O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə37/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 




87


1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y. 
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y. 
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y.
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y. 
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y.
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y. 
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y.
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y. 


Mavzu: Motam marosimlarida arxaik diniy e`tiqodlar izlari. 

REJA: 
1. Motam marosimlarining oziga xos xususiyatlari 
2. Motam marosimlarida diniy e`tiqod izlari.
Inson hayoti ibtidosidan intihosigacha turli-tuman marosimlar bilan ishtirok kiladi. Uning 

yoshi, maishiy hayoti va oilaviy holatida biror bir o`zgarish yuz bersa, ana shu o`zgarishlar


muayyan marosimlar vositasida rasmiylashtirilgan. Ayniqsa, tug’ilish va o`lim turli tarixiy 
davrlarda va turli xalqlarning madaniy an`analarida inson hayotining eng muhim bosqichi tarzida
e`tirof etilgan. Qolaversa, bu jarayonlar bilan bog’liq marosimlar o`tkazilish tartibining 
qat`iyligi va har bir hhududda o`ziga xos konservativ ko`rinishi bilan ajralib turgan. SHu bois
bunday marosimlar va an`analar har doim tadqiqotchilarni o`ziga jalb etib kelgan. 
Motam marosimlariga nafaqat marhumni dafn etish bilan bog’liq urf-odatlar, balki
motam va u dunyo bilan bog’liq tasavvurlar va magik urf-odatlar, turli-tuman tabular, ehson va 
qurbonliklar, metempsixoz g’oyalar, marosimiy yig’ilar, qabr toshlar, aza marosimlari va
kiyimlari kabilar ham kiradiDemak, yuqoridagi fikrlarga asoslanib mazkur turkumga kiruvchi 
marosimlar nafaqat tavsifiy jihatdan, balki tarixiy va nazariy jihatdan ham muhim ahamiyatga
ega deb aytish mumkin. Shu bois tadqiqotning ushbu qismida o`zbek xalqining an`anaviy motam 
marosimlarida odat tarzida bajarilib kelinayotgan turfa xil urf-odatlar va rasm-rusumlarning
genezisiga, aniqrog’i, motam marosimlaridagi qadimiy diniy e`tiqodlar bilan bog’liq 
ko`rinishlarga to`xtalishni va bu an`analarni batafsil taxlil qilishni joiz deb bildik.
Xalqimizda 
bemorning
holati,

ayrim
harakati 


yoki
shifokorlarning 

bergan
ma`lumotlaridan bemorning non-nasibasi tugaganligi ma`lum bo`lib qolsa, qarindosh-urug’lari 


va farzandlari odob saqlab buni unga bildirmaslikka harakat qiladilar. Biroq kishi jon
berayotganda uning oila a`zolari, uy egalari ma`lum tayyorgarliklar ko`rganlar: uy hovlilarni 
tartibga solganlar, oyna, rasmlarni berkitganlar. Kishi jon berayotgan uydan oziq-ovqat, idish-
tovoq olib chiqilgan yoki ularning usti yopib qo`yilgan. Chunki jon chiqishida go`yoki qon 
sachrab xonadagi barcha narsalar nopok bo`lar ekan. Shuni alohida qayd qilish kerakki, har
qanday tayyorgarliklar o`ta yashirin tarzda bajarilgan. 
Umr lahzalari tugab borgan sari qazo alomatlari sezilib boraveradi: bemorning yuzida
ba`zi holatlar paydo bo`ladi: so`zlashga harakat qiladi, tovush chiqarish uchun sarflagan quvvat 
og’iz bo`shlig’idan chiqmasdan xalqumga kelib qoladi. Bunday holni vodiyda "sharsharog’"
yoki "g’arg’ara" keldi, deb aytiladi. Namangan viloyati Kosonsoy tumani o`zbeklarida kasal jon 
berayotganida jon chiqishiga halal bermaslik uchun boshi va elkasi pastroq qilib bosib turiladi.
Bu holatda jon berayotgan kishi quyosh nuri tushmaydigan uyga yotqiziladi. Jon berayotgan 
odamni quyosh nuri tushmaydigan xonaga yotqizish - quyoshga sig’inish odatiga asoslangan
bo`lib, bunda quyosh nopok bo`lmasin, degan magik ma`no ifodalangan. 
Jon berayotgan kishining ko`kragi, boshi yonida uning yaqinlaridan ikki kishi o`tirgan.
Avval bemorning o`zi, agar u tildan qolsa, ulardan biri "Kalimai shahodat"*ni o`qib turgan. 
Qolgan qarindoshlar esa jon cho`chiydi, deb alohida uyda gapirmasdan o`tirganlar. O`lim
to`shagida yotgan odamning oldidan hayz ko`rgan, nifosli ayollar va junubli odamlar 



88


chiqarilgan. Bundan tashqari, bolalar va homilador ayollar qo`rqmasin, deb jon berayotgan
kishining yoniga kiritilmagan. 
Kishi vafoti bilan boglik kuplab amallar bo`lib, ular dafn marosimlarida alohida xususiyat
bilan ajralib turadi. Ushbu amallarning dastlabki xususiyati shundan iboratki, mazkur amallarni 
kechiktirilmasdan tez bajarish kerak, chunki, agar kechiktirilsa murda a`zolari qotib qolishi
mumkin. Ikkinchi xususiyati shuki, murdani mahtal qilmasdan dafnga tayyorlash kerak. Bunda 
jon chiqqandan so`ng tezda mayitning engagi (iyagi) bog’lanadi, ko`zi yopib qo`yiladi,
qo`llarining panjalari tekislanib, oyog’i uzatiladi va boshmaldoqlari bir-biriga tekizib bog’lab 
bedaning ustiga yotqizib qo`yiladi. Bu bilan uchinchi, ya`ni mayitdan, o`likdan qo`rqish emas,
balki hazar qilishdan kelib chiqadigan xususiyat ko`zga tashlanadi. 
Vodiyda kasal odam jon bergan zahoti yaqinlari tomondan "mahram" suviga olingan.
Ushbu odat nafaqat Farg’ona vodiysida, balki boshqa mintaqalardagi o`zbeklarda va Markaziy 
Osiyoning boshqa hududlarida ham uchraydi.
Motam marosimlarida yig’i (bo`zlov, bo`zlash, marsiya aytib] yig’lash alohida o`rin 
egallaydi. Dafn kunidagi yig’ida erkaklar va ayollar (ayniqsa ayollar] baland ovozda dod solib,
marsiya aytib yig’laydilar. Vafot etgan kishiga marsiya aytib yig’lash dunyoning ko`plab 
xalqlarida uchraydi. Bu odat ildizlari ibtidoiy davrlarga borib taqaladi. Qadim zamonlarda
ibtidoiy odamlar uchun o`lim hayotning yakunlanishi hisoblanmagan. Jonsiz ko`rinishda yotgan 
o`lik alida fiziologik va ruhiy hayot bo`lib, eshitadi va ko`radi. SHuning uchun yaqinlarining
dastlabki qayg’usi tabiiy ravishda marhum bilan ayriliq nolasi, yakkalanishdan hasrat, ojizlik, 
marhumni mardona xatti-harakatlari va yaxshi amallarini madh qilish ko`rinishidagi baland
ovozli bo`zlash shaklini olgan. 
Farg’ona vodiysida marhumning yaqin qarindoshlari (erkaklar) dafn marosimi kuni
yangi, ohorli to`n, do`ppi kiyib, bellarini belbog’ bilan bog’lab, qo`llariga hassa (aso, yangi 
qirqilgan qora tol novdasidan) olib, unga suyangan holda marhum qo`yilgan xona atrofida
aylanib marsiya aytib yig’laganlar. Farg’ona vodiysida bunday maxsus yig’ichilarni-go`yanda 
deyilgan. Islom dinida yig’lab aytuvchilar-marsiyachilar - noix va noixa deyilib, motam
marosimida marhum uchun yig’lash navha solish deyiladi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə