O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti


Askiya o`zbek xalq og`zaki ijodidagi milliy o`ziga xos janrdir. Janrning atamasi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə18/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Askiya o`zbek xalq og`zaki ijodidagi milliy o`ziga xos janrdir. Janrning atamasi 

arabcha «zakiy» so`zidan olingan. Ko`plikdagi «azkiyo» so`zi keyinchalik «askiya» 

shakliga o`tgan. Bu so`z so`zamol, zakovatli, o`tkir zehnli degan ma`nolarni anglatadi. 

Askiya ijrochilari askiyaboz, askiyachi deb yuritiladi. 
Askiya - so`z o`yini, ko`chma ma`noli so`z va jumlalarni ilg`ab olish, unga javob topa 
bilish, shama qilish san`atidir. Askiyabozlar tarafma-taraf bo`lib olib, qochirma so`zlar bilan
askiya boshlaydilar, tinglovchilar u yoki bu tomonning so`zga chechanligi, hozirjavobligidan 
mamnun bo`lib kuzatadilar. Tomonlardan biri ustun kelganda, kulgi qahqahaga aylanadi.
Tinglovchi ishqibozlar o`sha tomonni ma`qullab, qarsak chalib olqishlaydilar. 
Askiya hozirjavoblar musobaqasi ekan, so`zga chechanlik uning mahorat mezoni
hisoblanadi. Askiya davomida askiyabozlarning zukkoligi, chandish, badihago`ylik san`atiga 
moyilligi hal qiluvchi vazifani ado etadi. Askiyabozning mana shu xususiyati tortishuvda zarur
va kerakli so`zlarni topa bilish, o`z o`rnida ishlatish mahoratini namoyon qiladi. Demak, 



23


askiyachi so`zga chechan, zukko va dunyoqarashi keng, bilimdon bo`lishi shart.
Askiya kompozitsiyasi tugallangan ikki fikrning bir-biriga qarshi qo`shilishdan tashkil 
topadi. Har bir fikr o`ziga xos tugun va echimga ega. Qarshi qo`yilgan fikrlar o`zaro bir-birini
inkor etishi yoki tasdiqlashi, kuchaytirishi lozim. Ana shu fikrlar asosida satira va yumor 
mavjud. Demak, har bir askiyada ikki xil kulgi ramziy yoki ko`chma ma`noda aytilgan so`z yoki
ibora asosida yuzaga keladi. CHunki askiyachilarning biri tomonidan yaramas illatlar ochiladi va 
zaharxanda kulgi ko`tariladi. Kulgining ikkinchi xilida askiyachilardan biri noqulay holatga
tushib qoladi. Bu kulgi-engil, beg`ubor yumoristik ruhdagi kulgini tashkil etadi.
«Askiyaning paydo bo`lishi va shakllanishida hunarmandchilikning ahamiyati katta».
Asosan, to`quvchi-kosiblar o`rtasida (atlas, bo`z va boshqa matolarni to`qish nazarda tutiladi ) 
askiyaga muhabbat tarixan ko`zga tashlanadi. Doimiy ravishda bir xil zerikarli harakat qilish
holatini engillatish uchun bu janrga murojaat qilingan», - deb yozadi folklorshunos olim 
Omonilla Madayev.
Askiya Toshkent, Farg`ona, Andijon, Namangan viloyatlarida keng tarqalgan. Qo`shni 
Qirg`izistonning O`sh, Jalolobod viloyatlarida ham askiya ko`plab aytiladi. Dastlab
hunarmandlar orasida paydo bo`lgan askiya keyinchalik xalqning maishiy hayoti tarkibidan o`rin 
olib, gap -gashtaklarda aytib kelingan. Asta-sekin turli sayillarda, to`ylarda askiya aytish odat
tusiga kirgan va o`ziga xos musobaqa tusini olgan. Katta to`ylarga, bayramlarga mashhur 
askiyachilar maxsus taklif qilingan.
Askiyaning turlari juda ko`p bo`lib, folklorshunos olimlarimiz «Payrov», «Bo`lasizmi?», 
«O`xshatdim», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?», «Tutal», «Rabbiya», «Safsata»,
«Qofiya», «Radif» kabi turlarini aniqlaganlar.
Askiyaning payrov turi muayyan mavzu atrofida ijro etiladi. Payrovda askiyabozning
«raqibi»ga aytgan so`z va jumlasi ko`chma ma`no kasb etishi shart. Bundan tashqari, u istiora, 
o`xshatish, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalari, tanosub, tajnis, mubolag`a, singari ifoda
vositalaridan keng foydalangan bo`lishi kerak. Payrovlarda askiyabozdan raqibining ko`rinishi, 
xarakterli qiliqlariga mos laqabni topa bilish talab etiladi. Payrov davomida so`z yoki jumlalar
orasiga qistirib yuboriladigan laqab, so`z o`yini, lutf, ihom orqali qarshi taraf-askiyabozning 
portretiga, kasbiga va laqabiga shama qilinadi. Bunga javob qaytaruvchi undan kuchliroq hajv
qilishga urinadi. Hazil-mutoyiba nafosat doirasidan chetga chiqmasligi lozim. CHunki 
folklorshunoslarning ta`kidlashlaricha, bu janrning pornografiya (uyat so`zlar) bilan bog`liqligi
bor. SHuning uchun hamma askiyalarni yozib olishni yoki radio va televidenieda namoyish 
qilishning imkoniyati yo`q.
Odatda, meva, parranda, dehqonchilik, paxta, qo`shiq, kitoblar, kino, dramatik 
asarlarning nomlari, musiqa asboblari mavzularida payrovlar aytish an`anaga aylangan.
SHulardan ashula payrovi shunday boshlanadi: 
Mahmudjon:-Dadajon, otarchiligingiz hech qolmadi-da! Xaridor topilmasa, «Ostonangga
nochor o`ldimda-keldim», deb yopishib olasiz. YO «Gadolardan biri»misiz? 
Dadajon:-Sizning ham o`yinchiligingiz hech qolmadi-da! «Noz etma» desa bo`ldi-
yo`rg`alab ketaverasiz. Har narsa evi bilan-da, «Kam-kam» bo`lsin.
Mahmudjon: - Sizdaqa bekorchi - «Eshvoy»lardan o`rgildim, yana otingizni
«Abdurahmonbegi» qo`yvopsiz-a! 
Dadajon:-Sizga birov «Assalom» desa bo`ldi, to`yga borib «Tong otguncha» yalla
qilasiz. 
Mahmudjon: - Keling endi, Dadajon, «Qachongacha», «Daromadi ushshoq» qilib
yurasiz. Tegishli tashkilotlar ham bizga «Nazzora qil»ar! 
Dadajon:- «Koshki» edi. Bizga ham g`amxo`rlik qiladiganlar «Bormikin» ?!
Mahmudjon: - «Bu oqshom» filarmoniyaga keling, gaplashdim, «YAxshi-yaxshi» 
deyishdi.
Dadajon:-Ana endi biz ham «Obod o`lkamdagi» «Mehnat ahli» ning «Rohat»ini ko`rar 
ekanmiz -da.
Mahmudjon: - endi bundan keyin «Oydin ko`chalar»da «Qichqir xo`rozim»ni aytishni 
bas qilarsiz.




24


Dadajon:-Siz ham bundan keyin sharmanda bo`ldim «Naylayin» deb yurmassiz!
Ijro etilgan payrovdagi ashula nomlari tanqid qilingan belgi-sayoqlikni fosh etadi. 
Aniqrog`i, to`yma-to`y yuradigan taqlidchi hofizlarni hajviy kulgi ostiga oladi.
Askiyaning «Safsata», «O`xshatdim», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?», 
«Bo`lasizmi?», «Qofiya» «Radif» kabi namunalari, asosan, dialog shaklida davom etadi. Savol-
javoblarning har biri kichik hajmdagi epizodlardan iborat bo`ladi.
Askiyaning «O`xshatdim» turida tanqidga mo`ljal bo`lgan askiyaboz kulgili narsa yoki
jonivorga o`xshatiladi. Unga qarshi tomon ham shu xilda javob qaytaradi.
Askiyaning «Safsata» turi tarafkashlarning piching yo`lida aytgan hazili shaklida
kechadi. Askiyaning «Bo`lasizmi?», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?» turlari shaklan 
«O`xshatdim»ga yaqin turadi. «O`xshatdim» turida tortishuv-o`xshatish mantiqiy xulosaga
etgunga qadar cho`ziladi, keyin o`xshatilgan askiyaboz o`z raqibini o`xshatadi. O`xshatishdan 
maqsad maishiy-ijtimoiy hayotda g`ov bo`lib kelayotgan kamchiliklarni fosh etishdan iboratdir.
«Tutal», «Rabbiya», «Afsona» kabi askiya turlari ba`zi bir xususiyatlari bilan birinchi va 
ikkinchi turlarga yaqin. Tutal ko`pincha she`riy usulda aytilishi bilan ajralib turadi.
- Mana shunaqa gaplarni aytib meni dog` qoldirasiz?
- Mo`ylovni olasizu, qulog`ini sog` qoldirasiz.
- Pulini bermay yuravering, bir kuni bog` qoldirasiz.
- Osh eganda go`shtini tamomlab, tovoq tagida bizga yog` qoldirasiz.
- Bahona bilan kaklik eb bizga zog` qoldirasiz.
Askiya san`atini o`rganish va namunalarini to`plash natijasida bir qancha mashhur
askiyachilarning nomlari aniqlangan. Marg`ilonlik YUsufjon qiziq SHakarjonov (1869-1959), 
Bachqir qishlog`idan Dehqon yuzboshi SHernazarov, qo`qonlik erka qori Karimov (1880-1956),
Mamayunus Tillaboev (1885 yilda tug`ilgan), Mamatxoliq Mamasodiqov, Tursun buva Aminov 
(Ijroqo`m buva), andijonlik Abdulhay maxsum Qozoqov, Mulla Mamat buva, Jo`raxon
Sultonov, G`oyib aka Toshmatov, Akbar Usmonov, Usmon qori Rahimbekov, Toshkentlik 
G`anijon Toshmatov va boshqalar tajribali, chiniqqan, mohir askiyachilar hisoblanganlar.
Askiya kishilar qalbidagi g`uborlarni quvadi, kishida beg`ubor qahqaha uyg`otadi. Hatto 
ayrim davlat arboblari ham usta askiyachi bo`lganliklari uchun xalq orasida katta obro`-e`tibor
topganlar. Masalan, Yo`ldosh Oxunboboev, Usmon YUsupov ana shunday rahbarlardan 
bo`lishgan.
Xalqimiz orasida askiyaning vatani Farg`ona vodiysi degan ibora mavjud. Darhaqiqat, 
«Agar to`rtta vodiylik askiya aytishayotgan bo`lsa, bilingki, askiyachilarning O`zbekiston
bo`yicha birinchiligi bo`lyapti, agar to`rtta qo`qonlik askiyachi askiya aytishayotgan bo`lsa, 
bilingki, askiya bo`yicha jahon birinchiligi bo`lyapti» degan fikrlar bejiz aytilgan emas. O`zbek
xalq askiyalari adabiyotshunos olim Rasul Muhammadiev tomonidan o`rganilgan. Iste`dodli adib 
Olim Qo`chqorbekov askiyachi va qiziqchilar haqidagi hikoyatlarni yig`ib. «Kulgi darg`alari»
kitobini nashr ettirdi. Bu kitobga qirqqa yaqin mashhur askiyachi va qiziqchilar haqidagi 
ma`lumotlar kiritilgan.
Askiyaning yozma adabiyotga ta`siri kuchli. Bu narsa Hamza, Abdulla Qodiriy, Komil 
YAshin, Sobir Abdulla, G`afur G`ulom asarlarida ko`proq seziladi. Sobir Abdullaning
«Muqimiy» romanida xarakterli payrovlar keltirilgan. Bu payrovda boyqush orqali zulm va 
zo`rlik fosh qilinadi.
Askiya qadimdan xalqimiz hozirjavobligini, chechanligini, zukkoligini sinab, 
takomillashtirib kelgan milliy janr sifatida yashab kelmoqda. Askiyachidan ko`p kitob o`qish,
shuningdek, tinmay o`qib turish, dunyoqarashi keng, o`tkir zehnli bo`lishi talab qilinadi.
Bu janrning yana bir talabi «gap kelganda otangni ham ayama» shioriga amal qilishdir.
Askiya bahsi tinglovchi va tomoshabinlarga olam-olam quvonch baxsh etadi, ulardagi horg`inlik, 
va charchoqni chiqarishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə