O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə22/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –T., 2008. 
2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. "Muloqot" 11. 5-son. 1998y.
3. Karimov.I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag’asida: xavfsizlikka taxdid.barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.1997.
4. Aminjonova I E. Qadimiy yodgorliklar qissasi. T. 1968. 
5. Ashirov A. Atadjanov SH. etnologiya. T. 2007 y.
6. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
7. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.
7-Mavzu: Ilk orta asrlar davrida tarbiya va pedogogik qarashlar 

R E J A : 
1. Movarounnaxrni arablar tomonidan bosib olinishi va ta`lim-tarbiya muxiti. 
2. Vatanimizda duneviy pedagogika goyalari va uning nomaendalari.
3. Vatanimizda diniy pedagogik goyalar va ularning nomaendalari. 
4. Uygonish davri ta`lim tizimi.
Movarounnaxr (ikki daryo oraligi eki daryo orkasidagi joy) VIII asrda arablar tomonidan 

bosib olingan, xalkimiz ma`naviy xayotida jiddiy uzgarishlar sodir buldi. Islom dini ulkamiz


ijtimoiy ma`naviy xayotida xukmron mafkura rolini uynay boshladi. 
Islom dinini xalkimiz ijtimoiy-ma`naviy takomilidagi roliga turli karashlar majud:
1. Islom dini va arablar istilosini xalkimiz ma`naviy xayotidagi ta`sirni ideallashtirish. 
Bunday qarash "Avesto" va "Avesto"gacha davr tarixini yaxshi bilmagan va islom
ruxoniylarining ayrim vakillari tomonidan e`tirof etiladi. Ularning fikricha: xalkimiz islomgacha 
yovvoyillarcha turmush tarziga ega edi, arablar bizga madaniyat, ma`rifat olib kirgan.
2. Tanqidiy asosda endashuv. Ovro’pa, Russiya olimlari ateistik (xudosizlik) nuqtai 
nazaridan andashadi. Ularning fikricha arablar ulkamizga jaxolat, madaniyatsizlik, xurofatni olib
kelganlar, boyliklarni talagan, tinch axoliga tajavvus kilganlar. 
3. Islom dini va arablar istelosini ta`sirini xolisona baxolash, bunday qarash O’zbekiston
mustakillikka erishganidan so’ng shakllanadi. 
Islom dini va arablar istelosi o’lkamiz ta`lim va pedagogik fikrlarni tarakkiyotiga qanday
ta`sir etdi? 
1. Islom dini Vatanimizga chetdan kirib kelganligi tufayli xalk o’z ixtiyori bilan uni qabul
qilmagan. Natijada xalq manaviyatining barcha soxalarida birdan xukmronlikka erisha olmagan. 
2. O’lkamizda fan va madaniyatning o’sha davrda ilg’or darajada rivojlanganligi islom
goyalarini singdishga to’sqinlik qilgan. 
3. Vatanimizda o’ziga xos ta`lim tizimi vujudga keldi.
Masalan: ta`lim- o’rganish maktab- ta`lim beradigan odam madrasa-muddaris kabilar 
yuzaga keldi.
Vatanimizda pedagogik g’oyalar ikki yunalishda shakllandi va rivojlandi. 
1. Dunyoviy pedagogika - uni asosida yunon olimlari asos solgan g’oyalar, xind eposlari
g’oyalari, o’lkamizning o’ziga xos madaniyati, tajribalar, yutuklar turardi. Dunyoviy pedagogika 
insonni tarbiatning bir qismi sifatida , ta`lim tarbiya bilan kamolatga erishadi deb xisoblanadi. U
yashayotgan muxit, o’z xatti-xarakati bilan bog’lik bo’ladi deb asoslanadi. Bolani yoshligidan 
kasb-xunarga urgatish lozim deb, odob-axloqni foydasi to’g’risida g’oyalar olg’a suriladi.
Muxammad Muso al Xorazmiy (780-850) Arab xalifaligining markazi Bog’dodda ilmlar uyi 
"Akademiyani" boshqargan. Akademiya qoshidagi madrasada mudarrislik qilgan. Uning




37


"Astranomiyaga kirish ", "O’ttiz fasldan iborat astranomiya kirish" va boshqa koplab asarlari
mavjud.

Abu Nasr Al Farobiy (873-950)


Abu Rayxon Beruniy (974-1041) 
Abu Ali Ibn Sino
(978-1060) 
Vatanimizda XI asrga kelib yosh avlod ta`lim-tarbiyasi oid juda ko’p asarlar paydo
bo’ldi: Nizomul Mulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", Kaykovusning 
"Qobusnoma", Yusuf Xos Xojibning "Qutagu-bilig", Axmad Yugnakiyning "Xaqqatlar
armug’oni" kabilar. 
Burxoniddin Zarunjiy (1150-?) Marg’ilon madrasasida katta mudarris bo’lib, uning
"O’quvchilarni ta`limga yollashga doir nasixatlar" asarida: fanning moxiyati va uni 
takomillashtirish; ta`lim jarayonida ongli bilim olish; ta`limda fanni, o’qituvchi sherik va
vaziyatni tanlash; fan va olimlarni xurmatlash; ta`limda o’quvchi intilishi, tirishqoqlik, ularni 
ustirish; darsni boshlash va uni xajmi, darsni o’tkazish tartibi xaqida, mashg’ulot vaqti, ta`limda
o’quvchini o’qtirish va unga nasixat qilish, bilimlarni egallash xaqida; ta`limda o’qituvchi va 
o’quvchining muvoffakiyatini umid qilish xaqida; ta`limda Xudodan qo’rqish xaqida; ta`limda
o’quvchi xotirasini tarbiyalash xaqida kabi masalalar uziga xos usulda xal etiladi. 
Olimning fikricha, ilm egallash avvalo o’qituvchiga, o’qiyotgan kitobiga, bilimga nisbatan
tirishqoq va chidamli bulishni talab etadi. Bir darsni puxta o’zlashtirmay, bir kitobni tugatmay, 
bir o’qituvchida saboqni tashlab boshqasiga o’tma. Bilimni faq’at oltita shartiga rioya qilsa puxta
egallab olasan: ziyraklik, kuchli istak, jidam, o’qituvchi nasixati va etarli vaqt,- deb ta’kidlaydi. 
Maxmud Zamaxshariy (1074-1144). Uning ilm olamidagi mavqeyini olimlar "Xorazm
osmonidagi kuyosh" deb nisbat berganlar. Arab olimlaridan biri "Agar Xorazmning Zamaxshar 
kishlog’idan chiqqan olim bulmaganida biz arablar uz ona tilimizni mutloqo bilmasdan o’tib
ketar edik"-deb yozgan ekan. Zamaxshariy: tilshunoslik, adabyotshunoslik, tarix, geografiya, 
xadis ilmlari soxasida asarldar yozgan: "Gramatika xikmatlari ", "Arab tili gramatikasi", "Eng
yangi lug’at", "Vatan va tog’larning nomlari" asarlarini yozgan. Bu asarlar boshqa tillarga 
tarjima qillingan. Zamaxshariyning "Nozik xikmatlar"asari yoshlar tarbiyasi, ustoz-shogirt
munosabatlari, oila muammolari tugrisida. 
Demak, uyg’onish davrida dunyoviy pedagogika gullab yashnagan, ta`lim-tarbiya o’ziga
xos yunalishda amalga oshirilgan 
Uygonish davri diniy pedagogikasi
Islom dini asosidagi pedagogika: 
1. Islom dini g’oyalari, (xalifalik) siyosati, ma`daniyati va ma`naviyati ta`lim-tarbiyaning
mazmunini belgilab beradi. 
2. Arab tili davlat, fan, ta`lim tili edi.
3. Arablar tarixi, adabiyoti, urf-odatlari muqaddas edi. Uni bilish va unga rioya etish xar 
bir musulmonning burchi edi.
Nomoyondalar: 
Burxoniddin Marg’iloniy ar- Rishtoniy (1121-1195) Mashxur fiqx ilmi olimi, mudarris
bo’lgan. Uning "Ilmga kirruvchilar uchun birinchi asos", "Ilmni nixoyasiga etkazuvchining 
qanoatlanishi", "Xaj marosimi","Farzlar xaqida risola" asarlarida didaktik masalalar talqin
etilgan. Uning mashhur asari "Al- Xidoya" bo’lib maktab va madrasalarda iymon, urf-odatlar va 
marosimlarni o’rgatish to’grisida fikr yuritiladi. Bu asar butun islom dunyosi madrasalarida
darslik bo’lgan. Fors, Ingliz, Turk, Rus tillariga tarjima kilingan. Uning "Fiqx soxalari bo’yicha 
q’ullanma" risolasida xuquq, axloq, onglik, Nikoh masalalari yoritilgan.
SHayx Aziziddin Nasafiy (XIIasr) "Xaqiqatlar gulshani", "So’ngi maqsad", "Komil inson", 
"Usullar va shoxlar" asarlarida inson ma`naviyat bilan bog’lik masalalar yoritilgan. Uning
mashhur asari "Komil inson"da sharoit, tariqat, ma`rifat va xaqiqatga erishish yullari bayon 
etilgan.
U "Komil inson-yaxshi suz, yaxshi amal, yaxshi xulq va ma`rifat egasidir. Uning tili, dili 
pok, ilm va niyati xam pok buladi"- deb ezadi.
Demak, uyg’onish davrida o’ziga xos diniy pedagogika shakillangan va rivojlangan. 



38


Uygonish davri ta`lim tizimi: Bu davrda uziga xos ta`lim muassasalari yuzaga kelgan.
Uning bosqichlari: 
1. Boshlangich maktablar. Bunday maktablar qishloq masjidlari qoshida bo’lgan. Uning
vazifasi - bolalarga savod o’rgatish, Q’ur`on oyadlarini yod oldirish bo’lgan. 
2. Madrasalar. Katta- katta majidlar qoshida bo’lgan. Unda o’qiydigan talabalar: Katta
talabalar, o’rta talabalar, kichik talabalarga bo’lingan. Madrasalarda dars tinglash ixtiyoriy 
bo’lib, mudarrisni talaba tanlagan soboq talabani qoniktirmasa talaba bu mudarris olidiga
bormay quya qolgan. Mustaqil bilim olish, bilimini muddaris oldida namoyish etish ta`limning 
asosiy usuli hisoblangan.
U yoki bu muammoni sharhlash mudarrisning vazifasi hisoblangan. 
3. Qori xonalar.
4. Qizlar (otin bibilar) maktabi.
O`rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan
bo’lgan. Mashxur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o`z bilim, fikr doirasining kengligi 
bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir - "Muallimi soniy" - "Ikkinchi muallim" deb
ataydilar. 
Forobiy ta`lim-tarbiyaga bag’ishlagan asarlarida ta`lim-tarbiyaning muhimligi, unda
nimalarga e`tibor berish zarurligi, ta`lim-tarbiya usullari va uslubi hashida fikr yuritadi. "Fozil 
odamlar shahri", "Baxt-saodatga erishuv to`g’risida" kabi asarlarnda ijtimoiy-tarbiyaviy
qarashlari o`z ifodasini topgan. Forobiy o`z ishlarida ta`lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish 
haqida ta`lim bergan bo`lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishda o`z o`rni va
xususiyati bor ekanligini alohida ta`kidlaydi. Forobiy "Baxt-saodatga erishish to`g’risida" asarida 
bilimlarni o`rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta`kidlashicha, avval bilish zarur
bo`lgan ilm o`rganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmlar. Uni o`rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy 
jismlar tuzilishini, shaklning osmon haqidagi bilimlarni o`rganish lozim. Undan so`ng, umuman
jonli tabiat o`simlik va hayvonlar haqidagi ilm o`rganiladi, deydi. Forobiy "Inson kamolotga 
yolg’iz o`zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo`lish, ularning ko`maklashuvi yoki
munosabatlariga muhtoj bo`ladi", deb hisoblaydi. Bunga Forobiy ta`lim-tarbiyani to`g’ri yo`lga 
qo`yish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki, maqsadgа muvofiq amalga oshirilgan ta`lim-
tarbiya insonni xam aqliy, xam axloqiy- jihatdan kamolga etkazadi, xususan, inson tabiat va 
jamiyat qonun qoidalarnning to`g’ri bo`lib oladi va hayotda to`g’ri yo`l tutadi, boshqalar bilan
to`g’ri munosabatda bo`ladi, jamiyat tartib-qoidalariga rioya etadi. 
Demak, Forobiy ta`lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera
oladigan va shu jamiyat uchui xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. 
Forobiy ta`lim tarbiyaga birinchi marta ta`rif bergan olim sanaladi. Ta`lim - degan so`z insonga
o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatlarni ma`lum hunarni 
egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir, deydi olim.
Abu Nasr Forobiy yana aytadiki: "Ta`lim - degan so`z xalqlar va shaharliklar o`rtasida nazariy 
fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o`rtasida tug’ma fazilat va amaliy kasb hunar
fazilatlarini birlashtirish degan so`zdir. 
Ta`lim faqat so`z va o`rganish bilangina bo`ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan,
ya`ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo`lgan ish harakat, kasb-hunarga 
berilgan bo`lishi, o`rganishdir, - deydi. Forobiyning ta`lim-tarbiya yo`llari, usullari, vositalari
haqidagi sharhlari ham qimmatlidir. U insonda go`zal fazilatlar ikki yo`l - ta`lim tarbiya yo`li 
bilan hosil qilinadi. Ta`lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug’ma fazilat - nazariy
bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta`lim so`z va o`rganish 
bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi deydi. Har ikkalasi birlashsa, etuklik
bilim va amaliy ko`nikmalarni qay darajada o`rganganligiga qarab paydo bo`ladi, deb ko`rsatadi. 
Demak, Forobiy ta`lim-tarbiyada rag’batlantirish Odatlantirish, majbur etish metodlarini
ilgari surgan. har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga etkazish 
maqsadini ko`zlaydi.
Sharqda "Shayx ur-Rais" nomi bilan mashhur bo`lgan allomalardan biri o`rta asr buyuk 
mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori




39


matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik,
fiziologiya, falsafa, filologiya, ta`lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashxur yirik 
asarlar meros qoldirgan olim. Allomadan biz avlodlarga 250 dan ortiq ilmiy asar boy meros
bo`lib qoldi. Abu Ali ibn Sinoning "Al-Q’onun", "Donishnoma", "Ash-Shifo", "An-Najot" kabi 
asarlari shular jumlasidandir. Ma`lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o`zinnng
ta`lim-tarbiyaga oid sharahlarini ijtimoiy-falsafiy sharahlari bilan bog’liq holda ifodalagani, 
maxsus risolalar talqin etgan. Shuningdek fanlarni tasnif etadi. Bunda u biriichi o`ringa tibbiyot
fanlarnni qo`yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya`ni nazariy va amaliy guruhlarga bo`ladi. 
Nazariy guruh kishilarni o`zidan tashsharidagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga
yo`llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilish kerakligini o`rgatadi, deydi. U birinchi 
guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo
qonuniyatlarini o`rgatuvchi barcha fanlarni kiritadi. Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni 
o`rganish natijasida amalga oshsa, axloqiy tarbiya ko`proq yaхshi axloqiy xislatlarii mashq
qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi deb ta`kidlaydi. 
Inson hissiy va ma`naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat
asta-sekin inson fe`l-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Ibn Sino insonni shakllantirishda uning 
atrofini o`rab olgan tashshi muhit va odamlar alohida muhim rol o`ynaydi, ana shu tashqi muhit
va odamlar insonning atrof dunyoni bilishigagina emas, balki uning xulqida yaxshi yoki yomon 
jihatlarning tarkib topishida ham ta`sir etadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda
ehtiyotkor bo`lish kerakligini, bola yomon odatlarga o`rganmasligi uchun, uni yomon 
odamlardan, yomon muhitdan uzoqrosh saqlash zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning tarbiyaviy
qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o`rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada 
kamolga etadi. Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-
zakovotini ulug’laydi, undagi qudratga ishondi, inson tafakkurinnng tantana qilishi kerakligini 
tinmay targ’ib qildi. Ibn Sinoning inson kamolotida ta`lim-tarbiyaning ahamiyatiga oid
sharaqlarini ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarkibidagina, emas, balki mustaqil risolalarida axloqiy 
masalalarni chuqur ilmiy-amaliy jihatdan ifodalagan, ilm-fan sohasida tarbiyashunos olim
sifatida ham tadqiq etish, o`rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi. 
Xulosa qladigan bo`lsak, ushbu mavzuda Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn
Sinolarning ijtimoiy-pedagogik qarashlari, ahloq-odob haqidagi fikrlari, g’oyalari, pedagogika 
sohasidagi, ta`lim-tarbiya haqidagi fikrlari. O`zbek xalq pedagogikasining yirik namoyandalari
bo`lgan buyuк allomalarning asarlari, yangi usul maktablari jadidlar oqimi, ta`lim sohasidagi 
qo`shilgan xissalari haqida mulohazalar keltirilgan.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə