O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul‘teti


Turkiy xalqlar orasida ham qadimda belbog’ an`anaviy milliy kiyimning muxim bir



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə44/46
tarix29.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#140241
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
O`zbekiston respublikasi oliy-fayllar.org

Turkiy xalqlar orasida ham qadimda belbog’ an`anaviy milliy kiyimning muxim bir 

qismini tashkil etish bilan birga belbog’ egasining jamiyatda tutgan o`rnini ham anglatib 

turgan. Kishining belidagi belbog’iga qarab oldingilar uning qancha davlat va mol dunyo 

egasi ekanligini anglay bilganlar va qancha belbog’ning ko`pligi uning mol dunyosining 

shunchalik ko`pligidan dalolat bergan. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y.
2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: Ma`naviyat. 1998 y.
3. Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. -T.: Ma`naviyat, 1998 y.
4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg’ona. 1998 y.
5. Imomnazarov M. Milliy ma`naviyatimizning takomil bosqichlari. T. 1996 y. 



96


6. Ashirov A. Atadjanov SH. Etnologiya. T. 2007 y.
7. Ashirov A. O`zbek xalqining qadimiy e`tiqod va marosimlari. T. 2007 y. 
8. Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg’ona. 1998 y.
9. Murodov. M. Qorabaev U. Rustamova R . Etnomadaniyat.. T.: Adolat. 2003 y. 
10. Etnomadaniyat fanidan ma`ruzalar matni. 1-qism. Farg’ona. 2001 y.


Mavzu: Marosim taomlari va ularning mexnati 

REJA: 
1. Marosim taomlari va ularning mohiyati. 
2. O`zbeklarning an`anaviy milliy marosimiy taomlarida oziq-ovqatlarning tarkibi va
ularning magik mazmuni 
Tarixdan ma`lumki taomlar turli etnoslarga xos etnomadaniyatning o`ziga xos xususiyatlarini 

uzatuvchi muhim elementlardan biri hisoblanadi. An`anaviy taomlar insoniyatning kundalik


turmush-tarzida va hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo`lgan va bir necha yuz yillar 
mobaynida turli xalqlar oilaviy va taqvimiy marosimlarining muhim uzvlariga aylangan.
Natijada ma`lum bir marosim va urf-odat bilan bog’liq tarzda tayyorlanadigan maxsus marosim 
taomlari paydo bo`lgan. Marosim taomlari kundalik taomlardan farqli tarzda asta sekinlik bilan
bajarilayotgan urf-odatning tarkibiy qismi - umumiy ovqatlanishning yoki magik harakatning 
ob`ektiga aylanib borgan. Ayniqsa marosimiy taomlarning mazmun-mohiyatiga yil fasllarining
o`zgarishida: eski va yangi yil arafasida, qish va bahor oralig’ida yoki dehqonchilik yumushlarini 
boshlanishi va yakunlanishida katta e`tibor berilgan. SHuningdek an`ananaviy xo`jalik
mashg’ulotlarida, ya`ni ekinlar va mevalarni ekishda va ularni yig’ishtirishda yoki 
chorvachilikda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlashda ham marosimiy taomlar alohida
ahamiyat kasb etgan va ularni ilk marta iste`mol qilish ko`pincha marosimiy ko`rinish olgan. 
Ba`zida esa buning aksi tarzida ularni iste`mol qilish taqiqlangan va ovqat uchun qo`yilgan
ta`buni bartaraf etish ushbu taomni muqaddaslashtirilishiga ham sabab bo`lgan Xalq orasida 
oziq-ovqatlarning alohida turlariga, uning magik harakatlardagi o`rniga qarab ularning
hosildorlik manbai, davolovchi, shifobaxshlik kabi ilohiy xususiyatlari namoyon bo`lgan. SHu 
bois ayrim oziq-ovqatlar ba`zi hollarda yil mobaynida saqlangan va yangi bir amalni
boshlashdan avval yoki tabiiy ofatlar yuz berganda ularni marosimiy taom tarzida iste`mol 
qilingan. e`tiborli tomoni shundaki marosim taomlarini ko`pincha insonning biologik ehtiyojini
qondirish maqsadida emas, balki balo-qazolardan saqlovchi oziq-ovqat yoki marosimiy 
qurbonlik tarzida iste`mol qilingan.
Vodiy o`zbeklarida chorshanba kuni marhumlar ruhiga bag’ishlab o`yma pishirilib, is 
chiqariladi. Toshkent o`zbeklarida esa o`yma o`rnida bo`g’irsoq qilinadi. Umuman olganda
chorshanba kun mushkullardan xalos bo`ladigan kun hisoblangan. SHu bois aynan chorshanbada 
oiladagi barcha muammolar echilsin deb «tugun oshi» tarzida chuchvara pishiriladi. Ushbu kun
pishiriladigan chuchvara uchun xamir suvalasini oxirigacha pishirilgan 5 yoki 7 ta qo`shniga 
tarqatilgan. Ba`zi hollarda esa 5 yoki 7 ta qo`shni ayollar chaqirib ziyofat qilingan. Tugun oshini
pishirish jarayonida oxirgi 5 ta yoki 7 ta chuchvarani tugunlari echilib ketsin deb tugulgan 
joyidan echib qozonga solingan. Payshanba kuni Farg’ona vodiysi o`zbeklarida marxumlar kuni
deyilgan /Bunday qarash boshqa mintaqalarda yashovchi o`zbeklar va tojiklar orasida ham 
mavjudligi ilmiy adabiyotlarda ta`kidlab o`tgan. Bu kun o`tgan ajdodlar, arvohlar haqqiga deb
palov tayyorlanib qur`on oyatlaridan o`qitilib is chiqariladi va chiroq yoqiladi. Andijon viloyati 
Buloqboshi tumanidagi o`zbek-turklarda esa bu kun marosimiy taom tarzida «qora osh» (qora
osh borasida biroz keyinroq batafsil to`xtalib o`tamiz) qilinadi. YUqorida ta`kidlaganimizdek 
xalqona animistik tasavvurga ko`ra marhum vafotidan so`ng uning ruhi vaqti vaqti bilan,
ayniqsa, payshanba kuni o`zi yashagan uyga tashrif buyurib turadi. Agar bu kun is chiqarilib 
biror bir marosimiy taom pishirilsa va o`tgan ajdodlar ruhiga bag’ishlanib qur`on oyatlari o`qilib
duoi fotiha qilinsa arvohlar shod bo`lib ketadi deyiladi. Agar buni aksi bo`lsa marhumlar ruhi 



97


bezovta bo`lib ushbu uydagi yaqinlaridan biriga zarar etkazishi mumkin deyilgan. Tojik
etnografi O. Murodovning yozishicha, o`zidan keyin biror yaqini qolmagan ayol marhumlar ruhi 
och qolishi natijasida yovuz, tiriklarga zarar etkazuvchi ruhlarga aylanar ekan. Farg’ona vodiysi
o`zbeklari motam marosimlarida marosimiy taom tarzida holvaytar bilan birga qatlama ham 
tayyorlagan bo`lib, bu o`tgan ajdodlar ruhiga deb bag’ishlangan. Xalqona tasavvurga ko`ra o`tib
ketgan ajdodlar ruhi aynan mazkur kunda pishirilgan taomdan emas, balki taomni tayyorlash 
uchun ishlatilgan yog’ isidan oziqlanar ekan. SHu bois marosimiy taom tarzida qatlama
tayyorlash odati bo`lgan. O`z o`rnida shuni ta`kidlash kerakki marhumlar ruhi yog’ isidan 
oziqlanishi to`g’risidagi animistik qarash nafaqat vodiy o`zbeklari orasida balki
Respublikamizning boshqa mintaqalarida yashovchi o`zbeklar va tojiklar, tatarlar, turklar, 
qoraqalpoqlar orasida ham keng tarqalgan
Marhumning o`lganiga uch kun bo`lganda xudoyi qilingan. Bu marosimda xudo yo`liga, 
marhum ruhiga atab qo`y so`yilgan va qurbonlik go`shtidan sho`rva yoki palov tayyorlanib,
kelganlarga ulashilgan. 
Farg’ona vodiysi o`zbeklari motam marosimlaridagi arxeik ko`rinishlarni maxsus tadqiq
qilgan taniqli etnograf B.X. Karmisheva ta`kidlashicha, Farg’ona o`zbeklarida motam 
marosimining uchinchi kuni aynan mazkur marosim uchun so`yilgan qo`y go`shtini etti qismidan
atala tayyorlanadi [Karmisheva B.X., 1986. S. 168]. Muallif bu odat ildizlari arxeik zardushtiylik 
e`tiqodi bilan bog’liq deb hisoblaydi. Darhaqiqat motam marosimining uchunchi kuni qo`yning
etti qismidan atala tayyorlash odati an`anasi qadimiy zardushtiylik an`anasi bilan bog’liq 
ekanligini zamonaviy zardushtiylar motam marosimlarida ham marhum vafotiga uch kun
to`lgunga qadar uning yaqinlari tomonidan go`shtli taom eyishlari ta`qiqlangan. To`rtinchi kunga 
o`tar kechasi maxsus motam marosimi uchun so`yilgan qo`yning etti qismidan maxsus
taom


andom tayyorlanadi. 


Vodiy o`zbeklari va tojiklarida faqatgina marhum chiqqan uyda uch kun davomida issiq
ovqat tayyorlashga bo`lgan taqiq saqlanib qolgan. Qo`ni-qo`shnilar va yaqin qarindoshlar 
tomonidan olib kelingan issiq ovqatni, shu jumladan, go`shtli ovqatni ham uch kun mobaynida
eyish mumkin bo`lgan. SHu bois bu odatni butkul zardushtiylik bilan bog’liq odat deb talqin 
qilib xam bo`lmaydi. CHunki, birinchidan, o`z yaqinidan ayrilib qolgan marhumning eng yaqin
g’ambardorlari uchun bu kunlar taom tayyorlash ruhiy jihatdan og’ir bo`lsa, ikkinchidan, bu 
aynan mazkur uyni marosimiy nopok bo`lganligi, ya`ni jon berayotgan odamni qon sachratib
uyni marosimiy nopok qilishi bilan bog’liq bo`lsa kerak. 
Farg’ona vodiysida yashovchi turklar, qipchoqlar va qirg’izlarda o`troq o`zbeklar va
tojiklardan farqli tarzda marhum dafn etilmasdan avval qo`y so`yib marosimiy taom-sho`rva 
tayyorlanadi. Lekin tayyorlangan sho`rva marhumni qabristonga dafn qilib kelingandan so`ng
ichilgan. Bu taom xalq orasida «qora osh» deb ham yuritilgan (Dala yozuvlari Farg’ona viloyati 
Farg’ona tumani Kaptarxona qishlog’i 2004 yil). O`z o`rnida shuni ta`kidlab o`tish kerakki «qora
osh» deganda motam marosimida marhum dafn qilingan kun tayyorlanadigan marosimiy taom 
tushunilgan. Qora oshni oddiy oshdan farqi shundaki qora oshga oddiy oshdagiday piyoz
solmasdan pishiriladi.CHunki piyoz achchiq mahsulot bo`lganligi bois agar qora oshga qo`shilsa 
sovuq marakaga yana achchiqlik qo`shilib ketishi mumkin deyilgan.
Vodiyning boshqa xududlarida yashovchi o`zbeklarda marhumning qirqi o`tkaziladigan 
kun marosimiy taom tarzida holvaytar tayyorlash udumi keng tarqalgan. Qolaversa aynan
mazkur kun o`tkaziladigan marosim ishtirokchilari uchun chuchvara, moshkichra, shavla kabi 
engil ovqatlar tayyorlangan va o`rikning qoqisi suvda qaynatilib sharbat tayyorlangan. Keksa
kishilarning ta`kidlashlaricha o`rik sharbatining hidi qabristongacha etib borar va undan marhum 
ruhi ham bahramand bo`lar ekan.
An`anaviy nikoh to`yi tantanalarida taomlar nafaqat marosimiy ahamiyat kasb etgan balki 
qator afsungarlik vazifalarini ham bajargan. Jumladan, Namangan shahri o`zbeklarida nikoh
kechasi yosh-kelin kuyovlarga kelgusi hayotlari asalday totli bo`lsin deb asal yalatilgan, yoki 
«kelin kuyov hayoti kelgusida moshday bir-biriga qorishib ketsin», «moshday serhosil va 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə