O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə39/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y. 
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y. 
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y.
6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y. 
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y.
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y. 
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y.
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y. 



90


Mavzu: CHorvachilik bilan bog’liq marosimlarda qadimiy diniy e`tiqodlar. 

REJA: 
1. Chorvachilik bilan bog’liq marosimlar. 
2. Marosimlarda qadimiy diniy e’tiqodlar.
Chorvachilik an`anaviy xo`jalik mashg’ulotlarining eng qadimiy ko`rinishlaridan va 

tirikchilik manbaini belgilovchi asosiy mehnat turlaridan biri hisoblangan. CHorvadorlarning


turmush tarzi, ushbu mashgulot bilan bog’liq qarashlar, urf-odat va marosimlar etnografik 
materiallar asosida ma`lum darajada o`rganilgan. Biroq, chorvachilik bilan bog’liq qadimiy diniy
tasavvurlar va e`tiqodiy qarashlar alohida tadqiqot ob`ekti tarzida xanux maxsus tadqiq 
etilmagan. Zero, qadimgi davrlardan, ya`ni jonivorlarni qo`lga o`rgatish va xonakilashtirish
jarayoni boshlangandan e`tiboran chorvachilik bilan bog’liq marosimlar va urf-odatlarda 
xalqning hayvonot olamiga bo`lgan munosabati aks etishi bilan birga, ularning bir necha ming
yillik mehnat faoliyati bilan bog’liq hayot tajribalari, makon va zamonga bo`lgan munosabati, 
ma`naviy qarashlari va shubhasiz, o`sha davr diniy e`tiqodi aks etgan. Biz uchun bu o`rinda
ahamiyatlisi chorvachilikka oid marosimlardagi diniy qarashlar, aniqrog’i, islomgacha bo`lgan 
diniy e`tiqodlar va qarashlar bilan bog’liq urf-odatlar hamda marosimlardir.
CHorvadorlar nazdida haftaning boshqa kunlari, ayniqsa, juma kuni ko`chish uchun 
xosiyatsiz hisoblangan. CHunki xalqona qarashga ko`ra, ushbu kun barcha musulmonlar kabi
barcha jonzotlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. SHu bois agarda ushbu kun yo`lga 
chiqadigan bo`linsa Allohning irodasiga qarshi boriladi va biror bir falokatga yo`liqish mumkin,
deyilgan. 
Har yili chorvani yaylovga olib chiqib ketishdan avval cho`ponlar piri CHo`pon ota va chorva
piri Zangiotaga bag’ishlab qurbonliq qilinib, is chiqarganlar. Xalq orasidagi rivoyatlarga ko`ra 
Zangi ota kul’ti cho`ponlarning piri hisoblanadi. elshunos K.SHoniyozovning yozishicha,
Farg’ona vodiysi qipchoqlarida yaylovga qo`ylar ketayotganda marosimiy qurbonlik qilingan va 
qishloq mullasi tomonidan cho`ponlar piri CHo`ponotaga bag’ishlangan risola o`qib berilgan
[SHaniyazov K., 1974. S. 200]. Afsuski, biz Farg’ona vodiysida olib borgan dala tadqiqotlarimiz 
jarayonida va chorvachilik tarixiga oid tarixiy-ilmiy adabiyotlarda cho`ponlar risolasi borasida
kengroq ma`lumotlar beruvchi materiallarni uchratmadik. SHu bois ham ishda cho`ponlik 
risolasining tarixi va uning mazmun-mohiyati borasida batafsil to`xtalmadik. Lekin shu o`rinda
ham aytib o`tish kerakki, chorvadorlar orasida har bir hayvonning o`ziga xos piri bo`lgan va 
yilda bir marta mazkur pirga bag’ishlab qurbonlik qilingan. Jumladan, qo`y piri - Cho`ponota,
qoramol piri- Zangiota, otning piri - Qambarota, echkining piri - CHig’atota bo`lgan. 
Azaliy turmush tarzi chorvachilik bo`lgan Farg’ona vodiysi qipchoqlarida chorvani yozgi
yaylovga olib chiqish va yozgi yaylovdan qishlov eriga olib qaytishda qator afsungarlik rasm-
rusumlari va urf-odatlari o`tkazilgan. Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, suruvni bir joydan
ikkinchi erga ko`chishi eng mas`uliyatli davr hisoblangan. SHu bois ular bu paytda chorvani turli 
ziyon-zahmatlardan poklab ko`chirishga harakat qilganlar. Bunda toqqa ketayotgan qo`y-
qo`zilarni yovuz kuchlardan, yomon ko`zlardan saqlash maqsadida cho`ponlardan biri qo`lida 
gulxan ushlagan holda suruvni aylanib chiqqan va qo`ylarni olov yordamida poklagan. CHust
tumani Ariqbo`yi, Sariqamish, Karkidon qishloqlarida yashovchi qipchoqlar chorvani toqqa 
haydab ketishda va tog’dan olib tushishda ham qo`y-qo`zilarga oq va qora rangdagi latta
kuydirib alas-alas qilib, isiriq solganlar. Alas qilishda ayollar «yangi yurtda yallo qolsin, eski 


yurtda balo qolsin», degan aytimni aytib turganlar. Andijon viloyati Jalolquduq tumani Karmish
qishlog’ida yashovchi qirg’iz-qipchoqlarda esa chorvani yaylovga olib ketilayotganda qishloq 
mullasi tomonidan Qur`on kitobi ochiq holda ushlab turilgan va uning tagidan qo`ylar hamda
cho`ponlar o`tkazilgan. Demak, biz bundan ko`ramizki, cho`ponlar uchun qo`y-qo`zilarni 
yaylovga haydash va yaylovdan qishki qishlov joyiga qaytish paytida cho`ponlar o`zlarining
jonivorlarini ziyon-zahmatdan va yomon ko`zli kishilardan olov, isiriq. Qur`on kitobi yordamida 
poklagan. Olovning marosimiy afsungarlik xususiyatiga egaligi borasida oldingi qismlarda




91


batafsil to`xtalganimiz va ilmiy adabiyotlarda ma`lum darajada yoritilganligi bois bu o`rinda
batafsil to`xtalmadik.. Shuningdek cho`ponlar piri CHo`ponotaga bag’ishlab is chiqarish va 
cho`ponlar risolasini o`qish amallarida ham islomiy qarashlarni islomgacha bo`lgan e`tiqodiy
kul’tlar bilan sinkretlashgan ko`rinishini ko`ramiz. 
Ayrim tadqiqotchilar fikricha, muqaddas ziyoratgohlar va qadamjolar bilan bog’liq
marosimlar va tasavvurlarda totemizmning ayrim xususiyatlari saqlanib qolgan. Mashhur 
arxeolog olim S.P. Tolstovning fikricha, aynan mana shunday xususiyatlardan biri muqaddas
ziyoratgoh va qadamjolarga tog’ echkilari va qo`ylar shoxlarini osib qo`yishdir. Darhaqiqat, qo`y 
turkiylar orasida eng muqaddas jonzotlardan sanalgani bois ziyoratgohlarga qo`y va tog’ echkisi
shoxlari osib qo`yilgan. Jumladan, Namangan viloyati Kosonsoy tumani Qizilshox qishlog’idagi 
«Qirq chilton» ziyoratgohidagi avliyo qabri ustiga, O`shdagi mashhur Taxti Sulaymon
ziyoratgohiga qo`chqorning uzun shoxi qo`yib qo`yilgan. Axborotchilaridan nima uchun bu shox 
qo`yilganligining sababini so`raganimizda aniq bir javobni ola olmadik. Bizningcha, aziz
avliyolar qabrlari va muqaddas qadamjolarga osib qo`yilgan hayvon shoxi oddiy bezak vazifasini 
bajarmagan. Ziyoratga kelgan befarzand ayollar farzandli bo`lish maqsadida ziyoratgohga
qo`yilgan hayvon shoxiga ip, latta va boshqa narsalarni bog’laganlar yoki shoxni sekin chertib 
ko`rganlar. Agar shohdan chumolilar tushsa, demak o`sha ayol farzandli bo`ladi, tushmasa
farzandli bo`lmaydi, degan qarash bo`lgan. 
Qo`ylarni muqaddaslashtirib uni hunarmandchilik buyumlarida tasvirlash an`anasi hozirga
qadar saqlanib qolgan. O.A. Suxareva kashtalardagi qo`chqor shoxiga o`xshash naqshlar 
xususida shunday fikrlarni bildirgan: «Naqshlarda asosan qo`chqorning bitta belgisi, uning shoxi
ifodalangan. Bunday naqshlar Markaziy Osiyoning mahalliy o`troq va ko`chmanchi xalqlarida 


«qo`chqorak», Farg’ona vodiysida yashovchi qirg’izlarda «qaykalak», Nurota o`zbek
turkmanlarida «mo`yiz», turkmanlarda «choch bo`yiz» deb atalgan. Bu naqsh ikki spiralning 
qayrilgan ko`rinishidan iborat bo`lib, naqsh kompozitsiyasining markaziy qismida tushirilgan.
Qo`y shoxi naqshi xam qo`y kul’tidan kelib chiqqan holda ishlanganligiga shak- shubha 
yo`qdir». Demak, yosh kelin-kuyovlarning uyiga qo`chqor shoxi naqshi tushirilgan so`zanalar
bejiz ilinmagan. Ularni nikoh marosimida ilishdan maqsad kelin-kuyov uyini bezatish emas, 
balki yoshlarni turli ins-jinslardan asrash bo`lgan.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə