O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə34/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.



83


2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y.
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y. 
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y.
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y. 
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y.
Mavzu:Nikoh to`yi marosimlarida afsungarliklar va qadimiy diniy e`tiqodlar simbiozi. 

REJA: 
1. Nikoh to`yi marosimlarida afsungarliklar 
2. Qadimiy diniy e`tiqodlar simbiozi.

O`zbek xalqining qadimiy rasm-rusumlari, dunyoqarashi, ishonch-e`tiqodlari, turmush-tarzi 


va hayot haqidagi falsafiy qarashlari, asrlar bo`yi jamlangan hayotiy tajribalari va turmush
ko`nikmalarini o`zida mujassamlashtirgan eng jozibali marosimlarimizdan biri - nikoh to`yidir. 
Xalqimizning qadimiy e`tiqodlarini, madaniyat tarixi, orzu intilishlari, hayotga munosabatini
o`rganishda nikoh to`yi bilan bog’liq marosimlar muhim ahamiyatga egadir. 
Dunyodagi ko`plab boshqa xalqlar singari o`zbek to`y marosimlari sirasida nikoh to`ylari
uzining turli xildagi marosimlarga, irim-sirimlarga boyligi, etnografik manbalarining rang-
barangligi bilan alohida ajrab turadi.
O`zbek xalqi nikoh to`ylari majmuiga kiruvchi Farg’ona vodiysi o`zbeklari nikoh to`ylari 
ham oilaviy turmush va ma`naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo`lib, uning ishtirokchilari
tomonidan murakkab urf-odatlar va udumlar bajarilgan. Nikoh to`yi bilan bog’liq marosimlarda 
ko`plab qadimiy e`tikod va topinishlarni masalan, fetishizm, totemizm, tabiat e`tiqodi, olov va
o`choq ibodati, ajdodlar e`tiqodiga sig’inish, shomonlik va boshqa bir qancha demonologik 
ko`rinishlar izlarini uchratish mumkin. Bularning barchasini bir mavzu doirasida yoritish
mumkin. SHu bois, ushbu bo`limda nikoh marosimlarida eng ko`p tarqalgan afsungarlik 
ko`rinishlarigagina batafsil to`xtalishni lozim topdik.
Nikoh to`yi marosimlari bilan bog’liq afsungarlik usullari uning bajarilishi tartibiga ko`ra 
xilma-xil bo`lib, bundan kuzlangan bosh maqsad tashkillanayotgan yangi oilaning xotirjamligi
va faravonligini ta`minlash, kelin va kuyov, qaynota-qaynona va kelin o`rtasida iliq munosabatni 
yaratish bilan birga, yana bir maqsad - bo`lg’usi avlodni davom ettirish - zurriyot qoldirish
bo`lganligini ko`ramiz. Diniy tusdagi afsungarliklar ham kelin-kuyovning serfarzand 
bo`lishlarini tilab, ularning turli yovuz kuchlardan va yomon ko`zlardan saqlashga qaratilgan.
Xalqimizning nikoh to`y marosimlar o`zining tashkiliy qismlaridan tortib to nihoyasiga 
etgunicha bir qancha bosqichdan iboratdir. SHu bois biz ushbu turkum marosimlarda
o`tkaziladigan afsungarlik va qadimiy diniy e`tiqodlar izlarini ma`lum bosqichlarga bo`lib 
o`rganamiz:
1. To`ygacha bo`lgan urf-odat, an`ana va marosimlardagi afsungarliklar; 
2. To`y vaqti, ya`ni kelinni olib kelish va nikoh marosim bilan bog’liq holda bajariladigan
urf-odatlarda diniy e`tiqodlar sinkretlashgan ko`rinishlar; 
3. To`ydan keyingi marosimlardagi afsungarliklar va boshqa e`tiqodlar.
O`zbek xalqi nikoh to`y marosimlarini boshlab beruvchi dastlabki marosim sovchilikdir. 
Farg’ona vodiysi qipchoqlarida oldinlari sovchilikka irim qilib oq va qizil otda borilgan. Lekin
sovchilar hech qachon qora otda bormaganlar. Chunki qora otda borishlik ishni bitmasligiga 
sabab bo`lar ekan. Sovchilar ishni bitirib kelganlarida bo`lg’usi kuyovga "ish bitdi, endi kelinga 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə