orasidan etishib chiqqan va alohida iqtidorga ega bo`lgan ijodkor - 
ijrochilar o`zlari yaratgan asarlarini har bir janr an`anasini hisobga olgan holda ijod qilganlar.
Natijada, ular yaratgan yangi asar an`ana jihatdan original bo`lmagan. SHuninig uchun ham 
yangi ertak yoki doston yaratuvchi shaxs o`z nomini muallif sifatida eslashga jur`at etmagan.
SHunday qilib, an`anaviylikni xalq og`zaki ijodning o`ziga xos muhim belgilaridan biri sifatida 
ko`rsatish mumkin bo`ladi.
Variantlilik (ko`p nusxalilik) va versiyalilik (tarmoqlilik) yozma ijodda deyarli ko`zga 
tashlanmaydi. CHunki bir asarning bir muallif tomonidan turli o`zgarishlar bilan o`quvchiga
taqdim etilishi son va sifat jihatidan variantlilikning vujudga kelishiga imkon bermaydi. Ba`zi 
hollardagina yozma adabiyotdagi variantlilik haqida fikr yuritish mumkin. Jumladan,
adabiyotshunoslarning ma`lumot berishicha, Said Ahmadning «Ufq» romani «SHarq YUlduzi» 
jurnali va alohida nashr variantiga ega. Vaholanki, og`zaki ijodda bir asarning baxshilar
tomonidan ijro etilishi o`nlab variantlarni vujudga keltiradi. Folklorshunoslikka «Alpomish» 
dostonining 100 ga yaqin varianti ma`lum bo`lib, shulardan 30 dan ortig`i yozib olingan.
Shunday qilib, variantlilik deganda, bir asarning bir xalq doirasida syujet va kompozitsion 
o`zgarishlar bilan ijro etilishi tushuniladi. Har bir ijrochi o`zi ijro etayotgan asarga mahalliy
sharoitdagi o`zgarishlarni, o`z dunyoqarashini, aholi o`rtasida alohida esda qoladigan voqealarni 
singdirib borishi oqibatida o`z nusxasini yaratadi. Bu nusxa boshqa ijrochilarnikidan voqealarni
ifodalash, obrazlarni yaratish, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish jihatlariga ko`ra o`ziga 
xoslikka ega bo`ladi. Olimlarning eslashicha, «Alpomish» dostonini ergash Jumanbulbul sevgi
dostoni qilib, Fozil Yo`ldosh o`g`li qahramonlik dostoni sifatida kuylaganlar. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə