O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti –



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – 
iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, 
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun-
qoidalarini o’rganishdan iborat,
deb aytish mumkin. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham 
amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon 
iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to’rtta asosiy vazifasi ajratib 
ko’rsatiladi:
1)
bilish vazifasi
– har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental 
ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar 
hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni 
tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kengaytiradi. Ayni 
paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 
mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qilish, iqtisodiyotning turli jabhalarida qo’lga 
kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarni baholash uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan 
boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash darajasini oshiradi. Zero, O’zbekistonning 
mustaqillikka erishish davridagi 
«…tahlikali va murakkab vaziyatda qanday 


22 
maqsadlarni ko’zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, 
bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak 
bo’lsa, istiqlol o’zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani – bularning barchasi 
haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va tahlil 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə