O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

keynschilik 
maktabidir. 
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining «Bandlik, 
foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: 
milliy daromad, kapital xarajatlar, iste’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini 
tahlil qilib, investitsiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi 
iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko’rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni 
keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi. U 
iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki zarurligini isbotladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo’nalishlaridan biri 
monetarizm
deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy 
muammo ishsizlik bo’lgan bo’lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi 
ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga 
kelishidir. Ushbu holat stagflyatsiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining 
asoschisi Milton Fridmen bo’lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo’shgan hissasi pul 
nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish 
jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar 
siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm 
pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o’ziga xos 
yondashuvni vujudga keltirgan nazariyadir. 


19 
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator 
yo’nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig’indisi «Ekonomiks» nomli kitobda 
mujassamlashgan bo’lib, u AQSH, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik 
sifatida o’qitiladi. Rus tilidagi tarjimasi orqali bizga ma’lum bo’lgan P.Samuelson, 
R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. Hozirda bu 
yo’nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH mamlakatlarida «Iqtisodiyot 
nazariyasi» deb atala boshladi. 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllangunga qadar bosib o’tgan yo’l va 
unda vujudga kelgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va 
qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy 
maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har 
bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama yondashganligini yoki 
bo’lmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo’l 
qo’yganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh 
manfaatlari nuqtai nazaridan va o’sha davr real holatidan kelib chiqqan. Shunday 
bo’lsada, ular bir-birini to’ldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki 
ziddiyatlarini, qonunlarini ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, 
jamiyat alohida bir nazariya asiri bo’lib qolmasligi kerak, uning rivojlanishi 
umummilliy manfaatlar bilan uyg’un holda yo’naltirilishi zarur. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə