Mavzu: Topografik sirtlar bilan tekisliklarning kesishishi



Yüklə 7,11 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,11 Kb.
#167436
Microsoft PowerPoint Presentation

Mavzu: Topografik sirtlar bilan tekisliklarning kesishishi.

Reja:

1.Topografik sirtlar.

2.Topografik sirtlar bilan tekisliklar.

3.Yer uchastkasini tekislash.

Yer sirtining tuzilishi juda murakkab bo‘lib, balandlik, pastlik, tepalik va boshqa ko‘rinishlarga ega Bularning hammasi relyef deyiladi.

Relyefning chizmada ifodalanishi esa topograflya deyiladi. Topografiya so‘zi grekcha bo‘lib, «joyni tasvirlash» degan ma’noni bildiradi. Umuman, har qanday yer sirti topografik sirt deyiladi. Yer sirtining hosil bo‘lishi biror geometrik qonun-qoidalarga bo‘ysunmaydi. Bu sirt noqonuniy yoki qonunsiz sirt hisoblanadi. Ma’lumki, Yer sirtining har bir joyi turlicha tepalik, chuqurlik, balandlik, jarlik kabilardan iborat. Shuning uchun yer sirti chizmada gorizontal chiziqlar yordamida tasvirlanadi. Yer sirtining har. 1,5... metrida H0 tekisligiga parallel tekisliklar bilan kesilishidan uning yasovchilari yoki karkasi hisoblangan gorizontal chiziqlar hosil bo‘ladi

Bag‘rining qiyaligiga bog‘liq. Yonbag‘ir qancha tik bo‘lsa, gorizontal chiziqlar shuncha zich joylashadi. Ikki gorizontal tekislik orasidagi vertikal masofa kesim balandligi deb yuritiladi. Ikki gorizontal chiziq orasidagi masofa gorizontal chiziqlar oralig‘i yoki sirtning intervali deyiladi. Murakkab chizmalarda gorizontal chiziqlami sanash oson bo‘lishi uchun har beshinchi gorizontal chiziq yo‘g‘onlashtirib chiziladi. Bu gorizontal chiziq asosiy gorizontal chiziq deyiladi. Har bir gorizontal chiziqning yoniga qo‘yilgan son (raqam) shu gorizontal chiziqqa tegishli bo'ladi va uning H0 tekisligidan uzoqligini ko‘rsatadi.

Chizmalarda yon bag‘irlarning qaysi tomonga nishabligi gorizontal chiziqlarga qo‘yilgan belgilar yoki ularga chizilgan bergshtrixlar yordamida bilib olinadi. Masalan, 3.3-rasmda tepalik, 3.4-rasmda esa chuqurlik tasvirlangan. Bergshtrixlar qaysi tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, yon bag‘ir o‘sha tomonga nishab (past) bo‘ladi. Bergshtrixlar gorizontal chiziqlarga perpendikular qilib chiziladi.

S.B.P. usulida topografik sirtning tekislik bilan kesishish chiziqlarini yasash masalalari amaliyotda katta ahamiyatga ega. x Topografik sirt bilan tekislikning kesishishidan turli gidrotexnik inshootlar, kanallar, suv havzalari, dambalar, avtomobil va temiryo‘llar hamda turli qurilish maydonlarini qurishda tuproqni to‘kish, kovlab olish, gidrotexnik inshootlarni topografik sirtga bog'lash kabi ishlarni bajarishda keng foydalaniladi. Topografik sirtning tekislik bilan kesishish chizig'ifii yasashda, berilgan topografik sirt va tekisliklarning son belgilari bir xil bo'lgan gorizontal chiziqlarning kesishish nuqtalari yasalib, tartib bilan ketma-ket tutashtiriladi.

1-misol. Qiyalik masshtabi P. orqali ifodalangan tekislik hamda gorizontal chiziqlar va ularning son belgilari bilan berilgan topografik sirt berilgan. Ularning kesishish chizig£i yasalsin (3.10- rasm). Buning uchun quyidagicha yasashlar bajariladi. 1. Qiyalik masshtabi P. orqali berilgan P tekislikning gorizontal chiziqlari o‘tkaziladi. 2. P(. tekislikning va topografik sirtning son belgilari bir xil bo'lgan gorizontal chiziqlarning uchrashish nuqtalari A's, B'5, C v U v ... belgilanadi. 3. Yasalgan nuqtalar ketma-ket tartib bilan tutashtirilib, talab qilingan egri chiziq hosil qilinadi. 2-misol. ABC (A'3 C 5) uchburchak tekisligi va gorizontal chiziqlari hamda ularning son belgilari bilan berilgan topografik sirtning kesishish chizig‘i yasalsin (3.11- a rasm). Bunda quyidagi yasashlar bajariladi: 1. Uchburchak tekisligida belgilarining farqi katta bo'lgan A \F n tomon darajalanadi. 2. A \R % tomonda hosil qilingan 5 son belgili nuqtani C '5 nuqta bilan tutashtirganda hosil bo‘lgan 5 C 5 chiziq uchburchak tekisligining gorizontal chizig‘i bo'ladi.

Uchburchak tekisligining 3, 4, 5, 7, . . . nuqtalaridan ham 5 C 5 ga parallel qilib tegishli gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi. 4. Uchburchak tekisligi va topografik sirtning son belgilari bir xil bo‘lgan gorizontal chiziqlaming o‘zaro kesishish nuqtalari yasalib, tartib bilan tutashtiriladi. Natijada ularning kesishish chizig‘i A"3 B \ C \ U \ hosil bo'ladi. Turli meliorativ va qurilish ishlarini bajarishda yer uchastkasini tekislashga to‘g‘ri keladi. Masalan, gorizontallari va ularning son belgilari bilan biror yer uchastkasining plani berilgan bo‘lsa (3.11- b rasm), bu joyni A(A'U), B(Byi) va C (C 15) uchta nuqta son belgilari bilan berilgan tekislikka nisbatan tekislash kerak bo'lsin. Buning uchun: 1. Berilgan nuqtalar tutashtirilib C l5 siniq chiziq hosil qilinadi va A'u В X1 va В X1 C l5 kesmalar darajalanadi.

Kesmalardagi son belgilari bir xil nuqtalarni birlashtirib, tekislikning gorizontallari hosil qilinadi. 3. Bu gorizontallarga perpendikular qilib tekislikning P. qiyalik masshtabi o‘tkaziladi. Uning gorizontallari orasidagi masofa, tekislik intervalidan foydalanib darajalanadi va yetarli darajada tekislik gorizontallari o‘tkaziladi. 4. Tekislik va topografik sirtning son belgilari bir xil bo‘lgan gorizontallarining o'zaro kesishuv nuqtalari belgilanib tutashtiriladi. Natijada yer sirtining berilgan tekislikdan past bo‘lgan qismi hosil bo‘ladi. U vertikal chiziqlar bilan shtrixlangan. Yer sirtining qolgan qismi tekislikdan balandda joylashgan bo‘ladi. Bu uchastkani tekislash uchun yerning baland joyidan tuproqni uning past joyiga surish kerak bo‘ladi.

Eʼtiboringiz uchun tashakkur!!!


Yüklə 7,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə