O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə27/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y.
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y. 
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y.
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y. 
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y.
Mavzu: QADIMIY DINIY E`TIQODLAR VA DINLAR. 

REJA: 

1. Totemizm va totemistik marosimlar.

2. Totemistik marosimlar evolyutsiyasi va o`ziga xos xususiyatlari.
Er sharida paydo bo`lgan ilk din shakllaridan biri totemizm deb yuritiladi. Din tarixiga 

oid maxsus ilmiy adabiyotlardan ma`lumki, totemizm ilk urug’chilik davrida yuzaga kelgan


diniy e`tiqod bo`lib, unga ko`ra ma`lum bir urug’, yoki qabila, uning a`zolari o`zlarini biror 
hayvon, o`simlik, yoki buyum bilan qandaydir aloqador hisoblashgan va bu aloqa qarindoshlik
deb tushunilgan. SHunga ko`ra, bunday hayvon, o`simlik, yoki narsa muqaddaslashtirilgan va 
unga sig’inilgan.
Totemizm ilk din shakllaridan biri bo`lishi bilan birga dinning juda murakkab 
ko`rinishlaridan biri hamdir. Aynan ana shu murakkablik ko`plab tadqiqotchi olimlarning
mazkur muammoga murojaat qilishiga va bu borada o`zlarining ilmiy-nazariy mulohazalarini 
bildirishlariga sabab bo`lgan. Biz quyida totemizm va totemistik qarashlarning tarixi hamda
uning o`ziga xos xususiyatlari borasida mulohazalar bildirishdan avval totemizning «totemizm» 
iborasi va uning tarixiga qisqacha to`xtalib o`tishni joiz deb bildik.
"Totemizm" so`zi Shimoliy Amerika hindularining alkongil guruhiga mansub bo`lgan 
"adjibva" qabilasi lahjasidagi "ot-otem" yoki "ot-otam" - so`zlaridan olingan bo`lib, "uning 

urug’i" degan ma`noni bildirgan. Lekin bu ibora totemizm asosiy diniy e`tiqodi bo`lgan barcha
xalqlarda ham doimo bir xil tarzda qo`llanilmagan va turli xalqlarda turlicha nomlar bilan 
yuritilgan. Masalan, bunga nisbatan G’arbiy Avstraliyada "kobong", Janubiy Avstraliyada
"ntait’yo" iborasi kullanilgan. Umuman olganda "totem" atamasini birinchi marta XVIII asrning 



62


oxirida ingliz savdogari Jon Long insonning hayvon va o`simliklar bilan qon-qarindoshligi
haqidagi ishonchini anglatuvchi so`z sig’atida ishlatgan. evolyutsionist e.B. Taylor totemizm 
insoniyat madaniyatining quyi bosqichida paydo bo`lib, Mak-Lennan uning insoniyat tarixidagi
o`rni ahamiyatini birinchilardan bo`lib ko`rsatib berganligini e`tirog’ etadi. Ha, haqiqatdan ham 
totemizm shotlandiyalik huquqshunos Jon G’ergyusson Mak-Lenanning 1869-1870 yillari
yozilgan "O`simliklar va hayvonlarni ezozlash" nomli asari orqali jahon g’aniga ilmiy termin 
tarzda kirib kelgan.
Totemizm muammosi, jumladan, uning kelib chiqishi va o`ziga xos jihatlari XIX asr oxiri 
XX asr birinchi yarmida ko`plab mutaxassislar diqqat markazida bo`lgan va bu muammoning
echimiga bag’ishlangan qator g’undamental tadqiqotlar e`lon qilingan. Totemizm muammosini 
echishda G.Spensor, e.Taylor, Robertson Smit, Dj.G’rezer, Van Gennep, S.P.Tolstov,
S.A.Tokarev, D.E.Xaytun kabi dinshunos va elshunos olimlarning xizmatlarini alohida ta`kidlab 
o`tish joiz. O`tgan yillar davomida totemizmga oid yig’ilgan ko`plab rang-barang materiallar
asosida 50 dan ortiq kontseptsiyalar hamda qator ko`p jildlik tadqiqotlar bajarilgan. Jumladan, 
mashhur ingliz olimi D.G’rezer 1910 yilda o`zining totemizm muammosiga bag’ishlangan 4
jilddan iborat bo`lgan «Totemizm va egzogamiya» nomli yirik asarini nashr qilgan. O`z navbatida 
ushbu asarni e`lon qilinishi dinshunos va etnograg’ olimlar orasida totemizm muammosiga oid
bahslarni yanada qizg’in avj olishiga sabab bo`lgan va bu davrda chop qilingan qator ilmiy 
jurnallar sahig’alarida «Totemizm muammosi» degan maxsus ruknda o`n yillar mobaynida qator
ilmiy munozaralar e`lon qilinib borilgan.. 
Totemizm qadimgi turkiy xalqlar hayotida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Totemizmda
ba`zi o`simlik (daraxt) va hayvonlar insonlarning qo`riqlovchisi va tangrilari hisoblangan. 
Muayyan qavmning a`zolari anik bir hayvon yoki o`simlik zotidan tarqagan degan tasavvurda
bo`lganlar. SHu bois uchun ham totem ular uchun ilohiy (muqaddas) xisoblangan. Ilmiy 
adabiyotlar turkiy xalqlarni utmishda bo`ri, ayiq, burgut, ilon, echki, qo`y, ho`kiz, daraxt va
boshqa hokazo totemlarga e`tiqod qilganliklaridan guvohlik beradi. Masalan, o`zbek, qozoq, 
turkman, Janubiy Sibir’ xalqlaridan Oltoy turklari - yoqutlar, chuvashlar, Osiyoliklar -
mo`g’ullar orasida bo`ri, ot, ayiq, ho`kiz kabi hayvonlarga nisbatan totemistik e`tiqod nihoyatda 
kuchli bo`lgan. Abulgoziy Bohodirxonning «SHajarai tarokima» asarida qayd qilishicha,
O`g’izxon davrida shunqor, burgut, ukki, qarchig’ay, turunboy, lochin, xumoy, tuyg’un, qarg’a 
muqaddas qush-totem hisoblangan. Mashhur sharqshunos olim V.V.Bartol’d Rashiddin bergan
ma`lumotlarga asoslanib, o`gizlarda hatto islom davrida ham totemizm saqlanganligi va ular har 
bir qushni e`zozlashi, urugning a`zosi deb hisoblanganligini, ularga tegmaganini va go`shtini
emaganini yozgan edi. Qolaversa o`zbeklar tarkibida burgut, burqut kabi qadimiy urug’lar 
bo`lgan bo`lib, bu uruglarning paydo bo`lishi ham totemistik qarashlar bilan bog’liq bo`lgan.
Umuman olganda so`nggi yillarda olib borilgan tarixiy-etnograg’ik va g’ilologik 
yo`nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida tadqiqotchilar tomonidan totemik e`tiqodlar
bilan bog’liq qator toponimlar aniqlanib ilmiy iste`molga olib kirildi. Jumladan, tadqiqotchilar 
tomonidan totemistik tasavvurlar bilan bogliq etnonimlarni o`rganish asnosida avjin, buqa, 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə