O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə30/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y.
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y. 
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y.
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y. 
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y.
Mavzu: SHamanlik genezisi va lokal xususiyatlari. 

REJA:
1. Shomonlik e’tiqodini yuzaga kelishi 
2. Shomoniylik bilan bog’liq marosimlar.
SHamanlik qadimda O`rta Osiyoda keng tarqalgan bo`lib, turkiy xalqlar tarixida muhim 

rol’ o`ynagan. Tarixiy manbalarning shohidlik berishicha shamanlik animistik e`tiqodlarning


ma`lum bosqichida paydo bo`lgan. Ajdodlarimiz yordamchi ruhlar, ya`ni parixonlar, otaxonlar 
va momolar mavjudligiga, shuningdek dev va jinlar borligiga qattiq ishonishgan. Faqat
ishonibgina qolmasdan, balki, shamanlar orqali ular bilan ruhan hamkorlikda ish ko`rganlar. 
Odamlar ruhlar shamanlarga xizmat qiladi, uning turli topshiriqlarini bajaradi, shamanlar
odamlar bilan ruhlar o`rtasida muloqot qila olish qudratiga ega, deb ishonganlar. SHamanlar turli 
kasalliklarni davolash va daf qilish, yo`qolgan odamlar, jonivorlar hamda narsa-buyumlarni
topish, kelajakni oldindan aytib berish, turli makon va zamonda sodir bo`layotgan voqea va 
hodisalardan boxabar bo`lish, tabiat hodisalarini o`rganish, o`limdan so`ng marhumlar ruhini
oxiratga kuzatib borish va hatto yovuz ruhlar bilan jang qilish qobiliyatiga ham qodir deyilgan. 
SHamanlikning asosiy belgisi ruhlar yordamida tanlangan, o`rgatilgan odamlarning
ruhlar bilan aloqada bo`lishiga, shuningdek ularning ilohiy qudratiga ishonishdan iborat. 
SHamanlar jazava holatida ruhlar bilan muloqotga kirgan. Bunda homiy ruh shaman bilan bir
butun bo`lib birlashadi yoki shaman homiy ruh ko`rinishini oladi. 
Mavjud adabiyotlarda shamanlik termini bilan birga "shamanizm" atamasi ham uchraydi.
SHamanlik deganda shaman faoliyati bilan bog’liq bo`lgan marosim va asotirlar tushuniladi. 
SHamanizm deganda esa kundalik hayotida shamanlar muhim rol’ o`ynagan xalqlarning
qarashlari tizimi tushuniladi. 
SHaman so`zi tungus-manjur tilidagi "saman" so`zidan olingan bo`lib telbasifat, dali-
devona kishilarga nisbatan qo`llanilgan. Turk asotirlarida esa shaman so`zi chincha (xitoycha): 



69


"istaklarni enga oluvchi kimsa demakdir" - deb ta`kidlanadi.
Mazkur atama fanga Sibirni o`rgangan rus sayohatchi olimlarining tadqiqotlari orqali 
kirib kelib, XVIII asrning ikkinchi yarmidan buyon ilmiy termin sifatida jahon fanida qo`llanila
boshlangan bo`lsa-da, shamanlarni turli xalqlar o`z lahjalarida turlicha nomlaganlar. Masalan, 
yoqutlar "oyun" (erkak shaman) va udagan (ayol shaman), nenetslar "tadebya", turkmanlar

"parxon", uyg’urlar va qadimgi turkiylar "qom", qozoqlar "baksi", tojiklar "parixon", o`zbeklar
esa "baxshi", "parixon" va "folbin" deb ataganlar. 
Qadimiy turkiy xalqlar shamanlarni qomlar deb ataganlar. "Qomlar" to`g’risidagi
dastlabki ma`lumotni X asrda yozilgan xitoy yilnomasi "Tan-shu" da uchratamiz. Bu yilnomada 
xakaslar va ularning qom (shaman)lari to`g’risida fikr bildiriladi. Qomlar to`g’risidagi
ma`lumotlarni Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" (XI asr), Mahmud Qoshg’ariyning 
"Devoni lug’otut - turk" (XI asr) asarlarida ham shaman ma`nosida uchratamiz. "Qom" termini
nafaqat turkiy xalqlarda, balki dunyoning ko`plab boshqa xalqlarida ham uchraydi. Masalan, 
bugungi vengerlar shevasida "qom" so`zi erkak folbin, sehrgarga nisbatan qo`llanilsa, Koreyada
XIX asrda shamanlarga nisbatan "de-gam" (teekam) - katta shaman so`zi ishlatilgan. Bu xitoycha 
"de" - katta va turkiy "qom" - ya`ni "katta qom" so`zidan tashkil topgan. "Qom" so`zi shaman
ma`nosida hozirgi oltoyliklarda, xakaslarda, tuvaliklarda, mojarlarda, xitoy uyg’urlarida 
ishlatiladi.
Farg’ona vodiysida davolovchi shamanlarni baxshi, parixon, folbin deb atashadi. Janubiy 
Qozog’iston o`zbeklari shamanlarni "taub" (arabcha tabib-vrach) deb atagan, ba`zida o`zbeklar
shamanlarni "qushnoch" yoki "qora qushnoch" ham deyilgan. Xorazm vohasida shamanlar 
asosan "parixon" deb atalgan. SHimoliy Afg’oniston o`zbeklarida ham odamlarni ruhlar
yordamida davolovchi kishilarga nisbatan «baxshi» va «folbin» deyilgan bo`lsada bu mintaqada 
ikkinchi termin ostida keng ma`noda fol ochuvchi kishilar tushinilgan.
Baxshi so`zi o`rta Osiyoda, jumladan, Farg’ona vodiysida asosan davolovchi 
shamanlarga nisbatan qo`llaniladi. Baxshilar ko`pincha jin, dev, ajina kabi yovuz ruhlar ta`siriga
chalinib qolgan bemorlarni davolaydilar. Ayniqsa bu so`z Farg’ona qipchoqlarida va 
qirg’izlarida ko`p ishlatiladi.
Vodiyda parixon atamasi ham keng tarqalgan. Parixon 

fors-tojikcha "pari


ruh, "xon" 



so`z yasovchi qo`shimcha bo`lib, zarar etkazgan ruhlarga qarshi duo o`quvchi ma`nosini 


bildiradi. Manbalarda parixon atamasini dastlab tarixchi Juvayniyning [XIII asr] Buxoroda


bo`lgan Mahmud Tarobiy qo`zg’oloni haqidagi asarida uchraydi [Jarrina G., 1961.R.3-4]. 
Parixon atamasini mashxur mumtoz o`zbek shoiri Alisher Navoiy xam keng ma`noda qo`llagan.
"Parixon" atamasi Farg’ona vodiysidan tashqari Xorazm, Toshkent vohalarida, 
qoraqalpoqlarda ham keng qo`llanilgan. Toshkent vohasida parixon iborasi faqat ruhlar bilan
aloqa qiluvchi kishilargagina ishlatilgan. 
"Folbin" atamasi vodiyda davolovchi shamanlarga nisbatan juda kam ishlatilgan bo`lsada,
biz ushbu so`z etimologiyasiga ham qisqacha to`xtalib o`tishni lozim topdik.
"Folbin" so`zi arabcha bo`lib, "fol" - taqdir, "bin" - ko`ruvchi, ya`ni insonlar taqdirini
ko`ruvchi ma`nosini bildiradi. Bu so`z Samarqandda, ayniqsa shamanlarga nisbatan ko`p 
qo`llanilgan. Biz shu o`rinda shamanlarning shunchaki fol ochuvchilardan farqini tushunib
olmog’imiz lozim. Fol ochishning maqsadi, biror voqeani yuzaga keltirish, ya`ni davolash yoki 
zarar etkazish emas, balki uning sabablarini aniqlash, uni bilishdan iboratdir. Haqiqiy folbin yoki
baxshilar esa fol ko`rishdan tashqari davolash qobiliyatiga ham ega bo`ladilar. 
Endi esa shamanlik e`tiqodini Farg’ona vodiysi o`zbeklari turmush tarzida tugan o`rni va
lokal (maxalliy) xususiyatlariga biroz batafsilroq to`xtalib o`tsak. Farg’ona vodiysida ham 
shamanlikning aniq ko`rinishlarini maxsus "saylangan" odamlar tomonidan kasallarni davolash
jarayonida kuzatamiz. SHamanlik e`tiqodiga ko`ra shamanlar o`z iqtidorini ajdodlaridan meros 
sifatida yohud er, suv ilohlari yoki turli ruhlardan olganlar. SHu sababli ziyon keltirgan ruhlarni
aniqlash, ularni engib, bemorlarni davolash o`zbek shamanlarining asosiy belgisidir. 
Vodiyda xam Respublikaning boshqa mintaqalarida bo`lgani singari pari, jin, dev, 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə