O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə41/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

dushanba va juma kunlari ko`chib kirish xayrli deyilgan.
Yangi qurilgan uyga ko`chib kirish jarayonida ham ko`plab magik urf-odat va marosimlar 
bajarilgan. Namangan viloyati CHortoq tumani Oqsuv G’ovozon qishlog’i o`zbeklarida yangi
uyga ko`chganda «ushbu uyda yashovchilarning kelgusidagi hayotlari misoli do`lanaday 
mustahkam bo`lsin», deb uyning to`rt burchagiga do`lana shoxi qoqib qo`yish odati bo`lgan.
SHuningdek, ushbu uy doimo rizqli barakali bo`lsin, degan niyatda YAngiqo`rg’on tumani 
Oqsuv G’ovozon qishlog’ida uyga dastlab tuz olib kirilgan. Andijon viloyati Buloqboshi tumani
SHirmonbuloq qishlog’ida yashovchi o`zbek turklarda yangi uyga ko`chib kirishda uyga doimo 
xizmat qilsin, degan niyatda ushbu uyga birinchi marta kapgir-cho`mich olib kirilgan. Qolaversa,
uy egalarining o`zlari uydagi dastlabki kechasini yolg’iz o`tkazmagan. Ular bilan birga doimo 
keksa yoshli qariyalar birga tunaganlar. Ushbu uyda to`kin-sochinchilik bo`lsin, degan niyatda
xudoyi sumalak qilinib, qo`ni-qo`shnilar va qarindosh-urug’larga tarqatilgan. Umuman olganda, 
ushbu afsungarlik ko`rinishidagi marosimlardan ko`zlangan asosiy maqsad kelgusida mazkur
uyda yashovchi oilaning farovon hayot kechirishidir. 
Xullas, yangi uyga ko`chib kelish bilan bog’liq yuqoridagi urf-odatlarga magik qarashlar
asos bo`lgan. Uyning to`rt burchagiga do`lana qoqib qo`yishda o`xshash afsungarlik, ya`ni 
do`lanaga xos xususiyatlar magik yo`l bilan ushbu uy a`zolariga o`tishi hamda kapkir-
cho`michni uyga birinchi bo`lib olib kirilishida esa ushbu xonadonni rizqli bo`lishiga qaratilgan 
magiq niyat asos bo`lgan bo`lsa, ikkinchisida o`xshash afsungarlik serpushtlilik afsungarligi
bilan o`zaro qorishgan holda uchraydi. Keksalarning serfarzandlilik xususiyati hamda tuz va 
sumalakning odamlar tasavvvuridagi rizq-baraka ramziga oid xususiyatlari kelgusida mazkur
oilaga ham doimo hamroh bo`lsin, degan niyat aynan mazkur urfni bajarilishiga sabab bo`lgan 
bo`lsa ajab emas.
O`zbeklarda uyning turli joylari, ayniqsa, ostonasi, o`chog’i eng muqaddas joylardan biri 
hisoblangan va u bilan bog’liq qator diniy-afsungarlik urf-odatlari hamda irimlari bajarilgan. Bu
o`rinda, avvalo shuni ham ta`kidlash kerakki, halqning kundalik turmush tarzida ostona bilan 
bog’liq qator naqllar ham mavjud. CHunonchi «Ostonada turmushga chiqmagan qiz o`tirsa 

baxtsiz bo`ladi», «ostonda turib bo`lmaydi, chunki biror bir kishisidan judo bo`lgan odam 

ostonada turadi», «ostonada quloch kerib turib bo`lmaydi, baraka to`siladi», «ostonada turgan 

holda salomlashilsa, o`rtaga sovuqlik tushadi», degan naqllar bugungi kungacha xalqimizda
saqlanib kelmoqda va ular hozirda ham omma orasida o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. 
Qolaversa o`zbek xalqi lirikasida ham ostona obrazi muhim ahamiyat kasb etgan va hatto bu
obraz maxsus tadqiq ham qilingan. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə